O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish



Yüklə 330,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix22.11.2019
ölçüsü330,03 Kb.
#29660
1   2   3   4   5
inklyuziv talim


1.3.O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish 

masalalari. 

O’zbekiston Respublikiasida nogiron bolalar bilan bog’liq tahlil va dastlabki 

baholash ishlari 1966 yilda boshlangan. 

Hozirgi kunda O’zbekistonda 250000 ga yaqin turli ko’rinishdagi nogiron 

bolalar (16 yoshgacha) ta’lim olish ehtiyojiga ega. Nogiron bolalar uchun ta’lim 

bilan birgalikda maxsus xizmatlar tashkil etish lozim. 

Ko’zi ojizlar, kar va eshitish nuqsoniga ega bo’lgan bolalar, poliyemiyelit 

bilan kasallanganlar, aqli zaif bolalar, nutqida nuqsoni bor va soqov bolalarga 

mo’ljallangan 86 ta maxsus ta’lim va aralash maxsus muassasalar, 982 ta maxsus 

bolalar bog’chalari mavjud. 

O’zbskistonda maxsus ta’lim sohasida quyidagi tadbirlar amalga 

oshirilmoqda: 

-  yordamga muhtoj bolalar uchun moslashuvchan va ko’p qirrali ta’lim tizimini 

yaratish; 

-  mahalliy va  mintaqaviy  miqyosda maxsus ta’limning tobora oshib borayotgan   

ahamiyati asosida ta’lim boshqaruvini markazlashtirish; 

yordamga muhtoj bolalarga yoshlikdan toshhis qo’yish va kasalpiklarni aniqlash 

uchun sharoit yaratish; 



 

- 15 - 


-  milliy  ta’lim   standartlari  asosida  yordamga muhtoj bolalarga mo’ljallangon 

o’quv qo’llanmalar sifatini yaxshilash; 

ta’pim        muassasalarining       moddiy-texnika bozasini mustahkamlash; 

- nogiron bolalar bilan ishlashga ixtisoslashgan xalqaro       tashkilotlar       bilan 

hamkorlik aloqalarini kengaytirish; 

-  ko’zi   ojiz   bolalar   uchun   mo’ljallangan   turli kitoblar, metodologik 

adabiyotlarni chop ztish; 

-  nogiron bolalarni maxsus aravachalar, eshitish moslamalari, ko’zoynaklar, sport 

anjomlari,ish asbob-uskunalari, kanselyariya mollari, maxsus  mebellar   va   tibbiy   

uskunalar   bilan ta’minlash; 

- maxsus talim sohasida kadrlar tayyorlash. 

Hozirgi  kunda  qator ekologiq  ijtimoiy  va  boshqa  sabablarga   ko’ra,   

shuningdeq   homiladorlikdan   keyingi patologik asoratlar natijasida bola 

rivojlanishi va  birinchi navbatda, uning ongi, atrof-muhit tahlili holda faoliyatini 

nazorat qilish va boshqarish funksiyalarining rivojlanish masalasini o’rganish 

muhimdir. 

Ota-onalar qishloq sharoitida yordamga muhtoj bolalariga talab darajasida 

yordam ko’rsatish imkoniyatiga ega emas. Birinchidan, moddiy tomondan 

imkoniyat cheklanganligi, ikkinchi tomondan esa, yordamga muhtoj bolalarning 

go’dakligidan ulorning nuqsonlarini aniqlash uchun o’qituvchi va psixologlarning 

malakasi talab darajasida emas. 

Tarbiyachilar, psixologlar, o’qituvchilarning maxsus defektologiyaga 

asoslangan o’quv dasturlarda olgan bilim va malakalari ularning maxsus 

guruhlordagi faoliyatlari davamida aniq tashhis qo’yish va sifatli davalashni 

amalga oshirish imkoniyatini yaratadi. 

Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi — yordamga muhtoj bo’lgan bolalarga 

samarali bilim olish uchun sharoit yaratishdir. 

Ushbu sharoitda yordamga muhtoj bolalarni integrasiyalash va reabilitasiya 

qilish, har bir bolaning rivojlanish darajasini hisobga olgan holda ularga mos 

samarali inklyuziv talim turini tanlash lozim. 



 

- 16 - 


1996 yilning noyabr oyida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy 

komissiyasi tashabbusi asosida Toshkentda «Maxsus ta’lim sohasida inklyuziv 

usullar» movzusida milliy o’quv dastur muvaffaqiyatli amalga oshirilgan. 1998 

yilning oktyabr oyida Buxoro shahrida ushbu mavzu bo’yicha mintaqaviy anjuman 

tashkil etilgan edi. Mazkur anjuman YuNESKO, YuNISEF (BMTning bolalar 

jamg’armasi), Butunjahon sog’liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti 

bilan hamkorlikda amalga oshirilgan. Ushbu tadbirlar notijosida 2001 yilda 

O’zbekiston Xolq ta’limi vazirligi qoshida Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba 

markazi tashkil etildi. Hozirgi kunga qadar ushbu markaz tomonidan bir necha 

o’quv seminarlari o’tkazildi va qator dasturlar amalga oshirib kelinmoqda. 

2004 yilning iyun oyida «Sen yolg’iz emassan» respublika jamoatchilik 

bolalar jamg’armasi tashabbusi asosida Toshkent shahrida «Yetim bolalarning 

ijtimoiy muhofozasi» mavzusida ilk bor xalqaro anjuman tashkil etildi. Ushbu 

anjuman doirasida nogiron bolalar uchun talim dasturlari ham muhokama etildi. 

2005 yilning may oyida Toshkent shahrida Respublika bolalar mjtimoiy 

moslashuvi markazi va «Sen yolg’iz emassan» respublika jomoatchilik bolalar 

jamg’armasi tomonidan «Ijtimoiy nochor bo’lgan bolalarga ko’mak berishning 

samarali shakl va usullari» nomli xalqaro forum o’tkazilgan edi. Ushbu forum 

tavsiyanomalari asosida YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi 

Milliy komissiyasi O’zbekiston Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda 

YuNESKO tashkiloti rahnamoligida Osiyo va Tinch okeani mintaqasidagi 

madaniy markaziga (Tokio, Yaponiya) maxsus loyiqa taqdim etilgan edi. Ushbu 

YuNESKO markazi  tomonidan «O’zbekistonda inklyuziv ta’limni joriy etish 

bo’yicha bog’cha va o’rta maktablarda tajribaviy guruhlar ochish» nomli loyiha 

qo’llab-quvvatlandi va yaqin kunlarda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda. 

Loyihaning asosiy maqsadi nogiron bolalarda  turfa xil malakalarni oshirish 

va ularning qobiliyatlorini barqaror rivojlantirish uchun sharoit yaratishdan iborat. 

Ta’lim tibbiy va ijtimoiy xizmat bilan birgalikda olib boriladi. Oila va 

maqallada ota-onalar uchun profilaktika hamda reabilitasiya ishlari bo’yicha o’quv 

mashg’ulotlari tashkil etiladi. Ota-onalar nogiron bolalarini tarbiyalash va ularning 



 

- 17 - 


aqliy rivojlanishlarini rag’batlantirish bo’yicha pedagogik usullar, shuningdeq 

ularning mustaqil bo’lishlari uchun tengdosh sog’lom bolalar bilan muloqot 

qilishlari bo’yicha o’qitiladilar. 

Loyiha to’qqiz bosqichdan iborat bo’lib, har bir bosqich quyidagi faoliyatlarni 

qamrab oladi: 

1  -bosqich:  Respublika ta’lim markazi qoshidagi Maxsus talim bo’yicha 

manba markazida ko’chma ta’lim guruhi tashkil etiladi.  Ko’chma ta’lim guruhiga 

texnik yordam ko’rsotish. 

2-bosqich:  «Barqaror toraqqiyot uchun inklyuziv ta’lim» mavzusida milliy 

anjuman tashkil etish. 



3-bosqich:  Xalq ta’limi vazirligining viloyat boshqormalori bilan 

hamkorlikda nuqson bilan rivojlanoyotgan bolalarni aniqlash bo’yicha tibbiy-

psixologik-pedogogik komissiyani toshkil etish. Qo’shma guruh va sinflarda 

o’qitish moqsadida nuqson dorajosi me’yordon og’ishgon (3-7 yoshdagi) bolalarni 

aniqlash. 

4-bosqich: Uslubiy tavsiyanomalar, qo’llanmalar va dasturlarni nashr qilish. 

5-bosqich:  Pedagog-tarbiyachilar, o’qituvchilar, psixologlarning qo’shma 

guruhlari va sinflarda bolalardagi nuqsonlarni tuzatish va rivojlantirishga 

yo’naltirilgan dasturlarini ishlab chiqish bo’yicha o’quv mashg’ulotlarini tashkil 

etish. 


6-bosqich: Mavjud bolalar ta’limi muassasalarida, 2 ta bog’cha va 2 ta o’rta 

maktabda maxsus tajribaviy guruh tashkil etish, Texnik yordam ko’rsatish. 



7-bosqich:  Maktabgacha  inklyuziv ta’lim Ixtisoslashgan ishlab chiqilgan 

tajribalarni targ’ib qilish bo’yicha ilmiy-uslubiy, amaliy-mintaqaviy anjumanni 

tashkil etish. 

8-bosqich: Monitoring va baholash. 

9-bosqich: Moliyaviy hisobot. 

Loyiha yordamga muhtoj bolalar, ularning ota-onalari, bog’cha pedagog-

tarbiyachilariga qaratilgan. 


 

- 18 - 


Loyiha Respublika ta’lim markazi qoshidagi Inklyuziv ta’lim bo’yicha 

manba markazi tomonidan Toshkent Davlat pedagogika universitetining 

Boshlang’ich ta’lim va defektologiya fakulteti, YuNESKOning O’zbekistondagi 

vakolatxonasi va YuNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Milliy komissiyasi, 

shuningdeq boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi. 

Loyiha bir yil muddatga mo’ljallangan. 

Inklyuziv ta’lim bo’yicha manba markazi 2001 yilda O’zbekiston Xalq 

talimi vazirligi huzuridagi Respublika ta’lim markazida tashkil etilgan. 

Tashkilotning 

asosiy faoliyati quyidagilardan iborat: 

-  nogiron bolalar ta’limi sohasida faoliyat ko’rsatuvchi o’qituvchi va 

tarbiyachilar uchun turli anjuman va o’quv mashg’ulotlarini tashkil etish 

orqali O’zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga inklyuziv ta’limni tatbiq etish; 

- nogiron    bolalar    uchun    o’quv    darsliklarini  yaratish; 

- nogiron  bolalar  uchun   tajribaviy maydonlar barpo etish; 

- bola   uchun   alohida   rivojlantirish   rejasini yaratish; 

- pedagoglar va ota~onalarga maslahat xizmatini ko’rsatish; 

- uslubiy   qo’llanmalar,    tavsiyanomalar,    maxsus maktablarda   nogiron   

bolalar   bilan   ishlash rejasini yaratish; 

- yuridik faoliyat va ijtimoiy muhofaza bo’yicha ma’lumot bilan ta’minlash; 

- nogiron   bolalar   ta’limi   sohasida   faoliyat yurituvchi jamoat va davlat 

tashkilotlari bilan hamkorlik qilish; 

- nogiron    bolalar    ta’limi    sohasida  mavjud kamchiliklarni  ommaviy  

axborot  vasitalarida yoritib borish; 

-  xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilish; maxsus  ta’lim sohasidagi 

tajribalarni tatbiq etish. 

Ta’lim sohasida yordamga muhtoj bolalarning tahsil olishlari hamisha 

jamiyatning diqqat markazida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan, 

ularga ta’lim beruvchi pedagoglar va mutaxassislor malakasini oshirish, zarur 

zamonaviy qo’llanmalar, jihozlar bilan ta’minlash ham bu masalani hal qilish 

uchun qo’yilgan qadamlardan biri hisoblanadi. 


 

- 19 - 


 BMT tomonidan 1989 yilda qabul qilingan  «Bola huquqlari to’g’risidagi»gi 

Konvensiyasi  hamma  bolalarni,  shu  qatori  maxsus  ehtiyojli  bolalar  

huquqlarini  ham  himoya   qiladi va qo’llab-quvvatlaydi. Aynan  2, 23,  28,  29 - 

moddalarda  maxsus  ehtiyojli  bolalari  huquqlari    belgilangan. 

Bolalar  huquqlari  To’g’risidagi  Konvensiyaning  2-moddasi  maxsus  

yordamga  muhtoj  bolalar  uchun  asosiy  modda  hisoblanadi. Unda mazkur 

Konvensiyadagi  har  bir  modda  irqi,  dini,  millati,  etnik  yoki ijtimoiy  kelib  

chiqishidan  qat’iy  nazar  barcha  bolalaga   tegishliligi  haqida  ta’kidlanib, 

“Barcha  huquqlar  har  bir bola  uchun  tegishli. Kamsitish  yoki  jazolashning  

barcha  shakllaridan  bolaning  himoyasini  ta’minlash  uchun  zarur  choralarni  

ko’rish  ishtirokchi  davlatlar  majburiyatlariga kiradi”  deb  bayon  qilingan.  

Shuningdeq  Bolalar huquqlari  to’g’risidagi Konvensiyaning 23-bandida 

maxsus ehtiyojli bolalarning ta’limi xususida quyidagicha ta’kidlangan “Nogiron 

bolani maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uni ijtimoiy hayotga qo’shishi va shaxs 

sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vasita hisoblanadigan ta’lim olishga har 

tomonlama yordam berishi lozim. Ishtirokchi davlatlar aqliy va jismoniy jihatdan 

yaxshi rivojlanmagan bola o’zining qadr-qimmatini ta’minlaydigan, o’ziga ishonch 

tug’diradigan va uning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini yengillashtiradigan 

sharoitlarda yashashlarini ta’minlaydilar”. 

 Maxsus ehtiyojli bolalrni umumta’lim muassasalari tizimida o’qitish 

 

ularning haq-huqularni ta’minlaydi. Shuning uchun  Bolalar  huquqlari 



to’g’risidagi Konvensiya maxsus ehtiyojli bolalarni huquqlarni ta’minlaydigan 

asosiy huquqiy me’yoriy hujjatdir.       

 Salamanka  bayonoti   va  ish  faoliyati  rejasi   inklyuziv  ta’lim  bo’yicha  

halqaro  miqiyosidagi  hujjatdir. Ushbu  hujjat  1994  yilda  YuNESKOning  

maxsus  ehtiyojli  shaxslar  ta’limini tashkil etishga qaratilgan “Ta’lim  hamma  

uchun”  g’oyasini  rag’batlantirishga yo’naltirlgan Salamankada  tashkil  etilgan  

Konferensiyada  inklyuziv  ta’lim  konsepsiyasini rivojlanishi  uchun  zarur  

bo’lgan  siyosiy,  tashkiliy,  huquqiy,  uslubiy  o’zgarishlar  ko’rib  chiqildi.   Shu  

asosda    ta’lim    tizimi   va   mazmuni  tubdan  qayta  ko’rib  chiqildi va alohida 


 

- 20 - 


ehtiyojli  bolalarni  umumta’lim  tizimida  ta’lim  olishi  uchun  zarur  bo’lgan  

huquqiy  me’yoriy  asoslari  yaratildi.  

Ushbu harakat rejasining asosiy tamoyilliri jumlasiga quyidagilar kiradi:  

“Maktablar jismoniy aqliy, ijtimoiy, emosional, tilidagi va boshqa nuqsonlaridan 

qat’iy nazar hamma bolalarni qabul qilishi shart...” (Salamanka Bayonoti, 3-band)  

Salamanka Konferensiyasida inklyuziv ta’limni rivojlanishi uchun zarur 

bo’lgan siyosatdagi o’zgarishlar ko’rib chiqildi, hamda qatnashchilar umumta’lim 

maktablarini maxsus ehtiyojli bolalrga moslashtirish usullarni ishla chiqdilar. Unda 

ikkita yo’nalish belgilab olindi: 

-  Maorif tizimi va ta’lim dasturlari turli xususiya va ehtiyojlarni hisobga 

olgan holda tuzilib shu ishga yo’naltirilsin; 

-  Maxsus ehtiyojga ega bo’lgan bolalar uchun oddiy maktablarga borish 

imkoniyati yaratilsin.  

 2000  yilning  26-28  aprel  kunlari  Dakar-Senegalda   o’tkazilgan  Xalqaro 

forumda  “Ta’lim  hamma  uchun” milliy  harakat  reja -  dasturini  bajarish  

maqsadida  keng  qamrovli  ishlarni  hamkorlikda  va  halqaro  miqyosida  olib  

borilishi  lozimligi  hamda  barcha  rivojlangan  mamlakatlar  2015  yilga  qadar  

hamma  uchun  teng  majburiy  ta’limga  o’tishlari  ta’kidlangan.  Bu  muammo  

bo’yicha  tajribalarni o’rganish  va  tashabbusni  qo’llab-quvvatlash  YuNESKO va 

YuNISEF  tashkiloti  tomonidan  amalga  oshirilmoqda.                 

     Nogironlarni  umumta’lim  tizimida  o’qitish  masalalariga  e’tibor  berish  

Respublikamizda  1996 yilda  O’zbekiston  Respublikasi  Xalq  Ta’limi  Vazirligi,  

Respublika  ta’lim  markazi  va  YuNESKO  tashkiloti  bilan  hamkorlikda  

respublika  seminari  o’tkazilishi bilan  islohotlar  amalga  oshirila boshladi. Shu  

davrdan  boshlab  olimlar,  maxsus  ta’lim  tizimidagi rahbar  xodimlari,  

pedagoglar,  umumta’lim  mussasalarining  rahbarlari  va  nodavlat  jamoa  

tashkilotlarining  nogironlar  ta’limi  ehtiyojini  qondirishga    qaratilgan  

munosabatlari  o’zgara  boshladi. 

Respublika Ta’lim Markazining maxsus ta’lim bo’limi hodimlari imkoniyati 

cheklangan bolalarni integrasiyalashgan ta’lim jarayonida ta’lim olish 



 

- 21 - 


strategiyasini keng joriy qilish maqsadida YuNESKO tashkiloti bilan 1996 yildan 

buyon hamkorlik qilib kelmoqda. O’zbekistonda integrasiyalashgan inklyuziv 

ta’lim tizimini amaliyotga tadbiq qilish maqsadida YuNESKO xalqaro tashkiloti 

loyihasi asosida bir necha Respublika seminar-treninglari va xalqaro 

konferensiyalar o’tkazishga muyassar bo’lindi. Konferensiyalarda ko’tarilgan 

dolzarb muammolar, masalalar, tavsiyalar va ishtirokchilarning ma’ruzalari 

xalqaro to’plamda chop etildi va ommaga tarqatildi. Hozirgi kunda 

Respublikamizda  inklyuziv ta’lim konsepsiyasini joriy qilishda asosiy dasturamal 

bo’lib kelmoqda. 

 1998 yilda  YuNESKO tashabbusi  bilan   Buxoro  shahrida  yirik 

Konferensiya o’tkazildi. Konferensiyaning  maqsadi  alohida  yordamga  muhtoj  

bolalarni  ijtimoiy  qo’llash,  reabilitasiya  qilish,  ta’limga  jalb  qilish,  moddiy,  

texnikaviy  yordamlarni  tashkil  qilish  va  ularni  to’laqonli  jamiyatga  

moslashtirishga  oid  turli  tashkiliy  uslubiy  ishlarni amalga  oshirishda  Markaziy  

Osiyoda  ko’p  tarmoqli  aloqalar  o’rnatish  edi. 

  Ushbu  Konferensida  BMT,  YuNISEF, VAZ tashkilotlarining ekspertlari  

shuningdeq Rossiya,  Qozog’iston,  Tojikiston,  Turkmaniston,  Qirg’iziston  

Respublikasi  hamda  O’zbekiston  Respublikasidagi  turli  xil davlat va nodavlat 

tashkilotlar, ma’muriy organlarning   mutasaddi  xodimlari  ishtirok  etdilar.  

Imkoniyati cheklangan bolalarni ijtimoiy qo’llash va barcha qatori teng huquqli 

sharoitda ta’lim olishi va biron bir bola ta’limdan chetda qolmasligiga jiddiy 

muhokama etildi va rezolyusiyalar qabul qilindi. Ushbu  halqaro konferensiyada 

O’zbekiston  Republikasi  XTV  va  uning  tasarrufidagi  turli  ma’muriy  tashkilot  

vakillari ham ishtirok  etib,  o’z  tajribalari  bilan  fikr  almashdilar  va  

respublikada  ushbu  muammoni  hal  qilish  masalalari  bo’yicha  chora-tadbirlar  

ishlab  chiqildi.  Shu  bois  O’zbekistonda  alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  

to’laqonli  maxsus  ta’limga  jalb  qilish  va  integrasiya     usulida  ta’lim olish   

2001-2002  yillarda  birmuncha  faollashdi.  Bunga  asos  Xalq  ta’limi  vazirligi,  

Respublika  ta’lim  markazi,  YuNESKO,   YuNISEF,  “Opereyshen Mersi”, 

“Mersi projekt” nodavlat xalqaro tashkilotlar va  O’zbekistonda faoliyat 



 

- 22 - 


ko’rsatuvchi milliy  tashkilotlar, jumladan “UMR”, “Ziyo”, “Imkon”, “Hayot”, 

“Umidvarlik”, “Yorug’lik”, “Muruvvat”(Samarqand), “Mezon”, “Mehrigiyo”, 

“ShANS”, “Nihol”, “Korreksion pedagogik Reabilitasiya markazi” kabilar bilan  

hamkorlikdagi  loyihalar  bo’yicha  amalga  oshirib  kelingan  ishlar,  chora – 

tadbirlardir. 

2000  yil O’zbekistonda  inklyuziv  ta’limning  ilk   asosi  sifatida   

Respublika  ta’lim  markazi  maxsus  ta’lim  bo’limi  tomonidan  “O’zbekiston  

respublikasida  alohida  yordamga  muhtoj  bolalar  ochiq  ta’lim  tizimining  

rivojlantirish  chora-tadbir  rejasi” ishlab  chiqildi.  Bu  reja  dasturda  alohida  

yordamga  muhtoj  bolalarni   umumta’lim  tizimga  kiritishning quyidagi   

tashkiliy  asoslari  yoritib  berildi:       

ommaviy  axborot  orqali  jamiyat  ongini inklyuziv  ta’limga  tayyorlash; 

Respublikadagi  alohida  yordamga  muhtoj  bo’lgan  bolalar  haqida  axborot  

banki  yaratish; 

-barcha turdagi  nuqsonli  bolalar  uchun umumta’lim va yakka tartibda 

oilalarda o’qitilishi bo’yicha turli xil o’quv  metodik  adabiyotlar, didaktik vasitalar 

ishlab chiqish va ta’minlash masalalari qayd qilingan.   

Ayniqsa,  2001  yil 21-23  noyabr kunlari Toshkent shahrida o’tkazilgan  

“Alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  ma’naviy  va  estetik    tarbiyalash” 

mavzusidagi  xalqaro  konferensiyada  turli  xorijiy  mamlakatlar,  Qozog’iston,  

Rossiya,  SNG  davlatlariing  ekepertlari  qatnashib,  o’z  fikr - muloxazalari  bilan  

o’rtoqlashadilar.  Konferensiyada   qatnashgan  shaxar  va viloyat  xalq  ta’limi  

boshqarma  vakillari,  aholini  ijtimoiy  muxofaza  qilish,  sog’liqni  saqlash   

vazirliklari, mutaxassislar, Oliy  ta’lim  professor  o’qituvchilari,  malaka  oshirish  

institutlari  xodimlari,  nodavlat  jamoat  tashkilotlari,  nogiron  bolalari  bo’lgan  

ota-onalar,  matbuot  va  axborot  vasitalari  xodimlari,  jurnalistlar  qatnashib,  

hozirgi  kunda  vujudga  kelayotgan  muammolar  ustida  to’xtalib,  bahs-munozara  

yuritdilar. Bu  konferensiyada  imkoniyati  cheklangan  bolalarning  qobiliyatlari,  

mehnat natijalari,  san’at,    sportda  erishgan  yutuqlari  va  mahoratlari  namoyish  

etildi.  Uning  tahlili  shuni  ko’rsatdiki  alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  



 

- 23 - 


inklyuziv  ta’lim  tizimida    ta’lim  olishi  ularni  rivojlanishiga  ijobiy  ta’sir  

ko’rsatishi  yana  bir  bor  ekspertlar  tomonidan  qayd  etildi. 

Inklyuziv  ta’lim   konsepsiyasini  O’zbekistonda  joriy  qilish  va  undagi  

muammolarni  hal  qilish   maqsadida  turli  xil  chora-tadbirlar  uyushtirish,  

matbuot-axborot  vasitalari  orqali  targ’ibot-tashviqot  ishlari  bir  muncha   

faollashdi.   

Respublika ta’lim markazi YuNESKO tashkiloti bilan hamkorlikda 2001 yilda 

“Inklyuziv ta’lim” mavzusida seminar o’tkazib, uning tavsiyalariga asosan 

Respublika Ta’lim Markazi  maxsus ta’lim bo’limi qoshida “Inklyuziv ta’lim 

resurs markazi” tashkil etildi. “Inklyuziv ta’lim resurs markazi”ning vazifalari 

quyidagilardan iborat qilib belgilandi: 

-ta’limga jalb etilmagan imkoniyati cheklangan bolalar ta’limini tashkil 

etishga ko’maklashish; 

-inklyuziv sinf va guruhlarni o’quv metodik majmualar bilan ta’minlash; 

-joylardagi resurs markazlarga amaliy-uslubiy yordam ko’rsatish; 

-imkoniyati cheklangan bolalarning ota-onalariga farzandlarini tarbiyalash, 

maktabga va ijtimoiy hayotga tayyorlashga oid turli shakldagi tadbirlarni tashkil 

etish, maslahatlar berish; 

-imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga ta’lim berish, kasb-hunarga 

o’rgatish ishlarini amalga oshirish maqsadida umumta’lim muassasalarida 

inklyuziv sinflar va guruhlar tashkil etish, ta’limni integrasiya asosida olib borish 

kabilar.    

2002  yilning 31 may kuni  “Ta’lim  hamma  uchun  Dakar 

 

Deklorasiyasi”ning  mohiyatini  O’zbekistonda  tadbiq  etish  yuzasidan Xalq 



Ta’limi Vazirligi, YuNESKO xalqaro tashkiloti bilan hamkorlikda “Ta’lim hamma 

uchun” mavzusida  halqaro  forum  tashkil  etildi. Forumda  xalqaro YuNESKO 

tashkilotining eksperti janob Kotibxon ishtirok etib forum qatinashchilariga 

“Ta’lim hamma uchun” Milliy dastur rejasini ishlab chiqish mavzusida seminar 

tashkil etdi.  


 

- 24 - 


Natijada  2003  yil  “Ta’lim  hamma  uchun”   dasturining  Milliy  rejasi  

ishlab  chiqildi. “Ta’lim hamma uchun” dasturining Milliy rejasi 2000 yilgi Dakar 

shartnomalari doirasida ishlab chiqilgan bo’lib, siyosatchilar, ta’lim tizimi, 

 

vazirlik va idoralar rahbarlari, pedagoglar, jamoat arboblari, O’zbekiston 



Respublikasi uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish muammolari bilan qiziquvchi 

barcha shaxslar uchun mo’ljallangan. “Ta’lim hamma uchun” Milliy harakat 

rejasini ro’yobga chiqarish bo’yicha yaqin davrlar (2001-2015-  yillar)ga 

mo’ljallangan tadbirlar belgilanib, u Ta’lim hamma uchun milliy harakati hamda 

umumiy o’rta ta’lim maqsad va vazifalarini ro’yobga chiqarish siyosati” deb  nom 

olgan   VI bandining IX yo’nalishi Maxsus ta’limga yo’naltirilgan bo’lib, unda 

maxsus ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalariga jalb etishda qonunchilik va 

me’yoriy bazani takomillashtarish, maktabgacha va boshlang’ich ta’lim-tarbiya, 

maxsus ta’lim mazmunini, inklyuziv ta’lim jarayonining o’quv-uslubiy tomonini 

takomillashtirish, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish

inklyuziv ta’limning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, inklyuziv ta’limni 

joriy etishda targ’ibot-tashviqot ishlarini olib borish va boshqa masalalar qayd 

etilgan. 

Bu  ishlarni  yanada  rivojlantirish  maqsadida  2003  yilda  Inklyuziv ta’lim 

bo’yicha  o’tkazilgan  respublika  seminarida  xorijiy  davlatlar  ekspertlari,  

mutaxassislar,  olimlar,  Xalq  ta’limi  vazirligi, joylardigi viloyat Xalq  ta’limi 

boshqarmalari va bo’limlarining ta’limga mas’ul vakillari,  Tashxis markaz  

raxbarlari,  umumiy  va  maxsus  ta’lim  pedagog  raxbarlari,  jamoat  tashkilotlar  

vakillari  va  boshqalar  ishtirok   etdilar. 

Seminarga YuNESKOning eksperti Vakayto Unversiteti professori Devid 

Mitchel (Yangi Zellandiya) kordinatorlik qilgan.   Devid Mitchel “Inklyuziv 

ta’limning tashkil etishning  asl, mohiyati, umumta’lim tizimida alohida sinflar 

yoki guruhlar tashkil etish bilan chegaralanib qolmay balki ularni me’yorida 

rivojlangan bolalar kabi ta’lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlarni 

yaratishdir”.  Shuningdek inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etishda xalqaro ish 

tajribalari bilan fikr almashdi.                                                                            



 

- 25 - 


2005 yilning 19 sentyabr kuni XTVning  234-sonli buyrug’i bilan «Imkoniyati 

cheklangan bolalalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim to’g’risida  muvaqqat 

Nizom»i tasdiqlandi. Ushbu Nizomda inklyuziv ta’lim tizimining maqsad, 

vazifalari belgilab berilgan. Unda qayd qilinishicha, imkoniyati cheklangan bolalar 

va o’smirlar quyidagi tartibda inklyuziv ta’limga qamrab olinadi: 

-ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar; 

-harakat muvozanati buzilgan; 

-  o’z-o’ziga xizmat qila oladigan debillik darajasidagi oligofren bolalar va 

o’smirlar; 

-nutqida nuqsoni bo’lgan (muloqoti cheklanmaydigan darajadagi) bolalar; 

-zaif ko’ruvchi bolalar va o’smirlar; 

-zaif eshituvchi va kech (5 yoshdan keyin)kar bo’lgan bolalar; 

-ko’zi ojiz (Brayl yozuvi va o’qishni egallagan)  bolalar va o’smirlar; 

-kar (muloqot darajasida nutqi bo’lgan, o’qish va yozishna egallagan) bolalar 

va o’smirlar.  

«Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar uchun inklyuziv ta’lim 

to’g’risida  muvaqqat Nizom»ning 4-bandida  inklyuziv ta’lim tizimida o’quv 

tarbiya jarayonini tashkil etishning quyidagi  masalalari qayd etilgan:  

4.1.Inklyuziv ta’limni tashkil etilgan barcha umumta’lim maktablarida 

imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarga nisbatan do’stona munosabat ruhi 

shakllanadi.  

4.2. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida Davtlat 

Ta’lim standartlariga ilova sifatida imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlar 

uchun korreksion dastrlar ham inobatga olinadi, maxsus korreksion ishlarni amalga 

oshirish uchun shart-sharoitlar yaratiladi (maxsus jixozlangan korreksiya xonasi, 

maxsus infrastruktura). 

4.3. Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktablarida 

tayorlov guruh va birinchi sinflarida 35 daqiqa boshqa sinflarad 45 daqiqadan 

darslar olib boriladi; 


 

- 26 - 


4.4. Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning bilimlari ularning shaxsiy 

xususiyatlari va qobiliyatlariga asoslangan holda belgilangan tartibda baholanadi.  

4.5. Ta’lim jarayonida zamonaviy umumdidaktik tamoyillar bilan bir qatorda 

maxsus tamoyillar ham e’tiborga olinadi. 

4.6. Korreksion ta’lim o’quvchilarning ehtiyojlariga ko’ra tabaqalashtirilga 

holda tashkil etiladi.  

4.7.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabiga 

o’quvchilar ota-onalarning arizasi hamda “Tibbiy-psixologo-pedagogik 

komissiya”lari xulosalari asosida qabul qilinadi va ta’lim muasasalari 

rahbarlarining buyrug’i bilan tasdiqlanadi.  

4.8.Inklyuziv ta’lim amalga oshirilayotgan umumta’lim maktabidagi 

sinflarida integrasiya qilingan o’quvchilar soni 4 nafardan oshirilmaydi hamda 

o’quvchilar umumiy soni 25 nafargacha belgilanadi.  

Shuningdeq mazkur Nizomda inklyuziv ta’lim ishtirokchilari, inklyuziv ta’lim 

mutaxassislarining ota-onalar yoki boshqa qonuniy vakillar bilan hamkorligi, 

xalqaro hamkorlikda qatnashish xususiyatlari batafsil bayon etilgan. 

“Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smrlar uchun nklyuziv ta’lim muvaqqt 

Nizom”  asosida  Respublikamizda    inklyuziv  ta’lim  tizimining   quyidagi  

huquqiy-ijtimoiy  asoslari   yaratildi:  

-bolani  ijtimoiy  hayotga  tayyorlashda  yoshi,  jinsi  irqi,  millatidan  qat’iy  

nazar  O’zbekiston  Konstitusiyasining  moddasiga  asosan  barcha  bolalar  

umumta’lim  jarayoniga  kiritish va  ijtimoiy  hayotga  moslashtirish lozimligi 

belgilangan; 

-har  bir  bola  o’zining  qiziqishi  qobiliyati,  va  ehtiyojiga  ko’ra  mos  

ravishda  bilim  olishi   huquqiga  ega; 

-ta’lim  dasturini ishlab  chiqishda  va  amalga  oshirishda  o’ziga  xoslik  va  

ehtiyojlarning  turli-tumanligini  nazarda  tutish

-har  bir  bola  tengdoshlar  qatori  bilim  olish  huquqiga  ega  bo’lishi; 

-bolani  ta’limga  emas,  balki  ta’limni  bolani  ehtiyojiga  ko’ra  tashkil  

etilishi; 



 

- 27 - 


-bolan  muhtojligi  va  imkoniyatini  e’tiborga  olgan  holda   ta’lim  

metodologiyasini,  o’quv  rejalarni  ixcham  bo’lishini    qo’llab-quvvatlash  hamda  

baholash; 

-inklyuziv  ta’lim  muammoni  bolada  emas,  tizimda  ekanligini   aniqlaydi,  

bolaga  qulay  shart-sharoit  yaratishni  ta’minlaydi; 

-bolani  shaxsiy  ehtiyojiga  qarab  korreksion-pedagogik  va  ijtimoiy  

yordamni  tashkil  qiladi    va hokazo.                    

  Yuqorida keltirilgan inklyuziv ta’limnig huquqiy asoslarga tayangan holda  

bu ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, uni amaliyotga joriy etishni 

jadallashtirish maqsadida 2005 yilning 14-15 dekabr kunlari Toshkent shahrida  

“Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusida yirik 

xalqaro Konferensiya o’tkizildi. Ushbu konferensiyada xalqaro tashkilotlarning 

O’zbekistondagi vakolatxonalarining  vakilliri ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok 

etdilar. YuNISEF tashkiloti vakili Reza Xosseyn, YuNESKO tashkiloti vakili Bari 

Layn, “Mersi Projekt” , “Opereyshn Mersi”, Kosta Rika davlatlari xalqaro vakillari 

shular jumlasidandir. 

 “Ta’lim hamma uchun” Milliy dasturini joriy qilish bosqichlari” mavzusidagi 

xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada quyidagi vazifalar hal etildi: 

-“Ta’lim hamma uchun” umummilliy dasturining mohiyatini targ’ibot qilish; 

-Respublikada imkoniyati cheklangan bolalar  inklyuziv ta’limini tashkil etish 

bo’yicha me’yoriy metodik hujjatlarni ishlab chiqish; 

-imkoniyati cheklangan bolalarni erta tashxis qilishning zamonaviy uslublarni 

muhokama qilish; 

-psixologo-tibbiy-pedagogik komissiya, Tashxis markazlari, psixologik 

xizmat faoliyati samaradorligini oshirish; 

-sog’liqni saqlash, mehnat va ijtimoiy muxofaza vazarligi tashkilotlarining 

imkoniyati cheklangan bolalarni aniqlash hisobga olish, davalash, ijtimoiy 

himoyalash borasidagi   faoliyatini jonlantirish; 

-imkoniyati cheklangan bolalarga ta’lim berish, ularni ijtimoiy himoyalash 

borasidagi davlat va nodavlat tashkilotlarning hamkorligini kuchaytirish; 



 

- 28 - 


-inklyuziv ta’lim jarayonida uchraydigan to’siqlarni bartaraf etish yo’llari 

bilan tanishtirish .  

Konferensida nafaqat Respublikamizning soha vakillari, balki qardosh 

Qozog’iston, Qirg’iziston, Rossiya davlatlar vakillari ham ishtirok etib, o’z 

davlatlarida inklyuziv ta’lim tizimi modayellari, bu sohada qo’lga kiritilgan 

yutuqlar bilan konferensiya ishtirokchilarini tanishtirishga muvaffaq bo’ldilar.  

 “Ta’lim  hamma  uchun” milliy  harakat  reja  dasturini    amalga   oshirish  

bo’yicha  erishilgan  yutuqlar  va  muammolar  konferensiya  kun  tartibida  

quyidagi  mavzular bo’yicha  guruhlarda  ishtirokchilar  tomonidan muhokama  

etildi:    

-“Nuqsonlarni  ilk  tashxis  qilish  va  korreksion  pedagogik  yordam  

ko’rsatish-alohida  yordamga  muhtoj  bolalar  integrasiyasining  muhim  omili  

sifatida”. 

-“O’zbekistonda  alohida  yordamga  muhtoj  bolalar  integrasiyasining  milliy  

modeli”   

-“Imkoniyati  cheklangan  bolalar  oilalarining  ijtimoiy  reabilitasiyasi” va 

shu kabi.  

Bugungi kunga qadar Respublikamizda o’tkizilgan seminar treninglarda 

500dan ortiq ishtirokchilar inklyuziv ta’lim tizimining mazmun mohiyati, uni joriy 

qilish bosqichlari xususida mukammal ma’lumotlarga ega bo’ldilar. 

  Imkoniyati  cheklangan  bolalarni  inklyuziv  ta’lim  tizimida  ta’lim  olishini   

yanada  takomillashtirish,  amaliyotda  uchraydigan  muammolarning  yechimlarini  

davlat  va  nodavlat  tashkilotlar  hamkorligida  hal  qilish  masalalari  yuzasidan  

quyidagi  tavsiyalar  ishlab  chiqildi:   

-korreksion  ta’lim  strukturasini  sifat  jihatdan  yangilash; 

-respublikaning  ijtimoiy  iqtisodiy  rivojlanishini  hisobga  olgan  holda  

bosqichma-bosqich  to’liq  integrasiyasiga  amal  qilish; 

-davlat  normativ  hujjatlariga  inklyuziv  ta’limni  joriy  etish  bo’yicha  

qo’shimchalar  kiritish  yoki  tadbirlar  ishlab  chiqish  va  tasdiqlash; 

-binoni  ularga  mos  ravishda   rekonstruksiya  qilish; 



 

- 29 - 


-umumta’lim  tizimida  ta’lim  olayotgan  maxsus  ehtiyojli  bolalar uchun 

zaruriy   moddiy  texnik  ba’zani yaratish;   

-inklyuziv  ta’limni  tashabbuskorliq  mehr-muruvvat tarzida  tashkil  etish; 

-maktabning  ish  faoliyatiga  inklyuziv  ta’limni  amalga  oshirish  borasida  

o’zgarishlar  kiritish; 

-umumta’lim  muassasa  pedagoglarini  inklyuziv  ta’lim  bo’yicha  qayta  

tayyorlash; 

-barcha pedagogika oliygohlarida va  o’rta  maxsus  o’quv  yurtlarida  

korreksion  pedagogik  kurslarni kiritilishi; 

-  korreksion  Davlat  ta’lim  talablari  va  dasturlarni  imkoniyati  cheklangan 

bolaning  imkoniyatlaridan  kelib  chiqqan  holda  moslashtirishirilgan,  ishlab  

chiqish; 

-umumta’lim,  maxsus  maktab  pedagoglari,  ota-onalar  uchun  o’quv  

metodik  va  ilmiy  ommabop, ixcham   turdagi  o’quv  adabiyotlar  va  individual  

dasturlar  yaratish; 

-nogiron  bolani  ilk  yoshidan  tashxis qilish  va  korreksion  pedagogik  

yordam  berish; 

-imkoniyati  cheklangan  bolalarni   umumta’lim  tizimida  umumiy  va  

korreksion  ta’lim  olishini  ilmiy  asoslari,  standart  talablar,  o’quv  metodik  

majmualarni  yaratish  va  ta’minlash;                   

-kasb-hunarga  o’rgatish,  reabilitasiya  qilish   va  bu  ishda  oilani  bevosita  

ishtirokini  ta’minlash  kabi bir  qator  dolzarb  masalalarni  kelajakda keng  

qamrovli  bajarish  uchun  davlat  tasarrufida  muvofiqlashtiruvchi  ilmiy-

pedagogik  resurs  markazi,  boshqarma,  ilmiy  labaratoriyalar  tashkil  qilish  kabi 

tashkiliy,  ilmiy-uslubiy,  amaliy  ishlarni bajarish   inklyuziv  ta’limni  joriy  qilish  

muvaffaqiyatini  ta’minlaydi. 

 

 


 

- 30 - 


Yüklə 330,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin