O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti


Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#162983
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot nazariyasi-hozir.org

Hozirgi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mohiyati, kelib

chiqish sabablari va salbiy oqibatlari

2008-yilda o'zining ko'lami va salbiy ta’sir oqibatlari jihatidan an­

cha jiddiy bo'lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlandi. Prezi­

dentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida

uni bartaraf etishning yo'llari va choralari» nomli asarlarida mazkur

inqirozning mazmun-mohiyati hamda kelib chiqish sabablarini quyi-

dagichabayon etdilar: «Bu inqiroz AmerikaQo'shmaShtatlaridaipo-

tekali kreditlash tizimida ro'y bergan tanglik holatidan boshlandi. So'ngra

bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik banklar va moliyaviy tuzilma-

laming likvidlik, ya’ni to'lov qobiliyati zaiflashib, moliyaviy inqirozga

aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik kompa-

niyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada

tushib ketishiga olib keldi. Bulaming barchasi, o'z navbatida, ko‘plab

mamlakatlarda ishlab chiqarish va iqtisodiy o'sish sur’atlarining keskin

pasayib ketishi bilan bog'liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlami kelti­

rib chiqardi»1.Bundan ko'rinadiki, dastlab AQSH ipotekabozorlarida

namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz yetarlicha to‘lov layoqatiga ega bo'l­

magan, qarzlami qaytarish qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipo-

teka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida ro‘y berdi.
. Jahon moliyaviy inqirozining 0 ‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri


hamda uning oqibatlarini oldini olish va yumshatishga asos

bo‘lgan omillar
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining 0 ‘zbekiston iqtisodiyotiga
ta’siri borasida Prezidentimiz o‘z asarlarida quyidagicha ta’kidlaydilar:
«...tobora chuqurlashib borayotgan jahon moliyaviy inqirozi mamlaka-
timizga ta’sir ko‘rsatmaydi, bizni chetlab o‘tadi, degan xulosa chiqar-
maslik kerak. Masalani bunday tushunish o‘ta soddalik, aytish mumkinki,
kechirib bo‘lmas xato bo'lur edi. Barchamiz bir haqiqatni anglab yeti-
shimiz 1ойщ — O'zbekiston bugun xalqaro hamjamiyatning va global
moliyaviy-iqfisodiy bozoming ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi.
Buning tasdig‘ini tashqi dunyo bilan aloqalarimiz tobora kengayib
borayotganida, taraqqiy topgan yetakchi davlatlar ko‘magida iqtisodiyot
tarmoqlarini rivojlantirish, modemizatsiya qilish, texnik va texnologik
qayta jihozlash bo'yicha dasturlarning amalga oshirilayotganligida,
0 ‘zbekistonning xalqaro savdo tizimiga integratsiyalashuvida, mahsu­
lot va tovarlar importi va eksportming o'sib borishida va boshqa misollar-
da yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Shu bois global moliyaviy inqiroz va
birinchi navbatda uning oqibatlari iqtisodiyotimizning rivojlanishi va
samaradorlik holatlariga ta’sir etayotganidan ko'z yumib bo'lmaydi»1.
Biroq, o‘z o‘mida ta’kidlash Iozimki, moliyaviy inqirozning respub-
likamiz iqtisodiyotiga ta’siri boshqafivojlangan va ayrim qo‘shni davlat-
lardagiga qaraganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu
jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish
hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik korxonalaming
yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, 0 ‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga
ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning
susayishi tufayli narxlaming keskin pasayishi hamda buning oqibatida
eksport daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar
xarid qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqa­
rishi orqali namoyon bo'ladi.
«Jahon bozorida talabning pasayib borishi oqibatida O'zbekiston
eksport qiladigan qimmatbaho va rangli metallar, paxta, uran, neft mah­
sulotlari, mineral o'g'itlar va boshqa mahsulotlarning narxi tushib bor-
moqda. Bu esa, o'z navbatida, xo'jalik yurituvchi subyektlar va investor-
laming eksportdan oladigan tushumlari kamayishiga olib keladi.



Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin