Qora sovuqlarni prognoz qilish


Gorizontal barik gradient



Yüklə 142 Kb.
səhifə4/8
tarix12.09.2023
ölçüsü142 Kb.
#142693
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Amaliy ish

Gorizontal barik gradient – atmosfera bosimining fazodagi o‘zgarishi darajasini tavsiflovchi vektor – r. Son jihatdan barik gradient bosimning izobarik sirtga normal bo‘ylab hosilasiga, ya’ni bosim eng tez kamayayotgan yo‘nalish bo‘ylab birlik masofa o‘tilganda bosim o‘zgarishiga teng. Barik gradient ushbu normal bo‘ylab bosim kamayayotgan tomonga yo‘nalgan. Gorizontal barik gradient gorizontal sirtda izobaraga normal bo‘ylab bosim kamayayotgan tomonga yo‘nalgan. U 100 km masofaga bosimning gPa lardagi kamayishi bilan aniqlanadi.
Diffuziya – Tuproq qatlamlaridagi o‘ziga xos parsial bosim ta’sirida gazlarning almashib turishidir.
Joy relyefi – yer sirtining gorizontal va vertikal bo‘linishi shakllarining majmuasi, ya’ni qavariqlik va botiqlik, tog‘lar, pasttekisliklar va boshqalar.
Ideal gaz – ichki energiyasi faqat harorat funksiyasi bo‘lgan, solishtirma issiqlik sig‘imi esa haroratga bog‘liq bo‘lmagan gaz. Ideal gazda molekulalar o‘rtasidagi o‘rtacha masofaga nisbatan ularning o‘lchamlarini e’tiborga olmasa bo‘ladi; shuning uchun molekulalararo kuchlarni o‘ta kichik deb hisoblash va issiqlik energiyasi harakatiga nisbatan molekulalararo o‘zaro ta’sir energiyasini e’tiborga olmaslik mumkin.
Izobarik sirt – barcha nuqtalarida atmosfera bosimi bir xil bo‘lgan sirt. Yuzga karrali gektopaskal (1000, 900, 800, 700 gPa va boshq.), so‘ngra 50, 25, 10 gPa, shuningdek 850 gPa qiymatli izobarik sirtlar asosiy izobarik sirtlar deb ataladi.
Iqlim– biror joyning quyosh radiatsiyasiga, Yer yuzasining xarakteriga va atmosfera sirkulyasiyasiga bog‘liq bo‘lgan ko‘p yillik ob–havo rejimiga aytiladi.
Issiqlik almashinuvi – atmosferaning bir qatlami yoki qismidan boshqalariga issiqlikning uzatilishi. Issiqlik almashinuvi radiatsiyaning ko‘chishi, issiqlik o‘tkazuvchanligi (asosan turbulent) va suvning fazaviy aylanishlari yo‘li bilan sodir bo‘ladi.
Issiqlik sig‘imi – jism yutgan issiqlik miqdorining unga mos keluvchi harorat ortishiga nisbati; boshqacha aytganda – jism haroratini 1° ga orttirish uchun kerak bo‘lgan issiqlik miqdori.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin