O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning siyosiy huquqiy mexanizmlari va chora-tadbirlari ulmas Chariyevna Djurayeva



Yüklə 486,12 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix28.11.2023
ölçüsü486,12 Kb.
#167012
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
o-zbekistonda-korrupsiyaga-qarshi-kurashishning-siyosiy-huquqiy-mexanizmlari-va-chora-tadbirlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
274 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016 yil 24-noyabrda qabul 
qilinib, Senat tomonidan 2016 yil 13-dekabrda ma’qullangan. Prezident tomonidan 
2017 yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4 yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan 
iborat [2]. 
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi 
qonuni davlat organlari faoliyatining ochiqligini va hisobdorligini ta’minlash, davlat 
boshqaruvi tizimining samaradorligini oshirish, davlat organlari, mansabdor 
shaxslarning o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi yuzasidan mas’uliyatini 
kuchaytirishga, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida parlament va jamoatchilik 
nazoratini amalga oshirish maqsadlariga xizmat qilmoqda.
Qonunda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, manfaatlar to‘qnashuvi 
kabi iboralarning mazmuni huquqiy jihatdan mustahkamlab qo‘yildi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyatiga 
qisqacha to‘xtaladigan bo‘lsak, unda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi 
huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar 
hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga 
qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani 
ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy 
ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har 
qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan me’yorlar o‘z 
aksini topganligini ko‘rishimiz mumkin [2].
Shuningdek, qonunda korrupsiyaga qarshi kurashishning asosiy prinsiplari 
hamda bu boradagi davlat siyosatining muhim yo‘nalishlari, vakolatli organlar tizimi, 
fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy 
axborot vositalari va fuqarolarning mazkur sohadagi ishtiroki, shuningdek xalqaro 
hamkorlik mustahkamlab qo‘yilgan [4].
Qonun asosida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 2 fevraldagi 
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 
qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi. 
Mazkur hujjatlar o‘z mazmun mohiyati, maqsadi bilan mamlakatimizda korrupsiyaga 
qarshi kurashning yangi bosqichini boshlab berdi. 
Prezidentimizning 2017 yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada 
rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan 
tasdiqlangan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson 



Yüklə 486,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin