Samarqand davlat chet tillar instituti


O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari, O’zbekiston tarixini o’rganishda manbalarning o’rni



Yüklə 2,66 Mb.
səhifə3/139
tarix28.11.2023
ölçüsü2,66 Mb.
#167183
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139
Majmua 2023 yangi

O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari, O’zbekiston tarixini o’rganishda manbalarning o’rni. Ushbu savolni yoritishda professor-o’qituvchi avvalo tarix fanini o’rganishda sivilizatsion yondashuv tamoyilidan kelib chiqqan holda masala yechimini topishga harakat qiladi. Xususan, davrlashtirish masalasida tarix fanida amal qiladigan tamoyillarga asoslangan holda ijtimoiy - siyosiy, iqtisodiy munosabatlar va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarini hisobga olish kerak bo’ladi. O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib davrlashtirish masalasida olimlar orasida hamon bahslar davom etmoqda. Bu masala yuzasidan, xususan, eng qadimgi davrlardan bugungi kunga qadar bo’lgan tariximizni davrlashtirishda e’tibor berilishi lozim bo’lgan tarixiy-madaniy jarayonlar, masalaga sivilizatsion yondashuv, davrlashtirishning metodologik asoslari kabilarga A.Asqarov, E.Rtveladze, A.Sagdullaev va boshqa olimlar e’tibor qaratgan bo’lishlariga qaramay, davrlashtirish masalalari to’la yechimini topmagan. So’nggi yillarda amalga oshirilgan tadqiqotlardan kelib chiqib, O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalalariga ham qisqacha to’xtalib o’tishni lozim topdik. Chunki, tarixni o’rganishda avvalo, xronologik izchillik asosida davrlarga bo’lib, har bir davrning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ma‟ruzalarni belgilash hamda dars soatlarini taqsimlash maqsadga muvofiqdir. Qanchalik sodda ko’rinmasin, ushbu jihat ham murakkab masala hisoblangan tarixni to’g’ri davrlashtirishni talab etadi. Masalaning eng muhim tomoni esa, yoshlarimizga ilmiy asoslangan davrlashtirish asosida tarix fanidan ta‟lim berishdir. Yuqorida ta‟kidlanganimizdek, mustaqillik davriga kelib, haqqoniy tariximizni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar tufayli sovet davri mafkurasiga asoslangan besh bosqichli formatsion davrlashtirish inkor etildi. Qadimgi tarixni davlashtirish masalasida tarixiy-madaniy taraqqiyotning ijtimoiy-iqtisodiy omillariga asosiy e’tiborni qaratish g’oyalari paydo bo’ldi. Xususan, A.Sagdullaevning fikricha, O’rta Osiyo tarixining eng qadimgi davri bir necha yuz ming yillarni o’z ichiga oladi. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy jarayonlar rivojlanishining notekisligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi o’zgarishlarning bir-biriga mos kelmasligi tufayli, ayrim hududlarga tegishli tarixiy sana va davrlashtirish bir-biridan farqlanadi. A.Asqarovning fikricha esa, O’zbekiston tarixi jahon tarixining tarkibiy qismidir. Bu zaminda yuz bergan tarixiy jarayonlarni jahon tarixidan ajratib o’rganish mumkin emas. Ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlarining mahsulidir. Har bir xalq yer kurrasining qaysi mintaqasida yashamasin, taraqqiyotning barcha bosqichlarini u yoki bu darajada bosib o’tishi shart. Ammo, jamiyat rivojlanishi hamma yerda birday kechmagan. Jamiyatning notekis rivojlanish qonuniyati esa, qadimgi zamonlarda tabiiy-geografik va ekologik imkoniyatlariga bog’liq bo’lgan. Jamiyat hayotida yuz beradigan tub ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar, O’rta Osiyo tarixining rivojlanish darajasi va ana shu mintaqa tarixi taqozo etgan holatdan kelib chiqib, O’rta Osiyo, jumladan O’zbekiston tarixini jarayonlarni obyektiv aks ettiruvchi omillarga asoslanib, O’zbekiston tarixining eng qadimgi davrdan bugungacha bo’lgan davrini yettita kata xronologik davrga bo’ladi. Ammo, olimning bu davrlashtirishi biroz ixchamlashtirishni talab etadi. Bizga qadar olib borilgan tadqiqotlarning qiyosiy tahlillari hamda mavjud adabiyotlarni o’rganish asosida O’zbekiston tarixini davrlashtirish quyidagi ko’rinishda taklif etiladi:
1. O’zbekiston tarixining eng qadimgi davri. Bu davrni o’z navbatida quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: a) O’rta Osiyoda ibtidoiy to’da davri – bu davr moddiy madaniyat taraqqiyotiga qarab xronologik jihatdan
1 mln. – 40 ming yil avval ya‟ni, ilk va o’rta paleolit davrlarini o’z ichiga oladi; b) urug’chilik jamoasi davri – so’nggi paleolitdan boshlab urug’chilik, jamoalarining shakllanishi va mezolit, neolit, eneolit davrlarida ularning taraqqiy etishi (m.av. 12-4 m.y.). Bu davr ijtimoiy boshqaruvning vujudga kelishi va rivojlanishi bilan izohlanadi.
2. Ilk davlatchilikka o’tish va davlatchilikning rivojlanishi davri. Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot nuqtayi nazaridan bu davr quyidagi bosqichlarga bo’linadi: a) O’rta Osiyoda ilk shahar madaniyatining paydo bo’lishi hamda dastlabki davlatchilik tizimiga o’tish davri (mil. avv. III II ming yillikning birinchi yarmi); b) ilk davlatlarning paydo bo’lishi hamda ma‟muriy-hududiy boshqaruvining rivojlanish bosqichlari (mil. avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi-antik davri). Bu davr dastavval bronza, keyinroq esa temirning xo’jalik sohalariga jadallik bilan kirib kelishi natijasida mehnatning dastlabki ijtimoiy taqsimoti, ishlab chiqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti, siyosiy birlashmalar, Qadimgi Baqtriya va Xorazm kabilarning paydo bo’lishi, O’rta Osiyoning Ahamoniylar, Makedoniyalik Aleksandr, Salavkiylar kabi polietnik davlatlar tarkibida rivojlanishi, xalqaro va o’zaro madaniy-iqtisodiy aloqalarning taraqqiy etishi bilan izohlanadi.
3. O’zbekiston tarixining o’rta asrlar davri. Bu davr o’z navbatida quyidagi bosqichlarga bo’linadi: a) ilk o’rta asrlar; b) rivojlangan o’rta asrlar; d) so’nggi o’rta asrlar bosqichi. Xronologik jihatdan V asrdan XVIII -XIX asrning o’rtalarigacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan bu davrning birinchi bosqichida O’rta Osiyoda yer egaligi munosabatlari o’zgarib, mulkchilikning turli shakllari (xususiy mulk, jamoa mulki, vag’nze) paydo bo’ldi, etnomadaniy jarayonlar jadallanib, mahalliy hokimiyatchilik davlat tizimining asosiga aylanadi. Ikkinchi bosqichda markazlashgan davlatchilik an‟analari kuchayib, O’rta Osiyoda islom dini keng yoyiladi, ilm-fan va madaniyat yuqori darajada rivojlanib, bu sohada uyg’onish davri yuz berdi, etnik jihatdan xalqlarning shakllanishi nihoyasiga yetdi, yer egaligi va mulkchilikning turli ko’rinishlari vujudga keldi. Uchinchi bosqichda (XVII asrdan boshlab) hokimiyat uchun o’zaro kurashlar avj olib O’rta Osiyo hududlari xonliklarga bo’linib ketdi.
4. O’zbekistonda Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi va sovetlar hukmronligi davri. Xronologik jihatdan X1X asrning o’rtalaridan 1991 yilgacha bo’lgan davrni o’z ichiga olgan bu davr chor Rossiyasi va sovet mustamlakachiligi davrlariga bo’linadi. Birinchi bosqichda chorizm bosqinchiligi tufayli O’rta Osiyo Rossiyaning xomashyo bazasiga aylanib, bu hududlarga rus kapitali jadallik bilan kirib keldi, mahalliy ishlab chiqarish va hunarmandchilikka putur yetdi, milliy-madaniy qadriyatlarga e’tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik harakatlari avj olib, jaded namoyondalari rahnamoligida milliy ma‟rifparvarlik g’oyalari yoyildi. Ikkinchi bosqichda, dastavval milliy mustaqillik uchun qurolli va g’oyaviy kurashlar avj olgan bo’lsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat taraqqiyoti kommunistik mafkuraga bo’ysundirildi, mulkchilikda davlat monopoliyasi ustunlik qildi, “o’z taqdirini o’zi belgilaydigan xalqlar” va sovet respublikalari amalda “markaz” manfaatlariga bo’ysundirildi.
5. O’zbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri. Mamlakatimiz tarixining mustaqillik davrini o’tgan yillar davomida amalga oshirilgan o’zgarishlar va islohotlar, ularning samaradorligiga qarab belgilash maqsadga muvofiq bo’lar edi. Shu nuqtayi nazardan milliy-mustaqillik davrini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin bo’ladi.
Birinchi bosqich 1991-2000 yillarni o’z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod etilib, “O’zbek modeli” 11 asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo’l tutildi, O’zbekiston jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi jamiyat hayotiga keng kirib bordi. Ikkinchi davri 2001-2010 yillarni o’z ichiga olgan ikkinchi bosqich, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta‟biri bilan aytganda, “fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri, iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta‟minlashda g’oyat muhim rol o’ynagan davr bo’ldi”.
2010-2016-yillarini o’z ichiga olgan uchinchi bosqichida davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot sohalarini isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta‟minlash, fuqarolik institutlarini rivojlantirish, bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada chuqurlashtirish davri bo’lib qoldi. 2016-yildan to bugungi kungacha davrni o’z ichiga olgan navbatdagi bosqichi mamlakatimizda hamma sohalarda yangilanishlar davri bo’lib, O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish, jamiyatimizni barcha sohalarda isloh etish, uning reyting salohiyatini ko’tarish jarayonlari bilan bog’liqdir. Bu bosqich tariximizda “Yangilanayotgan O’zbekiston-yangicha qarashlar” davri deb baholanmoqda. Ta‟kidlash lozimki, taklif etilayotgan ushbu davrlashtirish bu mavzuni yakunlamaydi. Tarix fanini o’qitish borasida dolzarb bo’lib turgan davrlashtirish masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo’lishi tabiiydir. Ammo, bu yo’nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib, o’quv jarayoniga joriy etilishi davr talabidir. Tarixiy manbalar davr nuqtayi nazaridan qadimiy va joriy (kundalik) ahamiyatga ega bo’ladi. Shuningdek, ular o’z mazmuni va mohiyatiga ko’ra birlamchi va ikkilamchi ahamiyat maqomiga ham egadirlar. Birlamchi manbaga tarixiy hujjatlarning asl nusxasi kiradi. Ikkilamchi manba deb esa birlamchi manbalarning e’lon qilingan nusxalari, maqola va kitob holatiga keltirilganlariga aytiladi.Tarixiy manbalarga qadimdan qolgan barcha narsalar, ya‟ni insoniyat qo’li va aql-zakovati bilan yaratilgan barcha moddiy madaniyat buyumlari va ashyolar, inshootlar, yozma yodgorliklar, urf-odatlar, an‟analar, tillar kabilar kiradi. Zamonaviy adabiyotlarda O’zbekiston tarixini o’rganishning manbalari shartli ravishda quyidagi oltita guruhga bo’linadi:
1. Yozma manbalar – epigrafik yodgorliklar, ya‟ni, tosh, metall, suyak va sopolga bitilgan bitiklar, “Avesto”, qadimgi va o’rta asrlar mualliflarining xabarlari, graffitlar, metall buyumlar, idishlarda qoldirilgan izlar, papirus, pergament va qog’ozlardagi qo’lyozmalar, chop etilgan materiallar.
2. Moddiy yoki arxeologik manbalar - arxeologik tadqiqotlar natijasida o’rganiladigan mehnat va jangovar qurollar, hunarmandchilik buyumlari, idishlar, uy-ro’zg’or buyumlari, kiyimlar, chorvachilik anjomlari, tangalar, san‟at buyumlari, me’morchilik inshootlari, uy-joy qoldiqlari, mudofaa inshootlari kabilardir. Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi.
3. Etnografik ma‟lumotlar – eng qadimgi davrdan boshlab so’nggi o’rta asrlarga qadar odamlarning yashash tarzi va turmushi, urf-odatlari va an‟analari, bayramlar va diniy e’tiqodlar, xo’jalik yuritish udumlari, ma‟lum qabilalar, elatlar va etnik guruhlarga xos bo’lgan an‟analar haqida qimmatli ma‟lumotlar beradi.
4. Lingvistik ma‟lumotlar – qadimgi tillarning yozma, badiiy va og’zaki nutqda aks etishi, turli xalqlar tili va lahjasidagi o’xshashliklarning tarixiy ildizlari haqidagi ma‟lumotlarni o’z ichiga oladi. Ushbu ma‟lumotlar xalqlar va elatlarning etnik kelib chiqishi hamda mashg’ulotlari, migratsion jarayonlar, diniy e’tiqodlar, madaniyat, turmush tarzini o’rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
5. Kinofotohujjatlar – nisbatan yangi voqea-hodisalar va ma‟lum shaxslar bo’yicha ilgari surilgan fikrlarning tasdig’i hisoblanadi.
6. Arxiv materiallari – XIX asrning o’rtalaridan boshlab bugunga qadar ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy va siyosiy jarayonlarni o’rganishda markaziy va joriy arxivlarda saqlanayotgan ma‟lumotlar juda muhim ahamiyat kasb etadi. Tarixiy manbalarni o’rganuvchi fan hisoblangan manbashunoslik – tarix fanining maxsus sohasi bo’lib, tarix fani rivojlanishi va tarixning yozilishida o’ta muhim ahamiyatga ega. Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivojlanmoqda. U yuqorida ko’rsatilgan metodologik ilmiynazariy, g’oyaviy-mafkuraviy asos va ilmiy usullarga tayanadi. O’zbekiston tarixi fanini o’rganishda tarixiy manbalarning o’rni va ahamiyati katta. Ular xalqning bebaho moddiy va ma‟naviy merosi, boyligi hisoblanib, muzeylarda, arxivlarda, kutubxonalarda saqlab kelinmoqda. Manbalar o’z mazmuni va shakliga ko’ra, yozma va moddiy ko’rinishlarga ega bo’ladi. Yozma manbalar eng qadimgi rasmlar, yozuvlar, bitiklar, hujjatlar va kitoblardan iboratdir. Hozirgi kunga qadar mamlakatimiz hududida va boshqa hududlarda bitilgan qadimgi va o’rta asrlarga oid yozma manbalarni o’rganish bo’yicha talaygina ishlar amalga oshirilgan bo’lishiga qaramay, bu yo’nalishda qilinadigan ishlar hali ko’p. Mavjud manbalar xalqimiz tarixi, moddiy va ma‟naviy qadriyatlari xususida to’liq, zarur va yetarli ma‟lumotlarni beravermaydi. Shu boisdan ularni sinchiklab o’rganish, tarjima qilish ilmiy tadqiq etish muhimdir. Xususan Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon xalqlari tarixida muhim o’rin tutuvchi eng qadimgi manbalar qatorida zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto”, qadimgi davr tarixiga oid muhim manba Erondagi Behistun qoyatosh bitiklari, qadimgi Rim, Yunoniston tarixchilarining yozib qoldirgan ayrim asarlarida hozirgi O’rta Osiyo xalqlari tarixi, turmush tarzi, moddiy va ma‟naviy madaniyatiga oid zarur ma‟lumotlar uchraydi. Tarixiy manbalar qatorida shuningdek Abulg’oziyning “Shajari turk”, Mirzo Ulug’bekning “To’rt ulus tarixi”, Sharafuddin Ali Yazdiyning “Zafarnoma”, Muhammad Yusuf Bayoniyning “Shajarai Xorazmshohiy” va shu kabi boshqa asarlarni ham misol qilish mumkin. Shu bilan birga Amir Temurning “Temur tuzuklari”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlarining ham muhim yozma manba sifatida misol qilish o’rinli. Shuningdek, dars jarayonida muhim manbalar qatorida arxiv materiallaridan ham foydalanish muhim rol o’ynaydi. Zero, arxivlarda xalq va davlat tarixiga oid yozma hujjatlar saqlanadi. Darsda mavzuni arxiv materiallaridan foydalangan holda o’tish ham mumkin. Tarixchi olimlar arxiv hujjatlari asosida, qimmatli dalillarga tayangan holda izlanish olib borishlari haqqoniy tariximizning xolislik asosida o’rganilishida kata ahamiyat kasb etadi. Dars jarayonida ulardan unumli hamda o’z o’rnida foydalanish professor-o’qituvchidan katta mahorat talab qiladi. O’qituvchi manbalarning turi, shakli, vazifalari hamda ulardan foydalanish yo’lyo’riqlari xususida talabalarga to’g’ri tushunchalar berishi maqsadga muvofiq. Shunday ekan, yozma manbalar tarixni ilmiy-nazariy jihatdan xolis o’rganishda muhim ahamiyat kasb etishi bejiz emas. Tarixni o’rganishda arxeologik, etnografik, numizmatik, toponimik manba va ma‟lumotlarning ham o’rni katta. Ular qatoriga qadimgi aholi manzilgohlari, shaharlar xarobalari, mozor va qo’rg’onlarning qoldiqlari, aholi turmushi va xo’jaligida ishlatilgan buyumlar, mehnat va jang qurollari, turli-tuman ro’zg’or ashyolarini kiritish mumkin. Shunday manzilgohlar bugungi kunda respublikamizning Surxondaryo, Qashqadaryo, Toshkent vohasi, Xorazm, Farg’ona vodiysi hududlaridan ko’plab topilmoqda. Moddiy va yozma manbalar asosida tarixiy ma‟lumotlarni solishtirib, haqqoniy tarixni talqin etish va o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqillik yillarida tarix fani dolzarb muammolarini aniqlash, ilmiy jamoatchilikning bu muammolar yechimini izlashdagi yondoshuvlari va faoliyatini aks ettirishda ilmiy anjumanlar muhim o‘rin tutdi. Tarix fani nazariy-metodologik asoslarini, tarix tadqiqotlariga yondoshuvlarni yangi davr talablari va mezonlari asosida ishlab chiqish, uning oldida turgan vazifalarni aniqlashda bu muammolar muhokamasiga bag‘ishlab o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning yangi tarixi: konseptual metodologik muammolar‖ (1999 y.); ―Novaya istoriya Sentralnoy Azii. Pereotsenka istorii, sovremennqe problemq i podxodq‖ (2004 y.) mavzuidagi respublika va xalqaro ilmiy anjumanlarning ahamiyati katta bo’ldi.. 2013 yil may oyida Respublika Fanlar akademiyasi tomonidan tashkil etilgan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishning dolzarb masalalari‖ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida bajarilgan ishlar sarhisobi ilmiy jamoatchilikka taqdim qilindi, jamiyat rivojining yangi bosqichi ehtiyojlari tarixchilar oldiga jahon tajribasidan kelib chiqib, tarix fanini yangi nazariy-metodologik darajaga ko‘tarish va yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish zarurligi kabi vazifalar qo‘yildi. Tarix tadqiqotlarini amalga oshirishning zamonaviy vositalaridan bo‘lgan turli fondlar bilan ilmiy hamkorlik yangi loyihalarni amalga oshirish imkonini bermoqda.
Chunonchi, Tarix instituti va Konrad Adenaur fondi bilan o‘zaro ilmiy hamkorlikda bajarilayotgan ―Eng yangi tarix umumjahon jarayonlarining tarkibiy qismi sifatida‖ loyihasi doirasida o‘tkazilgan ―O‘zbekistonning eng yangi tarixini fanlararo o‘rganish‖ mavzuiga oid davra stolidagi (2014 yil, 24 sentyabr) maruzalar va muhokamalar eng yangi tarixning dolzarb masalalarini, tadqiqot usullarini aniqlashda tarixchilar hamjamiyati uchun muhim ilmiy tadbir bo’ldi.. Ilmiy jarayonni tashkil etishda dissertatsion tadqiqotlar ilmiy bilimlar rivojining ko‘rsatkichi ekanligini nazarda tutadigan bo‘lsak, mustaqillik yillarida O‘zbekistonning eng tarixiga oid ilmiy bilimlarning to‘planishi va rivoji 1991-2012 yillar mobaynida himoya qilingan dissertatsion tadqiqotlarda o‘z ifodasini topdi.
Mustaqil O‘zbekistonda Yoshlarga oid siyosatning ahamiyati va ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o‘rni, milliy mustaqillik sharoitida talaba Yoshlarda axloqiy qadriyatlarining shakllanishi tadqiq qilindi. O‘zbekistonning xalqaro munosabatlar tizimidagi o‘rni nomzodlik dissertatsiyalari mavzulari orasida eng faol o‘rganilgan muammolardan bo’ldi.. O‘zbekistonda diplomatiya xizmatining shakllanishi va rivojlanishi o‘rganish O‘zbekistonning sovet davri va mustaqillik yillaridagi tashqi aloqalari tarixini qiyosiy tahlil etish orqali bu soha rivojida muhim o‘rin tutgan omillarni aniqlash va tarixiy jarayonlarni umumlashtirib, ilmiy xulosalar chiqarish imkonini berdi.
O‘zbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligi va Markaziy Osiyo mintaqasida xavfsizlikni taminlashda O‘zbekistonning o‘rni muammosi bir qator nomzodlik dissertatsiyalarida tadqiq qilindi. Ushbu tadqiqotlar O‘zbekistonning eng yangi tarixini yaratish yo‘lida Yosh mustaqil respublikaning mintaqadagi barqarorlikni taminlashda jahon hamjamiyati va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini har tomonlama qamrab olinishiga va ilmiy jihatdan yoritilishiga yordam beradi. Har bir tarixiy jarayon shu jarayonlar sodir bo‘layotgan davrning mahsuli. Malum bir davrda xalq tafakkuri, intellektual salohiyati, buyuk maqsadlari va ulug‘ kelajakka bo‘lgan ishonchlari shakllanadi. Voqeahodisalar, xususan, jamiyat bir holatdan ikkinchi bir holatga o‘tayotgan, odamlar dunyoqarashida keskin burilishlar sodir bo‘layotgan, natijada yaxlit jamiyat, butun xalq hayoti yangi mazmun kashf etayotgan bir jarayonda tarixiy davrni butun ko‘lami, mahobati va mohiyati bilan o‘rganish fan oldidagi muhim ahamiyatga ega bo‘lgan masaladir. Ko‘p ming yillik taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tgan va o‘tmishida katta tarixiy siljishlar bilan birga tanazzullar va inqiro’zlarga guvoh bo‘lgan o‘zbek xalqi hayotida XX asrning oxiri va XXI asrning boshlari yangi sahifa ochdi. Mustaqillikning o‘tgan davri tarix bilan qiyoslaganda kapalak umridek qisqa. Biroq, ana shu davrda xalqimiz yaratgan buyuk bunyodkorliklar, siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va ma’naviy sohadagi beqiyos yutuqlar O‘zbekistonning bundan keyingi uzoq kelajakka mo‘ljallangan taraqqiyotiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Ushbu davrning mohiyati – butunlay yangi tuzum, yangicha turmush tarzi, zamonaviy jahon sivilizatsiyasi talablariga javob bera oladigan aqliy salohiyat, intellektual imkoniyat bilan bog‘liqligi muhim ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori e’lon qilindi. Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan vo’z kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biri bo’ldi.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lo’zim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni Yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq ho’zirgi kunda ushbu institutlar tomonidan ananaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini ho’zirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini taminlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida etibor qaratgan. Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning mamuriy-buyruqbo’zlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo’ldi..
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni takidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi vazifasi va ahamiyati O'zbekistonning zamonaviy tarixini o'rganishning ahamiyati mamlakatning zamonaviy hayotiga bevosita ta'sir ko'rsatadigan ijtimoiy ahamiyatga ega voqealarni tushunishga qaratilganligi bilan belgilanadi. Ushbu voqealarning tarixiy ahamiyati nimada va ularning mohiyati nimada, ulardagi ayrim siyosiy arboblarning roli nimada, ushbu voqealarning rivojlanishi uchun qanday ssenariylar mavjud va bu voqealar zamonaviy jarayonlar bilan qanday bog'liq? - zamonaviy tarix javob berishi kerak bo'lgan savollar. Bundan tashqari, yaqin tarix ho’zirgi zamon bilan bog'liq bo'lganligi sababli kelajak bilan bog'liq tendensiyalarni ko'rish uchun muhim ahamiyatga ega.
O'zbekistonning eng yangi tarixini o'qitishning metod va yonalishlari
Tarixiylik prinsipi. Ushbu prinsipga ko'ra, tarixiy voqealar va jarayonlar ushbu voqealar va jarayonlar qanday paydo bo'lganligi, qanday rivojlanganligi va ular nimaga olib kelganligi nuqtai nazaridan qat'iy aniq tarixiy kontekstda ko'rib chiqilishi kerak. Tarixiyizmning uslubiy prinsip sifatida talabi davrda paydo bo'ladi va rivojlanadi. O'rta asrlar teleologizmiga qarshi bo'lgan ma'rifat (Viko, Volter, Russo, Diderot), keyin nemis klassik falsafasida (Hegel, Marks), hayot falsafasida (Diltey) va falsafiy va tarixiy fikrning boshqa sohalarida. Zamonaviy talqinda tarixshunoslik prinsipi tarixshunoslik va jurnalistikada juda kamdan-kam uchraydigan hodisaga qarshi qaratilgan, bunda mualliflar dunyoqarash g'oyalarini, xulq-atvor stereotiplarini va o'z davrlarining axloqiy me'yorlarini tarixdagi voqealarni baholashda, unutish yoki ataylab e'tiborsiz qoldirishda qo'llashadi. , o'rganilgan voqealar sodir bo'lgan joyda shuni ta'kidlash kerakki, tarixiylik prinsipining uslubiy ahamiyati barcha tarixiy yo'nalishlarda tan olinmaydi. Shunday qilib, n noro’zilik o'zgarganda (ingliz tilidan ho’zirgi kungacha) - G'arb tarixshunosligining yo'nalishlaridan biri - tarixiy voqelik "haqiqatda" bo'lgani kabi qayta tiklanmaydi, uni har bir tarixchi izohlaydi va quradi va har bir davr ushbu davrning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi. Boshqacha qilib aytganda, ho’zirgi (tushunchalar, baholashlar va boshqalar) o'tmishni tasvirlashga nafaqat yordam bera oladi, balki doimiy ravishda aralashadi. Ko'plik prinsipi tarix nuqtai nazaridan ko'rib chiqiladi. Uzoq vaqt davomida ko'plab tarixiy tadqiqotlar ikkilik radikalizm yoki dixotomizm bilan tavsiflangan edi (bugungi kunda ham topilgan), tarixiy jarayonlar "yoki-yoki" tamoyiliga ko'ra, "oq-qora" idrok prizmasi orqali baholanadigan joy mavjud. faqat ikkita taxmin mavjud - ijobiy yoki salbiy; to'g'ri yoki noto'g'ri. Baholash idrokining bu usuli barcha tarixiy davrlarga xos bo'lgan.
Borliq ob'ektining prinsipi. Tarixiy fan ob'ektiv bo'lishi mumkinmi? SSSRda ob'ektiv tarixiy bilim pirovardida sovet fani bilan uyg'un bo'lgan fanning g'oyasi edi, holbuki XX asr davomida G'arbiy tarix fanida ob'ektivlikka erishishning muammoli mohiyati xabardor bo'lgan. Birinchidan, turli xil tarixchilar turli xil uslubiy paradigmalarda ishlaydi: marksist, po’zitivist, postmodern va boshqalar. Ikkinchidan, alohida ish doirasida ob'ektiv (keng qamrovli) tadqiqotlarni o'tkazish umuman mumkin emas. Uchinchidan, ob'ektivlik milliy, jug'rofiy, diniy va davlat paradigmalaridan tashqarida bo'lishni nazarda tutadi, shu bilan birga ko'pchilik tadqiqotlar ularga asoslangan.Obyektivlik prinsipi har qanday tarixiylikni baholashni talab qiladigan dixotomous fikrlash bilan chambarchas bog'liq. muxbir nuqtai nazaridan va haqiqatning zamonaviy tushunchasiga zid bo'lgan ikki qiymatli haqiqat nazariyasi ("haqiqat" - "yo’lg'on"). Ushbu ikki tamoyilning natijasi, O'zbekiston tarixiga bag'ishlangan bir qator uy ishlarining o'ziga xos xususiyati bo'lib, uni uslubiy monizm nuqtai nazaridan yagona va yaxlit taqdimot qilish istagi paydo bo’ldi.. Aksariyat G'arbiy tarixchilar alohida tarixiy tadqiqotning ob'ektivligining fundamental muammoli mohiyati po’zitsiyasini egallaydilar. U yigirmanchi asrda yo’zganidek. taniqli frantsuz tarixchisi R. Aron, "hech narsa odamni, mazhabni, jamiyatni, davrni faqat bitta talqin qilish mumkinligini isbotlamaydi. Bugungi kunda amerikalik tarixchi A.Megill ta'kidlamoqda: “ob'ektivlik bu bitta tushuncha emas, balki uni bitta asosiy tushunchaga to'liq tushirib bo'lmaydigan tushunchalar to'plami. Aslida ob'ektivlik tushunchalari nechta? Yoki, hech bo'lmaganda, tarixiy bilimlarga nisbatan ob'ektivlikning qancha kontseptsiyalari mavjud? Zamonaviy nemis tarixchisi K. Shlogel yo’zganidek,“ shuncha ko'p hikoya va tarixiy rivoyatlar mavjud. Tarixchilar yoki tarixshunoslar bor. Boshqacha qilib aytganda, tarixni hikoya qilish va taqdim etish usullari to'plami, umuman olganda, cheksiz xilma-xildir.
Nomoddiylik prinsipi. Uzoq vaqt davomida tarixiy jarayon chiziqli yoki chiziqli deb hisoblangan - har bir bosqich avvalgisining tabiiy oqibati bo'lgan tekis ko'tarilgan chiziq shaklida. Yigirmanchi asrda chiziqsiz rivojlanish kontseptsiyasi kiritildi - avval tabiatshunoslikda, so'ngra ijtimoiy fanlarga, shu jumladan tarixga nisbatan31. Shu sababli, xorijiy tarixchilar tobora nochiziqli (sinergetik) tarixiy dinamika haqida gapirishmoqda. Bugungi kunda tarixiy jarayon zigzag ko'rinishida ko'rib chiqiladi, bu erda har bir ketma-ket yo'naltiruvchi nuqta buta shaklida taqdim etiladi, bu erda har bir filial rivojlanishning alternativ yo'nalishi hisoblanadi. Bundan tashqari, tizimning bir holatdan ikkinchisiga o'tishi (va bir nechta shunday holatlar bo'lishi mumkin) hatto kichik mikro-hodisaga (tebranish) ta'sir ko'rsatishi mumkin. Mahalliy tarixiy tadqiqotlarda chiziqli rivojlanish prinsipidan uzoqlashish va yangi metodologik talablarga asoslanib, sinergetika tamoyillarini qabul qilish zarur.O'zbekistonning zamonaviy tarixini o'rganishda muhim rol universal ulanish prinsipi, determinizm prinsipi, birlik prinsipi kabi printsiplarga ega bo'lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda eng yangi tarix kontseptsiyasi butun professional tarixchilar va boshqa ijtimoiy fanlarning vakillari tomonidan qat'iy bir ma'noga ega emas - Yevropaning tarixiga nisbatan rivojlangan, XX asrda jiddiy nazariy va uslubiy qiyinchiliklarga duch kelgan tarixni davrlashtirish - Yaqin tarix. O'zbekiston ilmiy bilimlar va akademik intizom sohasi sifatida bir qator muhim funktsiyalarni bajaradi: ilmiy va kognitiv, kognitiv va ma'rifiy, tarbiyaviy va vatanparvarlik, prognostik, dizayn va evristik. Tarix nazariyasi, ob'ektivlik prinsipi, nomutanosiblik prinsipi - Tarix fanida ham bilishning umumiy, ham umumiy ilmiy usullari, shuningdek tarixiy tadqiqotlar usullari qo'llaniladi. Ikkinchisi ham umumiy, ham ixtisoslashgan bo'lishi mumkin.

Yüklə 2,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin