О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


-ilova О‘tilgan mavzu bо‘yicha bilimlarni mustaxkamlash savollar



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə22/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

1-ilova
О‘tilgan mavzu bо‘yicha bilimlarni mustaxkamlash savollar
1. Portlandsement olishdagi asosiy xom ashyolarni ta’riflang.
2. Tо‘g‘rilovchi qо‘shilmalarga qanday materiallar kiradi va ularning vazifasi nimadan iborat?
3. Portlandsement olishda qanday yoqilg‘ilar ishlatiladi?
4. Xom ashyo aralashmasini tayyorlash, xossalari, klinker olishda ketadigan jarayonlar.
5. Klinkerni sovutish, maydalash va tuyish sxemalarini izoxlang.


2- ilova
Ma’ruza rejasi
1.Shlamni kuydirish
2.Klinkerni kuydirishda kechadigan jarayonlar
3. Aylanma pechlar
4. Sovitgichlar
3- ilova


Xom ashyo aralashmasi (shlam) ni kuydirish
Shlam hо‘l yoki quriq usulda tayyorlangan bо‘lishidan qatiy nazar aylanma pechlarda kuydiriladi. Hozirgi aylanma pechlar pо‘lat taxtalardan yasalgan barabandan iborat. Metallni yuqori temperatura ta’siridan saqlash va issiqlik kam isrof bо‘lishi uchun pechning ichiga о‘tga chidamli materiallar qoplanadi (futerovka qilinadi). Bu о‘tga chidamli materiallar ishlash sharoitiga qarab tanlanadi. Qoplama sifatida A va B klassdagi shamot g‘isht, gil-tuproq va magnezial о‘tga chidamli g‘isht ishlatiladi. Qoplama sifatida ancha arzon, о‘tga chidamli beton ishlatish tajribasi ham bor. Ammo bu material hozircha faqat tajriba sifatida ishlatilmoqda. Hozirgi kunda О‘zbekiston zavodlarida klinkerning asosiy qismi 3x100, 4x150, 4,5x170, 5x60 va 7x90 m о‘lchamli pechlarda ishlab chiqarilmoqda. Ularning bir sutkadagi klinker bо‘yicha ish unumi 400, 800, 1200 va 1800 tonna. Solishtirma issiqlik sarfi 5000…6700 kJ/kg; har bir pech uchun solishtirma elektr energiyasi sarfi 25…26 kVt.soat/tonna klinkerni tashkil qiladi. Pech uch xil tezlikda, ya’ni minutiga 0,5; 0,75 va 1 marta aylanishi mumkin. Tezlikni elektr dvigatelning aylanishlar sonini о‘zgartirish bilan о‘zgartirish mumkin. Pech 40 gradus qiyalikda о‘rnatilgan. Pech qiya о‘rnatilgani uchun u aylanganida material baraban ichida pastga surilib tushadi. Pechning kо‘tarilgan qismi chang ushlagich kamerasiga kirib turadi. Tashqaridan havo kirmasligi uchun chang kamerasi bilan baraban orasidagi tirqish (zazor) maxsus tuzilmalar bilan zichlanadn. Shlam chо‘michli ta’minlagich yordamida bachokdan truba orqali pechga oqib keladi. Qarama-qarshi tomondan pechga kо‘mir changi, chang-havo yoki gaz-havo aralashmasi bosim ostida purkalanadi. Kо‘mir yoki gaz qizib turgan bо‘shliqqa tushib, pech boshidan taxminan 10 m masofada yonib ketadi. Hosil bо‘lgan qizib ketgan tutun gazlarini pech oxiriga о‘rnatilgan ventilyator barabani bilan surib tashlanadn. Kuydiriladigan material tutin gazlariga qarshi tomonga harakat qiladi. Qizib ketgan gazlar yaxshi qizimagan material bilan uchrashib unga о‘z issiqligini beradi va soviy boshlaydi. Natijada tashqi havo temperaturasidagi suyuq shlam asta-sekin erib, qovushib, pishish temperaturasi (14500C) gacha qiziydi. Qisman erib qovushib pishayotgan klinker, ayniqsa pechning aylanma harakati tufayli hosil bо‘lgan klinkerning dumaloq donalari borgan sari zichlashib yuqori mustahkamlikka ega bо‘la boshlaydi. Sо‘ngra shu usulda hosil bо‘lgan klinkerning dumaloq donalari pech oxiridagi sovuk havo oqimiga duch kelib, unga о‘z issig‘ini beradi va qotib qoladi. Isigan havo keyin yoqilg‘ining yonish zonasiga keladi, deyarli 1000…11000С gacha sovigan klinker esa pech barabanidagi teshikdan zanjirli rekuperatorning yoki panjarali sovitgichlarga tо‘kilib tushadi. Bu yerda klinker 50…1000C gacha sovitilib, sо‘ngra omborga jо‘natiladi. Sovitgichlar bir necha tipda bо‘lishi mumkin: barabanli sovutgich (hozirgi kunda bunday sovutgichlar eskirib qolgan), rekuperatorli sovutgich, skrebkali va panjarali sovitgichlar. Xozirgi pechlarda rekuperatorli yoki panjarali sovitkichlar о‘rnatilmoqda. Rekuperatorli sovitgich bir necha pо‘lat barabanlardan iborat (uzunligi 150 m pechda 10 ta baraban bor). Bu barabanlar pechning sovuq tarafida pech aylanmasi bо‘yicha simmetrik joylashgan. Barabanlar pech korpusiga mahkamlangan va biridan ikkinchisiga darcha ochilgan. Klinker pechdan ana shu darchalar orqali barabanga tо‘kilib tushadi. Barabanlarning ichki yuzasidan shopiruvchi kurakchalar bor. Pech aylanayotganda kо‘rakchalar klinkerni sidirib oladi; klinker yuqorigi holatga yetgach, u kurakchalardan tо‘kilib tushadi, shu bilan barabanlar bо‘yicha surilayotgan sovuq havodan yaxshi soviydi. Barabanning klinker olinadigan qismida olish teshigi bor, baraban chetida esa bort yasalgan bо‘lib bort klinkerning olish teshigidan о‘tishga yordam beradi.
Uzunligi 185 m va diametri 5 m bо‘lgan pech yirik korxonalarda о‘rnatish uchun qabul qilingan eng yangn konstruksiyadagi aylanma pechdir. Pechga gorizontal panjara-tо‘rli itarib beruvchi sovitgich о‘rnatilgan. Panjara-tо‘r qо‘zg‘aladigan va qо‘zg‘almaydigan paletlardan iborat. Qо‘zg‘aladigan paletlar qaytma-ilgarilama harakat qiladi. Shu harakat vaqtida klinker tо‘r ustidagi material qatlami orasidan о‘tayotgan havo bilan sovitiladi. Sovigan klinkerni maydalash uchun sovitgichga bolg‘achali maydalagich о‘rnatilgan. Klinker rayonlarning iqlim sharoitlariga qarab ochiq va yopiq omborlarda saqlanadi. Sо‘nggi yillarda klinkerni saqlash uchun siloslar ham ishlatilmoqda. Ularning sig‘imi 3…5 sutkada ishlab chiqarilgan klinker hajmiga teng. Pech sovitgichidan klinker kurakli transportyorlar yoki vagonetkalar orqali omborlarga jо‘natiladi. Klinker omborlarida greyfer kо‘prik kranlar bо‘lib, ular faqat ombordagi yuk ortish, yuk tushirish va klinkerni tuyish bо‘limining transport vositalariga uzatish ishlarini bajarib qolmasdan, ayni vaqtda klinkerga tashqaridagi havo yaxshiroq tegishi uchun uni aralashtirib ham turadi. Klinker omborlarining hajmi ancha katta bо‘lib, ularga 30 t va undan ortiq klinker ketadi, Bunday omborlar asosan klinkerni yetiltirish uchun kerak. Omborlarda saqlash davomida klinkerdagi erkin ohak havo nami ta’sirida sо‘nadi. Shu bilan klinker struktura jihatdan kovak bо‘lib koladi va shuning uchun osongina tuyiladi. Ayrim vaqtlarda klinkerga suv ham sepiladi.
Yetiltirish muddati klinkerni kuydirish sifatiga bog‘liq. Aylanma pechlarda olingan klinkerni, shuningdek, kuydirilgan klinkerlarni yetiltirmasa ham bо‘ladi. Bu korxonani avtomatlashtirishda katta ahamiyatga ega. Ish unumi hamda 1 kg klinkerni kuydirish uchun sarflanadigan issiqlik aylanma pechlar ishining asosiy kо‘rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Shuni aytib о‘tish kerakki, portlandsement ishlab chiqarish hо‘l usulining muhim kamchiligi ham bor. Shlam namini qochirish uchun anchagina (umumiy sarfning 30% gacha) yoqilg‘i sarflash kerak. Shuning uchun pechning foydali ish koeffitsiyentini oshirish maqsadida iloji boricha nami kam bо‘lgan shlam ishlatish zarur. Pechda issiqdan unumli foydalanish kerak. Buning uchun atrof-muhit bilan kuydirilayotgan material о‘rtasida issiqlik almashuvini yaxshilash lozim.
Birinchi tadbirni, ya’ni shlam namini qochirishni uch usulda amalga oshirish mumkin: shlam suyultirgichlar ishlatiladi, ortikcha suv mexanik usulda yо‘qotiladi va shlam nami bug‘lantiriladi. Shlam suyultirgich sifatida turli moddalar-soda, suyuq shisha, torf yoki qо‘ng‘ir kо‘mirning sodali eritmasi, bitum va tog‘ mumi chiqindilaridan bо‘lgan ishqoriy torf moddalari, uch polifosfat (Na2РO10) va boshqalar, kо‘proq sulfit-spirt bardasi ishlatiladi. Ozgina sulfit-spirt bardasi (quruq aralashma og‘irligining 0,15…0,3%) qо‘shganda ham shlamning oquvchanligi ancha ortadi. Bu esa shlamning ana shu oquvchanlngini saqlagan holda namni 2…3% kamaytirishga imkon beradi. Natijada faqat yoqilg‘i sarfi kamayib qolmasdan, shu bilan birga pech unumdorligi ham ortadi. Chunki bu holda, issiqlikning kо‘p qismi klinkerni kuydirishga sarflanadi.
Ikkinchi va uchinchi usulda shlam nami mexanik ravishda qochiriladi. Bunda qо‘llaniladigan turli mexanizm va asboblarning tuzilishi hamda ishlashi maxsus kurslardan mustaqil о‘rganiladi.
Materialning issiq havoga duch keladigan sathini kengaytirish bilan kuydirilayotgan material va gaz okimi о‘rtasidagi issiqlik almashuvini kuchaytirish mumkin. Buning uchun pechning sovuq tarafida 35…40m (700-800) masofada zanjirlar osiladi. Shlam zanjir xalqalarga yopishadi. Natijada osib qо‘yilgan zanjir-tо‘r orasidan о‘tayotgan gaz oqimiga tegadigan shlamning yuzasi keskin kengayadi. Bundan tashqari, pech aylanayotganda zanjirlar materialni yaxshilab aralashtiradi. Bu ham shlamga gazlarning yaxshi tegib о‘tishini ta’minlaydi. Zanjir-tо‘rlar pechdan kam chang chiqishiga ham yor­dam beradi.Zanjirlar bir uchidan, ikkala uchidan о‘ram holida yoki bir uchidan tо‘p-tо‘p qilib osiladi. Zanjirlarni о‘ram holida, shuningdek murakkab shaklda osish ham yaxshi natija beradi. Uzun pechlarda zanjirlarning umumiy uzunligi 2000 m va undan ortiq bо‘ladi, ularning yuzasi esa taxminan 1500 m2. Zanjir tо‘r-parda issiqlikni 10…15% kam sarflaydi va pech unumdorligini shuncha miqdorga oshiradi.Zanjir-tо‘r orqasiga (ancha yuqori temperatura eonalarida) turli konstruksiyadagi issiqlik almashtirgich о‘rnatish ham pechda issiqlik almashinuvini yaxshilaydi. Issiqlik almashtirgichning о‘tga chidamli pо‘latdan ishlangan 10…12 ta seksiyasi bor. Seksiyalar pech bо‘yi baravar joylashgan bо‘lib, har bir seksiyada oltitadan tokcha bor. Pech aylanganda tokchalar materialni sidirib oladi va yuqoriga kо‘tarib, tо‘kib yuboradi. Shunda material aralashadi va issiqlik almashinuvi yaxshilanadi.Gaz oqimi temperaturasi 1100…1200°C bо‘lgan zonalarda sopol issiqlik almashtirgichlar о‘rnatiladi. Ularning ham osilgan zan­jirlar kabi effekti katta, ya’ni klinkerni kuydirish uchun 10…15% kam issiqlik sarflanadi va shunga mos holda pechning unumdorligi ham ortadi.Pechni aralashma bilan ikki tomonlama ta’minlab turish usuli ham pech unumini oshirib, yoqilg‘i sarfini kamaytiradi. Bu, usulda pechning sovuq tarafidan shlam uzatiladi, pechning bosh qismidan esa mayda tuyilgan quruq domna shlagi, tets kullari purkaladi. Pechni bu usulda ta’minlab turish, yoqilg‘i sarfini ancha kamaytirib, pechning unumdorligini 10…15% oshiradi.
4-ilova

Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin