Referat mavzu: auditorlik dalillar guruh: 8 bh-2020 Bajardi: Esanov Fazliddin Tekshirdi: A,Sheraliyev



Yüklə 85,93 Kb.
səhifə1/2
tarix27.07.2023
ölçüsü85,93 Kb.
#137652
növüReferat
  1   2
AUDITORLIK DALILLAR


O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV” FAKULTETI
MOLIYA VA BANK ISHI” KAFEDRASI
Audit ” FANIDAN
REFERAT

MAVZU: AUDITORLIK DALILLAR



Guruh: 8 BH-2020
Bajardi: Esanov Fazliddin
Tekshirdi: A,Sheraliyev

Himoya natijasi: «____» baho. «____» _________ 2023 yil
DENOV 2023
AUDITORLIK DALILLAR
REJA:
1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo‘yiladigan talablar.
2. Auditorlik dalillarning turlari.
3. Auditorlik dalillarni olish manbalari.
4. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to‘plash.
5. Auditorlik dalillarni olish usullari.
6. FOYDANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

1. Auditorlik dalillar tushunchasi, ularning tayinlanishi va oldiga qo‘yiladigan talablar Auditning xalqaro standartlari – AXS (International Standarts of Auditing – ISAs) da standartlash obyekti sifatida V – «Auditorlik dalillar» (500-599) nomli maxsus bo‘lim ajratilgan. Ushbu bo‘lim 9 ta standartni o‘z ichiga oladi: № 500 – «Auditorlik dalillar» (Audit Evidence) № 510 – «Birlamchi kelishuvlar – boshlang‘ich qoldiqlar» (Initial Engagements Opening Balances) № 520 – Analitik amallar (Analytical Procedures) № 530 – Auditorlik tanlash (Audit Sampling) № 540 – Buxgalterlik hisobida baholanadigan qiymatlar auditi (Audit of Accounting Estimates) № 550 – Bog‘liq tomonlar (Related Parties) № 560 – Keyingi hodisalar (Subsequent Events) № 570 – Uzluksiz faoliyat (Going Concern) № 580 – Rahbariyatning bildirgisi (Management Representations) Ushbu standartlar auditorlik faoliyatining xalqaro amaliyotida olinadigan dalillarning yetarlilik darajasini va ularni to‘plashga nisbatan qo‘yiladigan talablarni belgilaydi. Bizning mamlakatimizda esa shu vaqtgacha qabul qilingan auditorlik faoliyati milliy stanlartlaridan quyidagilarni shunday bo‘lim sifatida umumlashtirish mumkin: №10-AFMS «Moliyaviy hisobot tarkibidagi boshqa axborotlar»; №11-AFMS «Ma’lumotlarni kompyuterda ishlash (MKI) sharoitida audit PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 119 o‘tkazish»; №13-AFMS «Tahliliy amallar»; №14-AFMS «Auditorlik tanlash»; №16-AFMS «Ekspert ishidan foydalanish»; №50-AFMS «Auditorlik dalillar». Auditorlik dalillarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlariga, shuningdek ularni olish maqsadida bajariladigan amallarga nisbatan qo‘yiladigan talablar № 50 – «Auditorlik dalillari» nomli AFMSda belgilangan. Ushbu standart talablarini barcha auditorlik tashkilotlari auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish chog‘ida qo‘llashi majburiydir. Auditor moliyaviy hisobotning haqqoniyligini asoslashi uchun quyidagi amallarni bajarish natijasida yetarli auditorlik dalillarini to‘plashi lozim: Ø schyotlar bo‘yicha oborotlar va qoldiqlarning moliyaviy hisobotda to‘g‘ri aks ettirilishini batafsil tekshirish; Ø tahliliy amallar; Ø ichki nazorat vositalarini tekshirish; Auditorlik dalillarni to‘plash uchun zarur bo‘lgan auditorlik amallari va ularning hajmi audit dasturida ko‘rsatiladi. Auditorlik dalillar – bu auditorlik tashkiloti tomonidan auditorlik tekshiruvlar vaqtida to‘plangan va auditorlik xulosasini asoslovchi axborotdir. Demak, auditorlik dalillar auditorlik tekshiruvi jarayonida tekshirilayotgan mijoz – korxona va uchinchi shaxslardan olingan axborotlar hamda ularni tahlil qilish natijalari bo‘lib, moliyaviy hisobotning ishonchliligi to‘g‘risida auditorlik xulosasi tuzish imkonini beradi. Ushbu ta’rif va tavsiflardagi tayanch tushunchalarni batafsil ko‘rib chiqamiz. Dalil deyilganda boshqa faktning mavjudligini tasdiqlaydigan yoki inkor qiladigan fakt, yoki mazkur fakt haqida u yoki bu darajadagi ishonchlilik bilan fikr shakllantirishga imkon beradigan, ma’lum fakt to‘g‘risida ma’lumotlar olish jarayoni tushuniladi. Axborot – xo‘jalik faoliyatidagi faktlar to‘g‘risidagi xabarlar to‘plamidir. Mijoz korxona – auditorlik xizmati ko‘rsatilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt. Uchinchi shaxslar – auditor yoki mijoz korxona bilan u yoki bu tarzda aloqador bo‘lgan va bu aloqadorlik auditor fikriga muhim ta’sir ko‘rsatadigan huquqiy yoki jismoniy shaxslardir. Tahlil qilish – bu mijoz korxona buxgalteriya hisobotida faktlarning auditor tomonidan mushohada qilinishi va o‘z fikrini shakllantirishi. Auditorlik tekshiruvlarining asosiy maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlar buxgalteriya hisobotlarining ishonchliligi to‘g‘risida auditorning PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 120 mustaqil bildirilgan fikridan iborat. Buning uchun auditor hisobotning ishonchliligi yoki uning ishonchliligini rad etish to‘g‘risidagi asosli fikr bildirishga imkon beradigan dalillarni to‘plashi zarur. Ishonchlilik – moliyaviy hisobot ma’lumotlarining ulardan malakali foydalanuvchilarga xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining natijalari to‘g‘risida to‘g‘ri xulosalar qilishga va ushbu xulosalarga asoslangan qarorlar qabul qilishga imkon beradigan darajasi tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, bu auditorlik dalillar qanchalik ishonchga sazovar va haqiqatga yaqin ekanligini tavsiflaydi. Audit jarayonida olingan dalillarning ishonchliligi mustaqillik va manba kompetentligi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi omillarga bog‘liq. Auditorning o‘zi mustaqil manbalardan olgan dalillarning ishonchlilik darajasi xo‘jalik yurituvchi subyektdan olingan dalillarga qaraganda yuqoriroq. Barcha dalillar yig‘indisini faqat so‘ngilari yetarli bo‘lganidagina ishonchli deb hisoblash mumkin. Dalillarning yetarliligi ularning miqdori va sifati bilan belgilanadi. U tanlash ko‘lami va to‘plamdagi muayyan elementlarning tavsifi bilan bog‘liq. Axborotlarning samaradorligi esa tanlash elementlarining reprezentativligi (bosh to‘plamning o‘rganilayotgan belgilar bo‘yicha xususiyatlari tanlama to‘plamda namoyon bo‘lishi)ga bog‘liq, ya’ni reprezentativlik qancha yuqori bo‘lsa, auditorlik riski shuncha past bo‘ladi. Auditorlik risklarini pasaytiruvchi dalillarning yetarliligi to‘g‘risida auditor ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik riskining hajmiga asoslanib xulosa qilishi mumkin. Ichki nazorat tizimi qanchalik ishonchli va auditorlik riski qanchalik past bo‘lsa, auditordan shunchalik kam dalil-isbotlar to‘plash talab etiladi. Dalillarning yetarliligini aniqlashda quyidagi holatlarni hisobga olish zarur: mustaqil manbalar (uchinchi shaxslar)dan olingan dalillarning mijoz-korxona xodimlaridan olingan dalillarga nisbatan ishonchliroq ekanligi; auditorlik tashkilotining mustaqil tekshiruvi yoki tahlili natijasida olingan ma’lumotlarning uchinchi shaxslardan olingan ma’lumotlarga qaraganda ishonchliroq ekanligi; hujjatlar va yozma ko‘rsatmalar shaklidagi auditorlik dalillarining og‘zaki ko‘rsatmalarga qaraganda ishonchliroq ekanligi. Nihoyat, turli manbalardan olingan dalillardan foydalanish natijasida qilingan xulosalarni taqqoslash imkoniyatlarini hisobga olish kerak. Amaldagi standartlarga muvofiq auditorlik baholash uchun zarur ma’- lumotlar miqdori qat’iy chegaralab qo‘yilmagan. Shu boisdan auditor o‘zining professional fikriga tayangan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt moliyaviy hisobotining ishonchliligi to‘g‘risida xulosa tuzish uchun zarur bo‘- ladigan ma’lumotlarning miqdori haqida mustaqil qaror qabul qilishi loPDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 121 zim. Auditorlik dalillarining o‘z vaqtida to‘planishiga alohida e’tibor berish zarur. Aks holda ular oshiqcha va keraksiz bo‘lib qoladi. O‘z vaqtidalik har bir auditorlik dalilining tekshirilayotgan davrga bevosita taalluqliligi yoki mijoz-korxona faoliyatining hisobot tuzilganidan so‘ng, ammo auditorlik xulosasi tuzilishidan oldin sodir bo‘lgan ma’lum bir muhim hodisalariga taalluqli ekanligidan ham iboratdir. To‘plangan dalillar tekshirilayotgan hisobot tuzilgan sanaga qanchalik yaqin bo‘lsa, ular shunchalik ishonarli bo‘ladi. Agar xatolar va noaniqliklar to‘g‘risidagi dalillar mijoz korxona ma’- muriyatiga auditorlik xulosasi soliq organiga topshirilmasdan oldin taqdim etilgan bo‘lsa, u holda buxgalteriyada hisobotlarga zarur tuzatishlarni kiritish imkoni bo‘ladi. Agar hisobot soliq organiga topshirilganidan so‘ng audit o‘tkazilsa, tuzatish kiritish imkoni yo‘q, lekin joriy davrda aniqlangan xato kamchiliklarni o‘z vaqtida tuzatish mumkin. Auditorlik tekshiruvlarining asosi auditorlik dalillarini topishdan iborat. U ma’lumotlarni to‘plash, moliyaviy hisobotning ishonchliligi (yoki ishonchsizligi)ni, moliya-xo‘jalik muomalalarining buxgalteriya hisobini yuritishga oid belgilangan qoidalar va nizomlarga muvofiqligini va shu bilan birga auditorlik xulosasi tuzish uchun auditorning shaxsiy fikrini shakllantirish maqsadida ularni umumlashtirish va baholashni nazarda tutadi. 2. Auditorlik dalillarning turlari Auditorlik tekshiruvlar jarayonida to‘planadigan dalillar turli-tuman bo‘lib, ular turi, manbasi va olinish usullariga ko‘ra turkumlanadi. Auditorlik dalillar turlariga ko‘ra yozma va og‘zaki dalillarga bo‘linadi. Yozma ravishda olingan dalillar (hujjatlar va yozma tushuntirishlar) og‘zaki shakldagi dalillarga qaraganda ishonchliroq bo‘lishi mumkin. Ammo ayrim hollarda og‘zaki dalillar ancha muhim va foydali bo‘lishi mumkin. Auditorlik dalillar olinish manbasiga ko‘ra ichki, tashqi va aralash dalillarga bo‘linishi mumkin. Ichki auditorlik dalillar xo‘jalik yurituvchi subyektdan yozma yoki og‘zaki ko‘rinishda olingan ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Tashqi auditorlik dalillar uchinchi tomonlardan yozma ko‘rinishda (odatda auditorlik tashkilotining yozma so‘rovi bo‘yicha) olingan ma’lumotlardan iborat. Aralash auditorlik dalillar xo‘jalik yurituvchi subyektdan yozma yoki og‘zaki ko‘rinishda olingan va uchinchi tomon yozma ravishda tasdiqlagan PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 122 ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Auditorlik dallillar olinish usuliga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: a) faktlarni tasdiqlash yo‘li bilan olingan dalillar; b) hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash yo‘li bilan olingan dalillar; v) maxsus o‘tkazilgan tahlil natijasida aniqlangan dalillar. Faktlarni tasdiqlash mulklar va majburiyatlar muayyan turlarining mavjudligini aniqlashdan iborat. Bu xo‘jalik faoliyatidagi faktlar bo‘lib, ularni fakt-vaziyatlar deb hisoblash mumkin; ular zamonaviy auditning ajralmas qismi hisoblangan inventarizatsiya yo‘li bilan aniqlanadi. Hujjatlashtirilgan faktlarni aniqlash moliyaviy hisobotni va hisob registrlarini to‘ldirish uchun asos bo‘lgan dastlabki hujjatlarni tekshirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bularga tannarxni asossiz ravishda oshirib yuborish yoki tovarsiz operatsiyalarni amalga oshirish bilan bog‘liq operatsiyalar misol bo‘lishi mumkin. Shuningdek, bitta hujjatning turli nusxalaridagi yozuvlarining bir-birlariga mos kelmaslik holatlari. Maxsus o‘tkazilgan tahlil natijasida faktlarni aniqlash hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarni mantiqiy joylashtirish va matematik hisob-kitob qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunday argumentlash ratsional deb nomlanadi va u audit jarayonida salmoqli o‘rin tutadi. Masalan: 1) 2910-«Omborlardagi tovarlar» schyotida korxona mulki hisoblangan tovarlar hisobga olinishi lozim; 2) auditor ushbu tovarlar uchun korxonaning mulkiy huquqi mavjudligini aniqlashi zarur; 3) taqdim etilgan hujjatlar (shartnomalar, tovarlar hisoboti, bank ko‘chirmalari) va mulkiy huquqning korxonaga o‘tgan paytini aniqlash asosida auditor tovarlarning egasi haqida xulosa qiladi. Auditor fikriga birinchi argument ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi. Haqiqatda 2910-«Omborlardagi tovarlar» schyotida qoldiq sifatida ko‘rsatilgan tovarlar yo‘q bo‘lsa, hech qanday fikr-mulohazaga o‘rin qolmaydi. So‘ngra uchinchi va to‘rtinchi argumentlarni ahamiyatliligi bo‘yicha ko‘rsatish mumkin. 3. Auditorlik dalillarni olish manbalari Auditorlik dalillar hujjatlarni tekshirish jarayonida; xo‘jalik yurituvchi subyekt xodimlari va uchinchi shaxslardan yozma va og‘zaki so‘rov o‘tkazish yo‘li bilan; hisob jarayonlarining bajarilishi va xo‘jalik faoliyati ustidan auditorning bevosita kuzatishi chog‘ida olinishi mumkin. Auditorlik dalillar bevosita olinadigan manbalarga quyidagilar kiradi: mijoz korxona va uchinchi shaxslarning dastlabki hujjatlari; mijoz korxona buxgalteriya hisobi registrlari va uning moliya xo‘jalik faoliyatining tahlil natijalari; mijoz korxona xodimlari va uchinchi shaxslarning og‘zaki PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 123 bildirishlari; mijoz korxonaning bir hujjatlarini boshqalari bilan solishtirish hamda uning hujjatlarini uchinchi shaxslarning hujjatlari bilan taqqoslash; mijoz korxona aktivlari va passivlarini inventarizatsiya qilish natijalari hamda uning moliyaviy hisobotlari. Olingan dalillarning sifati ularning manbalariga bog‘liq. Auditorning bevosita kuzatishi va moliya xo‘jalik muomalalarini o‘rganishi natijasida olingan dalillar eng ishonchli hisoblanadi. Shuningdek, mustaqil manbalardan olingan, hujjatlarga asoslangan ma’lumotlar ham ishonchli hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborotlarga ishlov berish tizimidan to‘planganiga qaramasdan, to‘plangan ma’lumotlarga asosan auditor tomonidan olingan va ishlov berilgan ma’lumotlarning dalil kuchi kamroq hisoblanadi. Mijoz korxonaning axborot tizimida tuzilgan, ishlov berilgan va saqlanayotgan hujjatlardagi axborotlarning dalil kuchi past hisoblanadi. Bunda ichki nazorat tizimining baholanishini inobatga olish zarur. Agar ushbu tizim samarali bo‘lsa, undan olingan axborotdan dalil sifatida foydalanish mumkin. Har xil manbalardan olingan va turli shakldagi auditorlik dalillar auditorlik riskini pasaytiradi. Ko‘p hollarda bitta holat bo‘yicha har xil manbalardan to‘plangan dalillar bir-birlariga zid bo‘lib chiqadi. Bu holda auditor vujudga kelgan ziddiyatni hal etish va to‘plangan dalillarning ishonchliligi hamda xulosalarning asosliligiga ishonch hosil qilishi uchun qo‘shimcha axborotlar to‘plashi zarur. Agar auditor qandaydir muammo bo‘yicha yetarli dalillar to‘plash imkoniga ega bo‘lmasa, buni o‘zining hisobotida aks ettirishi lozim. Agar mijoz korxona auditorga tulaqonli tekshiruv uchun zarur hajmdagi hujjatlarni taqdim qilmasa yoki agar auditor zarur auditorlik dalillarini to‘plash imkoniga ega bo‘lmasa, uning oldida katta muammolar vujudga kelishi mumkin. №50 «Auditorlik dalillar» nomli AFMSda ta’kidlanishicha: «Agar auditorlik tashkilotiga xo‘jalik yurituvchi subyekt tomonidan mavjud hujjatlar to‘la hajmda taqdim etilmasa va u qaysidir schyot va (yoki) muomala bo‘yicha yetarli auditorlik dalillarini to‘plash imkoniga ega bo‘lmasa, auditorlik tashkiloti bu vaziyatni o‘zining hisobotida aks ettirishi lozim va salbiy auditorlik xulosasi tuzish to‘g‘risidagi masalani o‘rtaga qo‘yishi mumkin. Demak, yetishmayotgan auditorlik dalillari muhim hisoblangan buxgalteriya hisoboti moddalariga taalluqli bo‘lsa, auditor auditorlik xulosasi tuzishdan rasmiy ravishda bosh tortishi va bu holni tegishli tarzda rasmiylashtirishi lozim. Shunday qilib, hisobot ma’lumotlarining ishonchliligi to‘g‘risida o‘z fikrlarini shakllantirishda, auditor auditorlik dalillar olinadigan turli manbalardan foydalanib, auditorlik riskini pasaytirishni ko‘zlaydi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 124 4. Auditorlik amallari va auditorlik dalillarini to‘plash Auditorlar auditorlik amallarini bajarish chog‘ida dalillovchi ma’lumotlarni to‘playdilar. Auditorlik amali bu muayyan audit uchastkasida dalillarni olish uchun auditor tomonidan amalga oshiriladigan ishlarning ma’lum tartibi va ketma-ketligi. Dalillarni to‘plash uchun qanday auditorlik amallari zarurligi va ularni qachon bajarishni auditor auditorlik tekshirishlar dasturini tuzish chog‘ida mustaqil hal qiladi. O‘zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati milliy standartlariga muvofiq auditor quyidagilarga asosan yetarli dalillarni to‘plashi lozim: ichki nazorat vositalarini tekshirish; schyotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlarni buxgalteriya hisobida aks ettirishning to‘g‘riligini tekshirish; tahliliy amallar. Ichki nazorat vositalarini muvofiqlik uchun tekshirish auditorlarga ichki nazorat tizimida ko‘zda tutilgan tadbirlar va amallarning samaradorligi (samarasizligi) to‘g‘risida dalillar to‘plashiga imkon beradi. Schyotlar bo‘yicha qoldiqlar va oborotlarning buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilishini batafsil tekshirish muayyan muomalalarning mazmunini va xatolarini aniqlash uchun o‘rganishni nazarda tutadi. Batafsil tekshirish, odatda, auditor tomonidan tekshiruv maqsadini, tanlashning rejalashtirilgan ko‘lamini va uning obyektlarini saralab olishni hisobga olgan holda tanlov to‘plamini shakllantirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Tahliliy amallar mijoz korxonaning muhim moliyaviy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, kutilmagan va buxgalteriya hisobida noto‘g‘ri aks ettirilgan xo‘jalik muomalalarini aniqlash, shuningdek bunday xatolar va chalkashliklarning sabablarini aniqlashni ko‘zda tutadi. To‘plangan auditorlik dalillari buxgalteriya hisobining yo‘lga qo‘yilishini va ichki nazorat tizimini o‘rganish hamda baholash to‘g‘risidagi yozuvlar, bayonnomalar, jadvallar va blankalar shaklida auditorning ishchi hujjatlarida aks ettirilishi lozim. Ishchi hujjatlarda auditorlik amallarining rejalashtirilishi va bajarilish natijalarini ham aks ettirish zarur. Auditorlik dalillarini to‘plash ketma-ketligini quyidagicha: 1. Auditorlik dalillarini to‘plashning maqsadini shakllantirish shartnomaning umumiy audit rejasi va auditorlik tekshiruvlar dasturiga taalluqli maqsadiga bog‘liq. Shartnomadan kelib chiqqan holda boshqa maqsadlar ham, jumladan hisobni tashkil etishning samaradorligini baholash, to‘lov layoqatini, rentabellikni va boshqalarni bashoratlash ham aniqlanishi mumkin. 2. Tanlangan auditorlik amallari №3-«Auditni rejalashtirish» nomli AFMS ga muvofiq auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi dasturida ko‘rsatilishi lozim. Bunda auditorlik amallaridan qaysilarini (nazorat vositalari testi yoki mohiyatan tekshirishlar) va qaysi uchastkalarda qo‘llash maqPDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 125 sadga muvofiqligini aniqlash zarur. Yetarli darajadagi va ishonarli dalillarga ega bo‘lish uchun mohiyatan o‘tkaziladigan auditorlik amallari va analitik amallardan foydalaniladi. Auditor hisob va hisobotning ma’lum bo‘limlarini tekshirishda qo‘llaniladigan auditorlik amallarini batafsil bayonini dasturda aks ettirishi zarur. Bunda ayrim muomalalarni tekshirishda qo‘llaniladigan amallar mazmuni aks ettirilgan, oldindan ishlab chiqilgan taxminiy ro‘yxatlardan foydalanish mumkin. 3. Auditorlik dalillarini olish usullari (qayta hisoblash, inventarizatsiya, xo‘jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishi, tasdiqlash, og‘zaki so‘rov, hujjatlarni tekshirish, kuzatib chiqish, analitik amallar) standartda keltirilgan. Auditor quyidagilarni aniqlaydi: muayyan vaziyatda qanday usullarni qo‘llashi; u yoki bu usulni qaysi obyektlarga nisbatan (aktivlar, passivlar, majburiyatlar, subyektlar va hokazo) qo‘llash zarurligi auditorlik amallarini qanday ketma-ketlikda bajarishni. Auditor tomonidan olingan dalillarning yetarliligi va ishonarliligi turli amallar, usullar va zarur dalillarni olish manbalarini muvofiqlashtirish natijasida ta’minla-nadi. 4. Auditorlik tekshiruvlari uchun axborotlarni to‘plash. Buning uchun audit dasturidagi har bir bo‘lim bo‘yicha normativ-savolnoma va hisobhisobot ma’lumotlarining zarur ro‘yxati tuziladi. Normativ-savolnoma ma’lumotlar ro‘yxati asos sifatida shakllantiriladi. Auditor bu ro‘yxatni tekshiruv obyektiga nisbatan aniqlashtiradi. Tekshiruvda ishtirok etadigan xodimlar ushbu ro‘yxatdagi hujjatlarning mazmuni bilan tanishtirilgan bo‘lishlari lozim. Tekshiruvni boshlashdan oldin hisob-hisobot ma’lumotlari – mijoz-korxonadan talab qilib olinadigan hujjatlar va registrlarning ro‘yxatini ham tuzish zarur. 5. Auditorlik amallarni bajarish va audit jarayonida aniqlangan dalillarni bayon qilish. Bu bosqichda auditor auditni rejalashtirish chog‘ida belgilangan tanlov hajmidan kelib chiqadi. Aniqlangan tafovutlar ularni aniqlash amallari yoki kodlari va audit jarayonida aniqlangan dalillarning batafsil bayoni ko‘rsatilgan holda ishchi hujjatlarda ro‘yxatga olinadi. Bayon qilish vaziyatdan kelib chiqqan holda, ixtiyoriy holda bo‘lishi mumkin yoki maxsus ishlab chiqilgan ishchi hujjatlar shakllarini to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. 6. To‘plangan dalillarni baholash deganda ularning audit maqsadiga erishish va ishonchliligini aniqlashdagi rolini belgilash tushuniladi. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 126 Dalillarni baholashda quyidagilarni aniqlash zarur: manbaning mustaqilligi, olingan faktlar va boshqa ma’lumotlardan dalil sifatida foydalanish mumkinligi (ya’ni buning qonunga zid emasligi); mazkur dalilning tekshiriladigan obyektga taalluqliligi; tanlash hajmi va metodologiyasi. Shuningdek, mazkur dalilning obyekt bo‘yicha to‘plangan boshqa dalillar bilan aloqadorligi; ushbu aloqadorlikning ko‘lami va tavsifi; olingan dalillarning keyingi audit jarayonida ko‘llanilish imkoniyatlari; aniqlangan tafovutlarning muhimlik darajasi; olingan dalillar to‘plamining qaror qabul qilish uchun yetarliligini ham aniqlash zarur. Xulosa qilib aytganda, auditor moliyaviy hisobotning u yoki bu moddasi bo‘yicha muhim xatolar yo‘qligi haqida ishonch hosil qilishi lozim. 5. Auditorlik dalillarni olish usullari Auditor auditorlik dalillarini to‘plashda har xil usullardan foydalanadi. №50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda keltirilgan asosiy usullarning mazmunini ko‘rib chiqamiz. Bular: mijoz-korxonaning arifmetik hisobkitoblarini tekshirish (qayta hisoblash); inventarizatsiya; ayrim xo‘jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish; tasdiqlash; xo‘jalik yurituvchi subyekt va mustaqil (uchinchi) tomonlar xodimlarini og‘zaki so‘rovdan o‘tkazish; hujjatlarni tekshirish; ko‘rib chiqish; tahliliy amallar; muqobil balans tuzish kabi usullardir. Mijoz korxonaning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish (qayta hisoblash) uning mazmuni hujjatlar va buxgalteriya yozuvlarining arifmetik aniqligini tekshirish hamda mustaqil hisob-kitoblarni bajarishdan iborat. №50-«Auditorlik dalillar» nomli AFMSda qayta hisoblashlar tanlab amalga oshirilishi tavsiya qilingan. Tanlash ko‘lami va uning elementlari auditor tomonidan ichki nazorat tizimining ahvolini hisobga olgan holda mustaqil aniqlanadi. Hujjatni rasmiylashtirishdan hisobot tuzilgunga qadar ma’lumotlarni shakllantirish ustidan o‘rnatilgan samarali ichki nazorat tizimi (moddiy javobgar shaxslarni o‘zaro qarama-qarshi tekshirish, rahbariyat, bosh buxgalter va buxgalterlar tomonidan nazorat) sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan arifmetik xatolarni, natijada auditorlik riskni pasaytiradi. Qo‘lda to‘lg‘azilgan hujjatlar va hisob registrlari (ma’lumotnomalar va hisob-kitoblar, kassa hisobotlari, bo‘nak hisobotlari, hisoblashuv-to‘lov vedomostlari va boshqalar) qayta hisoblashdan o‘tkaziladi. Agar mijoz-korxonada hisob ishlari kompyuterlashtirilgan bo‘lsa, dastlabki hujjatlar va hisob registrlaridagi arifmetik hisoblashlarni tekshirish zarurati oshadi. Bu kompyuter dasturlarini ataylab noto‘g‘ri tuzish va PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 127 arifmetik xatolarni kompyuter klaviaturasidan noto‘g‘ri kiritish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish kompyuter dasturiga kiritilgan hisob-kitoblar algoritmini nazorat qilishni taqozo etadi. Agar xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriya hisobi kompyuterlashtirilgan bo‘lsa, hisob-kitoblarni tekshirish ham kompyuterdan foydalangan holda amalga oshiriladi. Inventarizatsiya–mijoz korxona mol-mulklarining mavjudligi to‘g‘- risida aniq ma’lumot olishga imkon beradi. Bunda barcha mol-mulklar (debitor qarzlar ham) va kreditor qarzlar inventarizatsiya qilinishi zarur. Xalqaro va Milliy audit standartlariga muvofiq auditorlar o‘zlari inventarizatsiya o‘tkazishi shart emas, ammo uning o‘tkazilishi ustidan nazorat qilishi lozim. Bu butun ichki nazorat tizimining va ayrim nazorat vositalarining ishonchliligini baholashga imkon beradi. Masalan, mijozkorxonaning joriy yildagi hisob siyosatida mol-mulklar va majburiyatlarni inventarizatsiya qilish tartibi ko‘rsatilmagan bo‘lsa, shuningdek, moddiy javobgar shaxslar almashganida ham yillik moliyaviy hisobotni tuzishdan oldin ham inventarizatsiya o‘tkazilmagan bo‘lsa, bu hol auditorga ichki nazorat tizimining ishonchliligini past deb baholashga asos bo‘ladi. Inventarizatsiya jarayonida auditor xo‘jalik muomalalarini dastlabki hujjatlarda o‘z vaqtida va sifatli rasmiylashtirilishi, moddiy javobgar shaxslar tomonidan moddiy boyliklarning harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzish tartibi va operativ hisob yuritish to‘g‘risida, korxonaning o‘ziga tegishli va komissiyaga qabul qilingan tovarlari hamda materallarining saqlanish tartibi to‘g‘risida ma’lumot olishi mumkin. Invetarizatsiya o‘tkazish jarayonida hisobda aks ettirilmagan faktlar aniqlanishi ham mumkin. Bu holat moddiy boyliklarni saqlash bo‘yicha xizmat ko‘rsatish, binolarni shartnoma tuzmasdan ijaraga berish va shunga o‘xshashlar bilan bog‘liq. Auditor inventarizatsiya o‘tkazilishini kuzatishda №19-«Inventarizatsiyani tashkil etish va o‘tkazish tartibi» nomli AFMS va 1054-qaror hamda boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga rioya qilinishini tekshiradi. Inventarizatsiya o‘tkazish tartibiga ma’lum talablar qo‘yiladi. Masalan, №19 BHMSga muvofiq inventarizatsiya o‘tkazish chog‘ida komissiya a’zolaridan birortasining ishtirok etmasligi uning natijalarini haqiqiy emas deb hisoblashga asos bo‘ladi. Inventarizatsiya jarayonida aniqlangan moddiy boyliklar kamomadi va buzilishining tabiiy kamayish me’yoridan oshgan qismini hisobdan o‘chirish uchun taqdim qilingan hujjatlarga, aybdor shaxslarning yo‘qligini tasdiqlaydigan tergov yoki sud organlarining qarori, yoki yetkazilgan zararni aybdor shaxsdan undirishning rad etilishi yoki moddiy boyliklarning buzilish faktini tasdiqlovchi texnik nazorat bo‘- PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 128 limi yoki tegishli maxsus tashkilotlardan olingan xulosalar ilova qilingan bo‘lishi shart. Hisobot yilida o‘tkazilgan inventarizatsiya natijalarining ma’lumotlari korxona tomonidan maxsus dalolatnomalar, qaydnomalar va boshqa tegishli hujjatlarda umumlashtirilishi lozim. Inventarizatsiyaning o‘tkazilishini kuzatish, shuningdek inventarizatsiya materiallarini tahlil qilish auditorga buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini tashkil etilishini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. Alohida xo‘jalik muomalalarini hisobga olish qoidalariga rioya qilinishini tekshirish bevosita ushbu ishlarning bajarilish paytida amalga oshiriladigan hisob ishlari ustidan nazorat o‘rnatishni nazarda tutadi. Auditor u yoki bu xo‘jalik muomalasining hujjatlar bilan qanday rasmiylashtirilayotganligi hamda bunday faktlarni hisob registrlarida aks ettirishning ketma-ketligi ustidan nazorat o‘rnatishni kuzatadi. Bu ichki nazoratning ahvoli kabi, buxgalteriya hisobini yuritish tartibiga rioya qilinishini ham baholashga imkon beradi. Tasdiqlash auditorlik dalili sifatida hisob-kitob va valuta schyotlaridagi, mol yetkazib beruvchilar, xaridorlar, buyurtmachilar, turli debitorlar va kreditorlar bilan hisob-kitoblar hisobga olinadigan schyotlardagi qoldiqlarning haqqoniyligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun qo‘llaniladi. №50 AFMSga muvofiq: «auditorlik tashkiloti pul mablag‘lari, hisobkitoblar, debitorlik va kreditorlik qarzlari hisobga olinadigan schyotlarning qoldiqlari to‘g‘ri-sidagi ma’lumotlarning haqqoniyligini tasdiqlovchi auditorlik dalillarini mustaqil (uchinchi) tomonlardan yozma ravishda olishi lozim». Hisob-kitob va valuta schyotlaridagi qoldiqlar bank ko‘chirmalari bilan, debitorlik va kreditorlik qarzlarining haqqoniyligi esa taqqoslash dalolatnomalari bilan tasdiqlanadi. Hisob-kitoblarning ahvoli, oldi-sotdi ishlarining shartlarini va shunga o‘xshashlarni tasdiqlovchi zarur ma’lumotlarni olish uchun turli tashkilotlarga so‘rovlar jo‘natiladi. Ma’lumotlarni tasdiqlash uchun jo‘natiladigan so‘rovlar mijoz korxona rahbariyati nomidan tayyorlanib, unda tasdiqlovchi javobni auditorlik tashkilotiga jo‘natish so‘raladi. Shunday qilib, mijoz-korxona tomonidan ma’lumotni tasdiqlash uchun uchinchi tomonga jo‘natilgan so‘rovning yozma tasdigini auditorlik tashkiloti oladi. Zarur hollarda auditorlik tashkiloti tasdiqlatish uchun so‘rov jo‘natilgan uchinchi tomon bilan bevosita aloqa o‘rnatishi ham mumkin. Agar auditorlik tashkiloti salbiy javob olsa yoki umuman javob olmasa, u holda mijoz korxona ma’lumotlarining haqqoniyligini aniqlashtirish uchun qo‘shimcha auditorlik amallarini qo‘llashi zarur.

Yüklə 85,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin