6-ilova Klinkerning asosini tashkil etuvchi minerallar Qurilish gidravlik bog‘lovchi moddalarning eng muhim turlaridan biri – portlandsementdir. Portlandsement – portlandsement klinkeri va ikki suvli kalsiy sulfatni qо‘shib birgalikda mayin tuyish yо‘li orqali olinadi. Xossalarini о‘zgartirish va qо‘llanish sohalarini kengaytirish maqsadida sementga turli – tuman qо‘shimchalar kiritiladi. Ikki suvli kalsiy sulfat portlandsementning ajralmas komponenti bо‘lib, uni suv bilan aralashtirilishida uning tarkibiga tishlashish vaqtini sekinlatish (plastiklik holatini yо‘qotish momentini) uchun kiritiladi. Maydalangan chog‘ida qо‘shiluvchi gipsning miqdori klinkerning mineralogik tarkibiga bog‘liq (fazaviy) bо‘lib, GOSTga muvofiq maksimal yо‘l qо‘yiluvchi miqdori 3,5 % dan ortiq bо‘lmasligi lozim. Portlandsementning asosiy tashkil etuvchisi – klinkerdir. Klinker bir jinsli mayda dispers xom ashyo aralashmasini yuqori (1450–1500°C) haroratda kuydirish orqali olinadi va bunda klinkerda yuqori asosli kalsiyli birikmalar bо‘lmish – silikatlar,
alyuminatlar va alyumoferritlarni hosil bо‘lishi hisoblangan bо‘ladi. Bular kukunsimon kо‘rinishda suv bilan о‘zaro ta’sirga kirishib, bunda sodir bо‘luvchi gidratatsiya, gidroliz va boshqa murakkab fizik – kimyoviy jarayonlar natijasida toshsimon holatga о‘tadi.
Strukturasi va tarkibiga kо‘ra klinker g‘ovakli (20–30 %) kо‘p fazali bо‘ladi va qattiq – suyuq fazali pishish bosqichlari bilan о‘tuvchi murakkab jarayonlar natijasida qattiq fazalarning mayda zarralarini agregatlanish yо‘li bilan hosil qilinuvchi pishgan granulalar shakliga (konglomerat) ega bо‘ladi. Klinkerning mineralogik tarkibining tavsiflash fazalarning nostexiometrikligi va bir jinsli emasligi, klinker hosil bо‘lish jarayonlarining tugallanmaganligi, alohida fazalarning kimyoviy tarkibining о‘zgarmas emasligi va ularning polimorfizmining murakkabligi sababli juda qiyindir. Klinkerning asosini tashkil etuvchilari alitli va belitli fazalar bо‘lib, uchkalsiyli alyuminat va alyumoferritlarning qattiq eritmalaridir. Bunda alitli va belitli fazalar miqdori (tarkibi bо‘yicha yuqori asosli kalsiy silikatlari asosidagi qattiq eritmalardan iborat) ustunlik qiladi.
Yuqori asosli kalsiy silikatlarning jami miqdori klinkerda 75–85 % bо‘lgan miqdorni tashkil etadi. Klinkerning silikatli fazalari sementning asosiy mustahkamligini hosil qiladi (uning gidravlik faolligini). Uch kalsiyli alyuminat va alyumoferritli tashkil etuvchilarni mineral eritmalar deb ataladi va ularni muvofiq ravishda kuydirish jarayonida о‘z о‘rni bor. Mineral – eritmalarning miqdori 15–25 % chegarasida о‘zgaradi. Kam miqdordagi mineral eritmalarga ega bо‘lgan klinkerlar qiyin eruvchanligi bilan tavsiflanadi va kuydirish agregatlarining unumdorligini pasaytirib, yoqilg‘i sarfini kо‘paytiradi.