Qora sovuqlarni prognoz qilish


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 142 Kb.
səhifə3/8
tarix12.09.2023
ölçüsü142 Kb.
#142693
1   2   3   4   5   6   7   8
1 Amaliy ish

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. Qora sovuq deb nimaga aytiladi ?
2. Qora sovuq paydo bo‘lishi va turlarini ayting.
3. O‘simliklar sovuqqa chidamliligi bo‘yicha necha turga bo‘linadi?
4. Qora sovuq qishloq xo‘jaligiga qanday zarar keltiradi?
5. Qora sovuqni prognozlash usullarini ayting.
6. Ekinlarni qora sovuqdan himoya qilish usullarini ayting.
7. Qora sovuqqa ta’sir etuvchi omillarni ko‘rsating.
8. O‘simliklarni qora sovuqdan saqlashda qaysi usullardan foydalaniladi.
9.Qora sovuqni prognozlashda Mixalevskiy ifodasini tushuntirib bering?




GLOSSARIY
Absolyut namlik– (a)–deb havoning hajm birligidagi suv bug‘ining massasiga aytiladi, va u g/m3 birlikda o‘lchanadi. Ba’zan havoning absolyut namligi deb 1m3 havodagi suv bug‘ining zichligiga aytiladi.
Adveksiya – havo va uning xossalarining gorizontal yo‘nalishdagi ko‘chishi. Havo massalari, issiqlik, suv bug‘i, harakat momenti, tezlik uyurmasi va boshqalarning adveksiyasi to‘g‘risida so‘z boradi.
Aktinometrik kuzatishlar – to‘g‘ri, sochilgan, yalpi quyosh radiatsiyasi jadalligi, shuningdek samarali nurlanish, radiatsion balans va albedo ustidan kuzatishlar bo‘lib, tegishli asboblar yordamida amalga oshiriladi.
Antitsiklon – dengiz sathida yuqori atmosfera bosimiga ega bo‘lgan berk konsentrik izobarali soha. Antitsiklonda havo shimoliy yarimsharda soat strelkasi bo‘yicha, janubiy yarimsharda soat strelkasiga teskari yo‘nalishda harakatlanadi.
Atmosfera shaffofligi – atmosferaning u yoki bu to‘lqin uzunlikli radiatsiyani (yorug‘likni) o‘tkazish qobiliyati. Jismning sirti orqali o‘tuvchi radiatsiya jadalligining jismga tushuvchi radiatsiyaga nisbati bilan aniqlanadi.
Atmosfera–Yer sharini o‘rab turgan havo qobig‘iga atmosfera deyiladi
Barik topografiya kartasi – u yoki bu izobarik sirtning dengiz sathiga nisbatan (mutlaq topografiya kartasi) yoki quyida joylashgan izobarik sirtga nisbatan (nisbiy topografiya kartasi) balandligi (aniqrog‘i geopotensiali) tushirilgan karta.
Virtual harorat – nam havoning shunday haroratiki, bu haroratda quruq havoning zichligi t harorat, p bosim va e suv bug‘i elastikligiga ega bo‘lgan nam havoning zichligiga teng bo‘lishi lozim. Virtual harorat haqiqiy (kinetik) haroratdan yuqori bo‘ladi.

Yüklə 142 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin