Sanoat milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i



Yüklə 15,21 Kb.
tarix02.12.2023
ölçüsü15,21 Kb.
#171070
2-mavzu


Sanoat – milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmog‘i
Kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish va shu asosda xalq farovonligini taʼminlashda xalq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i hisoblangan sanoat alohida o‘rin egallaydi.
Sanoat shunday tarmoqki iqtisodiy integratsiya tavsifida o‘z ifodasini topadi. Natijada barcha mamlakatlarning tabiiy, mehnat va moliyaviy resurslaridan, fan-texnika yutuqlaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari yuzaga keladi.
Taʼkidlash lozim, keyingi yillarda mamlakatimizda ham bu soha rivojiga alohida eʼtibor qaratilib, yuqori texnologiyali zavodlar, texnoparklar, ishlab chiqarish korxonalari tashkil etildi. O‘tgan yillarda sanoatdagi qo‘shilgan qiymat o‘sishi muntazam ortib bormoqda.
Xususan, 2017-yildan boshlab barcha manbalar hisobidan 716 trillion so‘m yoki oldingi davrga nisbatan 2 baravardan ziyod investitsiyalar o‘zlashtirilgan va ularning qariyb 65 foizi sanoat va infratuzilma loyihalariga to‘g‘ri keladi.
Natijada so‘ngi to‘rt yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 26 foizdan 36 foizga, sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 3,3 baravarga o‘sdi. Eksportdagi sanoat mahsulotlarining ulushi ham 24 foizdan 33,6 foizgacha o‘sishga erishildi.
22-dekabr kecha Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Olmaliq shahriga tashrifi davomida Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida “Yoshlik-1” konini o‘zlashtirish bo‘yicha 5 milliard 122 million dollarlik loyiha amalga oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Qayd etish joiz, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotining 7 foizi, eksport hajmining 15 foizi mazkur kombinat hissasiga to‘g‘ri keladi. Sohani rivojlantirish maqsadida so‘ngi vaqtda ilmga va texnologiyaga katta mablag‘ yo‘naltirilgani natijasida yangi konlar topilib, ishlab chiqarish hajmi tobora oshib borayotganini eʼtirof etish zarur.
Eʼtiborlisi, Prezidentimiz ushbu kombinat, umuman, kelgusida har bir sanoat korxonasi o‘zini o‘zi muqobil elektr energiyasi bilan taʼminlashi zarurligini taʼkidlar ekan, bu borada ilmiy tadqiqotlarni va maqsadli aspiranturani kengaytirish, Toshkent davlat texnika universitetining Olmaliq filiali salohiyatini oshirish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Shu o‘rinda, aytish kerakki mamlakat iqtisodiyotiga ilm-fan va texnologiya yutuqlarining joriy etilganlik darajasi “Iqtisodiy murakkablik” (Yeconomic complexity) deya nomlanuvchi omil bilan o‘lchanadi. 2019-yilda eʼlon qilingan indeksda iqtisodiyotning murakkablik darajasi jihatdan O‘zbekistonning ko‘rsatkichlari 18 pog‘ona yuqoriga ko‘tarilgan.
Iqtisodiyotning murakkablik indeksiga ko‘ra, mamlakat iqtisodiyotiga ilm-fan qanchalik chuqur tatbiq etilgan bo‘lsa, daromad darajasi ham yuqori, daromadlar taqsimlanishida tengsizlik ham kam bo‘ladi. Qolaversa, sanoat tufayli ekologiyaga yetadigan zarar miqdori kamayadi.
Xulosa shuki, kelgusida O‘zbekiston o‘z iqtisodiyotini texnik-texnologik jihatdan mustaqilligini taʼminlashi, post-industrial iqtisodiyotni shakllantirishi orqali doimiy ravishda aholi turmush darajasini oshirib borishga erishishi mumkin.
Yüklə 15,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin