8.6. Samaradorlikni oshirishning asosiy yo’nalishlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida korxonalar faoliyati ishlab chiqarishning
iqtisodiy samaradorligini oshirish yo’llarini doimo qidirishni talab qiladi. Agar
shunday qilinmas ekan, korxonaning qat’iy raqobat muxitida omon qolishi mushkul.
Bu ayniqsa, kichik va o’rta korxonalarga tegishlidir. Avval aytib o’tilganidek,
ularning vujudga kelishi va rivojlanishining barcha bosqichlarida qiyinchiliklar va
hal qilinmagan muammolar juda ko’p uchraydi.
Tadbirkor muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi
uchun oddiy bozor omillari
(mahsulotni doimo yangilash,
sifatini oshirish, marketing tadqiqotlari,
muvaffaqiyatli raqobat va boshqalar)dan tashqari o’z faoliyatining samaradorligiga
erishishning turli-tuman yo’llaridan foydalanishi zarur. Bular quyidagilardir:
- ilg’or texnologiya va zamonaviy
uskunalardan foydalanish;
- xomashyo va materiallarning yangi turlarini qo’llash;
- asosiy fondlardan yaxshiroq
foydalanish;
- aylanma mablag’lar aylanishini jadallashtirish;
- mehnatni tashkil qilishning samarali shakl va usullarini qo’llash;
- menejment fani va amaliyotining ilg’or yutuqlaridan foydalanish;
- mamlakatimiz va xorij firmalarining ilg’or tajribalarini tatbiq etish va
boshqalar.
Dostları ilə paylaş: