Ishlab chiqarishda asosiy texnologik operatsiyalari Portlandsement ishlab chiqarishda asosiy texnologik operatsiyalar quyidagicha: xom ashyo aralashmasini tayyorlash, uni 1450–1500 °C haroratda kuydirish va klinker hosil qilish, klinkerni gips va boshqa qо‘shimchalar qо‘shib birgalikda mayin maydalab, mayindispersli kukun – sement olishdan iborat.
Klinker ishlab chiqarishning ikki usuli mavjud bо‘lib, ular biri ikkinchisidan xom ashyo aralashmasini kuydirishga tayyorlash texnologiyasi bо‘yicha farq qiladi. Bular hо‘l va quruq usullardir. Birinchi holatda xom ashyo materiallarini aralashtirish va maydalash ma’lum miqdordagi suv ishtirokida amalga oshiriladi, ikkinchi holatda esa xom ashyo materiallari avvaldan yoki maydalash va aralashtirish jarayonida quritiladi. Xom ashyo komponentlaridan iborat aralashma kо‘rinishidagi qaymoqsimon konsistensiyali suspenziyani «shlam» deb ataladi, quruq xom ashyo komponetlarini birgalikda quruq maydalashdan hosil bо‘luvchi mayda dispersli quruq kukuni esa – xom ashyo uni deb yuritiladi. Quruq usul klinker hosil qilish uchun kerakli issiqlikni sezilarli (1,5–2 marta) tarzda kamaytirishga imkon beradi.
Quruq usulda klinker olishda kuydirish uchun sarflanuvchi issiqlik sarfi 180–1100 kkal/kg, hо‘l usulda esa 1400–1600 kkal/kg klinker miqdorini tashkil etadi.Xom ashyo materiallarini quritish uchun kerak bо‘lgan issiqlikni hisobga olganda (120–150 kkal/kg klinker) quruq usulda, hо‘l usuldagi 1500 kkal miqdorga nisbatan olganda 1 kg klinkerga 900–1250 kkal tashkil etadi. Oxirgi yillarda jahonning kо‘pgina mamlakatlarida, shu jumladan, О‘zbekistonda ham sementni quruq usulda ishlab chiqarish yо‘lga qо‘yilgan va qо‘yilmoqda, ammo hо‘l usul ulushi hamon yuqorligicha (50 % atrofida) qolmoqda.
Xom ashyo tayyorlash texnologiyasi xomashyo materiallari xususiyatlariga kо‘ra tanlanadi. Xom ashyo aralashmasi minimal tarzda ikki, kо‘pincha esa uch va hatto tо‘rt komponentdan tashkil topadi.Xom ashyo aralashmasini tayyorlash uchun:
a) SaSO3 tutuvchi ohakli komponenti uning aralashmada bо‘lgan kerakli miqdoridan kо‘proq qilib olinishi lozim;
b) tuproqli komponent ushbu komponentning kimyoviy tarkibi asosan SiO2 va Al2O3kislotali oksidlardan, shuningdek, ma’lum miqdorda Fe2O3 iborat bо‘ladi;
v) bir yoki ikki kislotali oksidning aralashmada zaruriy miqdorga yetkazilishi uchun xizmat qiluvchi korrektirlovchi (muvofiqlashtiruvchi) qо‘shimchalar qо‘shiladi. Xom-ashyo aralashmasi asosan (75–80 : 25–20) % karbonat va tuproqli komponentlardan tashkil topadi. Ohakli va tuproqli komponentlar sifatida: ohaktoshlar, tuproqsimon ohaktoshlar, ohaktoshli mergellar, tuproqsimon mergellar, ohaktoshli tuproq va tuproq kabi xomashyolardan iborat turli jinslardan foydalaniladi. Tabiiy tuproqli xomashyo о‘rniga: asosli va nordon domna shlaklari, nefelinli shlam, yonuvchi slanetslarning kullari kabi turli ishlab chiqarish chiqindilaridan foydalaniladi.
Sement ishlab chiqarishning quruq usulida xomashyo komponentlari maydalovchi uskunalarda maydalanadi, qurituvchi barabanlarda quritiladi, sо‘ng yanada maydalanishi uchun bir vaqtning о‘zida uzluksiz ravishda ishlovchi sharli quvursimon tegirmonlarda maydalanadi va aralashtiriladi. Xomashyo unining jami namligi tegirmonlar ichiga aylanma pechlar ichidan chiquvchi issiq tutun gazlari hisobiga 1–2 % gacha yetkaziladi. Quruq xom-ashyo uni maxsus vertikal siloslarga yetkaziladi, bu yerda uning tarkibi kerakligicha о‘zgartiriladi. Sо‘ng xomashyo uni uchun barcha hajmi bо‘yicha о‘rtalashtiriladi (gomogenizatsiyalanadi) va aylanma pechlarning sarflanma bunkerlariga uzatiladi.
Hо‘l usulda sement ishlab chiqarilishida xomashyo sifatida qо‘llanuvchi yumshoq jinslar (bо‘r, tuproq) maydalangach, yumshoq tog‘ jinslarining suvda ivish xususiyatidan foydalaniladi – ular aralashtirgichlar, tegirmonlarga solinib suv bilan ishlanadi. Hosil qilingan shlamlar mayda fraksiyalar bilan bir qatorda dag‘al dispersli, ivimaydigan yot aralashma va zarrachalarga ega bо‘ladi, shuning uchun shlamlar quvursimon tegirmonlarda qayta maydalanadi.
8 ilova