O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi falsafa ma’ruzalar matni



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/191
tarix25.08.2023
ölçüsü0,96 Mb.
#140467
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   191
Falsafa ma’ruzalar matni

Tayanch tushunchalar 
Inson, shaxs, individ, antropologiya, inson — biologik mavjudot, inson — ijtimoiy mavjudot, inson faolligi, inson 
qadri, shaxs erkinligi, burch, inson ehtiyojlari, manfaatlari, maqsadi, ideallari, inson huquqi, barkamol inson. 
Takrorlash uchun savollar 
1. Inson nima uchun falsafaning bosh mavzusi deb qaraladi? 
2. Shaxs deganda nimani tushunasiz? 
3. Antropologiya fanining ma’nosi va vazifalari nimalardan iborat? 
4. Inson tanasi va ruhining o’zaro bog’liqligi va ular o’rtasidagi farqlar nimalarda namoyon bo’ladi? 
5. Istiqlolning insonparvarlik mohiyati nimalarda ko’rinadi? 
ADABIYoTLAR 
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot 
kafolatlari. – T., «O’zbekiston», 1997. 
2. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. – T., «O’zbekiston», 1997. 
3. Karimov I.A. Jamiyatimiz mafkurasi xalqni xalq, millatni millat qilishga xizmat etsin. – T., «O’zbekiston», 1998. 
4. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T., «O’zbekiston», 1999. 
5. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T., O’zbekiston, 2000. 
6. Osnovi filosofii.– T., «O’zbekiston», 1998. 
7. Falsafa kursining ayrim masalalari. – «Farg’ona», 1994. 


2-mavzu. Jamiyat falsafasi. 
Istiqlol va taraqqiyotning o’zbek modeli 
Reja: 
1. Jamiyat tushunchasining mohiyati va mazmuni. 
2. Jamiyat taraqqiyoti to’g’risidagi turli nazariyalar. 
3. Taraqqiyotning o’zbek modeli. 
4. Tsivilizatsiyalashgan jamiyatni barpo etish va barkamol insonni shakllantirish vazifalari. 
Jamiyat nima?
Insoniyat azal-azaldan jamoa bo’lib yashaydi. Er sayyorasi uning abadiy makoni, umumiy Vatanidir. 
Quyosh tizimidagi ana shu mitti sayyorada yashayotgan odamlar oilasini jamiyat deb atash odat tusiga kirgan. Demak, 
umumbashariy ma’noda jamiyat odamzodning umri, hayoti o’tgan hamma davri, joy va hududi bilan bog’liq barcha o’zgarish 
va jarayonlarni ifoda etadi. 
Shu bilan birga, biror davlat hududidagi odamlar hayoti, tsivilizatsiyaning muayyan davrlaridagi turmushga nisbatan ham 
ushbu tushuncha qo’llanadi. Har qanday holda ham, u umumiy tushuncha bo’lib, ayrim odam va alohida shaxs jamiyat a’zosi deb 
ataladi. 
Jamiyat
— tabiatning bir qismi, ya’ni ijtimoiy borliq bo’lib, odamlar uyushmasining maxsus shakli, kishilar 
o’rtasida amal qiladigan juda ko’plab munosabatlar yig’indisi, degan turlicha ta’riflar ham bor. Jamiyat muttasil 
ravishda rivojlanuvchi, takomillashib boruvchi murakkab tizimdir. Har bir yangi davrda jamiyat mohiyatini bilish 
zarurati vujudga keladi. Milliy mustaqillik tufayli jamiyat mohiyatini yangicha idrok etish ehtiyoji paydo bo’ldi. 
Prezident Islom Karimovning qator asarlarida jamiyat mohiyatini yangicha tushunishning uslubiy asoslari yaratildi. 
Jamiyat moddiy va ma’naviy omillar birligidan iborat. Hozirga qadar adabiyotlarda moddiy va ma’naviy hayot bir-
biridan keskin farqlanar edi. Moddiy hayot tadqiqiga ko’proq e’tibor berilar. Holbuki, jamiyatning tub mohiyati uni tashkil 
etuvchi inson mohiyati bilan uzviy bog’liq. Xuddi inson tanasini uning ruhidan ajratib bo’lmagani singari, jamiyatning 
moddiy va ma’naviy jihatlarini ham bir-biridan ajratish va ularning birini ikkinchisidan ustun qo’yish mantiqqa ziddir. 
Prezident Islom Karimov asarlarida jamiyatning moddiy va ma’naviy manfaatlarini uyg’unlashtirish ijtimoiy taraqqiyot 
asosi ekani ta’kidlangan. Inson ma’naviyatini yuksaltirish orqaligina iqtisodiy rivojlanishga erishish mumkin. Shuning 
uchun ham hozirgi davrda aholi ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy g’oya va mafkura asoslarini shakllantirishga katta 
e’tibor berilyapti. Zero, kishilar iqtisodiy jihatdan qashshoq bo’lgani uchun ilmsiz bo’lmaydi, balki, aksincha — ilmsiz 
bo’lgani uchun qashshoq bo’ladi. Shuning uchun yurtimizda xalq ma’naviyatini yuksaltirish orqali iqtisodiy farovonlikni 
ta’minlashga katta e’tibor berilyapti. 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   191




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin