1-ilova О‘tilgan mavzu bо‘yicha bilimlarni mustaxkamlash savollar 1. Gidravlik oxak. Xossa va xususiyatlari tо‘g‘risida ma’lumot bering
2. Oxak qorishmalarining qotish jarayonini izoxlang.
3. Sо‘ndirilmagan tuyilgan oxak qotishining о‘ziga xos xususiyatlari.
4. Kurilish oxagi va unga kuyilgan GOST talablarini tushuntirib bering
5. Romansement, olinishi va xossa-xususiyatlarini izoxlang.
2- ilova Ma’ruza rejasi 1.Tarkibi va klassifikatsiyasi
2. Klinker va uning kimyoviy hamda mineralogik tarkibi
3. Klinker xarakteristikasi
4. Portlandsement ishlab chiqarish usullari
5. Ohaktosh va gilni qazib olish, tashish va xom ashyo aralashmasini tayyorlash
3- ilova Tarkibi va klassifikatsiyasi Erib qovushib qolguncha kuydirilgan klinkerni gips, ba’zi hollarda esa maxsus qо‘shimchalar bilan birgalikda tuyishdan hosil bо‘lgan gidravlik bog‘lovchi modda portlandsement deb ataladi. Kuydirish mahsulotida kalsiy silikatlar kо‘p bо‘ladi (70…80%). Qisman erish natijasida qovushib qotib qolgan mayda-yirik tosh bо‘laklar klinker deyiladi. Portlandsementni klinker tarkibiga mos keladigan mahsulotning xom ashyo aralashmasini tо‘la eritish yо‘li bilan ham olish mumkin.GOST 26798.0—26798.2-85ga kо‘ra portlandsement xossalarini о‘zgartirib turish, shuningdek, uning tannarxini kamaytirish maqsadida klinkerga aktiv (gidravlik) va inert mineral qо‘shimchalar qо‘shishga ruxsat etiladi. Inert qо‘shimchalar (ohaktosh, dolomit, kvars qum va boshqalar) miqdori 10% dan, aktiv (trepel, diatomit, trass va boshqalar) qо‘shimchalar miqdori esa 15% dan oshmasligi kerak. Biroq gidravlik qо‘shimchalar 20% va undan ortiq bо‘lishi ham mumkin. U holda maydalangan mahsulot nima qо‘shilganiga qarab boshqa, ya’ni qо‘shilma sifatida donador domna shlagi ishlatilsa, shlakportlandsement deb, tabiiy gidravlik qо‘shilmalar ishlatilsa, pussolan portlandsement deb ataladi.Klinkerni tuyayotganda unga odatda kо‘pi bilan 3% gips (sulfat kislota angidridiga nisbatan hisoblaganda) qо‘shiladi. Bu bilan sementning tishlashish muddati uzaytiriladi. Bu esa uning xossalariga yaxshi ta’sir qiladi .Shunday qilib, portlandsement klinker, gidravlik (yoki inert) qо‘shilma va gips aralashmasidan iborat. Bundan tashqari unda oz miqdorda — 1 % gacha boshqa moddalar, masalan, sement sifatini bо‘zmaydigan, ammo uning yaxshiroq maydalanishiga yordam beradigan intensifikatorlar (qurum, kо‘mir) ham bо‘lishi mumkin. Zamonaviy qurilishda portlandsement va uning turlari asosiy material bо‘lib hisoblanadi, undan turli bino va inshootlarni kurish uchun zarur bо‘lgan beton va temir-beton konstruksiyalar yasalmoqda.Sement sifati borgan sari yaxshilanmoqda, uning mustahkamlik kursatkychlari ortmoqda. Portlandsementning о‘rtacha markasi 500 dan (GOST 310—85) ortib ketdi, sement turlari ham kо‘paymoqda, bir qator maxsus sementlar chiqarilmoqda.