Samarqand davlat chet tillar instituti



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə2/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Majmua 2023 yangi

Ma`ruza mashg`ulotlari

1-Mavzu: KIRISH. O‘ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI O‘QUV FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI, NAZARIY-METODOLOGIK TAMOYILLARI
Reja:
1. O‘zbekistonning eng yangi tarixi faniga kirish: fanning predmeti, maqsad va vazifalari
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori va uning ahamiyati.
3. O‘zbekistonning eng yangi tarixi fanining nazariy metodologik tamoyillari


Tayanch so‘z va iboralar: eng yangi tarix, metodologiya, fan predmeti, fanning maqsad va vazifasi, fanlararo yondashuv.
Mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning tezkorligi, voqea va hodisalarning shiddatliligi, olam-u odam taqdiriga daxldor bo‘lgan dunyoviy muammolar-u serqirra hayotning barcha jabhalarini qamrab olgan umumiy qarashlarimizdan tortib, eng kichik, eng shaxsiy yumushlarimizgacha bo‘lgan barcha hodisalarni o‘zida mujassam etadi. Tabiiyki, bunday yalpi yangilanishlar jarayoni ijtimoiy-gumanitar fanlar qatorida tarix fani oldiga ham yangi vazifalar qo‘yadi. Tadqiqotchilar birinchi navbatda xalqimizning mustaqillikka erishish yo‘lidagi asrlar o’sha olib borgan tinimsiz kurashini, uni qo‘lga kiritish yo‘llari va vositalarini, milliy davlatchilik qurilishiga doir tajribani, mustaqillikni mustahkamlashning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ma’naviy omillarini o‘rganish va milliy g‘oyani yaratish kabi bir qator muhim muammolarni har tomonlama mushohada qilmoqlari lo’zim. Darhaqiqat, tarix xotirasi inson taraqqiyotiga kuchli tasir o‘tkazadi, milliy g‘oyaning shakllanishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Milliy ong, milliy tafakkur xalq tarixi, uning rivojlanish bosqichlarini nechog‘li o‘rganish, undan saboq chiqarish bilan bog‘liq. Ulug‘ allomalar aytganidek, tarix insonni istiqbolga davat etadi, ulkan yaratuvchilikni rag‘batlantiradi. “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining vazifasi – O‘zbekiston milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini tadqiq etish va o‘qitish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, marifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish, ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlarini mustahkamlash va rivojlantirish borasida ilmiy, madaniy, ta’lim, jamoat muassasalari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish ishlarining samaradorligini oshirish, Yoshlarda, avvalambor, umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar o‘quvchilarida, oliy ta’lim muassasalari talabalarida mamlakat tarixi haqidagi chuqur bilimlarni shakllantirishdir.
Zotan, uning ulug‘ murabbiylik, tarbiyachilik, yo‘naltiruvchilik qudrati ham xuddi ana shunda. Insoniyat tarixida XX asrning so‘nggi choragi va – XXI asr boshi ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlarning yangi pallasini boshlab berib, O‘zbekistonning milliy davlat mustaqilligini qo‘lga kiritishi aynan shu davrga to‘g‘ri keldi. Bu holat tarix fanida ham tub o‘zgarishlarni, nazariy va metodologik yangilanishni, bir so‘z bilan aytganda mustaqil O‘zbekiston nufuziga munosib bo‘lishni taqo’zo qildi. Mustaqillik yillarida tarix fani arsenali yangilanib, o‘zgardi. Tarix fanida kechgan chuqur ichki transformatsiya jarayoni fanning nazariy-metodologik, konseptual, mazmuniy, strukturaviy o‘zgarishlarida aks etdi. Yangi ijtimoiy impulslar tasirida ko‘pgina mavzular yangicha mushohada qilina boshladi. Haqqoniy talqini va tahliliga muhtoj bo‘lgan mavzular tarixchilar diqqat markazidan joy oldi va bugungi kunga qadar bazi konseptual jihatlari haqida qatiy bir xulosaga kelishda bu jarayon davom etmoqda.
Sovet davrida o‘rganish taqiqlangan, noto‘g‘ri talqin etilgan mavzular ilmiy xolislik asosida - milliy mustaqillik nuqtai nazaridan qaytadan o‘rganildi. Tarixiy tadqiqotlar diapazoni kengayib, yangi ilmiy yo‘nalishlar vujudga keldi. O‘zbekistonning eng yangi tarixi tarix fanida ana shunday yangi ilmiy yo‘nalishlardan biri bo’ldi.. Bu bevosita milliy mustaqil davlatning tashkil topishi bilan vujudga kelib, zamonaviy tarixiy jarayonlarning rivojini o‘rganish, tahlil qilish, tarixiy tajribani umumlashtirish va bu orqali milliy o‘zlikni anglashga yo‘naltirilgandir. ―O‘zbekistonning eng yangi tarixi ho’zircha institutsional xarakter kasb etgan emas, yoinki o‘z metodologiyasi, tadqiqotchilik ishlari va o‘quv-uslubiy taminotiga ega bo‘lgan mustaqil fan sohasigaajratilmagan. So‘nggi yillar davomida mamlakatimiz hayotida ro‘y bergan voqealar ko‘lami va rivoji fan va ta’lim oldiga ularni tizimli mushohada qilish masalasini ilgari surmoqda. O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning nihoyatda dolzarblashuvi munosabati bilan 2012 yil yanvarida O‘zbekiston Respublikasi birinchi Birinchi Prezidentining ―O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashini tashkil etish to‘g‘risida‖gi qarori qabul qilindi. Kengashning asosiy vazifalari qatoridan ―demokratik huquqiy davlatni, ijtimoiy yo‘naltirilgan Bozor iqtisodiyotini, fuqarolik jamiyatining asoslarini shakllantirishda «o‘zbek modeli»ning mohiyati va mazmunini, inson huquqlari hamda erkinliklarini taminlash, jamiyatda barqarorlikni, millatlararo va dinlararo totuvlikni saqlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni, ho’zirgi dunyoda O‘zbekistonning roli va o‘rnini chuqur o‘rganish va yaqqol ko‘rsatib berish‖ ham muhim o‘rin oldi.
Ma’ruzachi ushbu masalani yoritishda quyidagi masalalarga e’tibor qaratishi kerak bo’ladi: 1. Fanning predmeti; 2. Maqsad va vazifalari; 3. Metodologiyasi; 4. Ilmiy-nazariy asoslari; 5. Usullari va tamoyillari. Bunda mavzuni quyidagicha yoritish talab etiladi. Avvalo, “O’zbekistonning eng yangi tarixi” fani masalasi va uni fan sifatida o’rganishning yo’lga qo’yilishi, uning predmetiga e’tibor qaratiladi. Unda Vatanimiz tarixida mustaqillik arafasi va mustaqillik yillaridagi yuzaga kelgan jarayonlarni o’rganish, xususan, mamlakatimizda mustaqillik arafasidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, mustaqillik sari yo’l tutilishi va bu jarayonlarda mamlakatimiz bosib o’tgan tarixiy yo’lining mohiyati va mazmunini anglab yetish talab etiladi. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O’zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o’zini-o’zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig’inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an‟anaviy funksiyalar bajarilishining o’zi bilan qanoatlanib bo’lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to’ldirishimiz maqsadga muvofiqdir. Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta‟minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan. Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o’rnatgan edi.
Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma‟muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko’p odamlarda chorasizlik tuyg’usini uyg’otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o’sishi jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo’ldi. O’zbekistonning eng yangi tarixini o’rganishda yuqorida ta‟kidlab o’tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o’zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog’liq masalalarning to’g’ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir. Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo’lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o’rganishdir. Fanning obyekti aniq tarixiy davr, makon, zamon hamda geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma‟lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog’liq jarayonlar bo’lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi. Fanning maqsadi vatanimiz tarixining mustaqillik arafasi va mustaqillik yillarida bosib o’tgan shonli va murakkab tarixiy yo’lini, xalqning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ma‟naviy hayotini xolisona o’rganish orqali fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongida tarixiy xotira, ular qalbida vatanparvarlik, g’urur va iftixor tuyg’ularini shakllantirishdan iboratdir. Fanning metodologik, ilmiy-nazariy asoslari O’zbekistonning eng yangi tarixini rivojlantirishga doir davlatimiz rahbarining qarori, tarixiyma‟naviy merosimizga tayangan holda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ko’plab dolzarb mavzulardagi ilmiy tadqiqot ishlari, darslik va qo’llanmalar, monografiyalar, ilmiy asarlar asos bo’ladi. Fanni o’rganishda ma‟lum ilmiy, nazariy-metodologik tamoyillarga tayanish ham muhimdir. Mazkur tamoyillar va metodlar quyidagilardan iborat:
- ilmiylik, tarixiylik, xolislik (obyektivlik) metodi;
- tarixiy tahlil va qiyosiy taqqoslash metodi;
- mantiqiy davomiylik va uzviylik metodi;
- vorislik va izchillik metodiga asoslanish;
- tarixiy xronologik ketma-ketlik tamoyili;
- g’oyaviylik va vatanparvarlik tamoyili;
- xolislik va o’zaro hurmat tamoyiliga asoslanish metodi;
- kuzatish, solishtirma taqqoslash asosida umumlashtirish va zarur xulosalar chiqarish metodi;
- bahslashish, munozara yuritish va isbotlash metodi;
- matematik hisoblash, shakl va modellashtirish metodi;
- ayrimlikdan umumiylikka va umumiylikdan ayrimlikka o’tish metodi; Shuningdek etnografiya, arxeologiya, antropologiya fanlarida qabul qilingan moddiy va yozma ma‟lumotlarga tayangan holda ish yuritish metodi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Birinchi savol yuzasidan qisqa xulosa qilinadi va keyingi savolni o’rganishga o’tiladi.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin