O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Borliq va mavjudlik.
Atrofimizdagi odam, olam, tabiat, jamiyat, tafakkur, g’oyalar, o’y-xayollarimiz barchasi birday 
mavjuddir, ular turli tarzda va shakllarda namoyon bo’lib, hammasi mavjudlik belgisi ostida umumlashib, borliq tushunchasiga 
kiradi. 
Materialistik mazmundagi borliq tushunchasi ta’rifiga faqat ob’ektiv real olam, ongdan tashqaridagi, unga bog’liq 
bo’lmagan jismoniy mohiyatga ega bo’lgan narsalargina kiritiladi. Borliqning ideal, virtual, potentsial, abstrakt, 
ma’naviy shakllari bu ta’rifdan tashqarida qoladi. 


Aslida esa, borliq kategoriyasi umumiy abstraktsiya bo’lib, mavjudlik belgisi bilan barcha narsa va hodisalarni 
o’ziga qamrab oluvchi o’ta keng tushunchadir. U o’ziga nafaqat ob’ektiv reallikni, balki sub’ektiv reallikni ham qamrab 
oladi. 
Borliq mavjudlik va reallik tushunchalariga qaraganda ham kengroq tushunchadir. Mavjudlik — borliqning hozirgi 
paytda namoyon bo’lib turgan qismi bo’lib, o’tgan va mavjud bo’ladigan narsa va hodisalar ham borliq tushunchasiga 
kiradi. Reallik esa, mavjudlikning hammaga ayon bo’lgan, ular tomonidan tan olingan qismi. Borliq o’ziga reallikni 
ham, mavjudlikni ham qamrab oladi. An’anaviy falsafiy qarashlarda borliqning uchta sohasi ajratib ko’rsatiladi. Ularga: 
tabiat borlig’i, jamiyat borlig’i, ong borlig’i kiradi. Bular uchun eng umumiy belgi, ularning mavjudligidir. 
Shuningdek, falsafiy adabiyotlarda tabiat borlig’i va jamiyat borlig’ining quyidagi shakllari ham farqlanadi. 
Tabiat 
borlig’i
odatda tabiatdagi narsalar (jismlar), jarayonlar, holatlar borlig’i sifatida tushuniladi. U ikkiga bo’linadi: azaliy 
tabiat borlig’i (yoki tabiiy tabiat borlig’i, u insondan ilgari va uning ishtirokisiz ham mavjud bo’lgan) va odam mehnati 
bilan ishlab chiqarilgan narsalar borlig’i («ikkinchi tabiat» borlig’i, ya’ni madaniyat). Ikkinchi tabiat borlig’i esa, o’z 
navbatida, quyidagi ko’rinishlarda uchraydi: 


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin