4-mavzu: pedagogik jarayonda tarbiyaning mazmuni va asosiy yo‘nalishlari reja



Yüklə 35,95 Kb.
səhifə1/7
tarix05.12.2023
ölçüsü35,95 Kb.
#173705
  1   2   3   4   5   6   7
4-seminar pedagogika (1)


4-MAVZU: PEDAGOGIK JARAYONDA TARBIYANING MAZMUNI VA ASOSIY YO‘NALISHLARI


REJA:
1. Tarbiya jarayonining mohiyati va vazifalari.
2. Tarbiya jarayonining xususiyatlari.
3. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli.
4. Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linib,«Tarbiya» yoki «Tarbiyaning tarkibiy qismlari» mavzusiga oid klaster tuzishadi.(Klaster tuzish qoidalari yuqoridagi mavzularda keltirilgan. Klasterning tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
Aqliy tarbiya: bilim, ilm, malaka, ko‘nikma ; aql, ong, fahm;
Axloqiy tarbiya: axloq, odob, xulq, yaxshilik, adolat, insof, diyonat, sharm, hayo, vatanparvarlik va boshq.;
Mehnat tarbiyasi: faollik, ishchanlik, tadbirkorlik, ishbilarmonlik; aqliy ish, jismoniy mehnat, foyda, maosh;
Jismoniy tarbiya: chiniqish, sport, o‘yinlar; sog‘lom tan;
Estetik tarbiya: go‘zallik, kiyinish, tozalik, yurish-turish, saranjom-sarishtalik;
Ekologik tarbiya: tabiat, atrof-muhit, daraxtlar, qushlar, o‘rmonlar;
Iqtisodiy tarbiya: tejamkorlik, bozor iqtisodiyoti, sarf, isrof; foyda, mulk, mulkka egalik;
Huquqiy tarbiya: fuqaro, tenglik, to‘g‘rilik, halollik, jinoyat, jazo, huquq, burch.
(Har bir guruh tushunchalarni toifalab, tuzgan Klasterlarini taqdim etadi.)
Tarbiya nazariyasi nimalarni o‘rganadi? degan savolga javob qidirsak. Tarbiya nazariyasi - pedagogika fanining bir qismi bo‘lib, tarbiyaviy jarayonning mazmuni, usuli va tashkil etilishi masalalarini o‘rganadi. U Markaziy Osiyo faylasuflarining va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribasiga tayanadi.
Pedagogika tarixidan ma’lumki, ta’lim tarbiyadan, tarbiya rivojlanishdan ajratib tekshirilmagan. XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib Rossiya pedagogikasida tarbiya masalalarini alohida ko‘rish hollari uchraydi. «1806 yilda chiqarilgan Rossiya Akademiyasi lug‘atida birinchi bor tarbiya so‘zi pedagogik tushuncha sifatida alohida keltiriladi», deb ta’kidlaydi I.Tursunov.
O‘tgan mavzularda tarbiyaga berilgan ta’riflarni yodga olaylik: «Tarbiya - ma’naviy manbalar va hozirgi zamon talablari ehtiyojlarini nazarda tutgan holda o‘qituvchining o‘quvchi bilan aniq bir maqsadga qaratilgan o‘zaro amaliy va nazariy muloqatidir».
«Tarbiya - tarbiyachi xohlagan sifatlarni tarbiyalanuvchilar ongiga singdirish uchun tarbiyalanuvchining ruhiyatiga muayyan suratda va tizimli ta’sir ko‘rsatish jarayonidir».
Qat’iy ishonch bilan aytish lozimki, - degan edi Prezident I.Karimov O‘zbekiston teleradiokompaniyasi muxbiri bilan muloqotda, - ma’naviy boylik moddiy boylikdan ming bor ustun, shu bois biz ta’lim - tarbiya masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida yondoshmoqdamiz. Kadrlar tayyorlash haqida qonun qabul qilingan milliy dastur ham mohiyat e’tibori bilan shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.

Yüklə 35,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin