O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Samarqand qishloq xo’jalik instituti



Yüklə 218,21 Kb.
səhifə12/80
tarix26.10.2023
ölçüsü218,21 Kb.
#161491
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80
O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi Sama-fayllar.org

Joriy statistik kuzatish deganda u yoki bu hodisaning paydo bo’lishi bilan uzliksiz ravishda qayd qilish tushuniladi.Masalan,tug’ilish va o’lishni qayd qilish, qishloq xo’jalik texnikalarining kelib tushishini fayd qilish va boshqalar

Davriy statistik kuzatish deganda sodir bo’lgan hodisalarni qatiy belgilangan vaqt oralig’ida qayd qilish tushuniladi.Masalan, har yili mollar sonini qayta hisoblash,xo’jaliklarning oylik, choraklik, yarim yillik, yillik hisobotlari va boshqalar.

Bir yo’la kuzatish deganda zaruriyat tug’ilganda hodisalarni davrning aniq vaqtiga qayd qilish tushuniladi. Masalan, ko’p yillik mevali dov-daraxtlar ro’yxati, uy-joy fondlari ro’yxati va hakozo.
O’rganilayotgan to’plam birliklarini qamrab olish darajasi bo’yicha statistik kuzatish 2 turga bo’linadi:
1.Yoppasiga kuzatish
2.Qisman kuzatish


Yoppasiga kuzatish deyilganda statistik to’plamdagi barcha birliklar haqidagi malumotlarni to’plash tushuniladi. Bunga misol qilib,statistik hisobotlarni ko’rsatish mumkin.

Qisman kuzatish deyilganda statistik to’plamdagi birliklardan qandaydir bir qismi haqida kerakli bo,lgan malumotlarni to’plash tushuniladi. Qisman kuzatish o’z ichiga tanlama kuzatish, asosiy massivni kuzatish,anketli kuzatish va monografik kuzatishni oladi.

Statistik kuzatish 3 xil usulda olib boriladi:

  1. Bevosita kuzatish usuli

  2. Hujjatli kuzatish usuli

  3. Savol-javob usuli


2.3. Statistik kuzatish xatolari va ularni tekshirish


Statistik kuzatish xatolari o’z navbatida ikkiga bo’linadi:


  1. Qayd qilish xatolari

  2. Reprezentativ xatolar

Qayd qilish xatolari o’z navbatida tasodifiy va muntazam xatolarga bo’linadi.


Tasodifiy xatolar deganda nima tushuniladi? Tasodifiy xatolar deganda yozuvdan tushirib qoldirilgan,sanashda xatolikka yo’l qo’yilgan,kuzatuvchining charchashi natijasida yuzaga kelgan xatolar tushuniladi.


Yüklə 218,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin