7-amaliy ish Kon lahimlari mustahkamligiga ta’sir etuvchi kon bosimini hisoblash



Yüklə 112,77 Kb.
tarix12.10.2023
ölçüsü112,77 Kb.
#154311
7-


7-amaliy ish
Kon lahimlari mustahkamligiga ta’sir etuvchi kon bosimini hisoblash

Tegilmagan (buzilmagan) kon massivi doimo teng kuch- langan holatda bo‘ladi. Demak, ma'lum (N) chuqurlikda joylashgan har bir kon jinsi zarrachasi quyidagi kuchlanishlar ta'sirida bo‘ladi:


vertikal o‘q bo‘yicha z = H
gorizontal o‘q bo‘yicha x = u = H.
Bunda H — yer yuzidan zarrachagacha bo‘lgan chu- qurlik, m;
 — kon jinsining hajmiy og‘irligi (zichligi), kN/m3;
 — yonbosh tiralish koeffitsiyenti.
   
bunda  — Puasson koeffitsiyenti (kon jinslari uchun 0,1—0,4, o‘rtacha 0,2—
0,25).
Ushbu kuchlanishlar ta'sirida har bir kon jinsi zarrachasi teng kuch- langanlik holatida bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, buzilmagan (tegil- magan) yer qobig‘idagi jinslar tash-

1-rasm. Qattiq jinsning kuchlanganlik holati sxemasi.
qaridan biror ta'sir ko‘rsatilmaguncha qo‘zg‘almas va o‘z shaklini o‘zgar- tirmas ekan (1-rasm).
Kon ishlarini olib borish natijasida

teng kuchlanganlik holati buzilib, kon lahimi atrofidagi jinslar deformatsiyasiga uchraydi. Chunki lahim o‘tilishi natijasida uning atrofini o‘rab turgan massivda kuchlanishlar qayta taqsimlanadi, oqibatda kon jinslari lahim bo‘shlig‘i tomon siljiydi. Kon jinslarining bunday siljishi deformatsiya deb ataladi.

Kon jinslari deformatsiyasi rivojlanishiga qarshi zaruriy tadbirlar qo‘llanilmasa, u holda kon jinslari buzilib, lahimni to‘ldirib qo‘yishi mumkin. Bunga qarshi qo‘llaniladigan asosiy tadbir — kon lahimlarini sun'iy ravishda mustahkamlashdir. Bunda o‘rnatilgan mustahkamlagich kon jinslari bosimini o‘ziga qabul qilib, jinslarning lahim bo‘shlig‘iga qulab tushishini bartaraf etadi.
Professor M.M. Protodyakonovning gipotezasiga ko‘ra kon lahimi tepasida bosim gumbazi hosil bo‘ladi va bu gumbaz yuqorisidagi jins qatlamlari bosimini o‘ziga qabul qiladi. Na- tijada mustahkamlagichga tushadigan yuk lahim shifti bilan gumbazning yuqori chegarasi o‘rtasidagi kon jinsining og‘ir- ligiga teng bo‘ladi (2.2-rasm).
2-rasm. Qulash gumbazi o‘lchamlarini aniqlaxh sxemasi.


hu sababli kon bosimining miqdori lahimning qanday chuqurlikda bo‘lishiga bog‘liq emas, degan xulosaga kelish mumkin.
qv= h1
Bunda qv mustahkamlagichga tushadigan vertikal yuk, kN/m2;
 — jinsning solishtirma og‘irligi, kN/m3;
h1 buzilish gumbazi balandligi, m.
h = L:2f
Bunda L — buzilishi gumbazining maksimal kengligi, m;
f — M.M. Protodyakonov shkalasi bo‘yicha jins qattiqlik koeffitsiyenti.
L = B — 2htg (45 )
2
Bunda B — lahimning kengligi, m.
H — lahimning balandligi, m.
Yuqoridagi ifodalardan ko‘rinib turibdiki, kon lahimlarini barpo etishda qo‘llanadigan usul, mexanizmlar, lahim o‘tish ishlarini tashkil qilish tartibini tanlab olish ko‘p jihatdan lahim o‘tiladigan massiv va uning tarkibidagi jinslarning texnologik hamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘liq ekan.
Kon lahimlarini barpo etish va ularning ma'lum davr ichida saqlanib turishiga ta'sir etuvchi kon jinslarining asosiy xos- salari: kon massivining turg‘unligi (mustahkamligi), kon jinslarining tirnovchanligi (abrazivlik), qattiqligi, pishiqligi, g‘ovakdorligi, darzdorligi, qayishqoqligi, oquvchanligi va bosh- qalardir.
Kon jinslarining turg‘unligi — kon qazish ishlari natijasida hosil bo‘lgan bo‘shliqlarda kon massivining buzilmasdan o‘z muvozanatini saqlab turish xususiyati.
Ruda va ko‘mirning turg‘unlik xususiyati kon qazish ishlari texnologiyasi va qazish bo‘shlig‘ini saqlab turishda muhim ahamiyatga egadir.
Foydali qazilma konlarini (ruda konlarini) yerosti usulida qazib olishda kon jinslari massivi turg‘unlik bo‘yicha quyida- gicha tasniflanadi:

    1. O‘ta noturg‘un massiv — qazish bo‘shlig‘ini mustah- kamlamasdan qazish ishlarini olib borish imkonini ber- maydi.

    2. Noturg‘un massiv — lahim yon tomonlarini kichik miqdorda (4—10 m2) mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish imkonini beradi, biroq kon shiftini mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borish ishlariga imkon bermaydi.

    3. Kam turg‘un massiv — lahim yon tomonini mustah- kamlamay, shifti 10—30 m2 gacha ochilganda shiftning buzi- lishiga olib keladi.

    4. O‘rtacha turg‘un massiv — lahim shift jinslari 150 m2 gacha ochilganda uchta uzoq bo‘lmagan vaqtda mustah- kamlamasdan kon ishlarini olib borishga imkon beradi.

    5. Turg‘un massiv — qazish bo‘shlig‘ida lahim yon tomon- lari va shifti 300—500 m2 ochilganda mustahkamlamasdan kon ishlarini olib borishga imkon beradi.

    6. O‘ta turg‘un massiv — 800—1000 m2 va undan katta massiv maydonlarni qazish natijasida ochilganda uzoq vaqt davomida buzilmasdan turishini ta'minlaydigan massiv.

Ko‘mir konlarini yerosti usulida qazib olishida kon massiv- larining tasnifi quyidagicha:

      1. turg‘un bo‘lmagan massiv — bo‘shliq mustahkamlanmasa, shift va lahim yonlaridagi jinslar ochilgan ondayoq buzilib ketadi.

      2. kam turg‘un bo‘lgan massiv — qazish bo‘shlig‘i 1 m masofada ochilganda shift jinslari 2—3 soat davomida buzilmas- dan turishi mumkin.

  1. o‘rtacha turg‘un massiv — qazish bo‘shlig‘i 2 metrgacha ochilganda shift jinslari 24 soat davomida buzilmasdan turadi.

  2. turg‘un massiv — qazish bo‘shlig‘i 5—6 metr kenglikda ochilganda uzoq vaqt buzilmasdan turadi.

Darzdorlik — turli sabablarga ko‘ra hosil bo‘lgan va har xil o‘lchamlardagi darzlar bo‘lib, ular massivni alohida bloklarga ajratadi va bloklar nisbatan yaxlitlikka ega bo‘ladi.
Bo‘lakdorlik — kon jinslari massivdan ajratib olinganda, ularning maydalanganlik darajasini tavsiflaydi.
Portlatish natijasida massivdan ajratib olingan ruda bo‘lak- lari A: V: C = 1,5:1:0,7 nisbatiga ega bo‘ladi, bunda A — bo‘lak uzunligi, V — bo‘lak eni va C — bo‘lak balandligi.
Amaliyotda bo‘lakdorlik maydalangan ruda tarkibida o‘l- chami katta bo‘lgan bo‘laklar mavjudligini foizlarda o‘lcha- nadigan miqdor bilan tavsiflanadi. (O‘lchami katta bo‘laklar «nogabarit» deb ataladi va bunday bo‘laklar yuklash mashinalari ishchi organlari va rudani tushirish lahimlari o‘lchamlaridan katta bo‘ladi.
Jipslashish maydalangan ruda yoki kon jinslari bo‘laklari vaqt o‘tishi bilan bir-biriga yopishib, monolit holatiga aylanish xususiyatidir.
Ko‘pchich koeffitsiyenti — massivdan ajratib olingan ruda, ko‘mir yoki kon jinslarining hajmini ularning massivdagi hajmidan katta bo‘lishini tavsiflaydi va maydalangan kon jinslari hajmini massivdagi hajmiga bo‘lgan nisbati orqali aniqlanadi.
Kon mustahkamlagichlarini tayyorlashda ishlatiladigan materiallar mustahkamlagich materiallari hisoblanadi. Mustah- kamlagich materiallari yuqori pishiqlikka, ya'ni o‘zining massasiga nisbatan ancha ko‘p bo‘lgan yuk bosimiga vaqtincha qarshilik ko‘rsatish sifatiga ega bo‘lishi, ko‘p va arzon o‘tga chidamli va yengil alangalanmaydigan, zanglamaydigan va chirimaydigan bo‘lishi zarur.
Hozirgi vaqtda shaxta va rudniklardagi kon lahimlarini mus- tahkamlashda mustahkamlagich materiallari sifatida yog‘och, metall, beton, temir-beton, tabiiy va sun'iy toshlar, shuningdek, polimer materiallaridan foydalaniladi.
Kon lahimlarini mustahkamlashda yog‘och materiallari boshqalariga qaraganda ko‘proq qo‘llaniladi. Chunki yog‘och o‘z massasiga nisbatan pishiq bo‘lib, osonlikcha qayta ishlanadi va nisbatan arzon bo‘ladi. Ammo yog‘och mustahkamlagich materiallari yonish xususiyatiga ega ekanligi, chirishga moyil- ligi tufayli ishlash muddati qisqa bo‘lishi kabi kamchiliklardan ham xoli emas.
Yog‘och mustahkamlagich materiallari sifatida g‘o‘la, brus, taxta, garbil va shu kabilardan foydalaniladi.
G‘o‘la — uzunligi 5 dan 9 m gacha bo‘lgan, yuqori uchi- ning diametri 12 m va undan katta bo‘lgan daraxt tanasining bo‘lagi.
Brus — ko‘ndalang kesim yuzasi to‘g‘ri to‘rtburchak, keng- ligi qalinligiga teng yoki undan ikki barobar katta bo‘lgan arralangan yog‘och.
Taxta — kengligi qalinligidan kamida ikki barobar katta bo‘lgan, arralangan uzun yog‘och.
Garbil — daraxt tanasini arralab taxta yoki brus olinganda uning (daraxt tanasining) chetidan chiqqan bir tomoni tekis, ikkinchi tomoni sferik shakldagi yog‘och.
Bo‘yi 0,5 m dan 5 metrgacha, yuqori uchining diametri
7 dan 30 sm gacha bo‘lgan g‘o‘la shaklidagi yog‘och shaxta (rudnik) ustuni deyiladi.
Metall ham o‘zining pishiqligi, qayta-qayta ishlatilishi mumkinligi, uzoq vaqt xizmat qila olishi, yong‘indan xavf- sizligi kabi qator xususiyatlarga ega bo‘lib, konchilik amaliyotida mustahkamlagich materiali sifatida keng qo‘lla- nilmoqda.
Kon lahimlarini mustahkamlashda cho‘yan va po‘lat quymalaridan, po‘lat profillaridan foydalaniladi.
Beton yuqori pishiqlikka ega, uzoq muddat xizmat qila- digan, yonmaydigan va nisbatan arzon mustahkamlagich mate- rial hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda tabiiy toshlar konchilikda mustahkamlagich materiali sifatida juda kam qo‘llaniladi.
Beton bloklar, pishiq g‘isht kabi sun'iy toshlar kapital kon lahimlarini mustahkamlashda qo‘llanadi.
Polimer mustahkamlagich materiallaridan oynaplastik, plastikbeton, ko‘mirplast kabi sintetik kimyoviy tarkibiga ega bo‘lgan sun'iy materiallardan ham kon lahimlarini mustah- kamlashda foydalanilmoqda.
Yüklə 112,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin