O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy huquqiy mexanizmlari va chora-tadbirlari ulmas Chariyevna Djurayeva



Yüklə 486,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix28.11.2023
ölçüsü486,12 Kb.
#167012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
o-zbekistonda-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-siyosiy-huquqiy-mexanizmlari-va-chora-tadbirlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
273 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
oqibatlari va oldini olish yo‘llari”) larning asarlari, monografiyalari, risolalari, ilmiy-
uslubiy maqolalarida o‘rganilgan. 
Mazkur maqolada o‘rganilayotgan muammo ilmiy tadqiqotning siyosiy-huquqiy 
tahlil, qiyosiy tahlil, mantiqiylik, ilmiylik va xolislik metodlari asosida yoritilishiga 
harakat qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR.
Barcha sohalarda islohotlarni amalga oshirish doirasida fuqarolarning huquq va 
manfaatlari himoya qilinishini, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati 
ochiqligini, 
jamoat 
va 
parlament 
nazoratini 
ta’minlash 
mexanizmlari 
takomillashtirildi.
Albatta, mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi 
mustaqillikning dastlabki yillaridanoq yaratila boshlangan. Korrupsiyaga qarshi 
kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 3 
martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy 
faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘irliklar va boshqa suiiste’molchiliklarga qarshi 
kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994 yil 11 maydagi “Xususiy 
mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa 
ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997 yil 
28 maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish 
ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini 
ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi. 
2008 yilda BMTning 2003 yildagi «Korrupsiyaga qarshi kurashish» 
Konvensiyasini ratifikatsiya qilinishi va ushbu konvensiyaga O‘zbekiston 
Respublikasi qo‘shilishi to‘g‘risida»gi Qonun qabul qilinishi katta ahamiyat kasb 
etmoqda. Bundan tashqari, so‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy 
mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi 
tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik 
to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi 
to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat 
to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi. Bularning 
bari tom ma’noda davlatimiz tinchligini va xalq farovonligining huquqiy garovidir. 
Qonunchilik tahlili korrupsiya bilan bog‘liq qilmishlarga qarshi kurashish 
faoliyatining huquqiy asoslari ko‘proq O‘zbekiston Respublikasining amaldagi 
Jinoyat kodeksida o‘z ifodasini topgan. Buni quyidagilarda ko‘rishimiz mumkin. 



Yüklə 486,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin