Qora sovuqlarni prognoz qilish


Meteorologik kattaliklar–



Yüklə 142 Kb.
səhifə6/8
tarix12.09.2023
ölçüsü142 Kb.
#142693
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Amaliy ish

Meteorologik kattaliklar– Atmosfera bosimi, havoning harorati va namligi bulutlilik, atmosfera yog‘inlari, shamollar kabi havo holatini tavsiflovchi meteorologik elementlar va ba’zi meteorologik hodisalar meteorologik kattaliklar deyiladi.
Meteorologik ko‘rinuvchanlik uzoqligi – ufqdagi cho‘zinchoq qora ob’ektning kunduzi osmon fonidagi ko‘rinuvchanligi.
Meteorologik maydoncha – ochiq va joyning atrof–muhitiga xos bo‘lgan yerdagi meteorologik stansiyaning meteorologik asboblar qurilmalari o‘rnatiladigan maydoncha.
Meteorologik stansiyajoy relyefi, atrofdagi binolar va aholi punktlari nuqtai nazaridan muayyan talablarga javob beruvchi meteorologik kuzatishlar amalga oshiriladigan punkt.
Meteorologiya– Yunoncha «meteo» osmon hodisasi, «logos» fan degan so‘zlardan kelib chiqqan bo‘lib, yer atmosferasi (havo qobig‘i) va unda ro‘y beradigan fizikaviy jarayonlar haqidagi fandir.

Paskal qonuni – tashqi kuchlarning suyuqlikka berayotgan bosimi suyuqlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha bir xilda uzatiladi.


Psixrometrik budka – meteorologik stansiyalarda psixrometrik uskunalar joylashtiriladigan maxsus konstruksiyali budka. Psixrometrik budka unga joylashtirilgan asboblarni quyosh radiatsiyasi, yer sirti va atrofdagi jismlarning nurlanishi, shuningdek yog‘inlar va shamoldan himoyalashga xizmat qiladi.
Radiatsiyaning sochilishi – quyosh radiatsiyasining turli sindirish koeffitsientiga ega bo‘lgan atmosfera gazlari molekulalari va aerozol zarralarida sochilishi. Tartibsiz issiqlik harakati oqibatida zichlik flyuktuatsiyalarini shakllantiruvchi va buning oqibatida atmosferaning optik birjinsli emasligiga olib keluvchi havo molekulalaridan sochilish atmosferada radiatsiya sochilishining katta qismini tashkil yetadi. Bu molekulyar sochilish Reley qonuni bo‘yicha sochilishga juda yaqin, ya’ni sochilayotgan radiatsiya to‘lqin uzunligining to‘rtinchi darajasiga teskari proporsional. Yirikroq aerozol zarralaridan sochilish to‘lqin uzunligining kichikroq darajalariga teskari proporsional (Mi qonuni), tuman, bulut va shivalama tomchilaridan sochilish esa to‘lqin uzunligiga bog‘liq bo‘lmay diffuz aks ettirish tabiatiga ega.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin