O`zbеkiston rеspublikasi xalq ta’limi vazirligi



Yüklə 330,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix22.11.2019
ölçüsü330,03 Kb.
#29660
1   2   3   4   5
inklyuziv talim


XULOSA VA TAVSIYALAR 

  

Bugungi kunda eng dolzarb bo’lgan muammolardan biri, yani ijtimoiy 

himoyaga muhtoj bolalar bilan bog’liq, muhim vazifalar va tizimdagi holat 

xususidagi masaladir. 

O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng, barcha sohalarda bo’lgani 

kabi, bolalarni ijtimoiy himoyalash tizimida ham chuqur islohotlar va o’zgarishlar 

sodir bo’ldi. 

O’zbekistonning huquqiy davlat sifatida rivojlanishi jarayonida 

Prezidentimiz har bir fuqaroning manfaatini himoyalashda uning jinsi, millati, irqi, 

yoshidan qat’i nazar qonun ustuvorligini taminlashni asosiy omil sifatida 

 

 

belgilaganlar. 



Bugun yurtimizdagi har bir bolaga davlatimizning barcha haq-huquqlaridan 

to’liq foydalanadigan fuqarosi sifatida qaralishini takidlab o’tishimiz lozim. Xalq 

talimi vazirligi tomonidan bajarilayotgan islohotlarga davlat tomonidan ratifikasiya 

qilingan «Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya» tamoyillari asos qilib olingan. 

Bu: 

- kamsitmaslik masalalari 



- yashash va rivojlanish 

- bolaning shaxsiy manfaati 

- bolaning dunyoqarashi 

kabi jihatlarni o’z ichiga qamrab oladi. 

Mazkur tamoyillarni amalda qo’llash jarayonida bu vazifaning oson 

emasligi bilinadi. Bu borada quyidagilarni misol tariqasida keltirish mumkin: 

Masalan, internat muassasalarida tarbiyalanayotgan bolalarning 

ko’pchiligini nogiron bolalar tashkil etadi. Xalqaro tashkilotlarning 

tavsiyanomalarida deinstitusiyalashda inklyuziv metodni asosiy usul sifatida tatbiq 

qilish kerak deyilgan. Xo’sh, kar o’quvchining uyidan uzoq,da   o’qitilishi   uning   

konvensiyadagi   haq-huquqlarini buzadi, deyish mumkinmi? Biz «ha» deb javob 

beramiz.  Chunki bolani «kamsitmaslik» tamoyili va oilasi  bilan yashash 



 

- 58 - 


huquqidan mahrum etayapmiz. Agar bolani   uyiga yaqin joylashgan qishloq 

umumtalim maktabida 35 nafar o’quvchi talim olayotgan sinfda o’qishga qoldirsak  

bunda uning «shaxsiy manfaatlari» tamoyilini buzgan  bo’lamiz. Bola bu yerda 

o’ziga yetarli etiborni ololmaydi. Maktabda defektologlarning yo’qligi uchun 

o’quvchi maxsus muassasadagidek talim ololmaydi, oqibatda rivojlanishda orqada 

qoladi va kasb egallashga tayyorlana olmaydi.  Bundan tashqari, bu o’rinda 

bolaning «Shaxsiy fikri» tamoyili buziladi. 

Xalq talimi vazirligi bilan hamkorlikda Resplika bolalar  ijtimoiy 

 

moslashuvi  markazi  tomonidan borilgan izlanishlar shuni ko’rsatadiki, kar 



bolalarning 99 foizi umumtalim muassasalarida o’qishni xohlashmaydi Ijtimoiy   

himoyalash   bo’yicha   dunyoda   yetakchi  o’rinlarda turgan Shvesiyada ham 

vaziyat xuddi shunday ekan. U yerda o’quvchilar alohida maxsus internatlarda 

o’qitiladi. Xuddi shu  holni  Respublikamizdagi  aqli  zaif  o’quvchilarga 

mo’ljallangan maktab-internatlarda ham kuzatish mumkin. Shu bois, 

deinstitusiyalashga, inklyuziv ta’limni kiritishda muhitni chuqur o’rgangan holda, 

ehtiyotlik bilan  ish ko’rish zarur hisoblanadi. Zero, bizning asosiy maqsadimiz har 

bir bolaning o’z oilasida yashash va bolalar qatorida sifatli bilim olish haq - 

huquqlarini ta’minlashdan iboratdir. Buning uchun biz murrakkab masalalarni hal 

qilishimiz, bu ishni turli yo’nalishda olib borishimiz lozim. 

Bolalarni ijtimoiy himoyalash yo’lida olib borilayotgan ishlarning 

samaradorligini oshirish uchun tatbiq etilayotgan dasturlarning doimiy 

monitoringini olib borish zarur. Bu yo’nalishda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan 

ham muhim ishlar amalga oshirilmokda. Xususan, himoyaga muhtoj bolalar 

guruhlarini ijtimoiy himoyalash monitoringini olib borish uchun tashkilotlararo 

ma’lumotlar tuzilib, viloyat, shahar, tuman xalq ta’limi, sorliqni saqlash hamda 

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bo’limlari ishtirokida har bir nogiron 

bola bo’yicha ma’lumotlar banki tuzilgan. Xalq ta’limi bo’limlari xodimlari 

tomonidan har bir xonadon o’rganilib, nogiron bolalar aniqlab chiqildi. Natijada 

4750 nafar bola o’qishga jalb etildi. Shuningdeq monitoring natijalari uzluksiz 

ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiyaviy va tibbiy xizmatni 6aholash, xato quyilgan 


 

- 59 - 


tashhisni aniqlash, tibbiy-psixologik-pedagogik komissiyalarning ish 

unumdorligini oshirish bo’yicha tadbirlar ishlab chiqish uchun turtki bo’ladi. 

Vaziyatni o’rganish natijasida, bugungi kunda respublikamizda ta’limga jalb 

etilmagan bola deyarli yo’q, deb faxr bilan ta’kidlash mumkin. 

Imkoniyati cheklangan  bolalarning ta’lim olishida nihoyatda yuqori e’tiborni 

talab qiluvchi umuta’lim tizimining sohasi hisoblansa, imkoniyati cheklangan 

bolalar esa jamiyatning ijtimoiy qatlamidir, chunki ularning ko’pchiligi kam 

ta’minlangan oilalarda voyaga yetganlar.  

Inklyuziv ta’lim – bu imkoniyati cheklangan bolalarni barcha zaruriy vositalar 

bilan ko’pchilik bolalar uchun amalga oshiriluvchi ta’lim tabirlariga jalb etishdir. 

Shundagina imkoniyati cheklangan barcha bolalar jamiyat hayotida faol ishtirok 

etishga erishishlari mumkin.  

Inklyuziv ta’lim nafaqat ta’lim borasida, balki bolalarning ma’naviy va 

jismoniy o’sishlari, shuningdek vositalarni iqtisod qilish borasida ham samaralidir.                

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan maxsus ta’limda o’qitishni inklyuziv va 

integrallashtirilgan ta’lim asosida olib borish ta’lim siyosatidagi asosiy 

yo’nalishlardan biri sifatida e’tibor qaratilmokda. Ta’limda inklyuziv yondoshish 

nafaqat pedagogik hissiy, psixologik jihatdan qulay, bu davlat uchun ham ancha 

arzon va samarali hisoblanadi. Bu vaziyatda mukammal tayyorlangan 

eksperimental loyihalar tuzilishi kerak, ular inklyuziv ta’limning ijobiy tomonlari 

amalda bajarilishini va ularning modellari tarqatilishini ta’minlashi lozim. Ayni 

vaqtda Xalq ta’limi vazirligi va xalqaro tashkilotlar ishtirokida ta’limni 

rivojlantirish borasida quyidagi eksperimental loyihalar amalga oshirilmokda. 

2001 yilda YuNESKO tashabbusi bilan Respublika ta’lim markazi qoshida 

inklyuziv ta’lim yo’nalishi bo’yicha Resurs Markazi tashkil etildi. Markazning 

maqsad va vazifalari imkoniyati cheklangan bolalarga davlat va nodavlat 

tashkilotlar, ota-onalar, ko’ngillilar tomonidan ko’rsatilayotgan yordam va 

tashabbuslarni umumlashtirish va jamlashtirishdan iboratdir. Markaz tomonidan 

umumta’lim x.amda maxsus maktab o’qituvchi va rahbarlari uchun uslubiy 


 

- 60 - 


qo’llanmalar ishlab chiqilmoqda va ularning pedagogik malakalarini oshirish 

maqsadida turli tadbirlar amalga oshirilmokda. 

O’zbekistonda inklyuziv-korreksion ta’lim va bolalar ta’lim 

muasssasalarining asosiy tayanch punktlarini tuzish Xalk ta’limi vazirligi va 

YuNESKO ning asosiy loyihasi hisoblanadi. Bu dasturni rivojlantirish maqsadida 

Farg’ona, Xorazm, Namangan, Surxondaryo, Andijon viloyatlarida inklyuziv 

ta’lim yo’nalishida Resurs Markazi tashkil etildi. Bu markazlar yordamga muhtoj 

bolalarni o’qitish, rivojlantirish va ularning reabilitasiyam bilan shug’ullanadi 

hamda inklyuziv yo’nalishdagi ta’limni davlat tashkilotlari va jamoatchilik bilan 

bo’lgan munosabatlar orqali rivojlantiradi. Mana shu kabi markazlar 

respublikamizning barcha viloyatlarida faoliyat yuritsa ta’lim sifati yanada oshgan 

bo’lardi.  

Bugun biz bolalarimizni eshitishni o’rganayapmiz. 

Xulosa   sifatida   bir   nogiron   bolaning keltirmoqchiman: 

«Men   o’ylaymanki,   haqiqiy  hayotni bilish uchun insonning do’stlari 

bo’lishi kerak. Chunki  haqiqiy   hayot   bu   atrofdagi   insonlar bilan doimiy 

bog’lanish va muloqotda bo’lishdir. Men, menga yordam berayotgan insonlarsiz 

hyech narsa qila olmayman. Agar men faqatgina ular bilan muloqotda bo’lishni    

istamasam, unda do’stlar orttirish yo’llarini axtarishim, izlashim lozim». 

Olib borilgan kuzatishlar asosida biz quyidagi tavsiyalarni ishlab 

chiqdik: 

1. 


Maxsus  ehtiyojli  bolalarni  umumta’lim  sharoitida  o’qitishni 

tashkillashtirish; 

2. 

Inklyuziv  ta’limni  rivojlantirish  uchun  umumiy  ta’lim  tizimiga  



tarkibiy  o’zgartirishlar  kiritish; 

3. 


Inklyuziv  ta’limni  joriy  qilishda muassasa  hodimlarini  ish  

vazifalarida    islohotlarni   amalga  oshirish; 

4. 

O’qituvchi-defektologlar,  ota-onalar  va  boshqa  mutaxassislar  bilan  



hamkorlikda ishlashni yo’lga qo’yish; 

 

- 61 - 


5. 

Imkoniyati cheklangan bolaning shaxsiy xususiyatlariga ko’ra yakka 

tartibda korreksion metod va moslashtirilgan o’quv reja, dasturlar va boshqa 

omillardan foydalanib, atrofdagi jamoatchilik bilan  birgalikda o’qitishning turli 

shakllarini tashkil qilish; 

6. 


Bolalar uchun ta’lim sharoitini yaratish  va ta’lim samaradorligini 

oshirish; 

7. 

Imkoniyati cheklangan bolalarni ta’lim–tarbiyaga bo’lgan ehtiyojlarni 



qondirishga mos bo’lgan siyosatni ishlab chiqish; 

8. 


Barcha yoshdagi bolalar atrofida yashayotgan va ishlayotgan bolalar 

bilan bir xil sharoitda o’qishlari va kamol topishlari zarur; 

9. 

Sinfdagi o’quvchilar soni muammosini hal qilish; 



10. 

Ota-onalar  uchun   nogiron  bolalarni  o’qitish  tizimi,   inklyuziv  

ta’lim  tizimi  haqidagi o’quv  qo’llanmalar yaratish; 

11. 


Inklyuziv  ta’limni  joriy  qilish  bo’yicha  davlat  normativ  

hujjatlarida qayd  etilishiga erishish; 

12. 

Nogiron  bolalar  oilasi  bilan  maktabning uzviy  aloqa o’rnatish; 



13. 

Nogiron  bolalarni maktabga  kelishi  uchun  transport  bilan 

ta’minlash  masalalari; 

14. 


Chekka  qishloqlardagi  tashxisning  yaxshi  yo’lga  qo’yilishini 

ta’minlash; 

15. 

Nogiron  bolalarning ota-onalaridagi huquqiy  bilimini oshirib borish



16. 

Ta’lim  muassasalari  uchun  kadrlar yetishtirish; 

17. 

Inshoatlarning  maxsus  yordamga  muhtoj  bolalar  uchun 



 

moslashtirish; 

 

 

 



 

 

 



 

- 62 - 


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI 

1.  Karimov I.A. “Barkamol avlod -  O`zbekiston taraqqiyotining poydevori”. 

Toshkent: Sharq nashriyot-matbaa konserni. 1997. 

2.  Karimov I.A. O`zbekiston kelajagi  buyuk davlat. Toshkent. O`zbekiston. 

1992. 

3.  Karimov I.A. Barkamol avlod  orzusi. Toshkent. O`zbekiston. 1995. 



4.  Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. Toshkent. 1998. 

5.  Karimov I.A. Jahon moliyaviy iqtisodiy inqrirozi, O`zbekiston sharoitida uni 

barataraf etish yo`llari va choralari. Toshkent. 2009. 

6.  Karimov I.A. O`zbekiston XXI asrga intilmoqda.-Toshkent: O`zbekiston. 

1999. 

7.  Karimov I.A. O`zbekistonning o`z istiqlol va taraqqiyot yo`li.-  Toshkent: 



O`zbekiston. 1998. 

8.  Karimov I.A. Yuksak malakali mutaxassislar-taraqqiyot omili.-  Toshkent. 

O`zbekiston. 1995. 

9.  Karimov I.A. “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada 

chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”. O`zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo`shma majlisi. 

2010 yil. 

10.  Karimov I.A. Ma’naviy yuksalish yo`lida.-T., “O`zbekiston”, 1998. 

11.  Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni – xalq, millatni – millat qilishga 

xizmat etsin. “Tafakkur” jurnali bosh muxarriri savollariga javoblar, 2-son, 1998. 

12.  O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi qonuni (1997 yil 29 

avgustda qabul qilingan). Barkamol avlod –  O`zbekiston taraqqiyotining 

poydevori. –Toshkent: O`zbekiston. 1997. 

13.  O`zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”  / 

Barkamol avlod –  O`zbekiston taraqqiyotining poydevori. –Toshkent: Sharq 

nashriyot-matbaa konserni. 1997. 



 

- 63 - 


14.  “Alohida  yordamga  muhtoj  bolalarni  ma’naviy  va  estetik rivojlantirish”  

mavzusidagi  ilmiy -  nazariy  konferensiya  materiallari.  Toshkent-

“Uzinkomsentr”-2002  yil. 

15. 


Aminova  V.Yu.  Integrirovannoye  obrazovaniye  dlya  detey  s  osobыmi 

nujdami v doshkolnыx i shkolnыx uchrejdeniyax massovogo tipa (Metodicheskiye 

rekomendatsii) MNO RTsO Resursno’y sentr YuNESKO Tashkent 2002 

16.  “Dakarskiye  ramki deystviy”-  YuNESKO-2000  yil. Fransiyada  chop  

etilgan. Kislitsina I.K. «Inklyuzivnoye obrazovaniye-obrazovaniye dlya 

vsex»(osnovnыye ponyatiya i kratkiy  obzor mejdunarodnogo  opыta) sozdano pri 

podderjke Yevropeyskogo Soyuza. Tashkent, 2004  

17.  Ko’rishida muammosi bo’lgan bolalar inklyuziv ta'limi. Tuzuvchi 

Grigoryants 

18.  «Inklyuziv ta’lim» muvaqqat Nizomi. 2005 yil. 

19.  Imkoniyati chyeklangan bolalar va o`smirlar uchun inklyuziv ta'limni tashkil 

etish to’g’risida muvaqqat NIZOM. O`RXTV T.,19 syentyabr, 2005. 

20.  “Maktablar  hamma  uchun”- “Bolalarni qutqaring  jamg’armasi” -2002  yil. 

21.  “Maktablarin  olqishlab-inklyuziv   maktablardagi  nogiron  o’quvchilar”-

YuNESKO - 1999  yil.  

22.  Muminova L.R., Ayupova M.Yu. Logopyediya. T., 1995 

23.  Yuneskoning 2003 yil O’zbekistonda 2 –  4 oktyabr kunlaridagi «Inklyuziv 

ta’lim» ga oid seminarii xujjatlari. 

24. 

“Problemы    v    klyucheniya    detey    so    spesalnыmi      obrazovatelnыmi  



potrebnostyami    v    obsheobrazovatelnыy    prosese”  Materialы    respublikanskogo  

seminara  Almatы.-  Almatы «Raritet» 2002  yil.  

25.  Pulatova F., Oligfryenopyedagogika .G’ofur G’ulom, 2006 

26.  Roy  Mark  Konki ”Inklyuziv  sinflarda  o’quvchilar  ehtiyojlarini  anglash  

va  bu  ehtiyojlarni  qondirish”  Toshkent-YuNESKO-2004yil.  O’qituvchilar  

uchun  qo’llanma. Raxmanova V.S Maxsus pyedagogika G’ofur G’ulom 

nashriyoti, Toshkyent, 2004 


 

- 64 - 


27.  Sodiqova G.A., Nurkyeldiyeva D.A. Rivojlanishi orqada qolgan bolalar 

diagnostikasi (ma'ruzalar matni) T., 2001 

28.  Surdopedagogika pod red. NikitinoyM.I. M., Prosvesheniye, 2002 

29.  “Ta’lim  hamma  uchun  milliy  dasturini  joriy  qilish  masalalari”  

mavzusidagi  ilmiy-amaliy  konferensiya  materiallari.  Toshkent-2005  yil.   

30.  Ture  Yonson ”Inklyuziv  ta’lim”-“Opereyshen  Mersiy” Toshkent-2003  yil.  

O’qituvchilar  uchun  qo’llanma. 

31.  FayziyevaU.Yu., Abdurazakova D.Do`stona munosabat muxitidagi maktab. 

O`XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef.XBJ. T., 2005. 

32.  FayziyevaU., Nazarova D., Kolbayeva X.J.Eshitishida muammolari bo’lgan 

bolalar inklyuziv ta'limi. O`XTV Avloniy nomidagi XTRXMOMI, BMT Yunisyef. 

XBJ. T., 2005. 

33.  O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-pyedagogik tashxis 

markazlari Nizom. T., 2005 

34.  Shomaxmudova R. Bolalar talaffuzidagi nuqsonlarni bartaraf etish. T., 2001 

35.  “Halqaro  forum  materiallari”-Toshkent  -  Respublika  bolalarni  ijtimoiy  

adaptasiyalash -  2005  yil. 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

- 65 - 


 

M U N D A R I J A  

 

KIRISH………………………………………………………………… 

 

I-BOB. Inklyuzv  ta’lim va uningo’ziga xos xususiyatlari.   

1.1Inklyuziv  ta’lim va uning moxiyati. ………………………………  

1.2Inklyuziv  ta’limni  joriy  qilish    davr  talabi  sifatida……………. 

1.3.O’zbekiston Respublikasida inklyuziv ta’lim tizimining joriy etilish 

masalalari……………………………………………………………………… 

II-bob. Inklyuziv ta’lim   tamoyillari va ular  mazmuni 

2.1Inklyuziv ta’limning asosiy  tamoyillari. …………………………... 

2.2. Inklyuziv ta’lim maqsadi  va vazifalarini  oshirishda resurs 

o’qituvchining  o’rni va roli…………………………………………………… 

2.3.  Umum ta’lim maktablari tizimidagi nuqsonli o’quvchilarning inklyuziv 

ta’limini tashkil etishning maqsad va vazifalari. ………………………………  

2.4. Inklyuziv ta’limni amaliyotga joriy qilish oldida turgan muammo va 

to’siqlar………………………………………………………………………… 

 

 

 



 

 

 



 

Yüklə 330,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin