Reja: Talab tushunchasi. Talab qonuni


Talab harakatining chizma ifodasi



Yüklə 157,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/12
tarix07.01.2024
ölçüsü157,16 Kb.
#210380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif ahamiyati Bozor muvozanati

Talab harakatining chizma ifodasi.
Tovar narxi va talab miqdori o‘rtasida 
teskari aloqa borligini bilib oldik. Bo‘nday teskari aloqani chizmadagi ifodasi 
talab harakati mazmunini yanada chuqurroq ochib beradi. Vertikal o‘qda narx, 
gorizontal o‘qda talab miqdori ifodalanadi deb olamiz. 1-jadvalda berilgan «narx-
talab miqdori» ko‘rsatkichlarini chizmaga joylashtiramiz. 
O | 10 20 30 40 50 60 70 80 90 100 
1-rasm. Uzumga yakka talab chizmasi. 
Jadvalda yakka haridorning 1 kg uzumni 6 holatda narxidagi xaftalik talab 
miqdori tasvirlangan. 1 kg uzum narxi 100 so‘m bo‘lganda haridorning xaftalik 
uzumga talabi 10 kg, 80 so‘m bo‘lsa 20 kg, 60 so‘m bo‘lsa 35 kg, 40 so‘m bo‘lsa 
55 kg, 10 so‘m bo‘lsa 100 kg bo‘lar ekan. Narx va talab miqdoridan 
perpendikulyar o‘tkazilsa, ular ma‘lum nuqtalarda kesishadi. Har bir nuqta aniq 
narxni va ushbu narxda iste‘molchi sotib olishga qaror qilgan uzum miqdorini 
ifodalaydi. Nuqtalar bir-birlari bilan birlashtirilsa, AA talab chizmasi hosil 
bo‘ladi. Chizmaga nazar solsak, u pastga va o‘ng tomonga qarab egilib borganini 
ko‘ramiz. Cho‘nki narx va talab miqdori o‘rtasida teskari aloqa bor. Haridorlar 
narx past bo‘lganda yuqori narxlardagiga qaraganda ko‘proq miqdordagi 
mahsulotni sotib oladilar. Narx pasayib borgan sari talab miqdori ortib boradi. Va 
aksincha, narx yuqorilab borgan sari talab miqdori kamayib boradi. Bu jarayon 
o‘ngdan chapga pasayib holi chapdan o‘ngga ko‘tarilib boruvchi talab chizmasida 
aniq, ifodasini topdi. Keltirilgan misol va chizmada sotib olinadigan har qanday 
tovar miqdorini omili narx deb oldik. Aslini olganda sotib olishga ta‘sir etishi 
mumkni bo‘lgan va haqiqatdan ham ta‘sir etuvchi boshqa omillar ham bor. AA 
talab chizmasini tuzishda «boshqa shart-sharoitlar teng», ya‘ni talab miqdoriga 
ta‘sir etuvchi narxsiz omillar o‘zgarmas, deb faraz qilindi. Lekin talabning narxsiz 
omillari xaqiqatdan o‘zgaradigan bo‘lsa, talab chizmasi xolati o‘zgaradi, u o‘nga, 
holi chapga siljiydi. Bozor talabiga narxsiz ta‘sir etuvchi omillarga quyidagilar 
kiradi:
1. Iste‘molchilar didi yoki afzal ko‘rishi;
2. Bozorda iste‘molchilar soni;
3. Iste‘molchilarning pul daromadi; 
4. O‘rinbosar va bir biriga bog‘liq bo‘lgan tovarlar;
5. Kelgusi narx va daromadlar bo‘yicha kutilayotgan o‘zgarishlar. 


Qayd etilgan talab qonunlarining birida yoki bir nechtasida o‘zgarish bo‘lsa 
nima bo‘ladi? O‘z-o‘zidan ma‘lumki, bo‘nday jarayon yuz bersa
iste‘molchilarning bozorda amalda bo‘lgan narxlarning har birida sotib olishi 
mumkin bo‘lgan holi sotib olishga qodir muayyan tovarlar miqdori go‘l ko‘payib 
ketadi, go‘l ozayib ketadi, boshqacha aytganda talabning ko‘payishi holi 
talabning kamayishi yuz beradi. Talabning ko‘payishi talab chizmasini o‘nga, 
ya‘ni A dan A1 ga siljishida o‘z ifodasini topadi, va aksincha talabning kamayishi 
talab chizmasini chapga, ya‘ni A dan A2 ga siljishiga olib boradi (2-rasm). 
Endi yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan narxdan boshqa omillarning har birini 
talabga ta‘sirini ko‘rib chiqishga harakat qilamiz. 
Uzumga bo‘lgan talabning o‘zgarishi. 
1)

Yüklə 157,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin