О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə14/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

Mineralogik tarkibi. Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan tо‘rtta oksid (CaO, SiO2, Al2O3 va Fe2O3) portlandsement klinkerida birikib kalsiy silikat, kalsiy alyuminat va kalsiy alyumoferritlarini hosil qiladi. Sement klinkerining shlifi mik­roskop orqali kо‘rilganda u asosan kristalik strukturali kalsiy silikatlardan iborat. Kalsiy silikatlar oraligida shishasimon amorf oraliq moddalar deb ataluvchi alyuminat va alyumoferritlar joylashadi. Portlandsement xossalari ana shu minerallar miqdoriga bog‘liq.
Portlandsement klinkerining asosiy minerallari kuyidagilar:
Uch kalsiy silikat (alit) —3СaO•SiO2 yoki C3S.
Ikki kalsiy silikat (belit) —2СaO•SiO2 yoki C2S.
Uch kalsiy alyuminat — 3СaO•Al2O3 yoki S3A.
Tо‘rt kalsiy alyumoferrit (selit) —4CaO•Al2O3•Fe2O3 yoki C4AF.
Normal tarkibli portlandsement klinkerida asosiy minerallarning protsent miqdori quyidagicha bо‘lishi mumkin:C2 S —45…60%; C2S—15…37%; C3A—7…15%; C4AF—10…18%.Ishlab chiqarish sharoitlarida CaO ni yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan minerallar kо‘rinishida batamom biriktirish qiyin. Shuning uchun klinker tarkibida erkin, birikmagan holda bir oz CaO qolishi mumkin. Klinkerda erkin CaO bо‘lsa, u port­landsement xossalariga magniy oksidga nisbatan xavfliroq ta’sir kо‘rsatadi, ya’ni u hajmiy juda notekis о‘zgaradi. Er­kin CaO sementtoshni bо‘zib yubormasligi uchun klinkerni tuyishdan oldin erkin CaO havodagi nam ta’siridan sо‘nib ulguradigan qilib ma’lum vaqt omborlarda yetiltiriladi. Shunda klinker birmuncha yumshaydi va uni tuyish osonlashadi. Hozirgi vaqtda ishlab chiqarishni avtomatlashtirish munosabati bi­lan klinker yetiltirib о‘tirilmaydi, ishlab chiqarish ancha mukammal tashkil etiladi. Portlandsementning asosiy texnik xossalari klinker tarkibida muxim minerallardan necha protsent borligiga bog‘liq. Shuning uchun klinkerning mineralogik tarkibiga qarab, portlandsement kuyidagi turlarga bо‘linadi:
-alit portlandsement, undagi uch kalsiy silikat 60% dan ortiq, C3S: C2S nisbat esa 4 dan katta;
-belit portlandsement tarkibida 37% dan ortiq ikki kalsiy silikat bor, C3S:C2S nisbat 1 dan kam;
-alyuminat portlandsement, tarkibida uch kalsiy alyuminat 15% dan ortiq. C3A miqdoriga qarab sementlar oz alyuminatli (C3A dan 5% gacha), о‘rtacha alyuminatli (5…9% C3A) va kо‘p alyuminatli (C3A 9% dan ortiq) sementlarga bо‘linadi;
-alyumoferrit (selit) portlandsement, tarkibidagi tо‘rt kalsiy alyumoferrit 18% dan ortiq.
Klinker tarkibida ba’zan bir yо‘la ikki xil mineral miqdori kо‘p bо‘lishi mumkin. Bunday portlandsement qо‘sh nom bilan ataladi: alit-alyuminat, alit-belit yoki belit-selit. Har bir klinker uchun mineralogik xossalar, beton ishlati­ladigan sharoitlarga qarab tegishli mineralogik tarkibli sement tanlanadi.
Alit — portlandsementning yuqori mustahkamligi, tez qotuvchanligi va boshqa qator xossalarini ta’minlovchi klinkerning muhim silikat mineralidir. Uning miqdori klinker tarkibida 45…80%. Hozirgi kunda uni uch kalsiy silikatning kam miqdordagi MgO, A12O3, P2O5, Sg2O3 va boshqalar bilan qattiq eritmasi deb hisoblanadi. C3S tarkibida bu moddalarning miqdori kam bо‘lishiga (2…4%) qaramay, ular C3S ning struktura va xos­salariga ma’lum darajada ta’sir kо‘rsatadi.Laboratoriya sharoitida toza kimyoviy komponentlardan tayyorlangan uch kalsiy silikat bilan sanoat miqyosida yoki laboratoriya sharoitida tabiiy xom ashyolardan hosil bо‘lgan sement klinkeridagi alit farqini albatta bilish kerak. C3S uchta polimorf modifikatsdiyalarda uchraydi. Toza C3S odatda tiriklin formasida kristallanadi, qо‘shimcha­lar esa uni monoklin, ba’zan tiriklin strukturaga (sementlarda) о‘tkazadi.Alit kristallar odatda oltiyoqlik yoki tо‘g‘riburchaklik shaklda bо‘ladi. Uning zichligi 3,15 g/sm3. Toza C3S 1200…1250°S dan 1900…20700С gacha temperatura oraligida barqaror bо‘ladi. Bu temperaturadan pastda C3S—C2S va CaO ga parchalanadi. 2070oС dan yuqorida esa C3S eriydi. Pastki temperatura chegarasi amaliy ahamiyatga ega, chunki klinker sanoat pechida sovish zonasiga о‘tib soviyotganda bir oz vaqt 1200…1250 oС chegarada turib qoladi, bu esa C3S ning parchalanishiga olib keladi va demak, klinker sifatini yomonlashtiradi. Odatdagi temperaturalarda о‘ta sovish sababli klinker parchalanmaydi.
Portlandsementning mustahkamligiga va boshqa xossalariga klinkerdagi alit kristallarining shakli (о‘lchami, klinker bо‘ylab turli о‘lchamdagi kristallarning taqsimlanishi, kristallanish darajasi va boshqalar) ham ancha ta’sir kо‘rsatadi. Petrografik taxlillarning kо‘rsatishicha, 600…700 markadagi portlandsementni tayyorlash uchun klinker tarkibidagi turli о‘lchamli alit kristallarning orasida asosan о‘lchami 3…20 mkm yiriklikdagi kristallar kо‘proq bо‘lishi kerak. Bundan tashqari, kristallar tо‘g‘ri prizmatik yoki geksagonal shaklda bо‘lishi ma’kul.Xom ashyo tarkibidagi mavjud yoki maxsus xom ashyo aralashmasiga kiritiladigan FeO, MgO, CaSO4, CaF2, R2O5, TiO2, Sg2O3, MnO, Fe2O3 kabi qо‘shilmalar portlandsement mustahkamligiga ijobiy ta’sir etishi aniqlangan. Kuydiriladigan xom ashyo aralashmalari tarkibida 0,1…0,5% miqdorda yuqorida aytilgan qо‘shilmalarning bо‘lishi alitning kristallanishiga legirlovchi modda sifatida ta’sir kо‘rsatadi, bu esa sementlarning aktivligini oshirishga imkon tug‘diradi.
Portlandsement klinkerida hosil bо‘ladigan alit tarkibini quyidagi formula bilan ifodalash mumkin: 54СaO • 16SiO2 • MgO • Al2O3
Belit - portlandsement klinkerining ikkinchi asosiy minerallaridan biridir. U alitdan dastlabki kunlarda sekin qotishi bilan farqlanadi. Uning asosiy mustahkamligi bir yil atrofida tо‘planadi. Bu mustahkamlik alitning mustahkamligiga yaqin.
Ikki kalsiy silikat, alit singari kam miqdordagi qо‘shimchalar (1…3%) bilan qattiq eritma hosil qilib belitga aylanadi. Bunday qо‘shimchalarga Al2O3, Fe2O3, Sg2O3 va boshqalar kiradi. Ikki kalsiy silikatning tо‘rtta polimorf formasi borlig‘i aniqlangan: —C2S; — C2S;1— C2S;  C2S. N.A.Toropov fikricha ikki kalsiy silikatning yana beshinchi polimorf formasi 1 — C2S ham bor. Erish temperaturasi 2130…1425°C chegarada — modifikatsiya barqaror bо‘ladi, bu temperaturalardan pastda a1—formaga о‘tadi. Sanoat klinkerlarida a— modifikatsiyani barqarorlashtirish qiyin bо‘lgani uchun u kam uchraydi, a1— C2S 1425…830°C temperaturada barqaror. Bundan past temperaturada, sekin sovitish sharoitida toza a1—C2S turi past temperaturada barqaror bо‘lgan g— C2S formaga о‘tadi. a1— C2S tez sovitilganda 670 °C gacha hamma temperaturada barqaror bо‘lmagan va g- C2S ga aylanishga moyil bо‘lgan b-C2S formaga о‘tadi. Ammo bu jarayonning ketishiga b-C2S kristalik tо‘riga kam miqdorda (1…3%) kirib qolgan qо‘shimchalar xalaqit beradi. Barqarorlashtiruvchi qо‘shimchalar rolini A12O3, Fe2O3, MgO, Na2O, K2O va Sg2O3 hamda boshqalar bajaradi. Shu bilan birga, b-C2S ning barqarorligini oshiruvchi faktor bо‘lib, uni oddiy (xona) temperaturasigacha sovitish xizmat qiladi.-C2S formaning -C2S ga aylanishida umumiy hajmi 10 % ga ortadi. Shuning uchun material donalarining yorilishi va kukunga aylanishi kо‘zatiladi, -C2S 100 °C gacha tempera­tura muxitida deyarli suv bilan reaksiyaga kirishmaydi. Shuning uchun u bog‘lovchilik xususiyatlarini namoyon qilmaydi. Faqat nam issiq sharoitda ishlov berilganda (avtoklavlarda) u bog‘lovchilik xususiyatlarini namoyon qiladi. -C2S ning zichligi 3,28 ga teng, -C2S niki esa 2,97 g/sm3.Belitning gidravlik aktivligi, alit kabi kristallarning tuzilishi, kristallarning о‘lchami, zichligi, yoriqlar va qо‘shimchalarning strukturasiga (kirib qolganligiga) bog‘liq. Tojdor chetli dumaloq zich strukturali о‘rtacha о‘lchamlari 20…50 mkm bо‘lgan belitli selitlar yuqori mustahkamlikka ega. Kristal­larning tezdan parchalanishi tufayli katta sathni hosil qiluvchi sistemalar sementlarning gidravlik aktivligini oshiradi.

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin