Qora sovuqlarni prognoz qilish



Yüklə 142 Kb.
səhifə7/8
tarix12.09.2023
ölçüsü142 Kb.
#142693
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Amaliy ish

Radiatsiyaning yutilishi – moddalarga tushuvchi radiatsion energiyaning boshqa energiya turlariga, ayniqsa issiqlikka (odatda qisman) aylanishi. Atmosferada quyosh radiatsiyasi, yer nurlanishi va atmosferaning boshqa qatlamlari nurlanishi yutiladi. Radiatsiyaning bunday yutilishi tanlama bo‘lib, asosan suv bug‘i, ozon, uglerod ikki oksidi gazi, kamroq kislorod, shuningdek havodagi kolloid aralashmalar tomonidan yutiladi. Atmosferada kelayotgan quyosh radiatsiyasining 15% ga yaqini va yer sirti nurlanishining katta qismi yutiladi.
Sath sirti – yerning og‘irlik kuchi maydonida (xususan, atmosferada) teng potensialli sirt bo‘lib, unda og‘irlik kuchi potensiali (geopotensial) bir xil qiymatga ega. Sirtning ixtiyoriy nuqtasida og‘irlik kuchi ushbu sirtga normal bo‘ylab yo‘nalgan. Dunyo okeani sirti sath sirtlaridan biridir.
Sinopotik kartageografik karta, unga vaqtning muayyan momentlarida meteorologik stansiyalar tarmog‘idan olingan kuzatishlar natijalari raqam va belgilar orqali tushiriladi.
Stefan–Bolsman qonuni – mutlaq qora jism uchun to‘liq nurlatish qobiliyatining jism mutlaq harorati T ga bog‘lanishi ifodasi: V=δT4, bu yerda δ – Stefan–Bolsman doimiysi.
Stratosfera – troposferaning ustida joylashgan havo qatlami bo‘lib, uning yuqori chegarasi 50–55 km ga yetadi.
Termosfera– mezosfera ustidagi havo qatlami bo‘lib, yuqori chegarasi 800 km. Termosfera havosidagi gazlar ion–lashgan holatda bo‘ladi.
Troposfera – atmosferaning quyi qatlami. Uning balandligi qutbda 8–10 km, ekvatorda 10–15 km ga cho‘zilgan.
Turbulentlik– issiqlik turbulentlik yordamida ham uzatilishi mumkin. Turbulentlik deb havo oqimi (shamol)ning ichidagi kichkina havo massalarining tartibsiz harakatiga aytiladi.
Havo massasi – maydoni bo‘yicha materik va okeanlarning katta qismlari o‘lchamiga ega bo‘lgan, deyarli bir xil xossali va atmosfera umumiy sirkulyasiyasining biror oqimi bo‘ylab harakatlanuvchi troposfera havosi miqdori.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin