4- ilova Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi Shuni nazarda tutish kerakki, hamma qо‘shilmalar portlandsement xossalarini qisman о‘zgartiradi. Uning asosiy sifat kо‘rsatkichlari (mustahkamligi, chidamliligi, mustahkamlanish tezligi) asosan klinker sifatiga bog‘liq. Portlandsement klinkeri odatda qovushib pishgan holdagi о‘lchamlari 10…20 mm dan 50…60 mm gacha mayda va yirik donalar (kesak yoki bо‘laklar) kо‘rinishida olinadi.Qovushib pishgan klinker о‘zining mikrostrukturasiga kо‘ra murakkab zarrachasimon turli kristallar va qisman shishasimon mahsulotlar aralashmasidan iborat. Klinker sifati asosiy oksidlar miqdori (kimyoviy tarkibi bо‘yicha), mineralogik tarkibi va asosiy oksidlarning о‘zaro nisbatiga qarab baholanadi.
Kimyoviy tarkibi. Klinkerning kimyoviy tarkibi katta chegarada о‘zgarib turadi. Portlandsement klinker ishlab chiqarish uchun xom ashyo materiallari sifatida gil va ohaktosh jinslar ishlatiladi. Gil jinslar turli moddalar (minerallar) dan tashkil topgan. Ularda asosan 3 ta oksid bor: SiO2, Al2O3 va Fe2O3. Ohaktoshlar asosan kalsiy karbonatdan iborat. Kalsiy karbonat esa ikki oksid-CaO va CO2 dan iborat. Klinker kuydirilganda CO2 gazi ajraladi; CaO, SiO2, Al2O3 va Fe2O3 asosiy oksidlar va asosiy klinker minerallarini hosil qiladi.Klinker tarkibida bu asosiy oksidlar bilan bir qatorda sement sifatiga ma’lum darajada ta’sir kо‘rsatuvchi oksidlar ham bо‘lishi mumkin. Bular odatda magniy oksid (MgO), ishqorlar (Na2O va K2O), titan ikki oksid (TiO2), fosfor angidrid (P2O5) va sulfat kislota angidridi (SO3) dir. Portlandsement tarkibidagi asosiy va qо‘shimcha oksidlar miqdori kuyidagicha bо‘ladi :
CaO-63…67%; SiO2-21…24%; Al2O3-4…8%; Fe2O3-2…4%; MgO-0,5…5%; SO3-0,3…1%; Na2O va K2O- 0,4…1%; TiO2 va Cr2O3-0,2…0,5%; R2O5-0,1…0,3%.
Klinkerning kimyoviy tarkibi GOST 5382—65 da berilgan usul bilan aniqlanadi.1500°С temperaturada kuydirilgan erkin magniy oksid suv ta’sirida sо‘nish qobiliyatini yuqotmasa ham, u juda sust sо‘nadi. Uning sо‘nish jarayoni qotib qolgan sementtoshda ham davom etishi mumkin. Natijada qorishma va beton yoriladi. Bunday xavfli holning (sement hajmining notekis о‘zgarishining) oldini olish uchun portlandsement tarkibidagi erkin magniy oksid miqdori standart tomonidan chegaralanadi va 4,5% dan - oshmasligi zarur1. Portlandsementda kaliy va natriy oksidlar bо‘lmasa yaxshi, chunki ular portlandsementning tishlashish muddatiga ta’sir qiladi. Bundan tashqari, ishqorlar betonda tо‘ldirgichlar bilan (tо‘ldirgich tarkibida amorf qumtuproq bо‘lsa) о‘zaro kimyoviy ta’sir etishishi mumkin. Natijada qotgan betonning darz ketishiga sababchi bо‘ladigan natriy va kaliy silikatlar hosil bо‘ladi. Bu reaksiya atrof-muxit yetarlicha nam bо‘lsa juda tez ketadi. Shu sababli gidrotexnik betonlar uchun sement va tо‘ldirgichlar tanlanayotganda sementda qancha ishqor borligi hisobga olinishi lozim va tо‘ldirgichlar va amorf qumtuproq (opal, kremniy, slanets va boshqalar)dan qancha borligi aniqlanadi. Bundan tashqari, portlandsementda kо‘p miqdorda ishqoriy metall oksidlar bо‘lsa, beton yuzasida shо‘r dog‘lar hosil bо‘lishi mumkin.Standartga kо‘ra, portlandsement tarkibida ishqor istalgan miqdorda bо‘lishi mumkin, ammo gidrotexnik betonlar uchun 0,6% dan, yer usti konstruksiyalarini qurishda ishlatiladigan qorishma va betonlar uchun esa 1% dan ortiq ishqori bо‘lgan portlansdement ishlatish tavsiya etilmaydi. Sementda 4% gacha titan ikki oksid bо‘lsa, u sement sifatiga yomon ta’sir qilmaydi. Ammo TiO2 juda kо‘payib ketsa, sementning mustahkamlik kо‘rsatkichlari pasayadi.Fosfor angidrid 1,5…2% dan ortsa, portlandsementning qotish jarayoni sekinlashadi (sulfat kislota angidridi portlandsement texnik xossalariga qanday ta’sir qilishi xakida quyida gapiriladi).