O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta‟lim vazirligi s. A. Usmanov


 BOB. TEXNIK TIZIMLARNING ISHLAB CHIQARISH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/122
tarix28.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#169279
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122
Usmanov darslik

2. BOB.
TEXNIK TIZIMLARNING ISHLAB CHIQARISH 
TUZILMALARINI BOSHQARISHNI TASHKIL QILISH 
VA ULARGA TA‟SIR ETUVCHI OMILLAR 
 
2.1.
TEXNIK TIZIMLARNING ISHLAB CHIQARISH TUZILMALARI 
VA ULARNING VAZIFALARI
 
Avtomobil transporti korxonasi texnika xizmati o‘zining kunlik faoliyatida 
ishlab chiqarishni rejalashtirish va boshqarishning bir qancha masalalarin hal qiladi. 
Ularni shartli ravishda to‘rtta o‘zaro bog‘liq masalalar majmuasiga keltirish mumkin. 
1.
 
Ishlarning dasturini aniqlash ya‟ni tashxisga, texnik xizmat ko‟rstaishga 
qo‟yilishi rejalashtirilayotgan avtomobillar soni, majmuasi va ta`mirlash ishlar 
hajmi. 
2.
 
Mavjud ehtiyot qismlar, materiallarni, avtomobillarga, agregatlarga, 
postlarga taqsimlash va ularning zahirasini to‟ldirish. 


80 
3.
 
Avtomobillarni postlarning ixtisoslashuvi, jihozlanishi va bandligi bo‟yicha 
taqsimlash. 
4.
 
Ta`mirlash ishchilariga vazifalarni postlar va mintaqalar bo‟yicha 
taqsimlash. 
Avtotransport korxonalarda texnika xizmatini boshqarish tuzilmasini uchta 
funksional bloklar shakli ko‘rinishida ifodalash mumkin (2.1-rasm). 
Tashkil etish bloki
ning maqsadi, uning majmuaviy funksiyalarni bajarishidan 
kelib chiqib, texnika xizmatining ko‘rsatkichlarini (quvvati, ishlab chiqarishning 
ixtisoslashganligi, kooperatsiya hajmi, resurslarga ehtiyoji va x.k.) va harakat 
vositalarining texnik tayyorligini tashkiliy texnologik tadbirlar o‘tkazish hisobiga 
aniqlashdan iboratdir. 
 
Rivojlantirish bloki
ning maqsadi tashish sharoitini o‘zgartirish va rivojlantirish 
rejasiga 
asosan 
texnika 
xizmatining 
kelajakdagi 
parametrlarini 
aniqlash, 
parametrlarning istiqbolli qiymatlarga erishishiga qaratilgan majmua tadbirlar ishlab 
chiqish va bajarilishini ta`minlash. 
2.1-rasm. ATK texnika xizmatini boshqarish tizimining tashkiliy-
funktsional tuzilmasi. 


81 
 
Tezkor boshqarish bloki
ning maqsadi ishlab chiqarish va yordamchi bo‘limlarni 
birgalikda faoliyat ko‘rsatishini ta`minlashdan iboratdir. 
Boshqarish funksiyalarining ijrochilar bo‘yicha taqsimlanishi firma yoki 
korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan tashkiliy-funksional tuzilma 
bilan belgilanadi.
Avtotransport korxonasi texnika xizmatining tuzilmasiga quyidagi bo‘linmalar 
kiradi: 
texnika bo‟limi; bosh mexanik bo‟limi; material texnika ta`minoti bo‟limi; 
texnik nazorat bo‟limi. 
Texnika bo‟limi
ishlab chiqarish jarayonlariga yangi texnika va texnologiyalarni 
joriy qilish bo‘yicha reja va tadbirlarni, ishni ilmiy tashkil qilish rejalarini ishlab 
chiqadi, ularning bajarilishini tashkillashtiradi va nazorat qiladi; mehnat muhofazasi 
va texnika xavfsizligi bo‘yicha tadbirlar ishlab chiqadi va o‘tkazadi, ishlab 
chiqarishda sodir bo‘ladigan jarohatlanishlarning sabablarini o‘rganadi va ularni 
bartaraf qilish bo‘yicha choralar qabul qiladi; kadrlarni tayyorlash va ishchilar hamda 
muhandis-texnik xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha texnik o‘quvni o‘tkazadi; 
ATK da ixtirochilik va ratsionalizatorlik ishlarini tashkil qiladi va ratsionalizatorlik 
takliflarini joriy qiladi; texnik me‘yorlar va yo‘riqnomalarni tuzadi, nostandart 
jihozlar, moslamalar, uskunalarni konstruksiyalaydi. 
 
Bosh mexanik bo‟limi
avtotransport korxonalarida bosh mexanik bo‘limi bino va 
inshootlarni, energiya kuchlanish, sanitariya texnika xo‘jaligini texnik soz holda 
tutish hamda ishlab chiqarish jihozlarni, asbob uskunalarni montaj qilish, xizmat 
ko‘rsatish va ta`mirlash, ulardan to‘g‘ri foydalanishni ta`minlashni nazorat qilishni 
amalga oshiradi; nostandart jihozlarni tayyorlash bilan bog‘lik funksiyalarni bajaradi. 
 
Material texnikaviy ta`minoti bo‟limi
korxonani kerakli ehtiyot qismlar, 
agregatlar, yonilg‘i-moylash mahsulotlari bilan ta`minlaydi, kerakli materiallar 
zahirasini me‘yorida tutib turadi va saqlashni, tarqatishni tashkil etadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin