О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 1,39 Mb.
səhifə17/37
tarix29.11.2023
ölçüsü1,39 Mb.
#170015
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Кимё саноати курил мат маъруза 2015

Tuyinish koeffitsiyenti (TK). Rus olimlari V.A.Kind va V.N.Yung tomonidan aniqlangan tuyinish koeffitsiyenti port­landsement klinker meneralogik tarkibining eng muhim xarakteristikasidir. Klinker minerallar orasida uch kalsiy silikat eng muhim mineral hisoblanadi, portlandsement xossalari kо‘p jihatdan ana shu silikatning protsent miqdoriga bog‘liq. Shu bilan birga, klinker tarkibidan uch kalsiy silikat olish texnologik jixatdan juda murakkab. Qolgan uch tur silikat osongina hosil bо‘ladi.Shu narsa ma’lumki, ohak keragidan kо‘p bо‘lsa C2S, C3A va C4AF ning hosil bо‘lish jarayoni (shuningdek, CaO bilan CO2 о‘zaro ta’sir etishi tufayli CaSO4 ning ham) uch kalsiy sili­kat faqat ancha yuqori (1300°C dan kо‘p) temperaturada va kuydirilayotgan aralashmada suyuq faza bо‘lgandagina ikki kalsiy silikatning ohak bilan tuyinishi hisobiga hosil bо‘ladi.Shunday qilib portlandsement klinker ishlab chiqarishda 2CaO.SiO2 ni 3CaO.SiO2 ga aylantirish va klinkerda kerakli miqdorda 3CaO.SiO2 hosil qilish kerak. Ammo klinkerda erkin ohak qolmasligi kerak, ya’ni CaO dan C3S, C3A va C4AF hosil qilish uchun ular kerakli miqdorda bо‘lishi lozim. Bu vazifa qanchalik aniq bajarilayetgani tо‘yinish koeffitsiyentining (TK) qiymatidan aniqlanadi.Unda yutilgan (alyuminiy oksidning uch kalsiy alyuminatga, temir oksidning bir kalsiy ferritga1 va sulfat kislota angidridining kalsiy sulfatga aylanguncha tuyinishidan ortgan ohak) ohak miqdorining qumtuproq uch kalsiy silikatgacha ohakka tuyinishi uchun zarur bо‘lgan ohak miqdoriga nisbati beriladi.Klinker mineralari tarkibiga kiruvchi oksidlarning molekulyar og‘irliklariga qarab qumtuproq 2CaO∙SiO2 gacha, gil-tuproq 3CaO∙Al2O3 gacha, temir oksid CaO∙Fe2O3 gacha va sulfat kislota angidridi CaSO4 gacha tо‘la tо‘yinishi uchun talab qilinadigan CaO miqdorini hisoblash mumkin (CaSO4 ikkita, ya’ni CaO va SO3 oksidlaridan iborat deb olinadi).
Uch kalsiy silikatda kalsiy oksidning og‘irligi bо‘yicha krem­niy oksidga nisbati ga teng. Demak, 3CaO • SiO2 hosil bо‘layotganda SiO2 ning har bir og‘irlik qismi 2,8 og‘irlik qism CaO yutadi. Xuddi shunday yul bilan A12O3 ning bir og‘irlik qismi (3SaOA12O3 hosil bо‘layotganda) 1,65 og‘irlik qism CaO ni ( ), bir og‘irlik qismi Fe2O3 esa (CaO • Fe2O3 hosil bо‘layotganga) 0,35 og‘irlik qism SaO ni ( ), bir og‘irlik qism SO3 (CaSO4 hosil bо‘layotganda) 0,7 og‘irlik qism CaO ( ) yutishni aniqlash mumkin. Klinker minerallaridagi ohak va kislota oksidlarining og‘irlik nisbatlari ma’lum bо‘lsa, qancha CaO kerakligini kislota oksidlari orqali ifodalash mumkin. C2S1 hosil bо‘lishi uchun 2,8 SiO2 va C3A ga 1,65 Al2O3; CF ga 0,35 Fe2O3 va CaSO4 ga 0,7 SO3 talab qilinadi. Bu ma’lumotlardan foydalanib tо‘yinish koeffitsiyenti formulasi quyidagicha yozish mumkin:

Bu formuladan suratdagi Al2O3, Fe2O3 va SO3 lar S3A; SG‘ va CaSO4 gacha tо‘yingandan keyin qolgan ohak miqdorini, maxraji esa qumtuproqning C3S gacha tо‘yinishi uchun zarur bо‘lgan ohak miqdorini ifodalaydi. Surat bilan maxraj teng bо‘lsa, tuyinish koeffitsiyenti 1 bо‘ladi. Bunday klinker tarkibida ikki kalsiy silikat bо‘lmaydi. Qumtuproqning C3S gacha tо‘la tuyinishini qiyinlashtiradigan bir qator texnologik faktorlar tufayli qiymati 1 ga teng bо‘lgan tuyinish koeffitsiyentiga erishish amalda juda qiyin. Shuning uchun tuyinish koeffitsiyenti odatda 1 dan kichik bо‘ladi. Oddiy portlandsement uchun TK=0,80…0,95. Demak, bunday portlandsement tarkibida C3S dan tashqari ikki kalsiy silikat ham bor. Tuyinish koeffitsiyenti qanchalik kichik bо‘lsa, klinkerda C2S shuncha kо‘p, C3S esa kam bо‘ladi .Shunday qilib, tuyinish koeffitsiyenti qiymatlari va ikki modulga qarab portlandsement klinkerining sifati haqida fikr yuritish mumkin.


Yüklə 1,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin