3-qism misol : Erigan moddaning massa ulushi 1% bo’lgan 200 g eritma, shunday moddadan 4% bo’lgan 50 g eritma bilan aralashtirilganda, xosil bo’lgan eritmadagi erigan moddaning massa ulushini



Yüklə 270,8 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix12.04.2023
ölçüsü270,8 Kb.
#96454
Eritmaga oid 3



3-QISM
MISOL : Erigan moddaning massa ulushi 1% bo’lgan 200 g eritma, shunday moddadan 4% bo’lgan 50 g eritma 
bilan aralashtirilganda, xosil bo’lgan eritmadagi erigan moddaning massa ulushini (%) toping. 
a) 1,5 b) 1,6 c) 1,4 d) 1,0 e) 2,0 
YECHIM: 
2
1
2
2
1
1
m
m
m
C
m
C




=
50
200
50
4
200
1




=1,6% 
1. O’yuvchi natriyning 200 g 40% li va 300 g 20% li eritmalari
o’zaro aralashtirilganda, eritmaning foiz konsentratsiyasi qanday 
bo’lishini aniqlang. a) 30 b) 25 c) 28 d) 32 e) 35 
2. 100 g 5% li va 250 g 10% li eritmalar aralashtirilganda hosil 
bo’lgan eritmadagi tuzning massa ulushini (%) aniqlang. 
a) 8,6 b) 3,2 c) 10,1 d) 5,5 e) 7,3 
3. 300 g 12% li va 200 g 3% li eritmalar aralashtirilganda hosil 
bo’lgan eritmadagi tuzning massa ulushini (%) hisoblang.
a) 2,0 b) 6,1 c) 7,3 d) 8,4 e) 12,7 
4. Bir moddaning 100 g 20% li eritmasi bilan shu moddaning 50 g 10 
% li eritmasi aralashtirildi. Xosil qilingan eritmadagi moddaning 
massa ulushini (%) aniqlang. a) 16,6 b) 8,4 c) 10,6 d) 14,5 e) 20,4 
5. Massa ulushi 0,04 bo’lgan osh tuzi eritmasining 200 g miqdoriga 
massa ulushi 0,08 bo’lgan eritmasidan 300 g qo’shildi. Eritmadagi osh 
tuzining massa ulushini (%) toping. 
a) 4,28 b) 3,32 c) 32,82 d) 6,40 e) 6,29 
6. Massa ulushi 0,2 bo’lgan kaliy nitratning 200 g eritmasi bilan 
massa ulushi 0,15 bo’lgan 500 g eritmasi aralashtirildi. Eritmaning 
massa ulushini (%) toping. a) 0,40 b) 0,16 c) 0,17 d) 0,26 e) 0,56 
7. Nitrat kislotaning 40% li 400g eritmasiga 1200 g 70% li sulfat 
kislota eritmasi qo’shildi. Xosil bo’lgan eritmadagi xar bir kislotaning 
massa ulushini (%) toping. a) 17,5;45,5 b) 47,5;52,5
c) 10;52,5 d) 35,2;16,8 e) 41,4;21,6 
8. O’yuvchi kaliyning 20% li 600 g eritmasiga o’yuvchi natriyning 
40% li eritmasidan 200 g qo’shildi. Xosil bo’lgan eritma 1200 g suv 
bilan suyultirilgan bo’lsa, har bir ishqorning massa ulushini (%) 
toping. a) 6,7;5,7 b) 7,6;7,5 c) 6;4 d) 12,5;13,5 e) 16,5;17,5 
9. Natriy gidroksidning 40% li 200 ml (p=1,43 g/ml) va 10% li 300 ml 
eritmalari (p=1,1 g/ml) aralashtirildi. Xosil bo’lgan eritmaning 
konsentratsiyasini (%) toping. a) 26 b) 16 c) 24 d) 36 e) 30 
10. 355 ml 30% li KOH eritmasiga (p=1,282 g/ml) 0,5 l 10% li KOH 
eritmasi (p=1,09 g/ml)qo’yilganda hosil bo’lgan eritmadagi KOH ning 
massa ulushi (%) nechaga teng bo’ladi?
a) 16,7 b) 19,1 c) 23,4 d) 32,5 e) 34,8 
11. Nitrat kislotaning 10 ml 10% li eritmasi (p=1,056 g/ml) bilan 100 
ml 30% lieritmasi (p=1,184 g/ml) o’zaro aralashtirilishidan hosil 
bo’lgan yangi eritmada kislotaning foiz konsentratsiyasi qancha 
bo’ladi? a) 22,46 b) 26,32 c) 28,36 d) 32,15 e) 24,08 
12. Nitrat kislotaning 30% li 500 g eritmasiga 300 g 40% li sulfat 
kislota eritmasi va 200 g suv qo’shildi. Xosil bo’lgan eritmadagi xar 
bir kislotaning massa ulushini (%) toping. a) 65,35 b) 45;15,5
c) 15,12 d) 25,4;26 e) 21,4;24 
13. Massalari 1,5 kg bo’lgan 20% li va 0,5 kg bo’lgan 2% li 
eritmalardan foydalanib 10% li eritmadan eng ko’pi bilan qancha 
massadagi (g) eritma tayyorlash mumkin? a) 3100 b) 3000
c) 2750 d) 3250 e) 3450
14. Natriy gidroksidning massa ulushi 10% bo’lgan 
eritmasidantayyorlash uchun 180 ml suvga 25% li NaOH eritmasi 
(p=1,2 g/ml) dan necha ml qo’shish kerak?
a) 50 b) 80 c) 100 d) 120 e) 150 
15. Labaratoriyada NaOH ning massa ulushi 30%, zichligi 1,33 g/ml 
bo’lgan eritmasi bor. Shu eritmadan massa ulushi 14% zichligi 1,15 
g/ml bo’lgan 250 ml hajmli eritma tayyorlash uchun boshlang’ich 
eritmadan qancha ml olish kerak? a) 100,9 b) 96,2 c) 104,5
d) 110,4 e) 115,2 
16. 30% li NaOH eritmasining necha g dan 5 kg 1% li eritma 
tayyorlash mumkin? a) 120,5 b) 166,7 c) 62,3 d) 150 e) 246,1 

Yüklə 270,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin