xarajatlarning 1464 ming so’mga va davriy xarajatlarning 1212 ming so’mga
ko’payishi natijasida yo’l qo’yilgan. Shuning bilan birga sotishdan yalpi foydani
305 ming so’mga, boshqa daromadlarning 637 ming so’mga o’sishi
hisobiga
korxona asosiy faoliyatidan 942 (305+637) ming so’m foyda olgan. Ammo
foydaning bu mikdori zararni qoplash uchun yetarli emas.
Korxona ish faoliyatining samaradorlik darajasini
baholash uchun olingan
natija (yalpi daromad, foyda) xarajatlar yoki foydalanilgan
resurslar bilan
taqqoslaniladi. Foyda va xarajatlarni tenglashtirish rentabellik yoki aniqrog’i
rentabellik me’yorini bildiradi.
Amaliyotda rentabellik me’yorini o’lchashning ikki variantidan foydalaniladi.
Bu foydaning korxonaning joriy sarf-xarajatlari (tannarx)ga
yoki avanslashgan
qo’yilmalar (asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’lar)ga nisbatidir.
Ikkala o’lchov varianti ham bir-biri bilan avanslashgan qo’yilmalar aylanmasi tezligi
ko’rsatkichi bilan bog’langan:
Dostları ilə paylaş: