O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi


 Umum ta’lim maktablari tizimida nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv



Yüklə 330,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix22.11.2019
ölçüsü330,03 Kb.
#29660
1   2   3   4   5
inklyuziv talim


2.3. Umum ta’lim maktablari tizimida nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv 

ta’limini tashkil etishning maqsad va vazifalari. 

  Inklyuziv ta’limning asosiy maqsadi ta’limni boshlash imkoniyatiga ega 

bo’lgan barcha bolalar, shu jumladan alohida yordamga muhtoj bo’lgan bolalarni 

umumta’lim jarayoniga qamrab olishdir. Inklyuziv ta’lim alohida yordamga 

muhtoj bolalarga ta’lim olishni taqdimetishi bilan katta ahamiyatga ega. Bu ana 

shunday bolalarni uzluksiz umumiy ta’lim tizimiga kiritishni bildiradi. Ushbu 

jarayon o’zining quyidagi huquqiy, ijtimoiy asoslariga ega bo’lmog’i zarur. Ya’ni:  

Har bir bola ta’lim olish uchun asosiy huquqga ega va kerakli darajada 



bilim olish imkoniyatiga ega bo’lishi kerak. 

Har bir bola o’z xosliklariga, qiziqishlariga, qobiliyat va o’quv 



ehtiyojga ega. 

Ta’lim yuzasidan alohida ehtiyojga ega bo’lgan ommaviy maktablarda 



o’qish imkoniyatiga ega bo’lishlari, bu yerda ularning ehtiyojlarini qondirish 

maqsadga yo’naltirilgan pedagogik metodlar asosida sharoit yaratish zarur. 

Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar 



bilan bir xil sharoitda o’qishlari va kamol topishlari zarur. 

Inklyuziv sinflar o’quvchilar va pedagoglarga jamiyatga va maktabga 



yangicha qarashni rivojlantirish orqali jamiyatning eng yaxshi a’zolari bo’lishlari 

uchun yordam berishga yo’naltirilishi zarur. 

Inklyuziv ta’lim umumta’lim maktablari o’quvchilari, direktorlari, 



ota-onalar va maxsus pedagoglarni bitta guruhda hamkorlik qilishlarini  talab 

qiladi. Ko’p hollarda alohida yordamga muhtoj bolalarning ota-onalari o’z 

bolalarining ta’limga oid huquqlari va boshqa imkoniyatlari haqida noto’g’ri 

tushunchaga ega bo’lganlari natijasida bu bolalarga to’g’ri ta’lim berishni talab 

qilmaydilar. 


 

- 44 - 


Ota-onalar o’z bolalaridagi nuqsonlar tufayli uyalish va o’zini yo’qotib 

qo’yish kabi to’siqlarni engishlari haqida ma’lumotga ega bo’lishlari kerak. 

Hamma ota-onalarga inklyuziv ta’limning mazmuni nimalardan iboratligi va bu 

bolalarga qanday imkoniyatlar berishi haqida batafsil ma’lumot berilishi zarur. 

Ota-onalarning o’z bolalariga ta’limli yordam ko’rsatishini cheklamaslik 

bilan bir jihatdan kengaytirish zarur. Shunday yo’l bilan ota-onalar bolalarni o’quv 

muassasalariga joylashtirish va o’quv dasturlarini aniqlik, shuningdek o’quv 

jarayonini uyda yoki boshqa joyda davom ettirishga oid muhokamalarga jalb 

qilishi zarur. 

Har qanday bola kamol topib sog’lom o’ssa, uning bilim faoliyati, sezgi 

qobiliyatlari mukammal rivojlanib borsa, bunday bolalar 6-7 yoshdan boshlab 

maktabga qabul qilinishga tayyor bo’ladi. 

Lekin umumta’lim maktab o’quvchilari orasida o’quv dasturlarini 

o’zlashtirishda qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bolalar uchrab turadi. 

Bolaning hoh ona qornida, hoh tug’ilgandan keyin rivojlanib borishi uchun zarur 

bo’lgan ma’lum shartlarning bo’lishi natijasida jismoniy va ruhiy, aqliy nuqsonlar 

kamchiliklarga olib kelishi mumkin. Bunday bolalarda eshitishda, ko’rish 

qobiliyatida, nutqiy va aqliy faoliyatida nuqsonlar paydo bo’ladi. 

Hozirgi vaqtda bunday  bolalarni o’z sog’lom tengqurlari qatorida 

umumta’lim maktablarida o’qishni inklyuziv ta’limi yo’lga qo’yilmoqda. 

Umumta’lim maktablaridagi nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv ta’limini tashkil 

qilishda o’qituvchilar nimalarga e’tibor berishlari lozim. Quyidagi ayrim nuqsonli 

o’quvchilarni umumta’lim maktablarida nimalarga e’tibor berishi haqida to’xtalib 

o’tmoqchimiz. 



I. Eshitishi zaif bolalarni etarli savod olishlari uchun o’qituvchilar oldida 

quyidagi vazifalar turadi: 

-  Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarni nutqida, ruhiyatidagi o’zgarishlarni 

o’z vaqtida bilish lozim. 

-  Bolaning eshitish qobiliyati darajasini bilish maqsadida zarur bo’lsa 

davolash uchun mutaxassis ottolorengolog oldiga yuborish lozim. 


 

- 45 - 


-  Eng muhimi sinfda qulog’i uncha yaxshi eshitmaydigan bola borligini 

hamisha esda tutish va bunday bolalarni 1-partaga o’tqazib qo’yish kerak. 

-  O’qituvchi sinf o’quvchilarigamavzuni tushuntirayotganda, diktant matnini 

o’qiyotganda o’quvchini mavzuni qanchalik fahmlaganini ko’rishi lozim. 

-  Qulog’i yaxshi eshitmaydigan bolalarning ishini baholayotganda, xatolar 

sifatini tahlil qilganda, qulog’i yaxshi eshitmasligi tufayli xatoga yo’l qo’ygan 

bo’lsa, bahoni pasaytirmaslik lozim. 

-  O’qituvchi bolaning ota-onasiga bolaning o’qishda uchraydigan 

qiyinchiliklarining xususiyatlarini tushuntirish, o’quvchiga uy topshiriqlarini 

tayyorlashda qay tariqa to’g’ri yordam ko’rsatishi kerakligini o’qitish.  



II. Nutqida kamchiligi bor o’quvchilar bilan ishlashda.  

         o’qituvchi quyidagilarga e’tibor berishi zarur: 

-  O’qituvchi noto’g’ri talaffuz qiladigan o’quvchilarga alohida e’tibor qilish, 

hamda logoped mutaxassislaridan maslahat olishlari kerak. 

-  Bolaning o’qish va yozishdagi xatolari uchun past baho qo’yib ranjitmaslik, 

unga dalda berish, uning hulq atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish, unga 

qiyinchiliklarni bartaraf qilish mumkin degan fikrni singdirish mihimdir. 

- Duduqlanuvchi bolalar bilan alohida suhbatlar qilish, ularning xarakter 

xususiyatlarini o’rganish lozimdir. Sinf o’quvchilariga duduqlanuvchi o’rtog’i 

ustidan kulmaslik, uning kamchiligini yuziga solmaslik, unga sinf o’quvchilarining 

hayrihohligini tashkil qila bilish kerak. 

-  Duduqlanuvchi o’quvchi savollarga og’zaki javob bergan vaqtida  ularga 

xushmuomalalik bilan yordam ko’rsatish, ulardan darhol katta uzun gaplar tuzishni 

talab qilmaslik kerak. 

-  Duduq  o’quvchilarning bilimlariga, ularning yozma javobiga qarab baho 

qo’yish ma’quldir. 

-  Ulardan chet kishilar bo’lganda og’zaki javob berish talab qilinmaydi. 

-  Duduq bolalarga baqirib gapirish, masxara qilish, laqab qo’yish mutlaqo 

noo’rindir. 

 


 

- 46 - 


III. Ko’rish qobiliyati zaif o’quvchilar bilan ishlashda o’qituvchining 

vazifasi  

 

-  Agar sinfda ko’zi yaxshi ko’rmaydigan o’quvchi bo’lsa birinchi navbatda 

ota-onasiga murojaat qilib, uni ko’z vrachi mutaxassisga ko’rsatishni tavsiya qilish 

kerak. 


-  Ba’zida bolaning ota-onasi ko’zi ojizligini yashirishga harakat qiladilar. 

Oddiy maktab sharoitida ko’zga zo’r berish qanday oqibatlarga olib kelishini 

o’ylamaydilar. O’qituvchi bu tomonlarini ham ota-onalarga tushuntirib o’tishi lozim. 

-  Ko’zi yaxshi ko’rmaydigan bolalarni o’z vaqtida aniqlamaslik, ularning 

ulgurmasligiga, so’ngra esa ta’lim-tarbiyadagi buzilishlarga olib kelibgina qolmay, 

balki busiz ham ko’zdagi nuqsonni yanada og’irlashtirib yuborishiga sabab bo’lishi 

mumkin. 

-  Shuni unutmaslik kerakki, umumta’lim maktab o’quvchisi uchun oddiy 

bo’lgan ko’pgina mashg’ulotlar masalan egilish, qattiq sakrash, jismoniy tarbiya 

darsida og’irliklarni ko’tarish kabilar ham bolaning ko’rish qobiliyatiga zarar 

etkazishi mumkin. 

-  O’qituvchu sinfda ko’zi ojiz borligini nazarda tutgan holda bunday bolalar 

uchun alohida ko’rgazmalar tayyorlab, dars o’tishi lozim. 

-  Bolaning ko’rish qobiliyatini himoya qilish uchun ota-onalar bilan 

hamkorlikda ko’zoynak taqishni tashkillashtirish lozim. 

 

IV. Aqli zaif bolalar bilan ishlashda o’qituvchining vazifasi  

 

-  Umumta’lim maktablarida o’qiyotgan aqli zaif bolalarni bilish faoliyati bilan 



sog’lom bolalar bilish faoliyatlarini farqlay bilish lozim. 

-  Sog’lom bolaga qo’yilgan o’quv-dastur talabini aqli zaif bolaga 

qo’llamaslik. 

-  Dars  jarayonlarida aqli zaif bolalarni o’zlashtirish qobiliyatiga mos 

keladigan vazifalar berib boorish lozim. 


 

- 47 - 


-  Bolani darslarni o’zlashtirmasligi uchun o’quvchilar o’rtasida izza 

qilmasdan, balki uning ayrim yutuqlarini hisobga olib rag’batlantirish choralarini 

ko’rish. 

-  Umumiy aqli zaif bolalarni umumta’lim maktablarida o’qitish ishi 

o’qituvchi oldida ancha murakkab muammolarni keltirib chiqaradi. Bu o’rinda 

o’qituvchilarimiz ularning ota-onalari bilan hamkorlikda ish olib borishi, bolalarini 

xarakter xususiyatlarini hisobga olgan holda ular bilan dars jarayonida ish olib 

borish muhim ahamiyatlidir. 

                  Umuman xulosa qilib aytadigan bo’lsak umumta’lim maktablarida 

o’z sog’lom tengqurlari qatorida o’qiydigan bolalarga o’qitish va ta’limni to’g’ri 

tashkil qila bilish har bir o’qituvchini mas’uliyatli burchi bo’lib qolishi kerak. 

         Nuqsonli bolalarni hayotda o’z o’rnini topishi, kelajakda o’z mehnati 

evaziga hayot kechirish ko’nikmasiga ega bo’lish, o’qituvchilarimizning oldida 

turgan asosiy vazifa hisoblanadi. 

 Imkoniyati  cheklangan  bolalarni  inklyuziv  ta’limga  jalb  qilish   

Respublikamizning  ayrim  viloyatlarida,  jumladan  Farg’ona,  Andijon,  Xorazm,  

Toshkent  viloyatida  tajriba  sinov  ishlari  boshlangan  bo’lib,   bu  ishlarni 

amalga oshirishda   nodavlat  jamoalar,  xorijiy  tashkilotlar  tashabbus  

ko’rsatmoqda. Halkar YuNESKO tashkiloti va Xalq Ta’lim Vazirligi bilan 

hamkorlikda O’zbekiston Respublikasining ta’lim muassasalarida inklyuziv-

korreksion ta’limning tayanch punktlari tashkil etildi. Ular alohida yordamga 

muhtoj bolalar ta’limi bilan shug’illanuvchi, "Inklyuziv ta’lim" dasturini amalga 

oshiruvchi yagona punktlar hisoblanadi. 

Farg’ona  viloyati  Qo’qon  shahri  maxsus  ehtiyojga  ega  bo’lgan  bolalarni  

ijtimoiy  qo’llab  quvvatlash   “Ziyo”  markazi  umumta’lim  maktablariga   

imkoniyati  cheklangan  bolalarni jalb  etish     YuNESKO  loyihasi  asosida  2004  

yil  o’z  faoliyatini  boshladi. Sinov - tajriba  maydonlari  uchun  Farg’ona  viloyati  

Qo’qon  va  Marg’ilon  shahridagi   4 va 5-sonli  aqli  zaif  bolalar,  9-sonli  zaif  

ko’ruvchi  bolalar  maxsus  maktab  internatlarida,  64-sonli  falaj  bolalar  bog’cha  

majmuasi,  39-sonli  nutqida  nuqsoni  bo’lgan  bolalar  bog’chasi,  1,9-sonli  



 

- 48 - 


umumta’lim  maktablari,  Andijon  viloyati  5,  31 -  sonli  umumta’lim  maktablari   

tanlandi..  

  Inklyuziv  ta’lim  borasida  tajriba  sinov ishlari 2004  yil  iyun  oyidan  

boshlangan.  Dastavval  ma’lumotlar  banki  yig’ildi.  Bu  ishga  ota-onalar,  

o’qituvchilar   va  mahalla  qo’mitasi  a’zolari  jalb  etildi.  Andijon viloyati  31-

sonli  umumta’lim  maktabining  4-sinf  o’quvchisi  L.Habibullayev  (zaif  

eshituvchi)   2001-2002  o’quv  yillarida  resurs  pedagog  M.Valiyeva  tomonidan  

umumta’lim  maktabining  inklyuziv  sinflarida  o’qitila  boshlagan.   Dastavval  

unga  Xo’jaobod  tumanidagi  kar-soqovlar  maktab-internatiga  yo’llanma  

beralgan,  masofa  uzoqligi  sababli  31-sonli  umumta’lim  maktabiga jalb etilgan. 

Resurs pedagog Valiyeva  Mamlakatxoning aytishicha,  Habullayev  Lutfillaga 

normal  bolalar  bilan  o’qish  ilk  bosqichda  qiyin  bo’lgan.  Differensial va 

individual  yondashish  yordamida  asta-sekin  qiyiniliklar  ortda  qolib,  bilim,  

ko’nikma  va malakalari  hosil   bo’la  boshladi.  Tengdoshlari  tomonidan  

kamsitilmay  balki  ularning   mehr-muhabbatiga sazovvar bo’ldi. 

Oripova Yorqinoy Sobirovna rahbarlik qilayotgan Andijon shahar 5-sonli 

umumta’lim maktabida 78 ta sinf bo’lib, 2619 nafar o’qituvchi tahsil oladi. 

Shulardan boshlang’ich sinfda 5 ta o’quvchi inklyuziv ta’lim oladi. 

Ahmadullayeva Mukarram  resurs pedagoglik faoliyatini yuritayotgan 1-D-

sinfda Olloberdiyev Muzaffar (Oligofreniyaning debil darajasi), Isxokov Omonullo 

(mayda qo’l muskullari falajlangan) va  Ro’ziyeva Shoxsanam (RRS)  inklyuziv 

ta’lim olmoqda.  

Marg’ilon shahar 9-sonli umumta’lim maktabida tahsil olayotgan 

A.Hakimovning ta’lim-tarbiya olish jarayonini kuzatildi. A.Hakimovning  harakat 

tayanch a’zolari falajlangan bo’lib, nogironlar aravachasida o’tiradi. Inklyuziv 

ta’limga 4-sinfdan boshlab jalb etilgan. Dastavval o’qish jarayoni bola uchun juda 

qiyin kechdi, sog’lom tengdoshlaridan nogironligi tufayli ajralib qoldi. Ammo 

so’nggi kuzatuvlar natijasi shuni ko’ratdii, A.Hakimovni o’rtoqlari do’stona 

munosabatda tanaffus paytida  aravachada yetaklab yurishar, dars paytida esa sinf 

taxtasi yoniga yetaklib olib chiqishar ekan. Bu kuzatishdan shu narsa ayon 



 

- 49 - 


bo’ladiki, maxsus ehtiyojli bolalarni inklyuziv ta’limga jalb etish ularni barcha 

qatori teng huquqli ijtimoiy jamiyat a’zosi bo’lishini ta’minlaydi. 

  Inklyuziv  ta’lim  tizimini  joriy  qilish  loyihasi  Xorazm  viloyatida ham  

faol  tarzda  olib  borilmoqda.  Bu  ishda  Xorazm  viloyatining  bir  qator  

hududlarida  halqaro  YuNISEF,  “Opereyshen  Mersi”  nodavlat  tashkilotlari  va  

RTM  maxsus   ta’lim  bo’limi  bilan hamkorlikda tuzilgan  rejasiga  asosan  

amalga  oshirib  kelinmoqda.  Inklyuziv  ta’limning  loyihasi  1999  yildan  

boshlangan  bo’lib,  hozirgi  kunga  qadar  davam  etib  kelmoqda.  Loyihaning  

birinchi  bosqichida   “Opereyshen  Mersi”  tashkiloti  Xiva  tumani  Xalq ta’lim  

bo’limi  va  Respublika  ta’lim markazi  bilan  hamkorlik  rejasiga  binoan  Xiva  

tumnida  jismonan  falaj bolalar  uchun  4ta  integrasiya  sinflari  tashkil  etiildi.  

Maktab  binolarini  ta’mirlash  va    qo’shimcha  hodimlarni  ish  haqi  bilan,  

bolalarni  maktabga  muntazam  qatnashlari  uchun  transport  bilan   ta’minlashni  

“Opereyshen  Mersi”   tashkiloti  amalga  oshirdi.  “Opereyshen  Mersi”   

inklyuziv  ta’limni  butun  O’zbekistonga  targ’ib  qilishni  maqsad  qilib  qo’ygan  

va  ushbu  loyiha  doirasidagi  barcha  yangiliklarni  Respublika  ta’lim  markazi  

maxsus  ta’lim  bo’limi  bilan  hamkorlikda  amalga   oshirmoqda.  Loyihaning  

to’rt  nafar  a’zosi  2005  yil  dekabr  oyida  “Inklyuziv  ta’lim”  bo’yicha  

Respublika  koferensiyasida  ishtirok  etishdi  va  loyihani  keng  ommaga  

tanishtirishdi. 

2005  yilning  may  oyida  6-sonli  maktabda   yozgi  integrasiya  oromgohi,  

birinchi  sinflar  uchun  yangi  integrasiya-inklyuziv  sinfi   tashkil  etildi.   

Kosmobod  qishlog’i  6-sonli  maktabda  tashkil  etilgan  inklyuziv  ta’lim  

maktabining  4,5,6-  sinflari-integrasiya  sinflari etib  belgilandi.  Ikki  haftalik  

seminar  davamida 6-sonli  maktabda  ta’lim  olayotgan  jismonan  nogiron  12  

nafar  bolalar  hamda  Xiva  tumani   121-sonli  maxsus  ko’zi  ojizlar  maktabida  

ta’lim  olayotgan  10  nafar  ko’zi  ojiz  va  zaif  ko’ruvchi  bolalar  6-sonli  

maktabning  4  va  5  sinflarida  ta’lim  olayotgan  sog’lom  tengdoshlari  bilan  

birgalikda  ta’lim  olmoqdalar.  Maktabda  turli  xildagi  do’stona  munosabat  

muhitini  tarbiyalash  maqsadida  amaliy  seminarlar  uyushitirilmoqda.  Amaliy  



 

- 50 - 


seminarlar  nafaqat  bolalarning,  balki  maktab  hodimlarining  ham  nogironlarga  

munosabatlarini  ijobiy  tomonga  o’zgartirmoqda. 

Loyiha  rejasiga  binoan    har  bir  sinfda  maxsus  yordamga  muhtoj  bolaga  

ko’mak  beruvchi  maxsus  kurslardan  o’tgan  resurs  o’qituvchi  va  instruktorlar  

biriktirilgan. 

Yil  davamida  “Opereyshen  Mersi” xalqaro tashkiloti    6, 7  va  9-sonli  

maktablarning  3 ta  integrasiya  sinflari  bilan  ishlashni  davom  ettirdi.                      

Respublika ta’lim markazi, xalkaro "Opereyshen Mersi" tashkiloti bilan 

hamkorlikda, shuningdek YuNESKOning Xorazm viloyatidagi "inklyuziv ta’lim" 

tayanch muassasalarida 5 ta integrasiya sinflari va 10 ta tayanch harakat a’zolari 

shikastlangan bolalar uchun yakka tartibda "inklyuziv ta’lim"  tashkil etildi. 

Bugungi kunda 10 ta umumta’lim maktablarida 50 nafar bolalar inklyuziv 

sinflarda ta’lim olmokdalar. Ularga resurs pedagog biriktirilgan.  Xiva shaxrida 

pedagoglar, ota-onalar, medisina hodimlari ishtirokida seminar - treninglar tashkil 

etildi.  

Olib borilgan ishlar natijasida imkoniyati cheklangan bolalar ta’limiga 

jamoatchilik tashkilotlarning munosabati o’zgardi, ota-onalarning  bolalarga  

e’tibori ortdi, ta’lim olishlari uchun qiziqa boshladilar. Eng ahamiyatlisi bola 

tenqurlari kabi ta’lim olishga erishildi.  

  Surxondaryo viloyati Termiz shaxridagi "Imkon"  markazida 80 dan ortiq 

rivojlanishida turli nuksonli bo’lgan bolalar inklyuziv ta’limga jalb etilgan. 

   Halqaro YuNISEF tashkilotining “Inklyuziv ta’lim orqali bolaga do’stona 

munosabat o’rnatish” loyihasi asosida A.Avloniy nomidagi XTRHMOI maxsus 

ta’lim  kafedrasi mudiri U.Fayziyeva boshchiligida RTM maxsus ta’limi bo’limi 

mutaxassislari bilan hamkorlikda Farg’ona, Xorazm, Andijon viloyatlarida va 

Qorqalpog’iston Respublikasida bo’lib, imkoniyati cheklangan ta’limdan chetda 

qolgan nogiron bolalarni aniqlash va ularni ta’limga jalb qilish maqsadida 

oilalarga, tashxis markazlariga, XTBlarbo’lib, bolalarni ta’lim tizimiga kiritish 

masalalari va ular uchun shart-sharoitlar yaratishga oid muammolar ustida to’xtalib 


 

- 51 - 


o’tib, umumta’lim pedagoglari va ota onalar uchun trenig-seminarlar o’tkazdilar. 

(2005-2006 yillar)  

 “Inklyuziv ta’lim orqali bolaga do’stona munosabat o’rnatish” loyihasi 

asosida quyidagi natijalarga erishildi:  

300 dan ortiq umumta’lim maktablari o’qituvchilari o’qitildi; 

80 dan ortiq ota-onalar inklyuziv ta’limning asoslari va nogironlik sabablari 

xususida ma’lumot va bilimga ega bo’ldilar; 

3 ta metodik tavsiya ishlab chiqilib ulardan biri “Inklyuziv ta’lim asosida 

bolaga do’stona munosabatni shakllantirish” masalalari xususida; 

Seminarda ishtirok etgan 330ta o’qituvchi va joylardagi “Tashxis” markazlari 

rahbarlari yordami bilan 558 ta ta’limdan chetda qolgan ya’ni uyda yakka tartibda 

ta’lim olayotgan maxsus ehtiyojli bolalar ta’lim tizimiga kiritildi.  

  Mazkur loyiha asosida hozirgi kunda ham ishlar davam ettirilib, ta’limdan  

cheta qolib ketgan bolalarni aniqlab, nuqson turi va darajasiga  qo’yilgan tashxis 

xulosasiga ko’ra ta’limga jalb qilish ishlari olib borilmoqda. Inklyuziv ta’lim 

muammolarni hal qilish bo’yicha joylardagi xalq ta’limi bbo’limlari, mutasaddi 

tashkilotlar, jamoa tashkilotlari va ota-onalar hamkorlikda  Maxsus ehtiyojli 

bolalarni umumta’lim muassasalari tizimiga to’laqonli jalb qilish bir yillik ish 

emas, bu ishni bosqichma-bosqich amalga oshirishning konsepsiyasini ishlab 

chiqish unga va sharoitga qarab qisqa, o’rta va uzoq muddatlarga belgilash, aniq 

chora-tadbirlar ko’rish taqazo etiladi.  

Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy etish ustida olib borilgan tajribalardan shu 

narsa o’z isbotini topdiki,  har qanday imkoniyati cheklangan bolalarni nuqsonini 

ilk yoshdan o’z vaqtida aniqlab  mutaxassislarga murojaat qilinsa va maktabga 

tayyorgarlik ishi o’z vaqtida olibib borilsa abatta ko’zlangan maqsadga erishish 

mumkin. Ya’ni inklyuziv ta’limning samarasi yuqori darajada bo’ladi.  

 

 

 

 


 

- 52 - 


2.4.  Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammolar 

va to’siqlar. 

Inklyuziv ta’lim tizimida jahon miqyosida amaliyotga joriy qilish borasida 

bugungi kunga qadar ham juda ko’plab muammolar va to’siqlar mavjud. Ular 

jumlasiga quyidagilar kiradi: 

Salbiy munosabat; 

Hamjamiyatda ko’rinmaslik; 

Moddiy mablag’ muammolari; 

Jismoniy moslashtirish; 

Sinfdagi o’quvchilar soni; 

Qaramlik; 

Jinsiy belgilarga qarab kamsitish; 

Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. 

Salbiy munosabat-maxsus ehtiyojli bolalarning umumta’lim muasasalari 

tizimida ta’lim tarbiya olaishlari uchun eng katta to’siq bo’lsa kerak. Salbiy 

munosabat muammosining mazmuni shundaki, ota-onalar, hamjamiyat a’zolari, 

o’qituvchilar, umumta’lim muassasalari  hodimlari, boshqaruv organlaridagi hatto 

maxsus ehtiyojli bolalrning o’zlaridagi umumta’lim muassasalarida ta’lim tarbiya 

olishlariga nisbatan qashiliklari va buni istamasliklaridir. Bunga sabab 

nogironlarga nisbatan insonlardagi noto’g’ri fikr, ular to’g’risida ma’lumotlarning 

yetishmasligi, nogiron bolalarning chegaralangan muhitda o’sganligi va 

boshqalardir.    

Hamjamiyatda ko’rinmaslik muammosining mazmuni shundaki, ko’pincha 

ko’plab maxsus ehtiyojli bolalar ota-onalar tomonidan qattiq bekitiladi. Ularni 

uyga qamab hyech kimga ko’rsatmaydilar, ro’yxatga olish jarayonida nogiron 

bolasi to’g’risida hyech bir ma’lumot berilmaydi. Natijada ko’plab nogiron bolalar 

hamjamiyatda ishtirok etishdan mahrum bo’ladilar. Ular to’g’risida hyech bir 

ma’lumotni bo’lmasligi ta’lim-tarbiya muassasalariga qatnamasliklariga olib 

keladi.   



 

- 53 - 


Moddiy mablag’ muammolari. Jahon miqiyosida ko’pgina davlatlarda maxsus 

ehtiyojli bolalarni umumta’lim muassasalarida o’qitish juda qimmatga tushadi deb 

hisoblaydilar. Shuning uchun ham inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish masalasini 

hal qilmaydilar.  

Jismoniy moslashtirish masalasi har bir davlatda mavjud bo’lib, bu mammo 

asosida maxsus ehtiyojli bolalarni maktabga qatnashi masalasi yotadi. Maxsus 

ehtiyojli bola maktabga kelgandan so’ng u ko’pdlab muammolarga duch keladi, 

masalan, binoning ichkarisiga kirish, xonalar bo’ylab harakatlanish, hojatxonaga 

borish va hokazolar. Inklyuziv ta’limda  jismoniy xavsizlik va qulaylik muhimdir.  

Sinfdagi o’quvchilar soni muammosi. Sinfdagi o’quvchilar sonining ko’pligi 

ko’plab davlatlarda maxsus ehtiyojli bolalar uchun inklyuzivlikka to’sqinlik qiladi. 

Rivojlangan davlatlarda har bir sinfdagi bolalar soni 30 tadan oshmaydi. Ammo 

rivojlanishdan orqada qolgan davlatlarda esa bir sinfda 60-100 nafar bolaning 

o’qishi oddiy holdir.   

Qaramlik muammosi. Ya’ni bunda maxsus ehtiyojli bolalarning ko’pchiligini 

doimiy ravishda boshqalar ko’magiga muhtojlini nazarda tutiladi.  

Jinsiy belgilarga qarab kamsitish muammosi oqibatida ta’limda o’g’il bollar 

va qiz bolalarning teng munosabatda bo’lmasligidir.  

Favqulodda vaziyatlar, mojorolar va qochoqlar. Favqulotta vaziyatlar, 

mojorolar va qochoqlar nafaqat nogironlik sababchisi, balki, maxsus ehtiyojli 

bolalarning zaifligini yanada chuqurlashtirishga sababa bo’ladigan omildir. Jahon 

miqiyosida esa hanuzgacha bu muammoning yechimlari topilganicha yo’q.  

 Maxsus  yordamga  muhtoj  bolalarni  umumta’lim  muassasalari  tizimida  

o’qitish  borasida  respublikamizda  ko’zga  ko’rinarli  ishlar  qilindi. Halqaro  

tashkilotlar  YuNESKO,  YuNISEF  bilan   hamkorlikda  inklyuziv  ta’lim  

bo’yicha    8  ta  seminar,    6  ta  trening-seminarlar  va  halqaro  konferensiyalar  

tashkil  etildi. 

Bugungi  kunda  10  ta  umumta’lim  maktablarida  50  nafar  bolalar  

inklyuziv  sinflardda  ta’lim  olmoqdalar.   


 

- 54 - 


Olib  borilayotgan  ishlar  natijasida  imkoniyati   cheklangan  bolalar  

ta’limga   jamoatchilik    tashkilotlarining  munosabati o’zgardi,  ota-onalarning   

bolalariga  e’tibori  ortdi,  ta’lim  olishlar  uchun    qiziqishlari  yanada  ortdi.  

O’zbekistonda  imkoniyati  cheklangan  bolalarni   umumta’lim 

 

mussasalariga  jalb  etish,  integrasiya  asosida  ta’limni  tashkil  etishning  o’ziga  



xos  muammolari   va  qiyinchilaklari  bo’lsada  u  barcha  mintaqalarda  rivojlanib  

bormoqda.  Imkoniyati  cheklangan  bolalarga  ta’lim  berishning  noan’anaviy  

boshqa  shakllarini  tashkil  etishga  ham  harakat  qilinmoqda.   

Amalga  oshirilgan  ma’lum  bir  darajadagi  yutuqlar  bilan  birga   ayrim  hal  

etilishi  kerak  bo’lgan   quyidagi   muammolar  ham  mavjud: 

-ota-onalar  uchun   nogiron  bolalarni  o’qitish  tizimi,   inklyuziv  ta’lim  

tizimi  haqidagi o’quv  qo’llanmalarning  yo’qligi; 

-maxsus  ehtiyojli  bolalarni  uyda  o’qitish  uchun  mutaxassislarning  

mablag’  bilan  ta’minlash  tizimining  joylarda  talab  darajasida  yaxshi  yo’lga  

qo’yilmaganligi; 

-inklyuziv  ta’limni  joriy  qilish  bo’yicha  davlat  normativ  hujjatlarida qayd  

etilmaganligi;   

-nogiron  bolalar  oilasi  bilan  maktabning uzviy  aloqasi yo’qligi; 

-nogiron  bolalarni maktabga  kelishi  uchun  transport  bilan ta’minlash  

masalalari; 

-chekka  qishloqlardagi  tashxisning  yaxshi  yo’lga  qo’yilmaganligi; 

-nogironlar  aravachalari,  qo’ltiq  hassalar,  eshituv  apparatlari, 

 

ko’zoynaklar,  travmotologik  poyafzallarning  yetishmasligi; 



-davlat  tomonidan  kasb-hunarga  yo’altirish,  ish  bilan  ta’minlash,  

muammolari  to’laqonli  hal  qilinmaganligi; 

-nogiron  bolalarga  qarovchi  ota-onalar  uchun    nafaqaning  yo’qligi; 

-tevarak-atrof  muhitini  nogiron  bolalarga  nisbatan  salbiy  munosabati; 

-nogiron  bolalar  bilan  ishlash  mahallalarda  yaxshi  yo’lga  qo’yilmaganligi  

va  nodavlat-notijorat  tashkilotlarning  faoliyati  yetarli  emasligi; 



 

- 55 - 


-nogiron  bolalarning ota-onalaridagi huquqiy  bilimining  yetarli  emasligi  va  

davlat  tomonidan  belgilangan  imtiyozlarni  bilmasligi; 

-ta’lim  muassasalari  uchun  kadrlarning  yetarli  emasligi; 

-inshoatlarning  maxsus  yordamga  muhtoj  bolalar  uchun 

 

moslashtirilmaganligi; 



-malaka oshirish  tizimida  umumta’lim  pedagoglarini  maxsus    ta’lim   

yo’nalishi  bo’yicha  qayta  tayyorlash  ishlari  talab  darajasida  emasligi  va.h.k     

 Yuqorida     keltirilgan     muammolarni     hal     qilish     uchun quyidagi 

masalalar o’z yechimini topish kerak. Ular: 

1. 

Huquqiy yo’nalishda: 



"Ta’lim  to’g’risida"gi   Qonunga Inklyuziv  ta’lim  haqida modda kiritish

Imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarni ijtimoiy va 

korreksion   pedagogik   jihatdan   qo’llovchi   qonun   loyihasini 

tayyorlash; 

"Jismoniy    yoki    ruhiy    rivojlanishida     nuqsoni    bo’lgan bolalar va 

o’smirlarning uzluksiz ta’lim  Nizomini tasdiqlash; 

Jismoniy  yoki ruhiy rivojlanishida nuqsonli  bolalar va o’smirlarni uzluksiz 

inklyuziv ta’lim  tizimini takomillashtirish; 

 -Inklyuziv      ta’limni      qo’llovchi      moliyaviy     man’ba  mexanizmini 

aniqlash, uni qonuniy jihatdan himoyalash; 

-"Nogironlarni   ijtimoiy   himoyalash" haqidagi   Qonunning bajarilishi 

yuzasidan takliflar tayyorlash. 

2. 

Ilmiy-metodik yunalishda: 



       -Imkoniyati   cheklangan   bolalarga   yagona   korreksion  yordam 

tizimi Konsepsiyasini ishlab chiqish;  

- Metodik  majmualar ( dastur, darsliq o’kuv reja   metodik qo’llanma; va 

tavsiyalar) yaratish; 

      -  Yangi tahrirdan chiqqan DTSlarini maxsus ta’limga moslashtirish, 

shuningdek    imkoniyati cheklangan bolalarning umumta’lim maktablarida ta’lim 



 

- 56 - 


olishlarini inobatga olgan xolda inklyuziv maktabga mos keluvchi variativ o’quv 

rejalarini ishlab chiqish; 

-Respublikadagi imkoniyati cheklangan bolalar va o’smirlarning korreksion 

yordamga yo’naltirilgan yagona ma’lumotlar bazasini yangi zamonaviy kompyuter 

texnologiyalari asosida yaratish. 

3. 


Boshqaruv yo’nalishida: 

- Alohida yordamga  muhtoj   bolalar   bilan   aloqador   turli 

tashkilotlar,  bo’limlarni   birlashtirib turuvchi,  muvofiqlashtiruvchi markaz 

yaratish; 

- Davlatlararo   ko’pqirrali   rivojlantirishni   ta’minlash; (seminarlar,  

anjumanlar uyushtirish, ish tajriba almashish,  jurnallar chop etish va xakozo). 

- Imkoniyati   cheklangan   bolalar   va  o’smirlarni   ijtimoiy 

moslashish   va   reabilitasiya   qilish   bosh   muvofiqlashtiruvchi 

respublika ilmiy-amaliy markazini tashkil etish. 

4.Maktab  yo’nalishida: 

-Inklyuziv  ta’limni  amaliyotga  tadbiq  etishda  moliyaviy  ta’minot  va  

xususiy  manba’lardan  foydalanishni  kengaytirish; 

-Inklyuziv  maktab  uchun  kerakli  moddiy  texnik  ba’zani  o’rganish 

bo’yicha  takliflar  kiritish.   

 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 


 

- 57 - 


Yüklə 330,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin