2. Tadbirkor va davlat
- tadbirkor davlat va uning qonunlarini to’g’ridan-to’g’ri hurmat qilishi va
ularga amal qilishi lozim. O’z navbatida, u bunday yondashuvni davlatdan ham
talab qilishi kerak.
3. Tadbirkor va mijoz
- tadbirkor
mijoz manfaatlari, jamiyat, davlat va atrof-muhit uchun zarar
keltirmaslikka, unga
amal qilishga majburdir;
- mijoz manfaatlari davlatning qonun va manfaatlariga zid bo’lgan hollarda
tadbirkor bu to’g’rida mijozlarni ogoh qilishga majburdir;
- mijoz ofertlar va ishlab chiqaruvchilarni tanlash huquqiga egadir. Raqobat
yuksak
sifat kafolatidir;
- tadbirkor mijozni bilmaslik yoki ataylab uni adashtirish, shuningdek bajara
olishga ishonchi bo’lmagan buyurtalarni qabul qilish hollariga yo’l qo’yishi
mumkin emas;
- va’daga vafo va aniqlik tadbirkorning qimmatli kapitalidir. Qo’l berib
tasdiqlangan so’z, imzo chekilgan shartnoma kuchiga egadir. Zero, unga binoan
majburiy tartibda og’zaki kelishuvni aks
ettiruvchi yozma shartnoma
rasmiylashtiriladi;
- shartnoma munosabatlarini bajarmaslik va yomon sifat tadbirkorning
jamiyat va hamkasblari olididagi g’oyat og’ir aybidir, chunki bu tadbirkorinng
sharafi, nufuzi va yaxshiga
nomiga zarar keltiradi;
- tadbirkor va mijoz o’rtasidagi munosabatlar majburlash asosida emas, balki
ixtiyoriy va o’zaro ishonch asosida vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: