3.2. Kurs bо‘yicha adabiyotlar rо‘yxati bilan tanishtiradi (8-ilova)
Adabiyotlar rо‘yxatini yozib oladilar
1-ilova О‘tilgan mavzu bо‘yicha bilimlarni mustaxkamlash savollar Bog‘lovchilik xususiyatiga ega bо‘lgan birikmalar tо‘g‘risida ma’lumot keltiring.
Qotish jarayonini ta’minlovchi bosqichlarni ta’riflab bering
Kimyoviy reagentlar asosida olinadigan sementlarni izoxlang.
Qotishni ta’minlovchi kimyoviy reaksiyalar taxlili, shakllanishi xaqida fikringizni ayting
2- ilova Ma’ruza rejasi 1. Bog‘lovchi moddalarning eng muhim xususiyatlari.
2. Sement ishlab chiqarish - silikatlar kimyoviy texnologiyasining asosiy sohasi
3. Sement ishlab chiqarishning ilmiy jihatlari, olimlarning qarashlari
4. Klinkerning asosini tashkil etuvchi minerallar
5. Ishlab chiqarishdagi asosiy texnologik operatsiyalar
6. Xom-ashyolariga ishlov berish asoslari
3- ilova
Bog‘lovchi moddalarning eng muhim xususiyatlari. Turli arxitektura va muhandislik inshoatlarning bloklari va boshqa konstruktiv elementlarini tayyorlash va ularni о‘zaro biriktirish uchun xizmat qiluvchi sun’iy noorganik bog‘lovchi moddalar qurilish materiallari deb ataladi.
Bog‘lovchi materiallar suvash, pardozlash va gidroizolyatsiyalash uchun qо‘llaniladi; ularning asosida sun’iy qurilish materiallari va buyumlari tayyorlanadi, ulardan yaxlit va yig‘ma inshoatlarni barpo etilishida foydalaniladi.
Bog‘lovchi moddalarning eng muhim xususiyatlardan biri- kukunsimon holatida suv bilan qorishtirilishida (yoki boshqa qorishtiriluvchi suyuqlik bilan) ishlovchi oson va yaxshi beriluvchi konsistensiyali aralashma bо‘lmish- qayishqoq xamir hosil qilishi hamda bu xamirni vaqt о‘tishi bilan ma’lum qattiqlikdagi mexanik mustahkam toshsimon jismga aylanishidir. U toshsimon holatga erishgach yuqori adgeziyalik xususiyatga ega bо‘lib, turli – tuman tashqi tajovuzkor ta’sirlarga chidamli bо‘ladi. Qattiq holatga kelgan sement qorishmasining u erishgan qattiqlik holatini faqat havoda yoki suvli muhitda saqlab turish xususiyatlariga bog‘liq ravishda – bog‘lovchi havoda qotadigan va gidravlik (suvbardosh) bog‘lovchiga bо‘linadi.
Qо‘llanish sohalariga kо‘ra bog‘lovchilar qurilish va maxsus moddalariga bо‘linadi. Bu bо‘linish esa nisbiydir, chunki maxsus bog‘lovchi materiallar ularning texnikaning metallurgiya, quyma ishlarda, elektrotexnika, mashinasozlik, kimyo sanoatida va boshqa sohalarida qо‘llanishidan tashqari ulardan qurilishda ham(turli materiallar va konstruksiyalarni bir-biriga bog‘lash, olovbardosh va korroziyabardosh qoplamalar va h.k. bajarish), foydalanish mumkin.
Havoda qotadigan bog‘lovchi materiallarga – tuproq, gips, ohak, magnezial bog‘lovchilar; gidravlik bog‘lovchilarga – ohakli – pussolan aralashmalar, gidravlik ohak, romansement, portlandsement klinkerlari asosidagi sementlar, giltuproqli sement va h.k. kiradi.