Reja: Talab tushunchasi. Talab qonuni


talab — bu shunchaki istak, extiyoj emas, balki to’lovga qodir pul



Yüklə 157,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü157,16 Kb.
#210380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif ahamiyati Bozor muvozanati

talab — bu shunchaki istak, extiyoj emas, balki to’lovga qodir pul 
bilan ta'minlangan istak, extiyojdir. 
Talabning bozordagi harakatini va uning iqtisodiyotga ta'sirini mukammalroq 
bilish uchun chizma va jadvallardan foydalaniladi. 
1-jadval 
ma'lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, talab qator muqobil 
imkoniyatlarini bildiradi. Boshqa shart-sharoitlar o‘zgarmagani holda, turli 
narxlarda sotib olishi mumkin bo‘lgan mahsulot miqdorini yoki turli miqdordagi 
mahsulotlarni iste'molchi qanday narxda olishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Agar bozorda 1kg uzumning narxi 100 so‘m bo‘lsa, iste'molchi xaftasiga 10 
kg uzum sotib olishga tayyor, agar uzum bahosi 20 so‘m bo‘lsa, xaftasiga 80 kg 
uzum sotib olishga qodir bo‘ladi. Ammo, jadvalda keltirilgan raqamlar o‘z-
o‘zidan keltirilgan 6 imkoniyatdagi narxdan qaysi biri uzum bozorida aniq amal 
qilyapti, degan savolga javob berolmaydi. Bozorda amal qilishi mumkin bo‘lgan 
narx talab va taklifga bog‘liq.
Binobarin, talab iste'molchining faqat jadval shaklida ifodalangan mahsulot 
sotib olishga nisbatan rejasi holi istagidir. 
Talabning tub xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi: Boshqa shart-sharoitlar 
o‘zgarmagani xolda, narxlarning pasayishi shunga muvofiq ravishda talab 
miqdorining oshuviga olib boradi. Va aksincha, narxlarning ko‘tarilishi shunga 
muvofiq ravishda talab miqdorini ozayishiga sabab bo‘ladi.
Qisqasi, narx bilan talab miqdori o‘rtasida teskari bog‘liqlik bor. Bu teskari 
aloqa bog‘lanishni iqtisodchilar 
talab qonuni
deb atashadi. Bu qonun asosida 
nima yotadi, u qanday munosabatlarni boshqaradi?
Bu savolga javob berishda quyidagi dalil-isbotlardan foydalanish mumkin: 
 
1-jadval


Yakka iste’molchining uzumga bo’lgan talabi.
1 kg narxi —
so‘m Xaftalik talab miqdori —
kg
100
10
80
20
60
35
40
55
20
80
10
100
1) Amalda odamlar muayyan tovarning narxi past bo‘lsa, uning narxi baland 
bo‘lgandagiga qaraganda ko‘proq sotib oladilar. Va aksincha, u tovarning narxi 
oshib ketsa, kamroq, sotib oladilar. Iste‘molchilar uchun narx mahsulot sotib 
olishni amalga oshirishda xalaqit berib turuvchi to‘siqdek tuyuladi. Bu to‘siq, 
qancha baland bo‘lsa, shuncha ko‘p mahsulot sotib oladilar. Boshqacha aytganda, 
baland narx iste‘molchi-larning sotib olish xoxishini sindiradi, past narxlar esa 
ularning sotib olish istagini kuchaytiradi. Har bir firma o‘z tovarlarini tezroq sotib 
bo‘lishidan manfaatdor. Ular o‘z tovar zaxiralarini ko‘tarish hisobiga emas, balki 
pasaytirish yo‘li bilan qisqartiradilar. Shu maqsadda narxi arzonlashtirilgan 
tovarlar «kuni»ni o‘tkazadilar. Bu tadbirni o‘tkazish talab qonuniga asoslanadi. 
2) Savdo-sotiqda o‘ziga xos qiziq xodisalar bo‘lib turadi. Shulardan birini 
ko‘rib chiqamiz. Haridor birinchi ko‘ylakni sotib olganda juda xursand bo‘ladi, 
ko‘ylakni ardoqlab, extiyot qilib kiyadi va xuzur qiladi. Xuddi shunday 
ko‘ylakdan ikkinchisini sotib olganda ardoq va xuzur biroz pasayadi, uchinchi va 
to‘rtinchilarini sotib olganda ko‘ylakka nisbatan qiziqish, ardoq, va xuzur yana 
ham pasayib ketadi. Bu Shuni bildiradiki, isteg‘mol me‘yoriy naflikni pasayib 
borishi qonuni ta‘sirida bo‘ladi, extiyoj tuydirilgan sayin tovarning iste‘moli 
uchun nafligi pasayib boradi. SHu sababli iste‘molchilar tovarlarning qo‘shimcha 
birligini, ularning narxi pasayib borgan Sharoitdagina sotib oladilar. 
3) Talab qonunini chuqurroq tahlilini daromad va qarindoshlik samarasi 
orqali berishi mumkin. Daromad samarasi shuni bildiradiki, past narxlar 
sharoitida kishilar muayyan mahsulotdan ko‘proq sotib oladi va shunga o‘xshash 
bo‘lgan boshqa mahsulotlardan ham sotib olishni istaydi. Boshqacha qilib 
aytganda, mahsulot narxining pasayishi iste‘molchi pul daromadining sotib olish 
qurboni oshiradi, shuning uchun u muayyan mahsulotdan ko‘proq sotib olish 
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Yuqoriroq narx esa, qarama-qarshi natijaga olib keladi. 
Qarindoshlik samarasi shunda ifodalanadiki, narxlarning past bo‘lishi kishida 
narxi yuqoriroq tovarlar o‘rniga, ancha past narxdagi, ammo o‘rindosh bo‘lgan 
tovarni sotib olishga qiziqish uyg‘otadi. Iste‘molchilarda narxi yuqori tovarlarni 
shunga o‘xshash, ammo narxi pastroq mahsulotlarga almashtirish moyilligi 
vujudga keladi. Masalan, qo‘lyozuv qog‘ozi narxining pasayishi talabalar 
daromadining sotib olish qurboni oshiradi va ularga ko‘proq qo‘lyozuv qog‘ozi 
sotib olishga imkon beradi (daromad samarasi). Qo‘lyozuv qog‘ozining arzon 
bo‘lishi uni jozibalirok qilib qo‘yadi, talabalar uni daftar o‘rniga ham, turli ish 
qog‘ozlari o‘rniga ham, sotib oladilar (qarindoshlik samarasi). Daromad samarasi 


va o‘rindoshlik samarasi bir bo‘lib shunga olib keladiki, iste‘molchilarda yuqori 
narxlardagiga qaraganda arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib olish qurbi va 
istagi vujudga keladi. 

Yüklə 157,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin