Mehnat unumdorligi oshishi mahsulot ishlab chiqarishni ko’paytirish, mahsulot
tannarxini pasaytirish, ish kuchiga ehtiyojni
nisbatan qisqartirish, xodimlar ish
haqining o’sishini ta’minlashga imkon beradi.
Bular kichik korxonaning
muvaffaqiyatli ishlashi uchun zarurdir.
Mehnat unumdorligining quyidagi ko’rsatkichlari mavjud: bir ishchining o’rtacha
yillik ishlab chiqarishi (mahsulot hajmini ishlovchilarning o’rtacha ro’yxat soniga
bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillik ishlab
chiqarish (mahsulot hajmini ishchilarning o’rtacha ro’yxat soniga bo’lish yo’li bilan
aniqlanadi); bitta ishchiga to’g’ri keladigan o’rtacha kunlik ishlab chiqarish (bir kunlik
mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi); bitta ishchiga
bir soatga to’g’ri keladigan o’rtacha ishlab chiqarish (bir soatda ishlab chiqarilgan
mahsulot hajmini barcha ishchilar soniga bo’lish yo’li bilan aniqlanadi).
Dostları ilə paylaş: