О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


Xom-ashyolariga ishlov berish asoslari



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə8/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

Xom-ashyolariga ishlov berish asoslari
Xom-ashyo materiallari sifatida qattiq, suvda dispergatsiyalanmaydigan ohaktosh va tuproqsimon slanetslardan foydalanishida, ular maydalangach sharli quvursimon tegirmonlarda birgalikda hо‘l usulda takroran maydalash amalga oshiriladi. Agar xomashyo aralashmasi qattiq ohaktosh va qattiq tuproqdan iborat bо‘lsa, u holda ikkinchisi tegirmonga uzatilishidan avval suvda ivitiladi, tegirmonga tuproqli shlam kо‘rinishida kiritiladi. Tegirmondan olingan shlam tuyish mayinligi bо‘yicha xom-ashyoning mineralogiyasiga bog‘liq bо‘lgan va 02(200 mkm) elagida qoluvchi qoldiq 0,5–3 % chegarasida va 008 elagidagi qoldiq 12–15 % dan ortiq bо‘lmagan ma’lum granulometriyaga ega bо‘lishi lozim. Shlamning namligi xomashyo komponentlaring xususiyatlariga bog‘liq holda 34–41 % diapozonda о‘zgarishi mumkin. SH lam shlambasseynga haydaladi, bu yerda u mexanik qurilmalar va siqiq havo yordamida yaxshilab aralashtiriladi, tarkibi kerakli holatga keltirilib, aylanma pechlarning ta’minlagichlariga uzatiladi.
Hozirgi vaqtda aylanma pechlar xomashyo uni va xomashyo shlamini kuydirish uchun eng keng qо‘llaniladigan agregatlardandir. Quruq va hо‘l usulda sement ishlab chiqarish uchun qо‘llanuvchi agregatlarining tuzilishi bir-birlaridan sezilarli farq qiladi. Hо‘l usulda kuydiruvchi aylanma pechlar uzun, ichi bо‘sh metall barabandan iborat bо‘lib, ularning diametri 2 dan 7 m.gacha, uzunligi esa 40 dan 230 m о‘lchamgacha о‘zgaradi. Hо‘l usulda ishlovchi eng keng tarqalgan agregatlardan diametri Ø 5 m, uzunligi 185 m va unumdorligi 72 t/soat bо‘lgan aylanma pechlardir. Pechning ichki devori о‘tga chidamli g‘ishtdan futerovkalanadi, pechning о‘zi esa uning yuzasiga о‘rnatilgan qattiq halqalar (bandajlar) yordamida temirbeton fundamentlariga mustahkamlangan tayanch roliklariga tayanadi. Aylanma pechning о‘qi gorizontga nisbatan 4 °og‘ma burchak tarzida joylashadi. Pech agregati 1,2–1,4 ayl/min tezlikda aylanma harakatga keltiriladi. Aylanma harakat elektrodvigatel, reduktordan iborat aylanma harakat uzatuvchi sistema yordamida amalga oshiriladi. Bunday pechlarning issiqlikdan foydalanishini yaxshilash uchun issiqlik almashinish turli ichki issiqlik almashtirgichlar hisobiga (zanjirli tо‘siq va issiqlik almashtirgichlar) jadallashtiriladi.
Hо‘l usulda kuydirish uchun agregatning ishi quyidagicha amalga oshiriladi: pechning bir tomonidan («sovuq tomon») pech ichiga xomashyo shlami, qarama – qarshi tomonidan esa («issiq tomon») yoqilg‘i va havo beriladi. Yoqilg‘i pech ichida gorelkalar yoki forsunkalar yordamida yoqiladi (tabiiy gaz, kо‘mir, mazut). Yonish mahsulotlari (chiqib ketuvchi gazlar) pech ichida tutun yutuvchi (dimososlar) uskunalar yordamida havo siyraklashishi hisobiga materialning harakatiga qarama – qarshi tarzda yо‘naladi. Chiqib ketuvchi gazlar va alanga о‘z issiqligini pech futerovkasi va kuydiriluvchi materialga uzatadi. Pechning futerovkasi qizib, issiqlikni materialiga о‘tkazadi. Pech ichida issiqlik almashinishi sodir bо‘ladi va bu nur chiqarish, konveksiya va issiqlik о‘tkazuvchanlik asosida amalga oshadi. Materialni «issiq» tomonga harakat qilishi pechning gorizontga nisbatan burchak ostida bо‘lishi va aylanishi hisobiga bо‘ladi. Hо‘l usulda ishlovchi aylanma pechda kuydiriluvchi xomashyo aralashmasi turli fizik – kimyoviy о‘zgarishlarni boshidan kechiradi va pech shartli ravishda bir necha zonalarga bо‘linadi. Bunda quritish, qizdirish, kalsinatsiyalash, ekzotermik reaksiyalar, pishirish va sovitish zonalari mavjud. Chiqib ketuvchi gazlar aylanma pech ichidan chang kamerasi orqali elektrofiltr tomon yо‘naladi va dimosos yordamida tutun chiqaruvchi tik quvurga uzatiladi.
Quruq usul bо‘yicha sement ishlab chiqarishda ishlovchi kuydirish agregati pech tashqarisida joylashuvchi issiqlik almashtirgichlar tizimi va kaltalashtirilgan aylanma pechdan iborat (1-rasm). Issiqlik almashtirgichlar tо‘rt bosqichlik siklonlardan tashkil topadi va ularda xomashyo uni siklonlarning yuqorigi (tо‘rtinchi) bosqichidan pastki (birinchi) siklonga tomon harakat qiladi.

1-rasm. Quruq usulda sement ishlab chiqarilishida pechlar issiqlik
almashtirgichlarining tuzilishi.
a) siklonli issiqlik almashtirgichlar bilan; b) siklonli issiqlik almashtirgichlar va dekarbonizatorlar bilan; 1 – xomashyo unining berilishi; 2 – dimosos; 3 – siklonli issiqlik almashtirgich; 4 – dekarbonizator; 5 – aylanma pech; 6 – sovutgich; 7 – sovutgichdan chiquvchi isigan havo; 8 – chо‘ktirgich; 9 – havo purkagich; 10 – klinkerni sovitish uchun havo beruvchi ventilyatorlar.

Bunda pastga tomon harakat qilayotgan xomashyo uni materialga aylanma pechdan chiquvchi gazlardan beriluvchi issiq havo orqali isiydi.Siklonlar bir vaqtning о‘zida gazni materialdan ajratish vazifasini bajaradi, gaz siklonining yuqorigi qismiga kirib keladi, ishlanuvchi xomashyo materiali esa siklonning pastki qismida tо‘planadi. Materialni dozirovkalash gaz yо‘liga kirishda uchinchi bosqich siklondan о‘tgandan sо‘ng amalga oshiriladi.


Materialni siklonli issiqlik almashtirgichlar ichida bо‘lishi uchun bir minutga yaqin vaqt talab qilinadi, bu vaqt ichida harorat 750–800 °C gacha kо‘tariladi va materialning qisman dekarbonizatsiyalanishi sodir bо‘ladi. Dekarbonizatsiyalanish darajasi pech tashqarisidagi siklonli issiqlik almashtirgichlarning turiga kо‘ra 30–40 % tashkil etadi,qо‘shimcha reaktor qо‘llanishida esa (dekarbonizator) 90–95 % yetadi. Issiqlik almashtirgichlar qurilmalaridan о‘tgach xomashyo aralashmasi aylanma pechga kiradi, siklonli issiqlik almashtirgichlardan chiquvchi gazlar esa xomashyo maydalovchi tegirmonlarga yoki sovutgich orqali kollektorlarga о‘tadi, bu yerga tegirmonlar orqali о‘tgan gazlar bilan birlashadi. Chiqib ketuvchi gazlar kollektor ichidan chiqishda elektrofiltrlar vositasida tozalanib dimosos yordamida tutun mо‘rikonga yо‘naltiriladi. Hozirgi paytda sement ishlab chiqarish eng keng tarqalgan quruq usulda ishlovchi Ø6,4 m diametrli, uzunligi 95 m bо‘lgan va 125 t/soat unumdorlikdagi aylanma pechda amalga oshiriladi.



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin