O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy huquqiy mexanizmlari va chora-tadbirlari ulmas Chariyevna Djurayeva



Yüklə 486,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/10
tarix28.11.2023
ölçüsü486,12 Kb.
#167012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
o-zbekistonda-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-siyosiy-huquqiy-mexanizmlari-va-chora-tadbirlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
276 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish
mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish 
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga 
oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha yangi tizimli choralar ko‘rilishini taqozo 
qilmoqda [9].
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha respublika idoralararo komissiyasi 
tomonidan 2019 yil 30-avgustda Oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish 
tizimini takomillashtirish va «Korrupsiyasiz soha» loyihasini amalga oshirish 
bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Loyihaning maqsadi- tizimda olib borilayotgan 
islohotlarni izchil davom ettirish, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga barham 
berishdan iboratdir.
2020 yil 29-iyun kuni ushbu farmon bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish 
agentligi tashkil etildi [7]. Agentlik korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish 
sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirishda maxsus vakolatli davlat 
organi hisoblanib, prezidentga bo‘ysunishi va Oliy Majlis palatalari oldida 
hisobdor bo‘lishi ko‘zda tutilgan. 
Shu bilan birga, iqtisodiyotni yanada o‘stirish, xalq farovonligini oshirish, 
mamlakatda investisiya muhitini yaxshilash borasidagi strategik vazifalarni hal etish 
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatining samarali amalga 
oshirilishini ta’minlash hamda korrupsiya ko‘rinishlarining sabab va shart-
sharoitlarini bartaraf etish bo‘yicha “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda 
bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni 
keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6-iyuldagi PF-6257-
son Farmoni e’lon qilindi [8]. 

Yüklə 486,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin