O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


II-BOB. INKLYUZIV TA’LIM   TAMOYILLARI VA ULARNING



Yüklə 330,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix22.11.2019
ölçüsü330,03 Kb.
#29660
1   2   3   4   5
inklyuziv talim


II-BOB. INKLYUZIV TA’LIM   TAMOYILLARI VA ULARNING 

MAZMUNI. 

2.1. Inklyuziv ta’limning asosiy tamoyillari. 

 Ta’lim tizimini joriy etish  har doim ma’lum bir qonun qoidalarga

tamoyillarga asoslanishni talab etadi. Inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilishda esa 

quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: 

1). Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi. 

2). Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.  

3). Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili. 

4). Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.  

5). Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili. 

6). Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. 

7). Malakaviylik tamoyili. 

Inklyuziv ta’limning e’tirof etilishi tamoyili.  

Bu tamoyilning mazmuni shundaki,  1990 yildan buyon maxsus ehtiyojli 

bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish borasida bir qancha jahon 

miqiyosida deklorasiyalar va qarorlar qabul qilindi. Ularni jahonning ko’plab 

davlatlari e’tirof etdilar. Ammo bugungi kunga qadar ularni hayotga joriy qilish 

borasida ko’plab muammolar mavjud. Ba’zi davlatlarda esa umumiy ta’lim 

borasida qonun yoki qarorlar qabul qilinganda nogiron bolalarning ta’lim masalasi 

unga kiritilmaydi.   Ammo inklyuziv ta’limni tan olish faqatgina qonun chiqarish 

bilangina bog’liq bo’lmaydi. Diskriminasiya (odamlarni ajratish) va ijtimoiy 

noto’g’ri fikrlashga qarshi kurashish eng muhim narsadir. Ya’ni inklyuziv ta’limni 

e’tirof etgan holda, aholi o’rtasida targ’ibat-tashviqot ishlarini olib borish eng 

birinchi galdagi masaladir.   

  Inklyuziv ta’limning barcha uchun ochiq bo’lishi tamoyili.  

O’tgan yigirma yil davamida maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim 

muassasalari tizimida o’qitish borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi. Ammo 

inklyuziv ta’limi tizimini joriy qilish asosan shaharlar miqiyosida bo’lib 

qishloqlardagi hududlarda hali-hamon maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda 


 

- 31 - 


qolib ketmoqda yoki qishloqlardagi ota-onalar nogiron farzandini shaharlardagi 

maxsus muassasalarga qatnashlarini ta’minlash uchun qiyinchiliklarga duch 

kelmoqdalar.  Shuning uchun ham maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga 

jalb etish barcha hududlarda  barcha maxsus ehtiyojli bolalarni   qamrab olgan 

bo’lishi ta’minlanishi lozim.  

  Bog’lanishning mavjud bo’lishi tamoyili. 

“Bog’lanish”-bu so’zning zaminida-ommaviy binolarning sifati, ayniqsa 

nogiron bolalar uchun maktablarga kirishning oson bo’lishi kabilar yotadi. Bola 

maktab binosiga (zinapoyalar aravachada yurishga moslashtirilmaganligi sababli) 

kira olmaganmi yoki maktab xojatxonasi aravachada   harakatlanuvchilarga 

moslashtirilmaganligi uchun oddiy maktabdan chiqarib tashlamasligi kerak. Bu 

kabi qulayliklarni yaratish unchalik katta mablag’ talab qilmaydi. Yangi maktab 

binosi  nogiron bolalarning ehtiyojlarini e’tiborga olgan holda rejalashtirilgan 

paytdan boshlab qurilishi kerak. Alatta nogiron bolalar uchun yaxshi bo’lgan 

qulayliklar normal rivojlanishdagi bolalar uchun hyech bir muammo keltirib 

chiqarmaydi. Jismonan bog’lanishlarni yaratish inklyuziv ta’limning asosiy 

muammolarini hal etishga xizmat qiladi. 

  Markazlashtirilmagan bo’lishi tamoyili.  

Bu tamoilning mazmuni quyidagi ikkita aspekt yordamida ifodalanadi: 

A). Inaklyuziv ta’lim xizmatlari umumiy ta’lim tizimining integrasiya 

qilingan qismi bo’lishi kerak. 

B). Inklyuziv ta’lim tizimidgi vazifalar mahalliy ta’lim organlariga 

jaqvabgarlik va boshqaruvni yuklash uchun markazlashmagan holda olib borilishi 

kerak va imkoniyatlar mahalliy sharoitlarga moslashtirilishi lozim. 

Optimal integrasiya erishish uchun  markazlashtirilmagan bo’lish muhimdir. 

Bu ayniqsa qishloq sharoitlarida ayni muddao bo’ladi. Inklyuziv ta’limning 

vazifalari nogiron bolalarga o’z ota-onalari baln birga bo’lish, ularga xuddi 

tengdoshlari kabi o’zlariga yaqin bo’lgan maktablarda ta’lim olish imkonini beradi. 

Bu ularning shaxsiy sifatilarining shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Nogiron 



 

- 32 - 


bolaning normal rivojlanishiga halaqil berish, nogironlikdan ham og’irroq 

holatlarga olib kelishi mumkin.     



  Inklyuziv ta’limda kompleks yondashishi tamoyili. 

Nogiron bolalarga ularga nogiron deb faqatgina  nuqson jihatdan yondashishi 

emas, balki bu bolalrga har tomonlama yondashish lozim. Bu esa maxus ehtiyojli 

bolalar uchun ta’lim masalasini rejalashtirayotgan uning butun hayoti davomida 

yuzaga kelishi mumkin bo’lgan ehtiyojini hisobga olgan holda tuzishni talab etadi. 

Bundan tashqari inklyuziv ta’limda nogiron boladagi mavjud nuqonlarni bartaraf 

etish, korreksiyalash, kompensasiya qilish bilan bir qatorda bilim ko’nikmalarga 

ega qilish, kasb hunarga o’rgatish ishlarini parallel ravishda olib borish talab 

etiladi. Bu tamoyilning mohiyatida maxsus ehtiyojli bolalarga ilk yosh davrida erta 

yondashish ham yotadi. Maxsus ehtiyojli bolalar ta’limi boshlang’ich va  o’rta-

maxsus ta’limni olishlari blan yakunlanmasligi kerak. Nogiron bolalarning kasb-

hunar ta’limi va oliy ta’limi ham amalga oshirilishi taalab etadi. Chunki inklyuziv 

ta’lim tizimining vazifalaridan biri maxsus ehtiyojli bolalrni har tomonlama 

rivojlantirish, ularning barcha huquqlarini ta’minlashdan iboratdir.    



  Inklyuziv ta’limda moslashuvchanlik tamoyili. 

 Bu tamoyilning mazmuni shundaki, o’quv reja, dastur va darsiliklar maxsus 

ehtiyojli bolalarning imkoniyatlariga moslashuvchan bo’lishi kerak. Bolaning 

maxsus ta’limga bo’lgan ehtiyojlari har qanday integrasiya faoliyatining asosini 

tashkil etishi kerak. Shaxs ehtiyojlarining darajalari va turlari har xil bo’lganligi 

tufayli bunday faoliyatlar moslashuvchan o’zgaruvchan bo’lishi talab etiladi.  



  Malakaviylik tamoyili. 

Maxsus ehtiyojli bolalar inklyuziv tarzda o’qitilayotgan sinflarda yuqori 

malakali o’qituvchilarning dars berishi talab etiladi. Bundan tashqari inklyuziv sinf 

o’qituvchisi defektlogiya sohasi bo’yicha ham malaka oshirgan bo’lishi kerak.  

 1). Izlab topish va jalb qilish bosqichi. 

Nogiron odamlarning hayoti asosan yakkalab qo’yishlar bilan bog’liq. 

Ko’plab davlatlarda nogiron odamlarga past nazar bilan qaralib, ular 

hamjamiyatdan chetlashtirilmoqda. Buning oqibatida nogiron bolalarning ta’lim 



 

- 33 - 


olish imkoniyatlari yanada chegaralanib qolmoqda.  Millatning etnopsixologik 

xususiyatlaridan biri bo’lmish nogiron farzandini boshfalardan bekitish hollari esa 

nogiron bolalar kelajak hayoti uchun juda fojeali holatdir. Mana shunday  salbiy 

oqibatlarni oldini  olish maqsadida aholi o’rtasida targ’ibo-tashviqot ishlarini olib 

borish lozim. Oilaga, ya’ni asosan ota-onalarga nogiron bola ham maktab ta’lim-

tarbiyasini olishi shart ekanligini to’g’ri tushintirib bera olish kerak. Shunday 

usullar bilan ta’limdan chetda qolib ketgan nogiron bolalarni izlab topish imkoni 

yaratiladi. Ro’yxatga olingan bolalar o’z yaqin arofidagi umumta’lim maktablariga 

jalb etiladi. 

2). Maxsus ehtiyojli bolalar bilan shug’illanish bosqichi. Bu bosqichda 

umumta’lim muassasalari tizimiga kiritilgan maxsus ehtiyojli bolalar bilan olib 

boriladigan o’quv-tarbiyaviy, korreksion-rivojlantiruvchi vazifalar rejasi tuzib 

chiqiladi.   

3). Reabilitasiya bosqichi. Bu bosqichda bolalarning nogironligi tufayli bajara 

olmaydigan faoliyatlarini bajarish qobiliyatlari va ularning imkoniyatlari darajasini 

kengaytirish ishlari amalga oshiriladi. Shu sababali bu bosqichda nogiron odamlar 

nafaqat ta’lim tarbiya, balki ularning ishlab chiqarish faoliyatlarini oshiruvchi 

treninglar ham olib boriladi. Ular “obyekt” emas,  balki “subyekt”  vazifasini 

o’taydi. Natijada nogiron bolalarning nima qila olmasligi emas, balki ular nimalar 

qilisha qodir ekanligi diqqat markazda turadi.  

4).Intergasiya bosqichi. Bu bosqich inklyuziv tarzida o’qitilgan, reabilitasiya 

jarayoni  malga oshirilgan nogirn bolalarni ijtimoiy jamiyatga to’la kiritish 

bosqichidir. Integrasiya bosqichida nogiron bolalar to’laligicha ijtimoiy jamiyatga 

kiritiladi. Ya’ni bu bosqichda nogiron bolalarning ham o’zlarining teng 

imkoniyatlari va huquqlaridan foydalangan holda kasb va ishlash joyini mustaqil 

tanlash imkoniyati beriladi.   

Maxsus  ehtiyojli  bolalarni  umumta’lim  sharoitida  o’qitish  ularni  o’ziga  

xos  xususiyatlari,  nuqson turi,  darajasi  va  sinfdagi  bolalar sonini  e’tiborga  

olgan   holda  tashkil  qilinadi.  Avvalo  shuni  ta’kidlash  joizki,  o’quvchilarning  

yoshlari  bir  xil  bo’lsada,  lekin  ular  bir  birlariga  o’xshamaydilar. Barcha  



 

- 34 - 


bolalarning  individual  psixologik  shaxs    xususiyatlari,  qabul  qilish  darajasi,  

zehn  va  idroki  turlichadir.  Shu  bois     maxsus  ehtiyojga  ega  bo’lgan  bola  

ta’lim  olayotgan  inklyuziv  sinflardagi  o’quv  tarbiya  jarayonini  tashkil  etish  

masalasi  yanada  murakkabroq  muammolarni  hal  etishni  talab  etadi. Inklyuziv  

sinfda    o’qituvchi bolalarning ikoniyatini  e’tiborga  olib,  darslarni  shunga  

muvofiq  rejalashtira  olsa,  bolalarning  nogironligi  bilim  olishiga  qanday  ta’sir  

qilishini  bilib,  bu  qiyinchiliklarni  bartaraf  etishning  uslubiy  yo’llaridan  

foydalansa,  maktab  va  oila  hamkorligini  to’la  yo’lga  qo’ya  olsa   hamda  

nogiron  bolaning  kelajagiga  ishonch  bilan  qarasagina  dars  jarayoni  

muvaffaqiyatli  kechishiga erishish  mumkin. Har  bir  bola  o’z  imkoniyat  

darajasida  rivojlanadi,  buni  L.S. Vigotskiyning  ilmiy  qarashlariga  ko’ra  “Har  

qanday ruhiy  yoki  jismoniy   nuqsonda  ham  taraqqiyot  davom  etadi”  fikri  

bilan ham tasdiqlash  mumkin .   

Inklyuziv  ta’limga  yangicha  fikrlarning  talqin  etilishi  milliy,  tashkiliy  va  

uslubiy  islohotlarni  talab  etadi.  Maxsus  ta’limga  muhtoj  bolalar  hozirgi  

maktab  tizimida  ehtiyojlari  qondirilmayotgan  bolalardir.  Shu  sababdan  

maktablar  barcha  bolalarning  turli  xildagi  va  umumiy  maqsadlari,  intilishlari,  

qiziqishlariga   javob  berishi va  ularning bilim  olishlarini  ta’minlashi  lozim. 

 Inklyuziv  ta’limni  rivojlantirish  uchun  umumiy  ta’lim  tizimiga  tarkibiy  

o’zgartirishlar  kiritish  muhimdir.  “Umum ta’lim”  va  “maxsus  ta’lim”    

o’rtasidagi  to’siqlar  olib  tashlanishi  kerak.  Maxsus  ta’lim  oddiy ta’limning   

bir  qismi  bo’lishiga  qaramasdan,  o’zining  o’quvchilari,  o’qituvchilari,  

boshqaruv  jamoasi  va  ta’minot  tizimidan  tashkil  topgan  ikkita  ta’lim  tizimi  

amalda  qo’llanilib  kelinmoqda. Barcha  o’quvchilarning  talablariga  javob  

beruvchi  “Inklyuziv  maktab”da  bunday  tizimga  ehtiyoj  qolmaydi. 

Islohotlar  ta’lim  maqsadlarining  amaliyotini  boshqarish  mumkin,  lekin  

ularning  pedagogik  amaliyotini  to’g’ridan-to’g’ri  boshqara  olmaydi.  Shu  

sababdan  samarali  bo’lishi  uchun   islohotlar  yaxshi  muhokama  qilinishi  va  

ta’lim  tizimi  boshqaruvchilar  hamda  uni  amalda  qo’llovchilar  tomonidan  

ko’rib  chiqilishi  kerak. 


 

- 35 - 


Inklyuziv  ta’lim  quyidagi  shart-sharoitlarda  tashkil  etilishi  mumkin:  

ommaviy  maktabgacha  tarbiya  muassasalari,  umumiy  o’rta  ta’lim  maktab  

sinflari  (guguhlari)da  umumiy  va   alohida  yordam  olish,  logoped  xonalarida  

korreksion  pedagogik yordam  olish,  korreksion  sinf  (guruh)larda  maxsus  

ta’lim  olish  shaklida. 

Inklyuziv  ta’lim  tizimiga  maxsus  yordamga  muhtoj  bolalarni  viloyat  

(shahar,  tuman)  halq  ta’limi  bo’limlari  tomonidan  tibbiy-psixologo-pedagogik  

komisiya  faoliyatida  “Respublika,  viloyat,  tuman  tibbiy- psixologo-pedagogik  

komissiyalar  to’g’risida”gi  Nizom asosida   qabul  qilinadi.     

Umumta’lim  tizimida  inklyuziv  ta’limni  joriy  qilishda muassasa  

hodimlarini  ish  vazifalarida  ham  ko’zga  ko’rinarli  darajada islohotlar  amalga  

oshirishi  kerak.   

Maxsus  ehtiyojli  bolalarni   umumta’lim  tizimida  o’qitish  o’qituvchilardan 

ikki  karra  ma’suliyat  bilan ishlashni  talab  etadi. Shuning  uchun  ham   oliy  

pedagogik  ma’lumotli  va  malaka  oshirish  kurslarini  o’tab  inklyuziv  ta’lim  

pedagogik  kvalifikasiyasni  olgan  o’qituvchilargina inklyuziv  sinf  o’qituvchisi  

etib  tayinlanishi  mumkin.  Inklyuziv  sinf  o’qituvchisi  umumiy  o’rta  ta’lim  

mussasa  Ustavida  belgilangan  vazifalar  bilan  bir  qatorda   

-tarbiyalanuvchilarning  jismoniy  va  ruhiy  rivojlanishini  korreksiyalash  va  

me’yorga  keltirish  ishlarini  olib  boradi; 

-bolalarni  faolligini,  ta’lim  samaradorligini  oshiruvchi  metodlarni  

qo’llaydi;    

-diqqat-e’tibor,  xotirani,  kuzatuvchanliq  sinchikovlik  va  boshqa  

qobiliyatlarni  tarbiyalaydi; 

-o’z-o’zini  nazorat  qilish  malakalarini,  bolalarning   bilishga  doir  

qiziqishlarini  va  qobiliyatini   rivojlantiradi.   

Inklyuziv  ta’lim  jarayonida  muassasa  tarbiyachisi  ham  alohida  o’rin  

egallaydi.  

 Tarbiyachi  ish  faoliyatini   tashkil  etishda  o’qituvchi-defektologlar,  ota-

onalar  va  boshqa  mutaxassislar  bilan  hamkorlikda  sog’lom  va  alohida  



 

- 36 - 


ehtiyojli  bolalar bilan  olib  boriladigan  mashg’ulotlarni  rejalashtirishi  hamda 

shu asosida  olib  borishi  kerak.  Shuningdeq  tarbiyachi  alohida  ehtiyojli  bolani  

oilada  tarbiyalash   masalasida  ota-onalarga  va  qonuniy  vakillarga  metodik  

yordam  ko’rsatadi,  kerakli  ish   hujjatlarini  yuritadi. 

Inklyuziv  ta’lim  joriy qilingan  muassasada  albatta  psixolog  faoliyat  

yuritishi  lozim.  

  Psixologning  faoliyati  har  bir  bolaning  ruhiy  salomatligini  himoyalash,  

ruhiy  rivojlanishidagi  kamchilklarini  bartaraf  etish  va  korreksiyalashga  

qaratiladi.    Muassasa  psixologi har  bir   bolani  psixologik jihatdan  tekshiradi,  

doimiy  ravishda psixologo-pedagogik  jihatdan o’rganib  boradi,  individual  

rivojlantirish  dasturlarini  tuzadi, alohida  ehtiyojli  bolani  oilada  tarbiyalash  

bo’yicha  ota-onalarga  maslahatlar  beradi,   inklyuziv  ta’lim  muassasasining  

pedagogik  hodimlariga  psixologik  rivojlantirish  masalalarida  metodik  yordam  

ko’rsatadi.  

Inklyuziv  ta’lim  muassasasida  ta’lim-tarbiya  olayotgan   maxsus  yordamga  

muhtoj   bolalarning  ayrimlari      doimiy  ravishda  tibbiy  xizmatga  muhtoj  

bo’lishi  mumkin.   Inklyuziv ta’lim  muassasasi  shifokor-pediatri  

(psixonevrolog)  har  bir  bolaning  ruhiy  asab  holatini  doimiy  ravishda  

tekshirib  boradi,  zarurat  bo’lganda  davalash  muolajalarini  tavsiya   etadi,  

korreksion  pedagogik  ta’lim  jarayonida   bolalar  sog’lig’ini  nazorat  qiladi

aqliy  va  jismoniy  yuklamaning  me’yorini  belgilaydi, ota-onalarga    bolaning   

somatik  hamda  ruhiy  salomatligini  saqlash  yuzasidan  maslahatlar  beradi.   

Shunday  qilib,  inklyuziv  ta’lim  muassasasida  ta’lim - tarbiya  jarayoni  har  

tomonlama  amalga oshirilgan  islohotlar  asosidagina  samarali kechadi.           



2.2. Inklyuziv ta’lim maqsad va vazifalarini   oshirishda resurs 

o’qituvchining o’rni va roli. 

    Maxsus  ehtiyojli  bolalarni  umumta’lim  sharoitida  o’qitish  maktablararo  

qatnab  yuruvchi  o’qituvchi  ya’ni,  resurs  o’qituvchi  faoliyatini   talab  etadi.  

Inklyuziv  ta’lim  amaliyotda maktablararo  qatnab  yuruvchi  o’qituvchi  va  oddiy  



 

- 37 - 


sinf  o’qituvchisining  hamjihatlikdagi  harakatlari  orqali   amalga  oshirilishi 

mumkin. 


Ba’zi  sinflarda  bolani  ma’lum  bir  vaqtga  sinfdan  ajratib olish  kerak  

bo’lishi  mumkin.  Hamma vaqt  nima  bo’lsada  resurs  o’qituvchi  sinf  

o’qituvchisi  bilan  birgalikda  faoliyat  ko’rsatishi  va  bu  maxsus  ta’lim  sohasida  

mutaxassislikka  ega  bo’lishi  talab  qilinadi.                                                          

Maktablararo qatnab  yuruvchi  resurs    o’qituvchining  muhim  vazifalariga   

nogiron  bolalar  uchun    kerak  bo’lgan  qo’llanmalar,  jihozlar  bilan  ta’minlash,  

homiylar  topish,  ota-onalarni  maktabga  yordam  berishga  jalb  qilish    va   

imkoniyati  cheklangan  bolalar,  sog’lom  bolalar hamda  sinf  o’qituvchisi  

o’rtasidagi  mustahkam  aloqani  o’rnatish,  masus  resurs  qo’llanmalarni  

ta’minlash  orqali  yordam  berish,  ota-onalar, bolalar  oddiy  sinf  o’qituvchilari  

va  maktab  ma’muriyatiga   maslahatlar  berish,  shuningdeq  maxsus ta’limga  

muhtoj  bolalar  uchun  faoliyatlar  va  ularga  mos  keluvchi  ta’lim  dasturlari  

haqida  muhokamalar  yuritish, hattoki  nogiron  bo’lmagan  bolalarning  ota-

onalariga  ham  ma’lumotlar  yetkazilib  turish  kiradi. Resurs o’qituvchining 

asosiy maqsadi: umumta’lim muassasalarida ta’lim  olayotgan maxsus ta’limga 

muhtoj  o’quvchilar  va  ularning  o’qituvchilariga  yordam    ko’rsatishdaniborat.                                                                                                                                                 

Resurs o’qituvchi  quyidagi  vazifalarni  amalga  oshiradi:. 

har bir  o’quvchini  qaysi darajadagi  yordamga  muhtojligini  aniqlash  va  

ularning  ehtiyojlaridan  kelib  chiqqan  holda  muntazam  ravishda  ular  bilan  

uchrashish. 

o’quvchilar  bilan  yakka  tartbda  ishlash,  individual  rejalardan  kelib  

chiqqan  holda  ularni  kuzatish, o’quv dasturiga  moslashishiga  yordam  berish, 

o’qitish  va  baholash. 

sinf  o’qituvchilariga  o’quvchilarning  maxsus  ehtiyojlari  va  qobiliyatlariga  

oid  ma’lumotlarni  berish. 

sinf  o’qituvchilarini  individual  o’quv rejalari  bilan  tanishtirish  va ular  

bo’yicha  maslahatlar  berish. 


 

- 38 - 


muntazam ravishda  o’quvchilarning  erishayotgan  muvaffaqiyotlarini 

 

 



muhokama  qilish va  baholash. 

maktab jamoasining  boshqaruv  xodimlari va ota-onalar bilan  hamkorlikda 

ishlash;  

zarurat tug’ilsa, o’quvchilarni  boshqa  yordam  ko’rsatuvchi  uyushmalarga  

taklif  etish   (masalan,   seminarlarga,    shifokorlarga). 

      -   o’kituvchilar hamda  o’kuvchilar  bilan  individual  ravishda olib 

boriladigan  faoliyatlarni  qayd  etib  borish. 

      -   standart  o’quv  reja  talablariga  javob  bermaydigan  vaziyatlarda  har  

bir  o’quvchiga  individual  o’quv  reja  tuzishga  ko’maklashish; 

      -   O’zgaruvchan  ehtiyojlardan  kelib  chiqqan  holda  individual  o’quv  

rejalarni yangilash  va  baholash. 

      -   mavjud  barcha  resurslar  (o’quv  adabiyotlar, o’qitish  qurilmalari va 

boshqa  asboblarni  hujjatlashtirish  va  ular  ro’yxatini  tuzish. 

 Maktablararo  qatnab  yuruvchi  resurs  o’qituvchi  o’z  vazifa  va  

maqsadlaridan  kelib  chiqqan  holda  ish  rejasini o’z tuzishda  quyidagilarni  

hisobga  olishi kerak:   

Maktablararo  qatnab  yuruvchi  resurs  o’qituvchilarning maxsus ta’lim 

olishga  bo’lgan  talablariga  javob beradigan yordamlarni  ko’rsatish;    

Sinf  o’qituvchisi  bilan  birgalikda  individual  dasturlarni  yaratish  va  uni  

baholash; 

O’qituvchilar   muhtoj  bo’lgan  xizmatlarni  amalga  oshirish;. 

Bolaning  o’qituvchisi  yoki  maktabi  almashganda  u  haqidagi 

 

ma’lumotlarni  yetkazib  berishni  boshqarish; 



Yangi  kelgan  o’qituvchilarning  ehtiyojlarini anglash  va qondirish;   

Maxsus ta’limga  muhtoj  bo’lgan  oddiy  sinflarga  o’qituvchilarning  

moslashishiga  yordam  berish;. 

Agar  kerak  bo’lsa  sinfdan  tashqarida  individual  va  guruhlarga  asoslangan  

ko’rsatmalarni  berish; 

Individual  dasturlarni  muvaqqiyatli  bo’lishini boshqarish; 



 

- 39 - 


Maxsus  ta’limga  muhtoj  bolalarni  maktabning  jismoniy  muhitiga  jalb  

etishda  ularning  shu  muhitga  moslashishiga  yordam  beruvchi  maktab  

boshqaruvi; 

Maxsus  yordamchi vasitalar  va  qo’llanmalarga  bo’lgan  talabni o’rganish  

va  ulardan  foydalanishni  boshqarish; 

Inklyuziv  ta’limni  rivojlantirishni  qo’llab – quvvatlashdan  iborat.  

     Maktablararo   qatnab  yuruvchi  resurs  o’qituvchi  faoliyat  yuritmasligi, 

ko’p vaqtini  yo’lda  samarasiz  sarflamasligi  juda muhimdir.  

Resurs o’qituvchi  nogiron  bolalarning  darslaridagi  qiyinchiliklarni va 

ehtiyojlarini  muhokama  qiladi. Vaqti-vaqti bilan  u joylarda  olib  borilayotgan  

o’qituvchilar  treningida  nogironlik  muammosi  bo’yicha  maslahat va  

ko’rsatmalar  berib  boradi. Masalan, nogiron bolaning  nuqson  xususiyatlarini, 

darajalarini  aniqlash, individual  psixologik  xususiyatlarini  o’rganish  bo’yicha  

metodik  tavsiyalar  berish kabi.    

  Ta’lim olishda kiyinchiligi bo’lgan bolalarni imkoniyatini ta’lim siyosatida 

e’tiborga olish juda muhim. Ta’lim siyosati inklyuziv ta’limni rivojlantirish 

maqsadida moliyaviy ta’minotga e’tibor karatish zarur: maxsus ta’lim va 

umumta’lim maktablari urtasidagi tusiklarni bartaraf etish chora–tadbirlari; 

statistik ma’lumotlar buyicha nogironlarni inklyuziv maktablarda ta’lim olishni 

joriy qilish; maxsus infra–strukturalar, masalalar, texnik vasitalardan 

foydalanishga imkoniyat yaratish ham ta’lim siyosatining ajralmas kismidir. 

Inklyuziv ta’lim jamoaviy ish bo’lib, javobgarlik butun maktab jamoasi 

bo’yniga yuklatiladi. Bunda sinf rahbari yordam ko’rsatuvchi bo’lib asosiy rol 

o’ynaydi. Ta’lim siyosati uni tartibga soladi. Bu kabi yordamlar turli xil shakllarda 

bo’lib, ular quyidagilarni o’z ichiga oladi: 

-sinf o’qituvchisiga maslahat va yordam berish; 

 -maxsus o’qitish qo’llanmalari va  yordamchi materiallar bilan ta’minlash: 

-ota-onalar, ko’ngillilar yoki katta o’qituvchilar tomonidan mavjud bo’lgan 

yordamlarni ta’minlash; 


 

- 40 - 


-o’quv reja, dars jadvali, baholash mezolariga moslashtirish va o’zgarishlarga 

ko’niktirish masalalarini shakllantirish; 

-o’qituvchilar malakalar va bilimlarini oshirish uchun sharoit yaratish; 

-faol qo’llab-quvvatlovchi rahbar va shu kabilarni o’z ichiga olgan ijobiy maktab 

muhitini tashkil etish va ta’lim jarayonida  do’stona munosabatni shakllantirish; 

-ma’muriyatga bolalarni aniqlash va baholashda yordam kursatish; 

-ijtimoiy,     psixologik     va     sog’liqni     saqlash     xizmatlarini 

muvofiqlashtirish  kabi  ishlarni  amalga  oshirishdan  iborat. 

Ushbu  ta’lim  tizimida  bolalarni  nuqsonlarini  aniqlash  ularni  muolaja-

reabilitasiya  qilish,  korreksion-pedagogik  omillarni   amalga  oshirish  bo’yicha  

tegishli  mutaxassislar (maxsus  resurs  pedagoglar,  psixologlar,  tibbiyot  

xodimlari,  ota-onalar  va  boshqalar)  muntazam ravishda  maktab  pedagoglariga  

bevasita yordam  berishlari kerak. 

Inklyuziv  ta’lim  nogironlarning  ijtimoiy  tengdoshlari bilan bir qatorda 

ta’lim  olishini  ta’minlaydi,  (agarda  ularning  rivojlanishida  jiddiy  sabablar  

bo’lmasa)  muntazam  maktablarga qabul  qilishini  nazarda tutadi. 

O’ta  murakkab  nuqsonli  bolalar  ayrim  hollarda  maxsus  maktablar  va  

maxsus  reabilitasiya  markazlari  yoki muntazam  maktablar  qoshidagi  maxsus  

sinflarda  korreksion  dasturlar  yordamida ta’lim  oladilar.  Ushbu  maktablarda  

ta’lim  ta’minoti  albatta  bolaning  zaruriyatni  e’tiborga  olgan  holda  amalga  

oshirish  ko’zda  tutiladi.         

Muntazam ta’lim jarayoni imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy 

xususiyatlariga ko’ra yakka tartibda korreksion metod va moslashtirilgan o’quv 

reja, dasturlar va boshqa omillardan foydalanib, atrofdagi jamoatchilik  bilan 

birgalikda o’qitishning turli shakllarini tashkil qilish  hamda maxsus 

yordamchiapparatlar, (eshitish apparatlari, linza, lupa, nogironlar aravachalari) turli 

xil texnik vasitalar va maxsus ko’rgazmali qurollarni qo’llash asosida amalga 

oshirishni nazarda tutadi.  O’z navbatida maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari 

joylarda umumta’lim o’quvchilari, ota-onalar, davlat va nodavlat jamoa 


 

- 41 - 


tashkilotlari uchun maslahat bo’limlari va resurs markazlar bo’lib faoliyat 

ko’rsatish kerak. 

  Alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni   ayrimlarini  umumta’lim 

 

muassasalarida  o’qitish  uchun davlat tomonidan quyidagi  shart-sharoitlarni  



yaratish lozim: 

-nogironlikni  erta  tashxic  qilish; 

-mutaxassislar  tayyorlash; 

-umumta’lim  muassasalari  binolarini  qurishda  nogironlar  uchun  

moslashtirilgan  barcha shart-sharoitlar  (inshoatlar)ni yaratish; 

-korreksion yordamni  amalga  oshirish uchun reabilitasiya  markazi 

 

tarmog’ini  ko’paytirish; 



-ayrim  nogiron  bolalarni  umumta’lim  sharoitida o’qitishni  tashkil  etish 

maqsadida umumta’lim  pedagoglarini malakasini oshirish, qayta tayyorlash 

kurslaridan  o’tkazish va ularni maxsus  yordamchi vasitalar, o’quv metodik 

adabiyotlar, uslubiy qo’llanmalar bilan ta’minlash, shuningdek maktabda  turli  

dasturlar  yordamida  ta’limni  tashkil  etish; 

-barcha bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish  va ta’lim samaradorligini 

oshirish;          

Inklyuziv ta’lim asosan umumta’lim maktablarining oddiy sinflarida va 

o’quvchilar yashash joyiga yaqin bo’lgan umumta’lim maktablarida olib  boriladi, 

ta’limning  rasmiy  va  norasmiy  turlarini tashkil  etishning   ilg’or  ish  

tajribalarini  rivojlantiradi.  

Inklyuziv ta’limga jalb etish global muammolardan biri xisoblanadi. Inklyuziv 

ta’limning asosiy qismi–bolalarga bilim olish uchun do’stona munosabat va 

o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratishdir. Maxsus ehtiyojli bolalarning hayotga 

ilk yoshdan ya’ni 6 yoshgacha e’tibor berilsa, ancha yuqori samaralarga erishish 

mumkin. Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni 

qondirishga mos bo’lgan siyosatni ishlab chiqish inklyuziv ta’limni qo’llab–

quvvatlashning asosidir.  

Inklyuziv ta’limni qo’llab-quvvatlashda quyidagi  masalalarni hal etish lozim: 


 

- 42 - 


- Jamyatda ijobiy munosabatni ishlab chiqish 

Jamiyatda insonlar orasida nogiron bolalar haqida bilimlarning yetishmasligi 

oqibatida maxsus ehtiyojli bolalar ta’limdan chetda qolib ketmoqdalar. Bundan 

tashqari nogiron bolaning qobiliyatlari, huquqlari va ehtiyojlari muntazam ravishda 

qadrlanmasa, bolalarda o’ziga va qobiliyatlariga nisbatan salbiy munosabat 

shakllanib boradi.  

- Inklyuziv ta’lim muhitini rivojlantirish.  

Inklyuziv ta’limning asosiy qismi-bolalarga bilim olish uchun do’stona 

munosabat va o’qishga imkon beruvchi muhitni yaratish lozim. Bolalar maktabga 

bexatar, qiyinchiliklarsiz yetib borish imkoniga ega bo’lishlari lozim. Bundan 

tashqari, amaldagi umumta’lim uslubiyatiga bolani moslashtirishdan ko’ra, dars 

jadvalini sharoitni, uslubiyatni va o’quv qurollarini o’zgartirish kerak bo’ladi. 

Bunday o’zgartirishlar nafaqat maxsus ehtiyojli bolalar. Balki normal 

rivojlanishdagi bolalar uchun ham ta’lim sifatini yaxshilaydi.  

- Ilk yoshdan aralashuv.  

Qisqa qilib aytganda bolaning hayotiga ertaroq, e’tibor berilsa, natijasi 

bolaning keyingi rivojlanishida samarali ta’sir ko’rsatadi.  

- Ijobiy namuna bo’la oladigan insonlar obrazini yaratish.  

Bolada o’ziga ishonch va o’zini qadrlash hissini rivojlantirishda kattalarning 

qiyofasi juda muhim. Lekin juda ko’p maxsus ehtiyojli bolalar o’sib, ulhayayotgan 

bir paytda o’zlariga o’xshagan maxsus ehtiyojli katta odamlarning uchratmaydilar 

va katta bo’lish qandayligini tasavvur ham qila olmaydilar. Shuning uchun ham 

maxsus ehtiyojli kattalar maxsus ehtiyojli bolalarning at’limida doimiy ishtirok 

etishlari kerak. Chunki katta yoshdagi maxsus ehtiyojli insonlar ota-onalargan 

farzandiga ta’lim berish muhimligini tushintirish mumkin. Buning uchun esa 

maxsus ehtiyojli kattalarni maktablarga taklif etish kerak. Shunda ular o’zlarining 

hayotda erishgan yutuqlari haqida gapirib beradilar. Buning natijasida inklyuziv 

ta’limni targ’ib qilishda katta imkoniyat yaratiladi.  

- Mos siyosatni ishlab chiqishga ko’maklashish. 


 

- 43 - 


Inklyuziv ta’lim tizimini qo’llab –quvvatlashda siyosat asosiy rol o’ynaydi. 

Siyosat tomonidan inklyuziv ta’limning qo’llab quvvatlanishi bu ta’lim tiziminig 

samarasini va rivajini ta’minlaydi.  


Yüklə 330,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin