O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122
Usmanov darslik

 
Texnik nazorat bo‟limi
 
barcha ishlab chiqarish bo‘linmalari tomonidan 
bajarilgan ishlarning sifatini nazorat qilishni amalga oshiradi, harakat tarkibining 
texnik holatini davriy ravishda ixtiyoriy tanlov asosida nazoratdan o‘tkazadi, nazorat 


82 
texnika punktida harakat tarkibini qabul qilish va yo‘nalishga chiqarish paytida uning 
texnik holatini nazorat qiladi, harakat tarkibida yuzaga keladigan nosozliklarning 
sabablarini tahlil qiladi.
2.2.
TUZILMALARGA TA‟SIR ETUVCHI ICHKI VA TASHQI 
OMILLAR
 
Texnik ekspluatatsiyaning eng muhim maqsadlari: 
avtomobil parkining zarur 
darajadagi ish qobiliyatini ta`minlash; muhandis-texnika xizmati xodimlarining ish 
unumdorligini oshirish; parkni ishchan holatda saqlab turishga xarajatlarni 
qisqartirish; avtomobil transport ekologlik xavfsizligini ta`minlash, ya‟ni uning 
aholiga xodimlarga va atrof muhitga zararli ta‟sirini kamaytirish
. Texnik 
ekspluatatsiyaning ko‘rsatib o‘tilgan maqsadlari avtomobil transportining asosiy 
maqsadi bilan mos keladi. Avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi uchun ko‘rsatkichlar 
ro‘yxati aniqlashtiriladi. Masalan, ish qobiliyatining darajasi quyidagi xususiy 
ko‘rsatkichlar bilan tavsiflanadi: texnik tayyorgarlik koeffitsienti; yo‘ldagi va 
yo‘nalishdagi buzilishlargacha ishlash davomiyligi; smena yoki reys davomida 
buzilmasdan ishlash ehtimolligi; avtomobillarning, ATKning ustaxonalari va 
mintaqalarida ta`mirda turib qolishi va hokazo. 
Texnik ekspluatatsiya boshqaruvida, boshqaruv qarorlarini qabul qilishning 
asosiy mazmuni unga ta‘sir qiluvchi eng muhim omillarni tanlashdan iborat.
Texnik ekspluatatsiyaning samaradorligi quyidagi 6 ta asosiy omillar va quyi 
omillar bilan aniqlanadi. 
1.
Texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlashni tashkillashtirish:
avtomobil 
parkining ish qobiliyatini zarur darajada saqlab turish va, tiklashning ratsional 
strategiyasini aniqlaydi hamda uning uchun loyihaviy, me‟yoriy va texnolog 
ta`minotini yaratadi. 
2

Ishlab chiqarish texnika bazasi:
texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlash tizimi 
tavsiyalarini bajarishning moddiy sharoitlarini ta`minlaydi. 


83 
3

Xodimlar:
ishlab chiqarish xodimlarining malaka darajasi va moddiy 
manfaatdorligi, texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashni sifatli va samarali 
bajarilishini ta`minlaydi va resurslarini tejash uchun shart-sharoit yaratadi;
 
4

Zahira va ta`minot tizimi:
texnik ekspluatatsiyani ehtiyot qismlar, zurur 
materiallar, avtomobil va agregatlar bilan ta`minlaydi.
 
5.
 
Harakat tarkibi parki:
o‟zining yoshi, ishonchliligi va tuzilmasi bilan texnik 
xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashning hajmi va tavsifini aniqlaydi.
 
6.
 
Ekspluatatsiya sharoitlari:
avtomobilning ishonchliligiga va natijada texnik 
ekspluatatsiya me‟yorlariga, texnik xizmat ko‟rsatish va ta`mirlashga bo‟lgan 
talablariga ta‟sir qiladi.
 
O‘z navbatida sanab o‘tilgan omillarning har biri quyi omillar guruhidan tashkil 
topadi (tagtizimlar). Tagtizim nechog‘lik, tizim tuzilmasining ichkarisida joylashsa 
uning tarkibiy tuzilishi shunchalik batafsil bo‘lishi zarur, chunki u boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish va ayni tagtizim ish samaradorligini asosli baholashni 
ta`minlaydi. Keltirilgan omillar tizim oldiga qo‘yilgan maqsadga erishishdagi 
ahamiyatidan (salmog‘idan) tashqari, boshqaruvchanligi, harakatchanligi va resurs 
sig‘imdorligiga qarab ham sinflarga ajratiladi. 
Omillar boshqaruvchanligi bo‘yicha 
boshqariladigan,
qisman boshqariladigan 
va 
boshqarilmaydigan
turlarga bo‘linadi. Masalan, texnik ekspluatatsiyaning 
samaradorligini aniqlashda yo‘l va iqlim sharoitlarini hisobga olish zarur chunki ular 
ishonchlilik ko‘rsatkichlariga va texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash uchun zarur 
resurslarga ta‘sir qiladi, lekin aniq avtomobil transporti korxonasi uchun amaliy 
jihatdan ularni boshqarib bo‘lmaydi. Texnik xizmat ko‘rsatish va ta`mirlash tizimi va 
uning asosiy me‘yorlari avtomobil transportining barcha korxona va tashkilotlari 
uchun tadqiqotlar va ilg‘or tajribalarni umumlashtirish asosida ishlab chiqiladi. 
Ammo tizimlarning tavsiyalarini bajarishni ta`minlash va ularning me‘yorlarini 
to‘g‘rilash avtomobil transporti korxonasi uchun boshqariluvchi quyi omillar 
hisoblanadi.
Omillarni
harkatchan va turg‟un
turlarga ajratish mumkin. Masalan, yangi 
ishlab chiqarish bazasini yaratish yoki mavjudini qayta qurish texnik 


84 
ekspluatatsiyaning samaradorligiga sezilarli ta‘sir kilsa ham uning uchun ma‘lum 
vaqt talab qilinadi (turg‘un omil). Inson omili (malaka darajasi, xodimlarning 
mehnati natijalariga bo‘lgan ma‘naviy va moddiy qiziqishi) haraktchan hisoblanadi.
Omillar va tagtizimlar ularni amalga joriy qilish uchun tarkibi va hajmi bo‘yicha 
turli resurslarni
talab qilishi mumkin. Masalan, yangi ishlab chiqarish bazasini 
yaratish, eskisini tiklash yoki texnik qayta qurishdan ko‘ra ko‘proq resurslarni talab 
qiladi. 
Shunday qilib umumiy tizimlar daraxti asosida boshqarishning har bir darajasi 
va avtomobil transporti korxonasi uchun o‘ziga xos variantdagi tizimlar daraxti 
quriladi. So‘ngra kutilayotgan samaradorlik bo‘yicha variantlar taqqoslanadi. Keng 
tarqalgan usullardan biri 
"samaradorlik-xarajatlar"
usuli hisoblanadi, ayni dasturning 
ish natijalari bilan unga ketgan barcha resurs xarajatlarini taqqoslashni ko‘zda tutadi. 
Bunda iqtisodiy samaradorlik (E) dastur yoki tadbirni hisoblanayotgan davr uchun 
amalga joriy qilish sharoitlari bo‘yicha aniqlanadi: 
E

= R


 Z
 t

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin