O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti korporativ boshqaruv fakulteti


Shu­ ningdek, jahon moliyaviy inqirozining O'zbekistonga ta’sirining jid­



Yüklə 45,34 Kb.
səhifə6/6
tarix20.11.2023
ölçüsü45,34 Kb.
#162983
1   2   3   4   5   6
Iqtisodiyot nazariyasi-hozir.org

Shu­

ningdek, jahon moliyaviy inqirozining O'zbekistonga ta’sirining jid­

diy bo'lmaganligini qo'yidagi omillar bilan izohlash mumkin:

- ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o'tishning

bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘lining tanlanganligi;

- davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o'z zimmasiga olishi

zarurligining aniq belgilab olinganligi;

- O'zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shu­

ningdek, iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining bar­

qaror hamda uzluksiz ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mus-

tahkam zaxiralar yaratilganligi va zarur resurslar bazasining mavjudligi;

- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi;

- aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib

borish hamda iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda

o'sishining oldini olishga doir chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga

oshirilganligi;

- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarimng nechog'liq

barqaror va ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik

kuchliligi bilan izohlanadi.

XULOSALAR
1. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir ho-
latidan boshlanib, birin-ketin bir necha fazalami bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqti­
sodiyotning rivojlanishidagi harakati bir sikl bilan to'xtab qolmaydi,
balki u to'xtovsiz to'lqinsimon harakat sifatida davom etadi.
2. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza
iqtisodiy rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xusu-
siyatlarga ega bo'ladi. Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg'unlik, jon-
lanish, yuksalish fazalari ajratib ko'rsatiladi. Ana shu fazalarning har
biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga o'tish uchun sharoit yuzaga
keladi.
3. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillaming mavjudligi bilan tushun-

tiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan.


Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiri-
tiladi, ya’ni: urushlar, inqilobiy o'zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar;
oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi;
yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog'liq ravishda aholi mig-
ratsiyasi, yer shari aholisi sonining o'zgarib turishi; ijtimoy ishlab chi­
qarish tarkibini tubdan o'zgartirishga qodir bo'lgan texnologiya, tad-
qiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o'zgarishlar.
4. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o'ziga xos
ichki omillari tug'diradi deb hisoblaydi va quyidagi omillarni ajratib
ko'rsatadi: asosiy kapitalning jismoniy xizmat muddati; shaxsiy
iste’molning o'zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi); investitsiyalar, ya’ni
ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi ish joylarini
vujudga keltirishga yo'naltiriladigan mablag'lar hajmi; ishlab chiqarish,
talab va takliflar hajmiga ta’sir ko'rsatishga qaratilgan davlat iqtisodiy
siyosatining o'zgarishi.
5. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek,
sof monetar nazariya, nomonetar nazariya, yetarlicha iste’mol qil-
maslik nazariyasi, jamg'arish nazariyasi, psixologik nazariya kabilar ham
ilgari suriladi.
6 . Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq
turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Ulaming ko'pchilik iqtisodchilar to­
monidan tan olingan eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznets,
Kondratev sikllarini keltirish mumkin.
7. Iqtisodiy inqiroz, deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib
ketishiga aytiladi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro'y bersada, ularni
umumiy, o'xshash tomonlarini nazarda tutib, quyidagi guruhlarga ajratish
mumkin: xo'jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko'ra
umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlar; iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini muntazam yoki aksincha tarzda yuz berishiga
ko‘ra davriy, oraliq, nomuntazam inqirozlar; takror ishlab chiqarish
nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil
ishlab chiqarish inqirozlari.
8 . 2008-yilda dastlab, AQSH ipoteka bozorlarida namoyon
bo‘lgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yetarlicha to'lov layoqatiga
ega bo'lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali bo'lgan qarzdor-
larga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida
ro'y berdi.
9. Jahqp moliyaviy-iqtisodiy inqirozining asosiy sabablari bo‘lib rivoj­
langan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan ziyod ortiqcha erkinlashti-
rish siyosati, ya'ni «o'z-o‘zini boshqaruvchi bozor» g'oyasini ilgari
surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan moliyaviy bozor-
larga aralashuvining cheklanganligi; moliyaviy resurslar bilan real ishlab
chiqarish hajmi o'rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; noratsio-
nal pul-kredit siyosatining, hamda qayta moliyalash stavkasining su-
runkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashash-
ning odatga va kundalik holatga aylanishi; moliyaviy institutlaming maj­
buriyatlari bilan ustav mablag'lari o'rtasidagi mutanosiblikning keskin
buzilishi; qimmatli qog'ozlar bo'yicha reyting tashkilotlari tomonidan
soxta xulosalar berilishi va boshqalar hisoblanadi.
10. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtiso­
diyotiga ta’siri boshqa rivojlangan v* ayrim qo'shni davlatlardagiga qa-
raganda mazmunan farq qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayon­
lar bevosita moliya tizimining izdan chiqishi va ishlab chiqarish hajm-
larining keskin qisqarib ketishi, ko'plab yirik korxonalaming yopilishi
orqah namoyon bo'lsa, 0 ‘zbekistonda inqirozning iqtisodiyotga ta’siri
jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning susayishi
tufayli narxlaming keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport
daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid
qobiliyatining pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqa­
rishi orqah namoyon bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI

SH.SH. SHODMONOV, U.V. G‘OFUROV
IQTISODIYOT NAZARIYASI”


Toshkent
«IQTISOD-MOLIYA»


2010
http://hozir.org
Yüklə 45,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin