O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə1/6
tarix20.11.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#162983
  1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot nazariyasi-hozir.org


Iqtisodiyot nazariyasi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI



TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI

KORPORATIV BOSHQARUV FAKULTETI
IQTISODIYOT NAZARIYASI” FANIDAN MUSTAQIL


ISHI BO’YICHA TAQDIMOT MATNI

Taqdimot mavzusi:

IQTISODIYOT SIKLLILIGI VA MAKROIQTISODIY

BEQARORLIK

MMNP-51 guruh

Sur’athonov Bexruz

Fan o’qituvchisi: Toshmatov SH

\

Toshkent-2019

REJA:


  1. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi


  2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllaming asosiy turlari


  3. Inqirozlar va uning turlari


4.Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib chiqish sabablari va salbiy oqibatlari

Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiyotning siklliligi
Har qanday mamlakat iqtisodiy o'sish, iqtisodiy resurslarning to'la
bandligi va narxlarning barqaror darajasiga erishishga harakat qiladi. Ammo uzoq muddatli iqtisodiy o'sish bir tekis va uzluksiz bormaydi, u iqtisodiy beqarorlik davrlari ta’sirida tebranib turadi. Iqtisodiy o'sish ketidan doimo tanazzul kelib turadi. Vaqti-vaqti bilan obyektiv qonunlarning o'zgartirib bo'lmaydigan ta’siri ostida takror ishlab chiqarish harakatida ayrim vaqtlarda, ayrim bo'g'inlarda uzilishlar paydo bo'ladi va bu uzilish iqtisodiyot nomutanosibliklarining keskin shaklda namoyon bo'lishi hisoblanadi. Bu holat iqtisodiy adabiyotlarda iqtisodiyotning sikill rivojlanishi deb ataladi.
Ko'plab iqtisodchilar ortiqcha ishlab chiqarish sabablarini ochib be-
rishga harakat qilib, talabning ko‘payishi va kamayishi, ishlab chiqarish
hajmining o'sishi yoki qisqarishi kabi hodisalarning davriy tavsifiga e’tibor
qaratdilar. Bu hodisalarning ro'y berish ketma-ketligidagi ma’lum izchillik
ham aniqlandi. Siklli rivojlanishning obyektivligi va realligi, uning iqti­
sodiy jarayonlar tavsifiga ta’siri nuqtayi nazaridan ahamiyatliligi to'g'risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan, A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks, J.M.Keyns, Y.Shum-
peter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash Iozimki, turli darslik va o'quv qo'llanmalarda mazkur
muammor# ^oritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan,
akademiklar Y.I.Vidyapin, A.l.Dobrinin, G.P.Juravleva va L.S.Tara-
sevich umumiy tahriri ostida tayyorlangan darslikda bu muammoga alo­
hida mavzu drqaii keng to'xtalib o‘tilgan’. Unda iqtisodiy sikllar naza­
riyasi iqtisodiy o'sish nazariyasi bilan bir qatorda iqtisodiy dinamika
nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining o‘zi esa munozara-
li va kam o'rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan. Shu­
ningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi hamda inkor
etuvchi ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko'rsatilgan. sikl-
ning mohiyatini ochib berishda dastlab unga jismlar o'zaro ta’sir jarayo­
nining natijasi sifatida qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga
harakat qilingan. sikl fazalarini ajratib ko'rsatishda markscha sanoat sikli
nazariyasiga keng to'xtab o'tilgan. Shyndan so'ng sikllarning asosiy turlari,
bugungi kunga qadar mavjud bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar
bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muam-
molariga nisbatan qisqa, umumiy tarzda to'xtab o'tilgan2. Ushbu xusu-
siyatlarni hisobga olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning faza-
lari bayoniga to'xtalib o'tamiz.
Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir ho-
latidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o4ib, o‘zining
dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi.
Iqtisodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to'xtab qolmaydi,
balki u to'xtovsiz to'lqinsimon harakat sifatida davom etadi. siklli hara­
kat iqtisodiy o'zgarishning muhim omili, makroiqtisodiy muvozanat
unsurlaridan biri bo'lib, milliy xo'jalik turli tarkibiy qismlarining amal
qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy bos-
qichlaming iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza
iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o'ziga xos xusu-
siyatlarga ega bo'ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg'unlik, jon-
lanish, yuksalish fazalari ajratib ko'rsatiladi (19.1-chizma). Ana shu
fazalaming har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o'tish uchun
sharoit yuzaga keladi.
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi inqirozdan boshlanib, u ishlab
chiqarishning pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari
va o'ziga xos xususiyatlarini mazkur bobning 3-bandida batafsil bayon
etiladi.
Inqirozdan keyin turg'unlik fazasi boshlanib, u nisbatan uzoqroq
davom etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi
ta’minlansada, u inqiroz boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan an­
cha past bo'ladi. Narxlaming pasayishi to'xtab, ssuda foizlari pasayadi,
tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq islisizlikning yuqori darajasi
saqlanib qoladi. Turg'unlik fazasi davomida iqtisodiy faollik jonlanishi
uchun sharoitlar vujudga kelishi nihovasiga yetadi.
Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish
darajasi sekin-asta o'sib boradi. Narxlar ham asta ko'tarilib, ssuda foizi
o'sa boshlaydi.
Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o'sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o'sib
o'tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi sikl ynksalishning boshlang'ich nuq-
tasi hisoblanadi.
si hisoblanadi.


Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin