Mavzu: Mustaqillik yillaridaoʻlkashunoslik. Reja: Mustaqillik yillarda oʻlkashunoslik. O'lkashunoslik fani rivojlanishi



Yüklə 17,23 Kb.
tarix03.12.2023
ölçüsü17,23 Kb.
#171936
Toir




Mavzu:Mustaqillik yillaridaoʻlkashunoslik.
Reja:
1.Mustaqillik yillarda oʻlkashunoslik .
2.O'lkashunoslik fani rivojlanishi.
3. Fargʻona viloyati oʻlkashunosligi muzeyi.

1.Oʻlkashunoslik — mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishi. Oʻ. tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. Oʻ.da oʻlkaning tabiati, aholisi, xoʻjaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, oʻlka namoyandalari oʻrganiladi. Oʻ. kompleks va soha Oʻ.likka boʻlinadi. Kompleks Oʻ. turli sohalarni bir-biri bilan bogʻliq holda, soha Oʻ. geografiya, tarix, etnografiya, madaniyat, toponomika va boshqalar sohalarga oid masalalarni alohida oʻrganadi. Hozirgi vaqtda ekologik vaziyat va tabiatni muhofaza qilish, tabiiy boyliklardan oqilona foydalanish masalalarini oʻrganuvchi Oʻ. rivojlanmoqda. Oʻ.ning asosiy maqsadi oʻz oʻlkasi tabiati, aholisi, etnografiyasi, xoʻjaligi, madaniyati, ekologik vaziyat va h.k. haqida ashyoviy dalillar, maʼlumotlar, namunalar toʻplab, ularni ommalashtirib, aholi bilimini oshirishdir. Oʻ. juda katta ijtimoiy-siyosiy, madaniymaorifiy, oʻquvtarbiyaviy ahamiyatga ega. Ayniqsa, milliy qadriyatlarni aniqlash va ommalashtirishda Oʻ.ning oʻrni juda katta.



Oʻzbekistonda Oʻ. tashkiliy shakliga koʻra 3 turga boʻlinadi: ilmiy (davlat), jamoat va maktab. I l m i y (davlat) Oʻ. bevosita davlat ilmiy tashkilotlari, ilmiy tekshirish institutlari, tabiiy, tarixiy va arxeologik yodgorliklarni muhofaza qilish qoʻmitalari, tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari, maxsus muzeylar xodimlari tomonidan olib boriladi, tadqiqot maʼlumotlari toʻplanadi, topilmalar maxsus muzeylarda koʻrgazmalarga qoʻyiladi. J a m o a t Oʻ. mahalliy hokimiyatlarning bevosita rahbarligida tegishli joylardagi tabiiy, tarixiy va arxeologik, etn., toponimik va boshqalar tashkilotlar mutaxassislari tomonidan olib boriladi. Maktab Oʻ. umumiy taʼlim maktablarida, geogr., tarix, botanika, zool., til va adabiyot oʻqituvchilarining bevosita rahbarligida tashkil etiladi. Oʻlka tabiati, tarixi, aholisi, xoʻjaligi, madaniyati, etnografiyasi, toponimikasi, arxeologiyasiga oid dalil va topilmalar maktab Oʻ. muzeylarida namoyish etiladi. Hozirgi kunda tarixiy durdonalami asrab-avaylash, o'tmish osori atiqalarini, nodir qoiyozmalami ilmiy jihatdan o‘rganish har taraflama tadqiq etilishiga jiddiy e’tibor berilmoqda. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtmsh to'g‘risida»gi Farmoni muzeylar maqomini yuksaltirishga qaratilgani bilan qimmatlidir. Ushbu Farmonda Oʻzbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish, ularni xalqning ma’naviyaxloqiy kamolotida tutgan o‘mini vuksaltirish, muzey fbndlarida saqlanib kelinayotgan xalqimizning boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlami avavlab-asrash lozimligi ta'kidlandi. Ularni o‘rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va taig'ib etish, xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg'ulanni kuchaytirish yoiida keng foydalanish lozimligi ko'rsatildi. Muzeylami zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligining eng ilg‘or tajribalarini qoilash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish lozimligi ta’kidlandi. Farmonning birinchi bandida 0 ‘zbekiston Respubhkasi Madaniyat vazirligi va tegishli idoralarga mavjud barcha turdagi muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, zarur ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatishni ta’minlash maqsadida «O‘zbekmuzev» jamg‘armasi tashkil etilishi ko‘zda tutildi.
Oʻzbekiston hududida tarixi oʻrta asrlarga borib taqaladi. Abu Rayhon Beruniyning "Hindiston", "AtTafhim", "Mineralogiya", "Saydana" asarlarida Oʻ.ka, jumladan, toponomik Oʻ.ka oid, Mahmud Koshgʻariyning "Devonu lugʻotit turk" asarida geografik, toponimik Oʻ.ka oid maʼlumotlar juda koʻp. Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma" asari esa Oʻ.ning mumtoz asari hisoblanadi.
2. Mamlakatimizda oʻlkani har tomonlama oʻrganish 20-asr oʻrtalarida ayniqsa rivojlandi. Bunda oʻlkaning tabiati va tabiiy boyliklarini oʻrganish kengaydi. Chunki bu vaqtda mahalliy tabiiy boyliklar va ulardan xalq xoʻjaligida koʻproq foydalanish vazifasi qoʻyilgan edi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, ishlari xalq tarixini, qadriyatlarini oʻrganishga, ularni tiklashga qaratildi. Fan va texnika rivojlanishi, tabiat va tabiiy resurslardan foydalanishning jadallashishi natijasida ekologik tez rivojlanib bormoqda. Maktablarda yosh oʻlkashunoslar guruhlari tashkil etilib, oʻz joyining tabiati, ekologik sharoitlari, tarixi, toponimikasi va qadriyatlarini oʻrganish taraqqiy etmoqda. Baʼzi mamlakatlarda maktabdagi taʼlim ishlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. O‘zbekiston Tasviriy san’at galereyasi 2004-yili Toshkent shahrida ochildi: Galereya binosi qisqa muddat ichida qurib bitkazilgan boisa-da, xalqaro standartlarga javob beruvchi eng zamonaviy texnika vositalari bilan jihozlangan. U yerda o'matilgan eng zamonaviy jihozlar eksponatlarni namoyish etish va asrash uchun zarur boigan eng qat’iy harorat, namlik tartiblarini ta’minlash va qoiiqlash shartlariga rioya etish imkomni beradi. San’at galereyasida ma'ruzalar va kinozallar, kutubxona, mohir usta studiyasi, ustaxonalar o‘rin olgan. Shubhasiz, bu ko‘rgazmalar yangi majmuani xalqaro darajadagi san’atshunoslik markaziga aylantiradi. Uning ekspozitsiya-ko‘rgazma maydoni 3500 kvadrat metrga teng. Shuningdek, galereya zarur texnikaviy uskunalar bilan jihozlangan majlislar zaliga ega boiib, bu yerda ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlari, seminarlar, amaliy uchrashuvlar, filmlar namoyishlari va boshqa tadbirlar o‘tkaziladi. Tasviriy san’at galereyasi zallarida XX asr boshidan hozirgi kungacha y aratilgan O‘zbekiston tasviriy san’ati asarlarining boy to‘plami, shuningdek O‘rta Osiyoda zarb etilgan noyob tangalar kolleksiyasi namoyish etilmoqda
3.Fargʻona viloyat oʻlkashunoslik muzeyi — madaniy-maʼrifiy muassasa; Respublikadagi keksa muzeylardan. Fargona shahrida joylashgan. 1897 yilda muzeyning nizomi tasdiqlangan bo‘lsa, 1899 yilning 26 may kuni «Farg‘ona viloyat xalq muzeyi»ning (uning birinchi nomi shunday edi) tantanali ochilishi bo‘lib o‘tdi. Bu vaqtga kelib muzeyda 2223 dona buyum va kitoblar yig‘ilgandi. 1911 yilda muzey yopildi va faqat 1920 yilda Farg‘onadagi siyosiy tuzimning o‘zgarishi natijasida, hokimiyat sovetlar qo‘liga o‘tgach, muzey qayta ochildi. Bu paytda uning maqsad va vazifasi ham butunlay o‘zgargandi. Muzeyning nomi esa, «Farg‘ona shahar ilmiy muzeyi» deb ataldi.1922 – 1927 yillarda muzey ekspozitsiyasida qishloq xo‘jalik, hunarmandchilik, numizmatika, tabiat, tarix va etnografiya bo‘limlari mavjud edi. 2008-yil 12-sentabrda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Muzeylar to‘g‘risida»gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi muzeylaming tashkil etilishi va faoliyati sohasidagi munosabatlami tartibga solishdan iborat. Qonun 8 bob, 36 moddadan iborat boiib, 1-bobda umumiy qoidalar, ya’ni Qonunning maqsadi, muzeylar to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, asosiy tushunchalar o‘z ifodasini topgan. Bugungi kunda muzeylar sonining o‘sishi umumjahon jarayoni boʼlib, har besh yilda ular 10 foizga ko‘payib bormoqda. Faqat mustaqillik yillarida 0 ‘zbekistonda o‘ndan ziyod muzeylaming, xususan, Temunylar tarixi davlat muzeyi, Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi. Termiz arxeologik muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati va boshqa muzeylaming tashkil etilishi ham yuqoridagi fikmi tasdiqlaydi. Bugungi kunda 0 ‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi doirasida 90 ta muzey mavjud boiib, shulardan 43 tasi tarix va oikashunoslik ixtisosligidagi muzevlardir. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tasarrufidato toʻrtta muzey boʼlib, O'zbekiston tarixi davlat muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Qatag'on qurbonlari xotirasi muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeylari shular jumlasidandir. Bulardan tashqari, maʼlum muammo, mavzu, inshoot yoki jarayonni ifoda etuvchi muzeylar soni ham tobora ko‘payib bormoqda. 1938 yildan esa, muzey «Viloyat o‘lkashunoslik muzeyi» sifatida faoliyat ko‘rsata boshladi. Eksponatlar soni 15 mingdan oshdi.Mustaqillik yillarida viloyatning ijtimoiy hayotida muzeyning roli keskin ortdi. Ayniqsa, xalqimizning boy va o‘ziga xos tarixini tiklashda, uni tadqiq etishda malakali muzey xodimlarining xizmatlari beqiyos. Buyuk vatandoshlarimiz Ahmad al-Farg‘oniyning 1200 yillik va Burhoniddin al-Marg‘iloniy ning 900 yillik yubileylari ana shular jumlasidandir.Ayniqsa, muhtaram yurtboshimiz I.A.Karimovning 1998 yil 12 yanvardagi 1913-sonli «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni [1], Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 martdagi 98-sonli «Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi va 2002 yil 9 yanvardagi «Noyob zargarlik san’ati asarlarini asragan holda foydalanish va saqlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida»gi qarorlari muzey faoliyatini yanada jonlantirib yubordi.Bugungi kunda Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyi barcha turdagi zamonaviy texnika vositalari bilan ta’minlangan bo‘lib, ular ilmiy-tadqiqot ishlarida katta samara bermoqda. Hozir muzeyda 5 ta (tarix, tabiat, san’at, ilmiy-oqartuv va fond) bo‘lim va 10 ta (tasviriy san’at, metal va sopol buyumlar, maxsus, mato buyumlar, hujjatlar, gazeta va plakatlar, yog‘och buyumlar, arxeologiya va numizmatika, tabiat, fotonegativ va suratlar) zahiraxonalar faoliyat ko‘rsatib turibdi. Shuningdek, Farg‘ona viloyat o‘lkashunoslik muzeyining tumanlarda 7 ta tarmog‘i mavjud

Yüklə 17,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin