O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Olam tushunchasi
keng qamrovli va keng yo’nalishli tushuncha bo’lib, ma’lum ma’noda voqelikka tizimli, ya’ni 
sistemali yondoshishni talab qiladi. Masalan, elementar zarrachalar olami tushunchasi odamga ma’lum bo’lgan va hali 
ma’lum bo’lmagan barcha elementar zarrachalarni qamrab oladi. 
Agar biz yashayotgan butun koinotni elementar zarrachalardan tashkil topgan deb hisoblasak, bu tushuncha butun 
koinotni ham aks ettirishi mumkin. Yoki o’simliklar olami tushunchasini olaylik. Bu tushunchaga faqatgina o’simliklar 
kiradi, hayvonlar va odamlar bu olamdan chetda qoladi. 
Shu nuqtai nazardan olam tushunchasi nisbiy mohiyatga ega. Ba’zi kishilar olam deganda barcha narsalarni
jismlarni, hodisalarni qamrab oluvchi universal sistemani tushunadi. Bu ma’noda olam kosmologik koinot 
tushunchasiga mos keladi. Ayrimlar uni cheksiz va chegarasiz, boshqalar esa koinot ma’nosidagi olamni cheklangan 
ob’ekt sifatida talqin etadi. Cheksizlik va chegarasizlik tushunchalari nisbiy ma’noga ega, bir sistemada cheksiz 
hisoblangan ob’ekt boshqa sistemada chekli bo’lishi mumkin va aksincha. 
Diniy-kosmologik qarashlarda olam
ilohiy qudrat kuchi bilan yaratilgan deb talqin etiladi. Bu olamning vaqtda 
boshlanishi borligiga, ya’ni uning chekli ekanligiga ishoradir. Islom dinidagi kosmologik qarashlarda o’n sakkiz ming 
olam haqida gapiriladi va mazkur qarash bo’yicha biz yashayotgan moddiy olamdan tashqari, undan mustaqil bo’lgan 
ko’plab boshqa olamlar ham mavjuddir, deyiladi. 
Hozirgi zamon kosmologiyasi
da ham fanga asoslangan bir qancha kontseptsiyalarda olam o’tkinchi, tabiiy 
ravishda paydo bo’lgan, degan g’oya ilgari suriladi. Bu nuqtai nazarlarda olamning paydo bo’lishidan oldingi holati 
«hech nima» va «yo’qlik» tushunchalari bilan izohlanadi. Angliyalik olim Stiven Loking «Olam vujudga kelmasdan 
ilgari nima bo’lgan?» degan savolning mantiqsizligini, vaqtning faqatgina kelajakka yo’nalgan oqimini ifodalovchi 
modeli vositasida asoslashga harakat qilgan. Uning fikricha, bu shimoliy qutb nuqtasidan turib qaraganda, hamma 
nuqtalar faqat janubga olib boradigan holatni eslatadi. Bunday holat olamning boshlang’ich holatidir. Vaqtning 
kelajakka olib boruvchi yo’nalishigina mavjud bo’lgan holati olamning boshlanishidir. Bu holatda o’tmish yo’q, faqat 
kelajak mavjud. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin