Reja: Talab tushunchasi. Talab qonuni



Yüklə 157,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/12
tarix07.01.2024
ölçüsü157,16 Kb.
#210380
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bozor iqtisodiyoti sharoitida talab va taklif ahamiyati Bozor muvozanati

Resurslar narxi.
Ishlab chiqaruvchilar mahsulot ishlab chiqarish uchun 
resurslar sarflaydi. Shuning uchun ishlab chiqarish harajatlari bilan taklif o‘rtasida 
juda yaqin aloqa bor. Korxonalar taklif chizmasi ishlab chiqarish harajatlariga 
asoslanadi. Mahsulotning qo‘shimcha birligiga korxona yuqoriroq, narx qo‘yishi 
lozim, chunki ushbu qo‘shimcha mahsulotni ishlab chiqarish katta harajat talab 
etadi. Resurslar narxining pasayishi ishlab chiqarish harajatlarini qisqartiradi va 
taklifni oshiradi, ya‘ni taklif chizmasini o‘ngga jildiradi. Masalan, gazlama, ip 
narxining pasayishi yuz bersa, kiyim-kechak taklifi oshishini kutish mumkin. Va 
aksincha, resurslar narxi ko‘tarilishi ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va 
taklifni qisqartiradi, taklif chizmasi chapga siljiydi. Masalan, temir rudasi va koks 
narxining oshuvi po‘lat ishlab chiqarish harajatlarini oshiradi va po‘lat taklifini 
qisqarishiga olib boradi. 
2)
Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Ishlab chiqarishda takomillashuv shuni 
bildiradiki, yangiliklarni yaratilishi va ishlab chiqarishda qo‘llanilishi resurslarni 
kamroq, ishlatib, mahsulot birligi samaraliroq, ishlab chiqarishga imkon beradi. 
Resurslarning muayyan narxlarda ishlab chiqarish harajatlari kamayadi, taklif esa 
ko‘payadi. 


3) 
Soliqlar
ni qo‘yilishiga korxonalar ishlab chiqarish harajati deb qaraydilar. 
Shuning uchun, mulkka yoki sotishga soliq miqdorini ko‘payishi harajatlarni 
ko‘paytiradi va taklifni qisqartiradi. Aksincha, soliqlarni kam bo‘lishi, u yoki bu 
mahsulotni ishlab chiqarish uchun davlat tomonidan dotatsiyalar berilishi, ishlab 
chiqarish harajatlarini kamaytiradi va taklif oshadi. 
4-r a s m. Taklif miqdorining o‘zgarishi 
4)
Boiqa tovarlar narxi.
Boshqa tovarlarni narxdagi o‘zgarishi ham 
mahsulot taklifi chizmasini o‘zgartirish mumkin. Pomidor narxining pasayib 
ketishi, dehqonlarni bodring etishtirib amalda bo‘lgan narxlarda sotish uchun 
ko‘proq olib chiqishga qiziqtiradi. Va aksincha, pomidor nraxining ko‘tarilishi, 
dexqonlardan bodring etishtirish va uni bozorga olib chiqishini kamaytirishni 
talab qiladi. Firma ayollar ko‘ylagini tikar edi. Vaqt kelib atlas ko‘ylak narxi 
ko‘tarilib ketdi deylik. Firma ko‘ylagini tikishni kamaytirib, atlas ko‘ylak 
tikishga kirishadi. Ushbu ko‘ylak taklifi qisqaradi, atlas ko‘ylak taklifi esa oshadi. 
5)

Yüklə 157,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin