9-bob. TADBIRKORLIK ETIKASI VA MADANIYaTI
9.1. Tadbirkor rahbar etikasi
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy asoslariga
bog’liq bo’lmasdan, u insonlar, qo’l ostida xizmat qiluvchi mutaxassis va ishchilar,
ayniqsa, chet ellik hamkasblari – biznesmenlar
doirasida umumaxloqiy
me’yorlarga rioya qilishi bilan ham baholanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning
yarmidan ko’prog’i
uning odobi, madaniyati,
dunyoqarashi, ishbilarmonlik
qoidalarini qay darajada bilishiga bevosita bog’liqdir.
Umuman, tadbirkorlik ham madaniyatdir. Aytishlaricha, madaniyatli odam
tadbirkor bo’lishi shart emas, ammo tadbirkor inson madaniyatli bo’lishi lozim.
Arastu (Arestotel) o’z zamonida birinchi bo’lib axloq to’g’risida gapirib: “Axloq –
nimani qilishimiz va nimadan o’zimizni tiyishimiz
kerakligini aniqlashimizga
yordam beradi”, - degan edi. Prezidentimiz I. Karimov axloq tushunchasiga
quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – ma’naviyatning o’zagi. Inson axloqi shunchalik
salom-alik, xushmuomaladangina iborat emas. Axloq bu, avvalo, insof va adolat
tuyg’usi, iymon, halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun – avvalo, insoniy munosabatlar shuningdek
insonlarning fe’l-atvorlari, ularning qanchalik maqbul nuqtai nazardan ko’rib
chiqish va baholashga imkon beruvchi bilim sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda,
ayniqsa, Yaponiya va AQShda firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning
alohida kasb ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodeksi” keng qo’llaniladi.
“Biznesmenlarning axloq kodeksi” birinchi marta AQShda 1913
yili ishlab
chiqilgan bo’lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy qoidalari qabul
qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan bo’lib, ular biznes sohasidagi usul
va siyosatni baholash, haqiqat va adolatlilik tushunchalari bilan uyg’unlashishi
belgilangan.
Vaqt o’tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu borada
turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to’plangan, ularning tajribasiga
asoslangan, umumlashgan G’arb ishbilarmonlik dunyosida keng ma’lum bo’lgan
quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi” shakllandi:
Dostları ilə paylaş: