O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122
Usmanov darslik

2. O‟yinli mashg‟ulot o‟qituvchi rahbarligida, tarkibida 7-8 bakalavrlar guruhi 
bilan o‟tkaziladi. 
Mashg‘ulot jarayonida quyidagi rollarni o‘ynash ko‘zda tutiladi: 

avtomobillarga TXK majmuasi boshlig‘i; 

KXK brigadasi brigadiri; 

1-TXK brigadasi brigadiri; 


210 

2-TXK brigadasi brigadiri; 

avtomobillarni joriy ta`mirlash majmuasi boshlig‘i; 

ta`mirlash mintaqalari majmuasi boshlig‘i; 

avtokorxonaning bosh mexanigi; 

avtokorxonaning bosh muhandisi. 
3. Qaralayotgan avtokorxonadagi avtomobillarning soni, ular bosib o‟tgan 
yo‟lining birinchi kapital ta`mirgacha bosib o‟tgan yo‟ldagi ulushi va o‟rtacha kunlik 
bosib o‟tgan yo‟li o‟qituvchi tomonidan beriladi (4.3-jadval). 
4.3- jadval 
Avtokorxonaning harakat tarkibi 
№ 
t/r 
Avtomobil-
larning
Modeli 
Avtomobil-
larning soni 
Bosib o‘tgan yo‘lining birinchi 
kapital ta`mirgacha bosib o‘tgan 
yo‘ldagi ulushi 
O‘rtacha 
kunlik 
yurilgan yo‘l, 
km 
0,25 – 0,50 
0,5 – 0,75 

Matiz 
150 
50 
100 
150 

Neksiya 
90 
20 
70 
180 

Damas 
540 
140 
400 
220 
Jami: 
780 
210 
570 
Qaralayotgan avtokorxona Toshkent shahrida joylashgan. Yillik ish kunlari 
soni – 253 kun. Harakat tarkibini ekspluatatsiya qilish sharoiti toifasi – uchinchi. 
Avtokorxonada bazaviy me‘yorlarni real ekspluatatsiya sharoitlariga mos 
holda to‘g‘irlash mumkin bo‘lgan TXK ning rejali-ogohlantiruvchi tizimi qabul 
qilingan (4.4 jadval). 
4.4 jadval 
Rejali-ogohlantiruvchi tizimning me‘yorlari 
№ 
t/r 
Me‘yorning nomlanishi 
Avtomobil modelllari bo‘yicha me‘yor 
Matiz 
Neksiya 
Damas 

1-TXK davriyligi, km 
7500 
7500 
4000 

2-TXK davriyligi, km 
15000 
15000 
16000 


211 

Birinchi kapital ta`mirlashgacha bosib 
o‘tgan yo‘l, km 
125000 
125000 
300000 

Bir marta KXK mehnat hajmi, 
ishchi·soat
0,3 
0,3 
0,35 

Bir marta 1-TXK mehnat hajmi, 
ishchi.soat 

Bir marta 2-TXK mehnat hajmi, 
ishchi·soat 

Joriy ta`mirlashga mehnat hajmi, 1000 
km yo‘lga, ishchi·soat 
2,8 
3,0 
3,3 

Avtomobilning TXK va joriy 
ta`mirlashda turish davomiyligi, har 
1000 km yo‘lga kunlarda 
0,30 
0,32 
0,35 

Kapital ta`mirlashda turish 
davomiyligi, kunlarda 
18 
18 
18 
4. Mashg‟ulotning boshida o‟qituvchi rollarni ishtirokchilar orasida taqsimlab 
chiqadi.
 
U ishtirokchilarga o‘yinli mashg‘ulotning dastlabki ma‘lumotlarini e‘lon 
qiladi va ularga zarur tushuntirishlar beradi. 
Ishtirokchilar oldida o‘zining brigadasi, majmuasi yoki mintaqasi xodimlarining 
to‘la ta`minlanganligi va jihozlanganligini aniqlash, texnik kengashning navbatdagi 
majlisida (mashg‘ulotda) ushbu masala bo‘yicha o‘z fikrlarini bayon qilishi zarur. 
Bakalavr ishlab chiqarishga kelganda hosil bo‘ladigan vaziyatga o‘xshash holat 
yaratiladi va u vaziyatni tushunib etishga harakat qiladi, ya‘ni unga bo‘ysinadigan 
bo‘linma xodimlari qay darajada ta`minlangan, ular risoladagidek ishlay oladilarmi
oldilariga qo‘yilgan vazifalarni bajara oladilarmi? 
Masalani hal qilish uchun ishtirokchilar oldin keltirilgan me‘yorlarga mos holda 
o‘zining brigadasi, majmuasi, bo‘linmasi xodimlarining postlarga va TXK va joriy 
ta`mirlash uchun postlarga va oqim liniyalariga talablarni, texnologik jihozlarga va 
ishchi kuchiga talabalarni hisoblab chiqadilar. Barcha hisob-kitoblar kompyuterda 
bajariladi. 


212 
Hisoblar avtokorxonani texnologik hisoblashdagi usul bo‘yicha olib boriladi.
4.1. O‘yinli mashg‘ulotning barcha ishtirokchilari uchun zarur bo‘lgan hisoblar: 

TXK va ta`mirlash me‘yorlarini to‘g‘irlash; 

har bir modeldagi avtomobil uchun yillik bosib o‘tilgan yo‘l. 
4.2. TXK brigadalari uchun zarur bo‘lgan hisoblar: 

avtomobillarning har bir modeli uchun TXK ni bajarishga yillik talab; 

avtomobillarning har bir modeli uchunTXK ga mehnat hajmi; 

har bir TXK turi uchun postlarning sonini hisoblash; 

TXK oqim liniyalari sonini hisoblash; 

Boshi berk postlarda va oqim liniyalarida mavjud va shtatdagi ishchilar 
sonini hisoblash. 
4.3. TXK majmuasi boshlig‘i. 
TXK majmuasi boshlig‘i KXK, 1-TXK va 2-TXK brigadalarining ishiga 
rahbarlik qiladi. Ularning hisob-kitoblari natijalarini tekshiradi, majmua bo‘yicha 
boshi berk TXK postlari, oqim liniyalari umumiy sonini va ishchilarning kunlik 
miqdorini aniqlaydi. Texnik kengash majlisida butun majmuaning ta`minlanganligi 
haqida ma‘lumot bilan so‘zga chiqishga tayyorlanadi. 
4.4. Joriy ta`mirlash kompleksi boshlig‘i uchun zarur bo‘lgan hisoblar: 

joriy ta`mirlash yillik mehnat hajmini aniqlaydi; 

post ishlarining mehnat hajmini topadi; 

universal joriy ta`mirlash postlarining sonini aniqlaydi; 

mavjud va shtatdagi ishchilar sonini aniqlaydi. 
4.5. Ta`mirlash mintaqalari kompleksi boshlig‘i uchun zarur bo‘lgan hisoblar: 

ta`mirlash mintaqalari kompleksi bo‘yicha ishlarning yillik hajmini 
aniqlaydi; 

mavjud va shtatdagi ishchilar sonini aniqlaydi; 

ta`mirlash mintaqalari kompleksidagi jihozlarning umumiy sonini 
aniqlaydi; 

kompleksdagi chilangar-mexanika ishlarining hajmini aniqlaydi. 


213 
4.6. Avtokorxona bosh mexnigi uchun zarur hisoblar: 

bosh mexanik bo‘limi ishlarining yillik hajmini aniqlaydi; 

bosh mexanik bo‘limi bo‘yicha mexanika ishlarining yillik hajmini 
aniqlaydi; 

bosh mexanik bo‘limida shtatdagi ishchilarning sonini aniqlaydi. 
Texnik kengash raisi rolini o‟qituvchi bajaradi. 
Texnik kengashning birinchi majlisida o‘yinli mashg‘ulot ishtirokchilarining 
ma‘ruzalarini eshitadi. TXK brigadirlari va joriy ta`mirlash majmuasi boshlig‘i 
o‘zlarining qo‘l ostidagi bo‘linmalarning TXK va joriy ta`mir postlari va liniyalari 
hamda ishchi kuchi bilan ta`minlanish darajasi haqida ma‘lumot beradilar. 
Ta`mirlash mintaqalari majmuasi boshlig‘i ishchi kuchi va dastgohli jihozlar 
bilan ta`minlanish darajasi haqida ma‘lumot beradi. 
Avtokorxona bosh mexanigi faqatgina, bosh mexanik bo‘limining ishchi kuchi 
va mexanik ishlarni bajarish uchun imkoniyatlari haqida ma‘lumot beradi. 
Mashg‘ulot ishtirokchilarining ma‘lumotlarida amaldagi me‘yorlar asosida 
olingan haqiqatdagi va hisob-kitobdagi ta`minlanish darajasi taqqoslanadi. 
Birinchi vazifani
bajarganlari uchun mashg‘ulotning barcha qatnashchilariga 
baho qo‘yiladi. Mana shu birinchi bosqichda mashg‘ulot tugaydi. Uning 
ishtirokchilari oldiga navbatdagi vazifa qo‘yiladi. 
Ikkinchi vazifa.
 
Avtokorxonaning texnika xizmati bo‘linmalarini to‘la ta`minlash 
bo‘yicha takliflar berish. 
Har bir brigada (majmua) o‘zining ishlab chiqarish bo‘linmasi bo‘yicha 
takliflarni ishlab chiqadi. Takliflarni ishlab chiqish uchun, o‘qituvchi 10-15 minut 
vaqt beradi. 
Texnik kengash barcha takliflarni diqqat bilan qarab chiqadi. O‘yinli 
mashg‘ulotning ikkinchi bosqichi so‘ngida o‘qituvchi bosh arbitr sifatida munozaraga 
yakun yasaydi, kengashning ishiga baho qo‘yadi. Qanday yakuniy qaror qabul 
qilinganligini e‘lon qiladi. 
O‘yinli mashg‘ulotning ikkinchi bosqichidan so‘ng uning ishtirokchilari oldiga 
navbatdagi vazifa qo‘yiladi. 


214 
Uchinchi vazifa.
 
Toshkent shahri aholisiga xizmat ko‘rsatish uchun 
avtokorxonaga qo‘shimcha ravishda yana 190 ―Matiz‖ avtomobillari olinishi zarur. 
Avtokorxonaning texnika xizmati texnik kengashning oldingi majlisida qabul 
qilingan qarorga mos holda jamlangan. 
Oldingi vazifalardan farqli ravishda uchinchi vazifa oldindan bajarilmagan 
texnologik hisob–kitobsiz bajariladi. Ishlab chiqilgan takliflarni muhokama qilishda, 
o‘qituvchi bir qancha cheklashlar kiritadi. 
5. O‟yinli mashg‟ulotni baholash.
 
O‘yinli mashg‘ulot jarayonida sakkizta 
rollardan birini bajargan barcha guruhlarga baholar qo‘yiladi. 
Baholar besh balli tizimda qo‘yiladi. A‘loga bajarilgan echim uchun – besh (87-
100) ball, yaxshi echim uchun – to‘rt (78-86) ball, qoniqarli echim uchun – uch (58-
72) ball. Qoniqarsiz echim yoki javoblar uchun ball qo‘yilmaydi. 
U yoki bu bahoni qo‘yganda, o‘qituvchi o‘zining qarorini izohlaydi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin