Samarqand davlat chet tillar instituti


FANNI O’ZIGA XOSLIGIGA QARAB O’RGANILADIGAN MATERIALLAR



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə139/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139
Majmua 2023 yangi

FANNI O’ZIGA XOSLIGIGA QARAB O’RGANILADIGAN MATERIALLAR.
Dunyo xaritasida paydo bo'lgan yosh mustaqil davlatlar safida O'zbekiston Respublikasining mavjudligi jahonda yuz bergan va kelajak uchun tarixiy ahamiyatga ega bo'lgan ulkan voqeadir.
Respublika Oliy Kengashi o'zining 1990 yil 24 martdagi sessiyasida o'sha paytdagi SSSR respublikalari ichida birinchi bo'lib O'zbekistonda prezidentlik lavozimini ta'sis etish haqidagi qaror qilindi. O'sha sessiyada o'tkaziladigan saylovda O'zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo'mitasining birinchi kotibi Islom Abdug'aniyevich Karimov yashirin ovoz berish yo'li bilan O'zbekistonning birinchi Prezidenti etib saylandi.


I. O`zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o`z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosabatlardagi tanho hokimligidir.
2. O`zbekistOH SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo`yiknay turib, o`zgartirilishi mumkin emas.
3. O`zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo`linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir.
4.SSSR Oliy Soveti qabul qiladigan qarorlar O`zbekiston SSR Konstitutsiyasiga muvofiq O`zbekiston SSR Oliy Soveti tomonidan tasdiqlangandan keyingina O`zbekiston SSR hududida kuchga ega bo`ladi.
5. O`zbekiston SSR davlat hokimiyati vakolatiga O`zbekiston SSR ichki va tashqi siyosatiga tegishli barcha masalalar kiradi.
6. O`zbekiston SSR xalqaro huquqning asosiy prinsiplarini tan oladi va hurmat qiladi.
7. O`zbekiston SSR ittifoqdosh respublikalar va boshqa davlatlar bilan o`zining siyosiy, iqtisodiy, madaniy va boshqa munosabatlarini shartnomalar asosida belgilaydi va amalga oshiradi.
8. O`zbekiston SSR o`zining taraqqiyot yo`lini, o`z nomini belgilaydi va davlat belgilarini (gerb, bayroq, madhiya) o`zi ta'sis etadi.
9. Qoraqalpog`iston Muxtor Sovet Sotsialistik Respublikasi mustaqilligini Muxtor Respublika Konstitutsiyasi ta'min etadi. O`zbekiston SSR uning Asosiy Qonuni va O`zbekiston SSR Konstitutsiyasi asosida Qoraqalpog`iston MSSR manfaatlarinihimoya qiladi.
10. O`zbekiston SSRning qonun chiqaruvchi hokimiyati O`zbekiston SSR davlat mustaqilligini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan qonunlarni ishlab chiqadi. O`zbekiston SSRning siyosiy va iqtisodiy sistemalari tarkibini va qurilishini belgilaydi.
11. O`zbekiston SSR Oliy Soveti umumxalq muhokamasi asosida demokratik huquqiy davlat tuzishga qaror qilganini bildiradi, O`zbekiston SSRda yashayotgan barcha millat va elatlarning qonuniy, siyosiy, iqtisodiy, etnik, madaniy huquqlargahamda ona tillari rivojlantirilishiga kafillik beradi.
12. Ushbu Deklaratsiya O`zbekiston SSRning yangi Konstitutsiyasini hamda yangi ittifoq shartnomasini ishlab chiqish uchun asosdir.
Mamlakatimizda huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurishning siyosiy va huquqiy kafolotlari Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda o’z ifodasini topdi. Natijada jamiyatda ko’ppartiyaviylik tizimini shakllantirish uchun imkoniyat yaratildi.
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi, «Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to’g’risida»gi qonunlar, saylovlarga oid qonunlar va boshqa bir qator huquqiy hujjatlar mamlakatimizda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va rivojlanishi uchun zarur sharoitlarni yaratdi.
1996 yil 26 dekabrdagi «Siyosiy partiyalar to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuni ham aynan Konstitutsiyaga muvofiq qabul qilindi.

1 The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross. London-New York. 2005. P. 66-74.

2 The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross. London-New York. 2005. P.75-86.

3 Карим Шониёзов.Ўзбек халқининг шаклланиш жараёни..Т.Шарқ.2001.329-бет

4 The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross. London-New York. 2005. P. 96-98.

5 The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross. London-New York. 2005. P. 99-102.

6 Batafsil qarang: Central Asia in Historical Perspective / Edited by Beatrice F.Manz. Boulder-San Francisko-Oxford. 1994. P.27-28.

7 The Heart of Asia / A History of Russian Turkestan and the Central Asian Khanates from the Earliyest Times. F.H.Skrine and E.D.Ross. London-New York. 2005. P. 109-115.

8 «Эркин ва фаровон. демократик Ўзбекистон давлатини мард ва олийжаноб халқимиз билан қурамиз. Ш. Мирзиёевнинг Ўзбекистон Руспубликаси Президенти лавозимига киришиш тантанали маросимига бағишланган Олий Мажлис палаталарининг қўшма мажлисидаги нутқи. «Халк сўзи» газетаси. 2016 йил 15 декабрь.


Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin