Reja: Talab tushunchasi. Talab qonuni



Yüklə 157,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/12
tarix07.01.2024
ölçüsü157,16 Kb.
#210380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif ahamiyati Bozor muvozanati

 
 
550

 
300

 
 
 
 
400

 
200

 
 
 
 
200

 
100

100


 
Bu jadvaldagi ma‘lumotlar ishlab chiqaruvchining qator muqobil 
imkoniyatlarini ko‘rsatadi. Taklif, boshqa omillar o‘zgarishsiz qolgani holda, turli 
narxlarda sotish uchun bozorga qancha miqdordagi mahsulot kiritilishi 
mumkinligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, taklif, ishlab chiqaruvchilar turli 
miqdordagi tovarlarni bozorga olib chiqishlari uchun narxlar qanday bo‘lishi 
kerakligini ham ifodalaydi. 2-jadval narx va bozorga olib chiqiladigan mahsulot 
miqdori o‘rtasida ijobiy holi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik borligini bildiradi. 
Narxlarning oshib borishi bilan shunga muvofiq ravishda taklif miqdori 
ko‘payadi. Narx va taklif miqdori o‘rtasidagi bu o‘ziga xos aloqa 
taklif qonuni
deyiladi. Taklif qonuni shuni bildiradi: yuqori narxlarda ishlab chiqaruvchilar past 
narxlardagiga nisbatan ko‘proq mahsulotni ishlab chiqarishga va taklif etishga 
harakat qilishadi. 
Esga olaylik, narx iste‘molchi nuqtai nazardan ushlab qoluvchi to‘siq sifatida 
namoyon bo‘ladi. Yuqori narx ko‘rinishidagi to‘siq shuni bildiradiki, pul 
to‘lovchi rolda qatnashuvchi iste‘molchilar bu bahoda nisbatan ozroq mahsulot 
sotib oladilar: narx-to‘siq, qanchalik past bo‘lsa, iste‘molchilar shuncha ko‘p 
mahsulotni sotib ola boshlaydilar. Mahsulotni etkazib beruvchilar mahsulot uchun 
xaq oluvchilar rolida qatnashadi. Ular uchun narx har bir birlik mahsulot uchun 
keladigan tushum sifatida namoyon bo‘ladi. Shunga ko‘ra narx mahsulotlarining 
ishlab chiqarish va bozorda sotish uchun olib chiqish rag‘bati bo‘lib xizmat 
qiladi. Ishlab chiqaruvchilar foyda ko‘rish ishtiyoqida bo‘lganlaridan, narx 
qancha yuqori bo‘lsa shuncha ko‘p mahsulot ishlab chiqaradilar va sotish uchun 
bozorga olib chiqadilar. 2-jadval ma‘lumotlari asosvda to‘zilgan talab harakati 
chizmasi ko‘rsatib turibdiki, boshqa shart-sharoitlar o‘zgarishsiz qolgani holda 
narx oshib borgan sari taklif miqdori oshib boryapti. Narx va taklif miqdorlaridan 
o‘tkazilgan perpendikulyar uchrashgan nuqtalar o‘zaro birlash-tirilsa, quyidan 
yuqoriga, o‘nga siljib boruvchi chiziq hosil bo‘ladi. Bu chiziq taklif qilingan 
tovarlar miqdori bilan ularning narxi o‘rtasidagi bog‘lanishni ko‘rsatadi. 


O 100 200 300 400 500 600 700 800 900 
3-rasm. Taklif harakatining chizma ifodasi.
Bozorda taklif qilinadigan tovar miqdoriga faqat narx ta‘sir etmaydi. 
Taklifning o‘zgarishiga sabab bo‘luvchi boshqa omillar ham bor. Bo‘lar:
1. Resurslarni narxi;
2. Ishlab chiqarish texnologiyasi;
3. Soliqlar va subsidiyalar;
4. Boshqa tovarlar narxi;
5. Narxning oshish ehtimoli;
6. Bozordagi sotuvchilar soni kabilar.
Taklif o‘zgarishi ushbu omillarning biri yoki bir nechtasi ta‘sirida mahsulot 
taklifi chizmasi o‘ngga yoki chapga siljiydi. O‘ngga, ya‘ni A dan A1 gacha siljish 
taklif ko‘payganligini bildiradi: ishlab chiqaruvchilar bozorda amalda bo‘lgan har 
bir narxda sotish uchun katta miqdorda mahsulot olib chiqadilar. Chapga, ya‘ni A 
dan A2 gacha siljish esa, taklifni qisqartirilganligni bildiradi: ishlab 
chiqaruvchilar amal qilishi mumkin bo‘lgan har bir narxda sotish uchun bozorga 
oz miqdorda mahsulot olib chiqadilar. (4-rasm). Endi narxdan tashqari 
omillarning taklifga ta‘sirini ko‘rib chiqaylik: 
1) 

Yüklə 157,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin