О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti


- ilova Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xom ashyo aralashmasini tayyorlash



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə19/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

7- ilova


Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish hamda xom ashyo aralashmasini tayyorlash
Ohaktosh bilan gil, odatda, sement zavodi yaqinidagi konlardan qazib olinadi. Ohaktosh portlatish yordamida qazib olinadi va vagonetkalar, platformalar yoki yukni о‘zi ag‘daradigan mashinalarda tashiladi. Gilni qazib olish uchun bir chо‘michli (kamdan-kam hollarda kо‘p chо‘michli) ekskavatorlar ishlatiladi. Gil ham ohaktosh singari tashiladi. Ayrim vaqtlarda bu maqsadlar uchun gidrotransportdan foydalaniladi.Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan transportdan tashqari, mahalliy sharoitlarga qarab, lentali transportyorlar (kon 1 km gacha, ba’zan esa 5… 8 km gacha uzoqda bо‘lsa) yoki zavod bilan kon orasi pastbaland yoki binolar qurilgan bо‘lsa, osma sim-arqon yо‘llardan foydalansa ham bо‘ladi.Qazib odinadigan xom ashyo narxi turli korxonalarda bir-biridan farq qiladi. Transport xarajatlari esa xom ashyo umumiy sarfining 60% ini tashkil etadi.Yog‘ingarchilik va sovuq kunlari yoki uskuna va transport vositalari buzilgan vaqtlarda ish tо‘xtab qolmasligi uchun zavod hovlisida ohaktosh va gil zaxiralari bо‘lishi kerak. Buning uchun qо‘shimcha yuklash va tashish ishlarini bajarish lozim, bu esa iqlimi keskin о‘zgaradigan sharoitlarda zavodning normal ish tartibini ta’minlaydi.Ohaktosh kondan о‘lchami 500…800 mm va undan katta xarsang bо‘laklar tarzda olib kelinadi. Bitta apparatda ohaktoshni talab qilingan darajada maydalab tuyib bо‘lmaydi. Shuning uchun u ikki-uch marta maydalanadi. Avvaliga ohaktoshning yirik bо‘laklari 100…200 mm о‘lchamda, jag‘li maydalagichlarda bir marta maydalanib olinadi. Xom ashyo ikkinchi safar odatda, bolg‘achali va konus maydalagichlarda 10…30 mm о‘lchamgacha, sо‘ng oxirgi marta suyuq loy bilan shar tegirmonlarda maydalanadi. Bu xom ashyo suvsiz maydalangandagiga nisbatan suvda yaxshi maydalanadi. Suvda maydalanganda materiallarning qattiqligi kamayadi. Ohaktosh tegirmonga avtomatik boshqariladigan va uzluksiz ishlaydigan tarozi yoki hajm dozalagichlar (ulushlagichlar) bilan uzatiladi. Bu maqsadlarda juda aniq ulushlayligan hajm ulushlagichlar о‘rnatiladi, chunki ohaktosh gil bilan birga tuyiladi. Shu sababli bu ikki tashkil etuvchining nisbati aniq bо‘lishi kerak.
Gil tegirmonga suyuq loy holida uzatiladi. Ohaktosh bilan gil birga maydalanishi tufayli tarkibiga kiradigan materiallar juda yaxshi aralashadi. Xuddi shu maqsadda tо‘g‘rilovchi qо‘shilmalar ham tegirmonga uzatiladi (aralashma tarkibiga kirgan ikki asosiy materialning kimyoviy tarkibi talab qilingan tarkibli klinker olishni ta’minlay olmasligi ma’lum bо‘lsa). Gil chayqatgich temir-beton basseyndan iborat bо‘lib, uning tubi va devorlariga chо‘yan plitalar qoplangan (2-rasm).

2-rasm. Loychayqatgich:
1-temir-beton rezervuar, 2-privodli tuzilmasi bor kо‘prik, 3-elektr yuritgich, 4-reduktor, 5-tishli uzatgich, 6-stakan, 7-traversa, 8-markaziy ustun, 9-stakan, 10-о‘q, 11—almashtirib turiladigan pо‘lat tishli boronalar.

Tо‘sinromga zanjirlarda pо‘lat xaskashlar erkin holda osib quyilgan, maydalagichlarda bir sidra maydalab olingan gil (xaskashlar aylanib turganda) oz-ozdan chayqatgichga uzatiladi. Gil bilan birga basseynga suv ham qо‘shiladi. Elektr dvigatel vositasida harakatga keltirilgan xaskash panjalari kо‘pi bilan 3…5 mm о‘lchamda maydalangan gil kesaklarini suvda ivitadi. Shlam chiqib ketadigan darcha yirik loy bо‘laklarni ushlab qoladigan panjara bilan berkitilgan. Suyuq loy nasoslar vositasida ta’minlagich bachoklariga uzatiladi. U yerdan aralashma о‘lchov bachoklari orqali shar tegirmonlariga yuboriladi. Loy tarkibidagi yirik qо‘shilmalar basseyin tubiga chо‘kadi va vaqti-vaqti bilan chiqarib tashlanadi.Suyuq loy tarkibidagi suv-shlam (suyuq ohaktosh va loy aralashmasi) ning namligi 34…45% ga yetganda ajratib olinadi. Gid chayqatgichlarda maydalanganda, toshsimon qо‘shilmalar va qum loydan osongina kо‘chib tushadi. Gilni maydalash jarayonini tezlatish va uning yaxshi о‘tishi uchun issiq suv ishlatiladi.Loy (gil) chayqatgich basseyining diametri 8…12 m, unumdorligi esa 12…30 m3/soat. Elektr dvigatelning belgilangan quvvati 35…60 kVt.Sement zavodlarida yumshoq xom ashyolarni ishlatishga kо‘p e’tibor beriladi yoki juda samarali bо‘lgan rotorli tegirmonlardan kо‘proq foydalanaladi.Hо‘l usul bо‘yicha xom ashyo aralashmasini tayyorlash sxemasida xom ashyo sifatida bitta qattiq komponent (ohaktosh) va ikkinchi yumshoq, suvda oson ivib ketadigan komponent (gil) ishlatiladi. Xom ashyo sifatida yumshoq bо‘r va tuproq ishlatilsa, ikkalasi ham chayqatgichda bir vaqtda maydalanadi. Hosil bо‘lgan shlamning ivimagan kesaklarini ajratib olish uchun u elakdan о‘tkaziladi va yana chayqatgichga solinadi. Yumshoq xom ashyoda toshsimon qо‘shilmalar bо‘lsa, elak ustidagi mahsulot shar tegirmonlarda maydalanib, sо‘ngra shlam bilan aralashtiriladi.





3-4-rasm. Maydalovchi jismsiz baraban tegirmon.


1-baraban, 2-qopqoq, 3-sapfa, 4-podshipniklar, 5-tojdor tishli g‘ildirak.

Shlam tayyorlashning uchinchi sxemasi ham bor: xom ashyo ikkita qattiq modda, ya’ni ohaktosh va zich gil mergeldan iborat bо‘lgan hollarda ishlatiladigan sxema. Bu sxema bо‘yicha bir marta maydalab olingan ohaktosh va mergel yana bir bor shar tegirmon­larda maydalanadi. Sо‘nggi vaqtlarda, о‘z-о‘zicha materiallarni maydalash prinsipiga asoslangan, juda katta diametrli aylanuvchi barabanda materiallarni suv ishtirokida kaskad kо‘rinishida pastga tashlab yuboruvchi, ya’ni tо‘kuvchi tegirmonlar ishlatila boshlandi (3- va 4-rasmlar). «Gidrofol» deb ataluvchi bunday tegirmon Sizran og‘ir mashinasozlik zavodida tayyorlangan. Diametri 7 m bо‘lgan bu baraban minutiga 13 marta aylanadi. Uning ichki qismi broneplitalar bilan qoplangan va materialni sochishga mо‘ljallangan, bu broneplitalarga tokchalar ham о‘rnatilgan. Baraban silindrik qismining uzunligi 2,3 m. Solinadigan materialning yirikligi 0,35…0,8 m gacha (bо‘r uchun 0,5…0,8 m; ohaktosh uchun 0,35…0,45 m). Bu tegirmon loy chayqatgich va shar tegirmonlarga nisbatan ancha samarali (5- va 6-rasmlar). Uning ishlab chiqarish unumdorligi 400…500 t/soat. Harakatga keltiruvchi elektr dvigatelning quvvati 1600 kVt. Aralashma bu tegirmondan sо‘ng shar tegirmonda mayin holga kelguncha maydalanadi.Xom ashyo aralashmasini tayyorlashga ohaktosh, gil va qо‘shilmalarni maydalash, dozalash, birgalikda komponentlarni mayin qilib kukunlash va aralashtirish, hosil bо‘lgan aralashma tarkibini tо‘g‘rilash va uni saqlash kiradi. 1 t portlandsement tayyorlash uchun 2,5…3 t xom ashyo, kо‘mir va klinker maydalash kerak. Shu ishlarni bajarishga sement ishlab chiqarish uchun sarflanadigan elektrenergiyasining 60…80% sarf bо‘ladi. Xom ashyo aralashmasi shlam-basseynlarda aralashtiriladi, tarkibi tо‘g‘irlanadi va saqlanadi, lekin aralashtirgan zahoti zarur kimyoviy tarkibli shlam olinmaydi.



5-rasm. «Hо‘l» usulda о‘z-о‘zidan maydalovchi baraban tegirmon,
1-ta’minlagich. 2-vibrator, 3-baraban, 4-konussimon baraban saralagich, 5-elektr yuritgich, 6-tishli tojdor g‘ildirak.

Bir kon chegarasidagina emas, hatto butun qatlam balandligida ham ohaktosh va gil kimyoviy tarkib jixatdan bir-biridan ancha farq kilishi mumkin. Shuning uchun bir marta ulushlashning о‘zidayoq xom ashyo aralashmasi tashkil etuvchilarining zarur nisbatda bо‘lishini ta’minlash qiyin. Shlamning kimyoviy tarkibi shlam-basseynlarda tegishlicha tо‘g‘rilanadi. Shlam siqilgan havo yordamida aralashtiriladi.Shlam tarkibi quyidagi tartibda tо‘g‘rilanadi. Shar tegirmonlardan shlam nasoslar bilan shlam-basseyinlarning bittasiga haydaladi. Boshqa basseyinga esa xuddi shunday yо‘l bilan tayyorlangan shlam uzatiladi. Bu shlam avvalgisidan kalsiy karbonat miqdori kam (yoki kо‘p)ligi bilan farq qiladi. Shlamni yaxshilab aralashtirib bо‘lingach, har qaysi basseyindagi shlamning kimyoviy tarkibi aniqlanadi va zarur kimyoviy tarkibli klinker olish uchun ikkala shlamdan qanday nisbatda olish kerakligi belgilanadi. Shlam belgilangan nisbatda olingandan sо‘ng ikkila basseyindagi shlam nasos bilan uchinchi basseyinga solinadi. Bu yerda yaxshilab aralashtirgach uning titri (CaCO3 miqdori)


)aniqlanadi. Titri yо‘l kо‘yilgan miqdordan kо‘pi bilan 0,1% farq qilgan shlam kuydirish uchun kerakli va qulay hisoblanadi.

6-rasm. Ikki kamerali trubasimon tegirmonning bо‘ylama kesimi:


1-qabul qilgich voronka, 2-ta’minlagich, 3-trubashnek, 4-qopqoq, 5-kameralararo tо‘siq, 7-yig‘gich-g‘ilof, 8-qabul qilgich patrubogi, 9-kurakchalar, 10-konus, 11-tо‘r, 12-radial kurakchalar, 13-konus, 14-ichi bо‘sh sapfa, 15-bо‘shatgich patrubogi, 16-darcha, 17-elak, 18-maydalangan jismlar uchun mо‘ljallangan patrubok, 19-tayyor sement uchun mо‘ljallangan patrubok.

Kuydirish pechi uzluksiz ishlashi uchun (xom ashyo keragicha uzatilmay qolgan hollarda ham) shlam zaxirasi bо‘lishi kerak.Zavodlarda shlam saqlash uchun qо‘llanilayotgan shlam-basseynlar konstruksiyasi jihatdan vertikal yoki gorizontal tipda bо‘lishi mumkin. Vertikal tipdagi basseynlardan, odatda shlamni tо‘g‘rilash uchun foydalaniladi. Ularning hajmi 400…1000 m3 gacha yetadi. Bu basseynlarda aralashma pnevmatik yoki aralash pnevmomexanik usulda aralashtirilishi mumkin.Zapas shlamni saqlash uchun xar birining sig‘imli 8000 m3 gacha bо‘lgan gorizontal shlam-basseynlar quriladi. Gorizontal shlam-basseyn yumaloq temir-beton sig‘imdan iborat. Ularning diametri 25 m va undan ortiq bо‘lishi mumkin. Eng yangi konstruksiyadagi bunday shlam-basseynlarda kranli aralashtirgichlar bor. Kranli aralashtirgichlar pnevmomexanik aralashtirish prinsipi bо‘yicha ishlaydi.



7-rasm. Tegirmonning bronefuterovkali plitalari:
a-zinapoyasimon, 6-bolt bilan mahkamlanadigan plitkali, v-boltsiz mahkamlanadigan plitkali, g-zinasimon (poshnasimon) plitkali.
Taxlillarning natijalariga qarab hisoblash mashinalari xom ashyolarning nisbatlarini qaytadan hisoblaydi, ulushlovchi mashinalarga yangi kо‘rsatkichlarni berib, xom ashyo tegirmonlarining tо‘g‘ri ta’minlanishi va belgilangan tarkibli shlam olishin ta’minlaydi. Shlam sarfini shlam-basseynlardagi sath о‘lchagich signalizatori, shuningdek, kо‘zatib turuvchi-elektrokontakt, membran, radioaktiv sath о‘lchagichlar kо‘rsatadi. Bu priborlardan eng aniq ishlaydigani radioaktiv cath indikatoridir. U radioaktiv izotopli (masalan, kobalt 60) quticha (konteyner) va radioaktiv nurlanishlar hisoblagich-schyotchigidan iborat. Konteyner va hisoblagich silosning qarama-qarshi devorlariga о‘rnatiladi. Izotopdan chiqayotgan gamma nurlar silosdan о‘tib, hisoblagichga tegadi. Silos bо‘sh bо‘lsa nurlanishlar kо‘p, silos tо‘la bо‘lsa kam bо‘ladi.

8-ilova



Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin