208
Ishbilarmonlik o‘yinlarini o‘tkazish sharoitlari, mezonlari quyidagilardan
iborat:
1)
bunda ishtirokchilar uchun u yoki bu turdagi boshqaruv yoki ishlab chiqarish
vaziyati
hosil qilinadi, ishtirokchilarning vazifasi esa vaziyatdan chiqishning
ratsional echimini topish ya‘ni, eng maqbul qarorni qabul qilish hisoblanadi;
2)
o‘yinning mezoni, qabul qilingin qarorning optimalga yaqinligi darajasi va
qaror qabul qilishga sarflangan vaqt hisoblanadi;
3)
ishbilarmonlik o‘yinlari,
ishtirokchilarning xulqini, ularning o‘zaro
harakatini va samaradorlik mezonlarini tartibga soluvchi belgilangan qoidalar
bo‘yicha o‘tkaziladi;
4)
real ishlab chiqarish vaziyatlarini imitatsiyalovchi datchiqlar sifatida
elektron hisoblash mashinasi (inson-mashina tizimi),
tasodifiy vaziyatlar
kartochkalari yoki ishbilarmonlik o‘yinlari tashkilotchilari tomonidan hosil
qilingan holatlar bo‘lishi mumkin;
5)
ishbilarmonlik o‘yinlarida, imitatsion model yaratgan ―ishlab chiqarish
vaziyatlarida‖ qaror qabil qiluvchi mutaxassislar ishtirok etadi.
Ishbilarmonlik o‘yinlari ishlab chiqarish xodimlarini o‘qitish
va baholashda
hamda murakkab ishlab chiqarish tizimlarini tadqiq qilish jarayonida quyidagi
holatlarda ko‘proq qo‘llaniladi:
1)
ishlab
chiqarish
xodimlarini
o‘qitishda
ma‘lum
qonuniyatlarni,
tushunchalarni tasvirlash, aniqlash va bilimlarni mustahkamlash uchun;
2)
alohida mutaxassislarni dasturli va maqsadli o‘qitish uchun, masalan,
tashxislovchi, ishlab chiqarishni markazlashgan boshqaruv operatori va
boshqalar;
3)
mutaxassislarni bevosita ishlab chiqarishda mashq qildirish uchun.
Xodimlarni o‘qtishda ishbilarmonlik o‘yinlari, odatda,
real vaqt masshtabida
amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish vaziyatlarini tadqiq qilishda esa tig‘izlashtirilgan
vaqt masshtabi qo‘llaniladi [22, 135 b].
Ishbilarmonlik o‘yinlari kadrlarni oldindan tanlash imkonini beradi, chunki
bunda belgilangan ish joylariga hamda mutaxassislar va boshqaruvchilarning
209
lavozimlariga nomzodlarning qobiliyatlarini, kasbiy bilim va ko‘nikmalarini baholash
mumkin bo‘ladi.
Avtotransport korxonasida TXK va joriy ta`mirlash
jarayonlarini boshqarishni
o‘rgatishning o‘yinli uslubini misol tariqasida keltirib o‘tamiz.
1. Ushbu ishbilarmonlik o‟yinini amalga oshirishdan asosiy maqsad
quyidagilardan iborat:
harakat tarkibining ish sharoitlarini hisobga olgan holda texnik
ekspluatatsiya me‘yorlarini to‘g‘irlash;
TXK va joriy ta`mirlash bo‘yicha ishlab chiqarish dasturini hisoblash;
TXK va joriy ta`mirlash bo‘yicha ish hajmini hisoblash;
ishlab chiqarish bo‘linmalari va TXK hamda ta`mirlash
mintaqalari
bo‘yicha bajariladigan ishlarni taqsimlash.
Ushbu mashg‘ulot rolli o‘yinlar uslubi bilan o‘tkaziladi.
Rolli o‘yin – ishbilarmonlik o‘yinlarining eng sodda turi bo‘lib, ishlab chiqish
va joriy qilish uchun kam vaqt va vositalarni talab qiluvchi faol o‘qitishning
imitatsion usuli hisoblanadi. SHu bilan birgalikda bir qancha rejali, loyihaviy va
ishlab chiqarish masalalarini echishning samarali usulidir.
Rolli o‘yin usuli quyidagilarni ko‘zda tutadi:
turli xildagi xizmatlar va bo‘linmalarni namoyon qiluvchi, ishtirokchilar
qiziqishlaridagi farqlarni;
o‘yinli mashg‘ulot ishtirokchilarining o‘zaro
harakatini, xususan
munozara o‘tkazish vositasida;
tadqiqot natijalarini baholash va yakunlashga to‘g‘irlovchi shartlarni
mashg‘ulot jarayonida o‘qituvchi tomonidan kiritish.
Dostları ilə paylaş: